Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda notariat institutining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan notarial xizmatlarning sifatini yaxshilash maqsadida:
belgilangan muddatlarda ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan axborotlarni almashish uchun ma’lumot bazalari va axborot tizimlarini joriy etish, shuningdek, ularni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
vasiyatnomalarni imzolash jarayoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim;

T/r

Qo‘shimcha xizmatlar nomi

Amalga oshirish chog‘ida qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatiladigan notarial harakatlar

Ma’lumotlar beruvchi vakolatli idora

Axborot almashish turlari

Vakolatli idoradan ma’lumotlar taqdim etish shartlari

Shaxsan tashrif yo‘li bilan

Idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan

1.

Uyda doimiy ro‘yxatda turuvchi shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar olish (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, F.I.O., pasport seriyasi va raqami, taqdim etgan organ, berilgan sana).

Uyning oldi-sotdi shartnomasi

Ichki ishlar vazirligi

1 soat mobaynida

real vaqt rejimida

bepul

2.

Biometrik hamda pasport ma’lumotlarini tekshirish (F.I.O., foto, barmoq izlari, pasportseriyasiva raqami, taqdim etgan organ, berilgan sana, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiyaraqami).

Hammasi notarial harakatlar

Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi

1 soat mobaynida

real vaqt rejimida

bepul

3.

Binolar va ishnootlarning mansubligi va tarkibi, umumiy (yashash) maydonining kadastr raqami va miqdori,ko‘chmas mulkni begonalashtirish va band solishning taqiqlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.

Ko‘chmas mulkni begonalashtirish shartnomasi

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi

1 soat mobaynida

real vaqt rejimida

bepul

4.

Uyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.

Xususiylashtirilgan uy-joyni begonalashtirish shartnomasi

Davlat raqobat qo‘mitasi

1 soat mobaynida

2019-yil
1-yanvardan boshlab real vaqt rejimida

bepul

5.

Yuridik shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar olish.

Yuridik shaxslar ishtirokidagi notarial harakatlar

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

1 soat mobaynida

2018-yil
1-iyuldan boshlab real vaqt rejimida

bepul

6.

Kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida axborot olish.

Ko‘chmas mulkni begonalashtirish shartnomasi

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta’minoti tashkiloti, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va suv ajratish tashkilotlari

1 soat mobaynida

2019 yil
1-yanvardan boshlab elektr enegriyasi, tabiiy
gaz uchun;

2021 yilning 1-yanvaridan boshlab, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va suv ajratish xizmatlari uchun real vaqt rejimida

bepul

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. NOTARIAT SOHASIDAGI QONUNChILIKNI TAKOMILLAShTIRISh

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish:
ko‘chmas mulkni ijraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini notarial tasdiqlashni bekor qilish;
majburiy notarial tasdiqlanishi lozim bo‘lgan harakatlar ro‘yxatini optimallashtir�sh;
yuridik shaxsning vakolatli organiiltimosiga ko‘ra uning kollegial organlari tomonidan qaror qabul qilinishi faktini notarial tasdiqlash;
notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovkadan o‘tish muddatini ikki yildan bir yilga qisqartirish;
notarius lavozimiga nomzodlar uchun sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslarga majburiy stajirovka o‘tash bo‘yicha talabni bekor qilish.

Qonun loyihasi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi, IIV, vazirlik va idoralar

2.

Aholining notarial xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish maqsadida notarial okrugdagi notarius lavozimlarini belgilash mezonlarini qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

3.

Notarial xizmatlarning butun kompleksi va u bilan bog‘liq xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha, shu jumladan, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni idoralararo elektron o‘zaro hamkorligi, shuningdek, notarial idoralarning kuryer xizmatlari orqali olinishini nazarda tutuvchi notariatning faol modeliga o‘tish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil
1-yanvargacha

Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

4.

Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan bitimlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi ma’muriy reglamentlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil oktyabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar

5.

Sudlarga murojaat qilishda davlat boji to‘lash bo‘yicha amaldagi imtiyozlarni va belgilangan davlat boji miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, merosni rasmiylashtirish sohasida notarial va sud amaliyotini o‘rganish hamda ushbu sohaga yagona yondoshuvni ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari

2018-yil iyul

Oliy sud, Moliya vazirligi, DSQ, Adliya vazirligi

II. NOTARIAL IDORALAR FAOLIYATIGA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINI TATBIQ ETISh

6.

Notarial idoralarda elektron navbat tizimini joriy etish.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil iyun

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Notarial harakatlar siri saqlanishiga rioya etilgan holda notarial idoralarda real vaqt rejimida masofaviy audio va video kuzatuvning markazlashtirilgan tizimini yaratish, bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari undan foydalanishlarini ta’minlash nazarda tutilsin.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil noyabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bo‘yicha elektron ma’lumot bazasini shakllantirish, keyinchalik uni “Notarius” avtomatlashirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil avgust

Oliy sud, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

9.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq vasiyatnomalarni imzolash jarayoni, shuningdek,O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni 34-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video tarzida qayd etilishi lozim.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Ishonchnomalar va vasiyatnomalarning hamma uchun ochiq reyestrlarini, shuningdek, meros ishlari bo‘yicha yagona elektron arxivni shakllantirish va Internet tarmog‘iga joylashtirish.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi

11.

Notarial harakatlarni amalga oshirish va notarial tasdiqlangan hujjatlarga imzo qo‘yishda keyinchalik fuqarolarni elektron identifikatsiyalashning yangi turlarini tatbiq etish uchun notarial idoralarni barmoq izlari va biometrik pasport ma’lumotlarini skaner qiluvchi asbob va uskunalar bilan ta’minlash.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil noyabr

Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, DPM

III. NOTARIAL IDORALARNING KADRLAR SALOHIYATINI MUSTAHKAMLASh
VA ULAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASh

12.

Notariuslar hamda notarial idoralar boshqa xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil iyun

Adliya vazirligi

13.

Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida notarius lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishning borishini real vaqt rejimida audio va videotranslatsiya qilishni amaliyotga tatbiq etish.

Adliya vaziri buyrug‘i

2018-yil iyun

Adliya vazirligi

14.

Notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari hamda dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, bunda yuridik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan psixologiya fani hamda boshqa fanlar va ko‘nikmalarga o‘qitish (stressni boshqarish, nizolarni boshqarish, ish vaqtini samarali tashkil etish) bo‘yicha predmetlar joriy etilishini nazarda tutish.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi

IV. NOTARIAL IDORALARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI TAKOMILLAShTIRISh

15.

Sayyor qabullar vaqtida va notarial idora xonasidan tashqarida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari binolarida notarial harakatlarni amalga oshirish mexanizmini belgilagan holda notariuslar tomonidan olis aholi punktlarida ko‘chma (mobil) stansiyalarda xizmatlar ko‘rsatish uchun maxsus avtotransport vositalarini sotib olish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil iyun

Adliya vazirligi, O‘zavtosanoat

16.

Notarial idoralarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish, uning natijalari bo‘yicha notarial idoralarni yangi va zamonaviy kompyuter, ofis uskunalari hamda tashkiliy-texnika bilan qayta jihozlash.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil iyun

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

17.

Davlat xizmatlari markazlarining xonalarida bittadan notarial idorani joylashtirish (ularda yetarlicha shart-sharoit mavjud bo‘lganda).

Tadbirlar kompleksi

2018-yil avgust

Adliya vazirligi

18.

“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga �� hududiy kod�a ega bo‘lgan qat’iy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarning namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash uchun ularning nusxalarini zarur miqdorda ko‘paytirishni tashkillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari

2018-yil oktyabr

Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

19.

Notarial idoralarni muqobil energiya manbalari (quyosh, yoqilg‘i va boshqa manbalar) bilan jihozlash orqali uzluksiz elektr energiya ta’minoti choralarini ko‘rish.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil noyabr

“Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni hisobga olgan holda huquqiy hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun notarial idoralarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib infokioskalar bilan ta’minlash.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil dekabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi