Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddatlari

xarajatlar (mln so‘m/ AQSh dollari)

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish sifatini oshirish

1.

Qon orqali yuqadigan infeksiyalarni profilaktika qilish sohasida davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini reglamentga soluvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish

Ijtimoiy-demografik xususiyatlarni va epidemiologik jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchini hisobga olgan holda, qon orqali yuqadigan infeksiyalar bilan kasallanish bo‘yicha epidemik vaziyatni o‘rganish va tahlil qilish.

Qon orqali yuqadigan shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish, hamda ilg‘or tajribani hisobga olgan holda ushbu hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining idoraviy hujjatlarini belgilangan tartibda qabul qilish.

Shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va talablarini tibbiyot xodimlari ma’lumotiga yetkazish.

2018-yil
1-dekabrgacha

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

2.

Sog‘liqni saqlashning boshlang‘ich bo‘g‘inida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish va tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish bo‘yicha tajriba loyihalarini tatbiq qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tajriba loyihalarini amalga oshirish.

2018-yil
1-sentabrgacha

2018-2019-yillar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

OIV-infeksiyasini oldini olish va davolash uchun retrovirusga qarshi preparatlarni mamlakatimizda ishlab chiqishni tashkil etish maqsadga muvofiqligi masalasini ishlab chiqish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish

2018-yil
1-sentabrgacha

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

4.

Davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan sterilizatsiya qilish bo‘limlari va operatsiya bloklarining suv, gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanganligi holatini o‘rganish.

Har bir hudud kesimida tegishli takliflar tayyorlash va ularni davlat rivojlanish dasturlariga kiritish.

2018-yil
1-sentabrgacha

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,“O‘zbekenergo” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Jazoni ijro etish muassasalarida, shuningdek, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida OIV-infeksiyasi va shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishini epidemiologik nazorat qilish va tekshirish tizimini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
1-sentabrgacha

-

-

IIV,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

II. OIVni yuqtirib olgan bemorlarni statsionar sharoitlarida davolash sifatini yaxshilash

6.

OIVni yuqtirib olgan shaxslarning boshqa kasalliklarini hududlardagi infeksion statsionarlar va bo‘limlar negizida davolash uchun ixtisoslashtirilgan koykalarni tashkil etish.

Ixtisoslashtirilgan koykalarni tashkil etish.

OIVni yuqtirib olgan shaxslarni OITSga qarshi kurashish Respublika markazi huzuridagi klinikada va infeksion statsionarlarda davolash mezonlarini ishlab chiqish.

OIVni yuqtirib olgan shaxslarning boshqa kasalliklarini davolash uchun medikamentlar, diagnostikumlar va tibbiyot asbob-uskunalariga bo‘lgan talab-ehtiyojni aniqlash.

2018-yil
1-oktabrgacha

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

OITSga qarshi kurashish Respublika markazining, Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining hamda boshqa ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yuqori malakali mutaxassislarini infeksion statsionarlarga biriktirib qo‘yish yo‘li bilan OIVni yuqtirib olgan bemorlarni davolash sifatini oshirish.

OIVni yuqtirib olgan shaxslarni davolash bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot xodimlarini Vrachlar malakasini oshirish instituti, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, OITSga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika markazi hamda boshqa ilmiy-amaliy markazlar negizida o‘qitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil
1-avgustgacha





jadvalga muvofiq

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

8.

OIV-infeksiyasini yuqtirib olgan onadan tug‘ilgan olti oygacha bo‘lgan go‘daklarni quruq sut aralashmasi bilan ta’minlash.

Quruq sut aralashmalarini xarid qilish va tarqatish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

1752so‘m

1752so‘m

1752 so‘m

1752so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

9.

Birgalikda uchraydigan virusli, bakterial, zamburug‘li etiologiya infeksiyalarini profilaktika qilish va davolash.

Birgalikda uchraydigan infeksiyalarni profilaktika qilish va davolash uchun preparatlarni davolash protokollariga muvofiq xarid qilish.

OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan shaxslarning hayotini uzaytirish va sifatini yaxshilash, o‘lim darajasini pasaytirish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

828 so‘m
846 so‘m
863 so‘m
880 so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Saraton kasalligiga qarshi kurash jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

OIV-infeksiyasini profilaktika qilish va davolash uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash.

Davolash-profilaktika tadbirlarini davolash protokollariga muvofiq o‘tkazish. OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan muhtoj shaxslarni retrovirusga qarshi terapiya bilan qamrab olish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2,661/2,58 AQSh dollari

3,338/2,13 AQSh dollari

6,137/1,1

AQSh dollari

8,535

AQSh dollari

Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamg‘armasi mablag‘lari,

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

11.

Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar bilan zararlanish xavfi yuqori bo‘lgan va OIV-infeksiyasini yuqtirgan shaxslar o‘rtasida profilaktika tadbirlarini o‘tkazish va sindrom davolashni amalga oshirish maqsadida 15 ta “Do‘stona kabinetlar” uzluksiz ishlab turishini ta’minlash va ularga psixologik yordam ko‘rsatish.

Zarur tibbiyot preparatlari va buyumlari bilan ta’minlash

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

130,6 so‘m

142 so‘m

153,8 so‘m

165,6 so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash

12.

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi huzuridagi ixtisoslashtirilgan infeksion shifoxona hududida 40 koykali qo‘shimcha binoni qurish va uni zarur tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi huzuridagi klinika hududida reanimatsiya, diagnostika bo‘limlari va markaziy omborxonani qurish;

Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlarida OITSga qarshi kurashish markazlari uchun binolar qurish;

Respublika OITSga qarshi kurashish markazining binolarini rekonstruksiya qilib, mukammal ta’mirlash;

Andijon viloyatining Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida, Toshkent viloyatining Bekobod va Angren shaharlari, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l, O‘rtachirchiq tumanlarida binolarni rekonstruksiya qilib mukammal ta’mirlash, OIV-infeksiyasini diagnostika qilish bo‘yicha tumanlararo laboratoriyalar uchun alohida xonalar ajratish orqali aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yaratish va uning sifatini oshirish.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

Rekonstruksiya va qurilish ishlarini amalga oshirish. Tibbiyot uskunalarini xarid qilish va ular bilan jihozlash.

2021-yil

2020-yil

2020 — 2022-yillar

2020 — 2022-yillar

2020 — 2022-yillar

7000 so‘m

5500 so‘m

16400 so‘m

1000 so‘m

4000 so‘m

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Laboratoriyalarni 3-4-avlodga mansub test-sistemalar bilan ta’minlash.

Talab-ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirishga buyurtmanoma tayyorlash. Test-sistemalarni xarid qilish va taqsimlash.

Aholini OIV-infeksiyasi sinov tekshirishlariga qamrab olishni oshirish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

8 000 so‘m

8 000 so‘m

8 000 so‘m

8 000 so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

14.

Laboratoriyalarni OIV-infeksiyasi diagnostikasi uchun immunoblotlar bilan hamdaOIV-infeksiyasini davolashni monitoring qilish uchun reagentlar (SD 4, PSR) bilan ta’minlash.

Moliyalashtirish ehtiyojlarini aniqlash, unga buyurtmanomalar tayyorlash. Test-sistemalar, reagentlar xarid qilish va taqsimlash.

Diagnostika sifatini oshirish. OIV-infeksiyasini davolash samaradorligini monitoring qilish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

0,726/0,37

AQSh dollari

0,795/0,39

AQSh dollari

0,884/0,39

AQSh dollari

1,363AQSh dollari

Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamg‘armasi mablag‘lari, Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

15.

OITSga qarshi kurashish bo‘yicha markazlarning avtomobil parkini yangilash.

Buyurtmanoma tayyorlash va avtotransport xarid qilish.

2019-yil

1 705 so‘m

OITSga qarshi kurashish bo‘yicha markazlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,“O‘zavtosanoat” AJ

IV. Tibbiyot muassasalarining kadrlar va ilmiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

16.

OIV-infe�tsiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash bo‘yicha tibbiyot xodimlari malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

17.

OIV-infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash sohasida ilmiy-tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari ro‘yxatini ishlash chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,Fanlar akademiyasi, Innovatsio� rivojlanish vazirligi

18.

Xalqaro va xorijiy turdosh ilmiy-amaliy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda tajriba almashishni tashkillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV

V. Aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV-infeksiyasini profilaktika qilish bo‘yicha axborot-ma’rifiy ishlarni kengaytirish

19.

Aholi orasida OIV-infeksiyasini profilaktika qilish, OIV-infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini o‘tkazish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlar ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

-

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari

Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi

20.

OIV-infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar orasida profilaktika tadbirlarini o‘tkazish maqsadida “Ishonch kabinetlari”ning uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash.

“Ishonch kabinetlari”ning faoliyat yuritishi uchun alohida shtat birlik-larini ajratgan holda ularni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining, OITSga qarshi kurashish markazlari-ning tuzilmasiga kiritish.

Zarur tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash.

Aholining muhtoj guruhlarini OIV-infeksiyasi test tekshirishlariga qamrab olishni kengaytirish.

Xavf-xatar guruhlari orasida OIV-infeksiyasini barvaqt aniqlash va OIV-infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar orasida OIV-infeksiyasi tar�alishining oldini olish.

2019-yil
2020-yil
2021-yil
2022-yil

3 900 so‘m/
1,16 AQSh dollari

3 900 so‘m/
1,16 AQSh dollari

3 900 so‘m/
1,16 AQSh dollari

12 900

so‘m

Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamg‘armasi mablag‘lari, Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi

21.

Milliy qadriyatlar va an’analarni inobatga olgan holda aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV-infeksiyasining profilaktikasiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar namoyish etish, teatr tomoshalarini tashkil qilish.

OIV-infeksiyasining profilaktikasiga bag‘ishlagan teatr tomoshalari, hujjatli filmlar ssenariylarini ishlab chiqish.

Turli telekanallarda hujjatli filmlarni muntazam suratda namoyish etish va teatrlarda spektakllar ko‘rsatish

2018-yil noyabr-dekabr

-

-

“O‘zbekkino” MA, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, MTRK,

Madaniyat vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

22.

OIV-infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali plakatlar va bukletlarni tayyorlash

Tibbiyot muassasalari hamda boshqa muassasalarda ko‘rgazmali plakatlar va bukletlarni tarqatish.

2018-yil
1-oktabrgacha

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

OIV-infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan ijtim�iy videoroliklarni ishlab chiqish.

4 yo‘nalish: diagnostika, profilaktika, davolash va psixologik ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ijtimoiy videoroliklar ssenariylarini ishlab chiqish.

Ijtimoiy videoroliklarni suratga olish hamda ularning milliy va hududiy telekanallarda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish.

2018-yil
1-oktabrgacha

-

-

“O‘zbekkino” MA,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

MTRK,

Madaniyat vazirligi

24.

Ommabop milliy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali OIV-infeksiyasining profilaktikasi bo‘yicha aholi bilan muloqot o‘rnatish va axborot tarqatish.

Axborot tayyorlash hamda uni ommabop milliy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.

Aholidan kelib tushadigan savollarga ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot darchasi yo‘li bilan javob qaytargan holda, OIV-infeksiyasining profilaktikasi chora-tadbirlarini yoritish

2018-yil
1-oktabrgacha

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi