Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 15.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
7. 2018/2019 o‘quv yilida Universitet bakalavriatiga qabul qilish kvotalari 4-ilovaga muvofiq ta’lim yo‘nalishlari yuzasidan, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilish imkoniyati bilan, 125 kishi, jumladan davlat grantlariga ko‘ra 42 kishi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida (keyingi o‘rinlarda — Universitet) ta’lim sifatini oshirish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash

1.

Zarur o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-metodik materiallar va darsliklar ishlab chiqishni tashkil etish.

1. Professor-o‘qituvchilar tarkibi va jalb qilingan ekspertlar orasidan ishchi guruhini tuzish.

2. Ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari, shuningdek, talabalar bilimini baholash tizimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2018-yil 20-sentabrgacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Universitet

2.

Talabalarning turizm sohasidagi muayyan korxonalar va tashkilotlarda amaliy mashg‘ulotlar hamda malakaviy amaliyotlar o‘tishini tashkil qilish.

1. Tarmoqning nazariy va amaliy muammolaridan kelib chiqib, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun malakaviy talablar, o‘quv rejasi, ilmiy dasturlar va o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish.

2. Tahsil olayotgan talabalar kontingentini tegishli korxonalar va tashkilotlarga biriktirish, shuningdek, ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda shartnomalar tuzish.

3. Shartnomalar va jadval asosida talabalarning amaliy mashg‘ulotlari va malakaviy amaliyotini tashkil qilish, mazkur jarayonni nazorat qilish uchun Universitetning mas’ul vakillarini tayinlash.

2018-yil 15-dekabrgacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, korxonalar va tashkilotlar — kadrlar buyurtmachilari, Universitet

3.

Universitet professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining xorijiy turistik kompaniyalar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovkalarini va malaka oshirishini tashkillashtirish.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi OO‘Yu va ilmiy-tahliliy markazlari bilan turizm sohasida xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va chuqurlashtirish bo‘yicha 2018 — 2020-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

2. Tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish.

3. Stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish va kelishilgan grafikni tasdiqlash.

4. Stajirovka va malaka oshirish tashkil qilinishini ta’minlash.

2019-yildan boshlab

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, XMI grantlari, Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,

Universitet

4.

Kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarining ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarining ma’lumotlar bazasini yaratish.

2. Turistik tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini turizm sohasining muammolarini hisobga olgan holda shakllantirilgan mavzular bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining ilmiy rahbarlariga biriktirish.

3. Universitetdagi bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining yakuniy davlat attestatsiyasi va himoyasida komissiyalar tarkibida korxonalarning vakillari ishtirokini ta’minlash.

2019-yildan boshlab

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet

5.

Universitetda elektron o‘qitish tarmog‘ini yaratish.

1. Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini elektron shaklga o‘tkazish.

2. Ta’limning elektron resurslarini axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimiga joylashtirish.

2018-2019-yillar

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Universitet

6.

O‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari va metodlarini tatbiq etish.

Universitetning xorijda stajirovka va malaka oshirish kurslaridan o‘tgan professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari tomonidan mahorat darslari tashkil qilish, o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari va metodlarini tatbiq etish.

2018-2019-yillar

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet

7.

Universitetda o‘qitishning tegishli mutaxassisliklari va yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayonini ta’minlash maqsadida respublikamizning yetakchi ilmiy xodimlari, mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarining shartnoma asosida Universitetda dars berishi masalasini ishlab chiqish.

2. Amaliy mashg‘ulotlar o‘tish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi;

Universitet,

manfaatdor tashkilotlar va muassasalar

8.

Iste’dodli talabalarning xalqaro turizm masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-ijodiy forumini tashkil qilish.

1. Universitetning faol va iste’dodli talabalarini ilmiy-tadqiqot va ijodiy guruhlarga jalb qilish mexanizmini yaratish.

2. Universitet hududida “Buk-kafe” faoliyatini tashkil qilish.

2019-yil 1-aprelgacha

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, boshqa manbalar

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Universitet

9.

Turizm sohasidagi ta’lim muassasalariga metodik va amaliy ko‘mak ko‘rsatish.

Turizm sohasidagi ta’lim muassasalari bilan, shu jumladan quyidagilar orqali yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish:

memorandumlar tuzish;

qo‘shma nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;

turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarda qatnashish.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Universitet

10.

Amaliyotda talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni maqsadli tayyorlashni ta’minlash hamda shu asosda ta’lim mutaxassisliklari va yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlashga har yillik maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirish.

Turizm sohasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tijoriy tuzilmalar va nodavlat tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini kompleks tahlil qiluvchi doimiy ishlaydigan tizimni yaratish.

2018-yil 10-dekabrgacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Universitetni professor-o‘qituvchilar tarkibi, tegishli mutaxassislar bilan butlash.

1. Nomzodlarni o‘rganish va ularning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazish hamda tanlovni tashkil qilish.

3. Tegishli nomzodlarni Universitetga ishga qabul qilish. to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.

2018-yil avgust va sentyabr oylari davomida

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Turizm sohasidagi innovatsiyalar markazi faoliyatini samarali tashkil qilish.

Turizm sohasida yangi loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va g‘oyalarni shakllantirish, tajriba, tadqiqotlar bilan almashinuv uchun maydon yaratish.

2019-yil 1-yanvargacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

13.

Turizm sohasidagi axborot texnologiyalari markazi faoliyatini samarali tashkil qilish.

Zarur kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2019-yil 1-yanvargacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Universitet

II. Universitetning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

14.

Oliy ta’lim — ilm-�an — ishlab chiqarishni integratsiyalashtirgan holda ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish.

1. Turizmning tarmoq tashkilotlari rivojidagi ilmiy-texnikaviy yo‘nalishdagi muammolarga bag‘ishlangan tematik bazani shakllantirish.

2. Xo‘jalik shartnomalari (grantlar, loyihalar), bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini tematik bazadan foydalangan holda bajarish.

2019-yil 15-yanvargacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet

15.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi, olimlarni turizmning dolzarb muammolarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish.

1. Turizm sohasidagi ilmiy-texnikaviy muammolar bazasini shakllantirish va uning doimiy yangilab borilishini ta’minlash.

2. Universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibini va talabalarni turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.

3. Olingan natijalarni, o‘rganilgan materiallar asosida xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarni tatbiq qilishda amaliy yordam berish.

2018-2019-yillar

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

16.

Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish

1. Yosh o‘qituvchilarni xorijiy va respublika ta’lim muassasalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirish.

2. Universitetning axborot-resurs markazini xorijiy ilmiy jurnallar, yetakchi davriy nashrlar bilan ta’minlash.

3. Universitet professor-o‘qituvchilar tarkibining xalqaro turizm rivojining dolzarb masalalari bo‘yicha xorijda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda ishtirok etishini ta’minlash.

2019-yil 1-maygacha

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

III. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish

17.

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni mustahkamlash, ularning samaradorligini yanada oshirish.

1. Boshqa oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ilg‘or tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, aniq maqsadlar qo‘yilgan yillik ish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash.

2. Axborot-resurs markazi, fakultetlar, kafedralarning metodik materiallar, ko‘rgazmali qurollar, ma’naviy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash.

3. Talabalar va professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan axborot-resurs markazida ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlardan foydalanishini monitoring qilish va natijalarni universitet (fakultet) yig‘ilishida muhokama qilish.

4. “Yangi kitoblar va metodik materiallar ko‘rgazmasi” tadbirini o‘tkazish.

5. Talabalar o‘rtasida sayyohlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar, tanlovlarni tizimli asosda o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

2018-yil davomida

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet

18.

Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha so‘rov o‘tkazish, natijalarni universitet (fakultet) yig‘ilishida muhokama qilish asosida tegishli chora-tadbirlarni tashkillashtirish.

1. Universitet ma’muriyati tomonidan talabalarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirni tashkil qilish.

2. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati to‘g‘risida so‘rov o‘tkazish va uning natijalariga ko‘ra aniq vazifalarni belgilash.

har oy har chorakda

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Universitet,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

19.

Talabalar yashash joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish.

1. Talabalar yashash joylarida istiqomat qiluvchi Universitet talabalarini jalb qilgan holda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Talabalar yashash joylariga ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi shiorlar o‘rnatish, axborot-resurs markazi, dam olish xonalari, sport-sog‘lomlashtirish binolari, kompyuter zallari va maishiy xizmat punktlarida zarur shart-sharoitlar yaratish.

3. Talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimidan keng foydalanish.

doimiy

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Universitet,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

20.

Yashash joylarini ijaraga oluvchi talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, fuqarolar yig‘inlari vakillarini jalb qilgan holda, talabalarning turmush kechirish, darslarga tayyorlanish, dam olish va boshqa hayotiy ahamiyatga molik shart-sharoitlarini va ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish.

doimiy

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Universitet,

IIV,

“Mahalla” jamg‘armasi

21.

Universitet hududida turizm bo‘yicha amaliy ishlab chiqarish maydonlari (media markaz, buk-kafe, Wi-Fi zonalar, munozara klublari va boshqalar)ni tashkil qilish.

1. Turizm bo‘yicha amaliy ishlab chiqarish maydonlari loyihasini (dizaynini) yaratish.

2. Turizm bo‘yicha amaliy ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish maqsadida grantlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb qilish.

3. Obyektlarning to‘laqonli ishlashini ta’minlash.

2018 — 2020-yillar davomida

XMI va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi, Universitet

22.

“Turizmni rivojlantirish uchun eng yaxshi tashabbuslar” respublika tanlovini tashkil qilish.

1. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda tashkil qilish va o‘tkazish.

har o‘quv yilida

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

IV. Universitet hududida qurilish-montaj ishlari va uning hududini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

23.

Zarur infratuzilmani yaratish va Universitet faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun birinchi bosqichda kerakli kompleks ishlarni amalga oshirish.

1. Universitet bino va inshootlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.

2. Universitetni kompyuter va boshqa orgtexnika, o‘qitishning texnik vositalari, shu jumladan masofaviy va onlayn ta’limni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan texnikalar, turizm masalalari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan ta’minlash.

3. Universitetni mebel (doskalar, partalar, stollar, stullar va boshqalar), inventar, zamonaviy laboratoriya jihozlari, shuningdek, o‘quv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan jihozlash.

2018-yil 30-sentabrgacha

Samarqand viloyatining mahalliy budjet mablag‘lari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Samarqand viloyati hokimligi,

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Matbuot va axborot agentligi

24.

Universitet bino va inshootlarini hamda tutash hududlarni rekonstruksiya qilish ishlarini bajargan holda, undagi o‘qitish sharoitlarini yanada yaxshilash.

Universitet bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, unga tutash hududdagi yo‘llar sifatini yaxshilash, tegishli infratuzilma, kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l-axborot ko‘rsatkichlari bilan ta’minlash.

2019-yil davomida

Davlat rivojlanish dasturlari doirasida kapital qo‘yilmalar limitlari

Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi,

IIV,

Moliya vazirligi,

Universitet

25.

Universitetni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash.

Tegishli uskunalar bilan jihozlagan holda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish bo‘yicha barcha zarur ishlarni bajarish.

2018-yil 1-sentabrgacha

Foydalanuvchi tashkilotlarning mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

“O‘zbekenergo” AJ,

“O‘ztransgaz” AJ,

Universitet

26.

Universitetni optik tolali liniya orqali Internet tarmog‘iga va axborot-ta’limiy portallarga ulash.

Mazkur vazifani bajarish uchun barcha tashkiliy-texnik masalalarni hal qilish.

2018-yil 15-sentabrgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Universitet

27.

Universitetning o‘z veb-saytini yaratish.

1. Veb-saytni ishlab chiqish bo‘yicha ijrochilarni qidirish va shartnoma tuzish.

2. Veb-saytning Internet tarmog‘ida to‘laqonli ishlashini ta’minlash.

3. Veb-saytni dolzarb va zarur axborot bilan doimiy ravishda yangilab borish.

2019-yil 1-yanvardan boshlab 2019-yildan boshlab muntazam ravishda

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Matbuot va axborot agentligi, Universitet

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi