Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 18.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoni hamda “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan:

a)

mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan:

— da’vo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;

b)

davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotganda aybdor tomondan undiriladi)

— eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “d” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar.

v)

nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holda

— eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;

— eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida;

boj 1-bandning “a” kichik bandiga muvofiq da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi;

g)

bedarak yo‘qolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

— eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;

d)

uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish to‘g‘risidagi va mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan

— eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;

e)

alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan

— eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

j)

sudlarning qarorlariga appelyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan





jinoiy ish bo‘yicha fuqarolik da’volaridan

— da’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa — ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida;


— da’vo bahosining 10 foizi miqdorida;

z)

sudlarning qarorlari, hukmlar, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra, sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun

— hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida;

i)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek, hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan

— eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida.

2. Iqtisodiy sudlarga beriladigan:

a)

mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan

— da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;

b)

mulkka oid bo‘lmagan tusdagi da’vo arizalaridan

— eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v)

bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalardan

— eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;

g)

xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridan

— eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

d)

apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan

— birinchi instansiyada ko‘rib chiqish uchun ariza berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo‘yicha esa talashilayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblangan stavkalar;

e)

sud hujjatlarining dublikatlarini hamda tomonlar va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan iqtisodiy sud tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berish to‘g‘risidagi arizalardan

— hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;

j)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek, hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan

— eng kam oylik ish haqining 2 baravari.

Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar.

“3. Ma’muriy sudlarga beriladigan:

a)

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan:


fuqarolardan


— eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;

yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

— eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;

b)

davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan (shikoyatlardan):

fuqarolardan

— eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

— eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v)

notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan (shikoyatlardan):

— eng kam oylik ish haqining 1 baravari;

g)

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan arizalardan (shikoyatlardan):

fuqarolardan



yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan

— eng kam oylik ish haqining1 baravari

— eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

d)

apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan

— arizalar (shikoyatlar) berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi;

e)

sud hujjatlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berish to‘g‘risidagi arizalardan

— hujjatning har bir beti uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdori;

Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar.

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi