Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tuzilmasi

2-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallarining TUZILMASI

3-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida ta’limning kredit tizimi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Asosiy tushunchalar

3-bob. Ta’lim dasturi tuzilmasi

4-bob. O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoringi va ta’lim sifatini ta’minlash

5-bob. Akademik mobillik va sinov birliklarini tan olish

6-bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish

7-bob. O‘qituvchining funksiyalari

8-bob. Ta’lim oluvchini chetlashtirish, qayta tiklash, bosqichdan-bosqichga ko‘chirish mexanizmlari

9-bob. Yakuniy qoidalar

1-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimini joriy etish SXEMASI

2-ILOVA
Fanlar katalogida aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar

3-ILOVA
Tanlov fanlari katalogi shakli

4-ILOVA
Ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvda aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar

5-ILOVA
Ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomada aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar

6-ILOVA
Stajirovkani o‘tash to‘g‘risidagi sertifikatda aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar

7-ILOVA
Ta’lim oluvchini fanlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish shakli

8-ILOVA
Baholarni konvertatsiya qilish jadvali (5 ballik tizimdan foizga)

9-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvali

10-ILOVA
Stajirovkani o‘tash bo‘yicha kelishuvda aks ettirilishi tavsiya etiladigan ma’lumotlar

11-ILOVA
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida ta’limning kredit tizimi bo‘yicha tahsil olgan bitiruvchilar uchun bakalavr va magistr akademik darajasini belgilovchi diplom ilovasi shakli

Hujjat 24.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-son Farmoni, 2018-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ta’limning kredit tizimini joriy qilish orqali universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5349-son Farmoniga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) va uning filiallarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimini joriy etish taklifi ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Universitet barcha fanlarining katalogi va o‘qitish sharoitlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar hamda dolzarb axborotlarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq universitetning veb-sahifasida o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida e’lon qilib borishi shart.
ushbu Nizomning 4 — 6-ilovalarida belgilangan shakldagi ta’lim to‘g‘risidagi kelishuv, ma’lumotnoma va sertifikat.
24. Universitet akademik mobillik dasturi bo‘yicha rejalashtirilgan ta’lim elementlarini o‘zlashtirish uchun talabani ushbu Nizomning 7-ilovasida belgilangan shakldagi hujjat asosida fanlarga ro‘yxatdan o‘tkazadi va mobillik davrida ushbu elementlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari ta’minlanishini o‘z zimmasiga oladi.
27. Stajirovkani o‘tash bo‘yicha kelishuv ushbu Nizomning 10-ilovasida belgilangan tavsiya etiladigan elementlar asosida talaba, Universitet va qabul qiluvchi tashkilot tomonidan uch tomonlama imzolanadi.
30. Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ushbu Nizomning 8-ilovasida keltirilgan ijobiy baholar doirasida baholangan ta’lim oluvchilarga sinov birliklari beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, sinov birliklari berilmaydi.
32. Sinov birliklarini ko‘chirish ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq Universitet baholarini konvertatsiyalash jadvalini boshqa muassasada tuzilgan shunga o‘xshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.

Umumiy ma’lumot:

ta’lim muassasasining nomi va manzili;

ta’lim muassasasining tavsifi (tipi va holati);

ta’lim muassasasi rahbariyati;

o‘quv jarayoni jadvali;

universitetda amalga oshiriladigan dasturlar ro‘yxati;

ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish talablari, ish yuritish tillari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi;

mobillik davri va oldingi ta’limni tan olish tartibi;

sinov birliklarining taqsimlanish prinsipi;

ta’lim jarayonini nazorat qilish tartibi.

Xizmat va resurslar:

talabalar bilan ishlash xizmatlari;

yashash va ovqatlanish sharoiti va narxi;

talabalarning moliyaviy ta’minoti;

tibbiyot xizmatlari;

sug‘urta;

imkoniyati cheklangan va alohida ehtiyojli talabalar uchun sharoitlar;

ta’lim olish muhiti;

xalqaro akademik dasturlarda qatnashish imkoniyatlari;

kiruvchi mobillik qatnashchilariga amaliy axborot;

tillar bo‘yicha fanlar;

ish joyida amaliyotni o‘tash imkoniyatlari;

sport bilan shug‘ullanish va dam olish imkoniyatlari;

talabalar birlashmalari;

axborot-resurs markazi.

O‘quv fanlari dasturlari to‘g‘risida axborot:

o‘zlashtiriladigan malakalar;

dasturlarning davom etish muddati;

sinov birliklari miqdori;

milliy malaka kvalifikatsiyasi doirasida salohiyat darajasi;

tayyorlov yo‘nalishlari va o‘qishga kiruvchilarga alohida talablar (agar mavjud bo‘lsa);

oldingi ta’limni tan olish tartibi;

malakaviy va normativ talablar;

dastur yo‘nalishi;

ta’lim olish natijalari;

sinov birliklari aks ettirilgan sxema tarzidagi tuzilmasi (kunduzgi ta’lim uchun 60 sinov birligi miqdorida);

ta’lim shakli;

nazorat o‘tkazish tartibi va baholash shkalasi;

stajirovkalar;

ishlab chiqarish tashkilotlarida amaliyotlar;

bitiruvchilarning professional profili;

oliy ta’limdan keyingi ta’lim.

Qo‘shma dasturlarda quyidagi qo‘shimcha elementlar tavsiya etiladi:

ta’lim va malaka to‘g‘risidagi hujjat haqida axborot va uning ilovasi;

konsorsium a’zolari va ularning roli;

ta’lim dasturining mobillik tuzilmasi.

Aniq ta’lim dasturlari elementlari tavsifi to‘g‘risida axborot:

kod;

nomi;

tip (majburiy/tanlov);

sikl (qisqa, birinchi, ikkinchi/uchinchi);

dastur doirasida amalga oshirilish yili (agar mavjud bo‘lsa);

dastur qismining amalga oshirilish davri;

sinov birliklari miqdori;

ma’ruzachilarning F.I.Sh.;

ta’lim olish natijalari;

ta’lim turi (kunduzgi, masofaviy va boshqalar);

asosiy va qo‘shimcha talablar (agar mavjud bo‘lsa);

fan tarkibi;

majburiy va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati hamda boshqa xil manbalar / jihozlar;

rejalashtirilgan o‘quv faoliyatining uslubi va shakli;

baholash mezoni va usuli, o‘qish tili.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi