Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 30.08.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq haftaning har juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin va ushbu kunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Tashkiliy tadbirlar

1.

“Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” davomida hududlarda amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish.

1. “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” davomida amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun mas’ul xodimlarni belgilash.

2. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni umumlashtirish hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha viloyatlar va Respublika idoralararo komissiyalarga taqdim etib borish.

3. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar tomonidan profilaktika kuni davomida amalga oshirilayotgan tadbirlarni va mas’ul ijrochilar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish amalga oshirish.

3 kun



Har juma kuni






Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi



IIV YHXBB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YHXB


Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya

2.

“Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” tadbirlarini o‘tkazish va yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish.

1. Biriktirilgan mas’ullar tomonidan “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni”ni o‘tkazish.

2. O‘tkazilgan “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish.

3. Har oy yakunida tadbirda faol ishtirok etgan fuqarolarni va mas’ullarni rag‘batlantirish bo‘yicha komissiya raisiga taklif kiritish.

Har juma kuni


Har oyning oxirgi juma kuni

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya

3.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishining ahvoli, qoida buzilishlarining kelib chiqish sabablarini tahlil va monitoring qilish asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

“Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” tadbirlarini bevosita amalga oshiruvchi mas’ul shaxslar tomonidan qonun buzish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish asosida takliflar ishlab chiqish.

Tadbirlar davomida

“Yo‘l harakati xavfsizligi kuni” tadbirlarini o‘tkazishga mas’ullar

II. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, yo‘l-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari

4.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini, ularni buzish oqibatlarini tushuntirish va targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Har bir korxona va tashkilotda, ta’lim muassasasida, mahallalarda seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va muhokama etishning boshqa shakllarini qo‘llagan holda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va yo‘l-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirish.

Har juma kuni

IIV, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

5.

Yo‘llarda harakat ishtirokchilari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi chora-tadbirlarni tashviqot vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish.

1. Yo‘l harakati ishtirokchilari, xususan haydovchilar, piyodalar, velosiped haydovchilarini ogohlikka chaqiruvchi, ularning madaniyati va fuqarolik ongini oshirishga qaratilgan maxsus bukletlar va eslatmalar ishlab chiqish, ularni jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb etgan holda haydovchilar, piyodalar va velosiped haydovchilari o‘rtasida tarqatish.

2. Mavzuli reklama-tashviqot vositalarini (plakatlar, bannerlar, stendlar va shu kabilar), yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan boshqa vositalarni birinchi navbatda, transport vositalari jadal harakatlanadigan, umumiy foydalanishdagi, xalqaro va respublika ahamiyatiga molik yo‘llarda, temir yo‘l vokzallarida, Toshkent metropoliteni, shuningdek, ta’lim muassasalari, tashkilotlar, mahallalarda va boshqa jamoat joylarida o‘rnatish.

Har juma kuni







Har oyda

IIV, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi


QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

IIV, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” xayriya jam�at fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

6.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklarni aholiga yetkazish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish.

Mehnat jamoalari, mahallalar, ta’lim muassasalarida uchrashuvlar tashkil etish orqali yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklarni yetkazish.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

7.

Yo‘l-transport hodisalarini, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni tanqidiy muhokama qilish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

1. O‘tkaziladigan profilaktika kunlari doirasida keng jamoatchilik ishtirokida yo‘l-transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilish.

2. Yo‘l-transport hodisasi sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish borasida tegishli tashkilot va muassasalarga taqdimnomalar kiritish.

Har juma kuni




Har oyda

Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Ichki ishlar vazirligi

8.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini qo‘pol va doimiy ravishda buzib kelayotgan shaxslarga nisbatan profilaktik ta’sir choralarini ko‘rish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida sayyor sud muhokamalarini tashkil etish.

Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini qo‘pol va doimiy ravishda buzib kelayotgan haydovchilar tomonidan qonun buzish holatlarini oldini olish, aholini ogohlikka chaqirish va ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish va o‘tkazilayotgan sayyor sudlarda ularning ishtirokini ta’minlash.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

9.

Bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

1. Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 2 — 12-sentabr kunlari “Diqqat bolalar!” profilaktika tadbirlarini o‘tkazish.




2. Maktab o‘quvchilarining “Yo‘l harakati qoidalari” bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ularda yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli “Yashil chiroq” musobaqalarini o‘tkazish.







3. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ko‘rgazmali qo‘llanmalar, bukletlar va bro�yuralar tayyorlash va tarqatish.





4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kollejlar va litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil rang”, “Yo‘l harakati qoidalari bilimdoni”, “eng namunaviy yo‘lovchi” kabi viktorinalarni hamda “diqqat, piyoda!”, “Diqqat, bolalar!” deb nomlangan profilaktika kampaniyalarini o‘tkazish.

5. Bolalarga yo‘l harakati qoidalarini, jumladan, velosiped haydash ko‘nikmalarini va yo‘llardan o‘tish tartibini o‘rgatish.

Sentyabr oyida







Qo‘shma qaror asosida










Doimiy ravishda








Har yili






Muntazam

Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, MTRK, EOAVMA,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi



Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil transporti agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamoat fondi, MTRK



O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirlig�


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,


Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Ichki ishlar vazirligi

III. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik

10.

Markaziy va viloyat telekanallarida yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq voqealarni, ularning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini yoritishga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv va axborot dasturlarini, shuningdek, voqealarni yoritish guruhlari tomonidan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joylardan ularni bartaraf etish bo‘yicha tayyorlanadigan tezkor reportajlarni efirga uzatish.

1. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, ularga amal qilmaslik sabablari va oqibatlari, yo‘l harakati ishtirokchilarining javobgarlik masalalarini yoritish.

2. Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan joylardan bevosita haydovchilar va yo‘lovchilar aybi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisalarini, jarohatlanganlar ishtirokida targ‘ibot ko‘rsatuvlarini tashkil etish orqali keng jamoatchilikka namoyish etish.

Har juma kuni

MTRK,

EOAVMA,

Ichki ishlar vazirligi,

QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Bolalar o‘rtasida yo‘llarda harakatlanish va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan qisqa metrajli videoroliklar va multiplikatsion filmlar yaratish.

Bolalarga yo‘llarda harakatlanish qoidalarini bola tilida 5 — 10 daqiqaga mo‘ljallangan videoroliklar va multiplikatsion filmlar yaratish orqali ommaviy axborot vositalari, ayniqsa “Bolajon” telekanalida, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida namoyish etish.

Doimiy ravishda

O‘zbekfilm, MTRK, Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

12.

Yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi masalalari, shu jumladan yo‘l harakati madaniyatini, yo‘l harakati qatnashchilarining o‘zaro bir-birini hurmat qilishini va birdamligini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy roliklarni, maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmog‘ida uzatish (chop etish).

1. Yo‘l harakati xavfsizligi kunlari davomida amalga oshiriladigan tadbirlarni yoritib borish.

2. Yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanish madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatuv, tok-shou, lavhalar namoyish etish, eshittirishlarni efirga berish va maqolalar chop etish. Ushbu mavzuga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar tayyorlash va namoyish etish.

3. Yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq holatlarni aks ettiruvchi maqolalar, risolalar hamda ijtimoiy roliklarni tayyorlash va davriy bosma ommaviy axborot vositalari,Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholi e’tiboriga yetkazish.

Har juma kuni

MTRK, Ichki ishlar vazirligi, EOAVMA, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

IV. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan maxsus tadbirlar

13.

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklarni aniqlashga qaratilgan maxsus reydlar va tekshiruvlarni o‘tkazish.

1. Yo‘llarda harakatlanayotgan transport vositalarining haydovchilari va piyodalar tomonidan qonun buzish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish borasida maxsus reydlar tashkil etish orqali bartaraf etish choralarini ko‘rish.

2. Transport vositalarining texnik holatini yaxshilash maqsadida texnik nosoz transport vositalarini aniqlash bo‘yicha reydlar tashkil etish.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, MTRK



Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil transporti agentligi

14.

O‘quv mashg‘ulotlari boshlanishi va tugashi arafasida yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari naryadlarining yo‘nalishlarini maktab, litsey, kollej va oliy ta’lim muassasalariga yaqinlashtirish.

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘quv yillari davomida ta’lim muassasalariga tutash bo‘lgan va yaqin yo‘llarga yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari naryadlarini joylashtirish.

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi

15.

Avtomobil yo‘llariga yaqin joylashgan ta’lim muassasalariga kirish joylarida o‘quvchi-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish.

1. O‘quvchi-yoshlarning yo‘llarni kesib o‘tishida xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Mahalla posboni”, harbiy chaqiruvga tayyorlash fani o‘qituvchilari hamda Yoshlar ittifoqining yetakchilaridan yo‘l harakati jamoatchi navbatchisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. Yo‘llarni kesib o‘tish joylarida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan olib kelish va ketishini tashkil etish.

Doimiy

ravishda

Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Tirbandlik xosil bo‘layotgan yo‘llarni monitoring qilish asosida uni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Yo‘llarda tirbandliklar xosil bo‘lish joylarini aniqlash asosida uning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va bartaraf etish borasida chora-tadbirlar belgilash.

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi