Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 20.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga asosan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab, alkogolli mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi (AMHNHAT) ishlab chiqilishi va joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

(O‘rganish)

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruhni tuzish.

2018-yil

1-oktabr


“Yagona integrator” MChJ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, idoralararo ishchi guruh

1. Axborotlashtirish obyektlarini Axborot tizimini joriy etish yuzasidan o‘rganish.

2. Xalqaro tajribani, shu jumladan joyiga chiqqan holda o‘rganish.

2018-yil

1-dekabr


2-bosqich (Texnik va loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash)

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Yagona integrator” MChJ,

idoralararo ishchi guruh

1. Axborot tizimi Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Axborot tizimining dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2019-yil

1-fevral

2019-yil

1-mart

2019-yil

10-aprel


3-bosqich

(Axborot tizimini ishlab chiqish, unga ulanish va sinovdan o‘tkazish)

“Yagona integrator” MChJ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

idoralararo ishchi guruh

Axborot tizimining tajriba shaklini ishlab chiqish va joriy qilish.

2019-yil

1-iyul


“Yagona integrator” MChJ,

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Sinov ishtirokchilarini Axborot tizimiga ulash.

2019-yil

1-avgust


“Yagona integrator” MChJ,

Davlat soliq qo‘mitasi,

idoralararo ishchi guruh

Axborot tizimi ishini sinovdan o‘tkazish va ish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish.

2020-yil

1-fevral


4-bosqich

(Integratsiya)

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi,
“O‘zstandart” agentligi

Respublikada Axborot tizimini to‘liq joriy etish uchun normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish.

2020-yil

20-fevral


Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Yagona integrator” MChJ, Davlat soliq qo‘mitasi,

davolash muassasalari va dorixonalari mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar

Barcha ishtirokchilarni axborot tizimi bilan bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlarda

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi/shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda Axborot tizimi deb ataladi) ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruhni tuzish.

Idoralararo ishchi guruh tarkibini tasdiqlash

2018-yil

1-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat bojxona qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va
idoralar

2.

Axborotlashtirish obyektlarini Axborot tizimini joriy etish yuzasidan o‘rganish.

Tahliliy hisobot
tayyorlash

2018-yil

1-dekabr

“Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, idoralararo ishchi guruh

3.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beruvchi kodifikatsiya, serializatsiya va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro tajribani, shu jumladan joyiga chiqqan holda o‘rganish.

4.

Yagona axborot tizimi Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiyani
ishlab chiqish

2019-yil

1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Yagona integrator” MChJ, idoralararo ishchi guruh

5.

Dori vositalarining faol moddalarini va tibbiyot buyumlarni serializatsiyalash va markirovkalash, dori vositalarining faol moddalarining kodifikatsiya/ klassifikatsiya tizimi va/yoki xalqaro standartni qabul qilish va tasdiqlash.

Davlat standarti/ Kodifikatsiya/ klassifikatsiya
tizimi

2019-yil 1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Yagona integrator” MChJ, “O‘zstandart” agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik topshiriq

2019-yil 1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Yagona integrator” MChJ, idoralararo ishchi guruh

7.

Axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish.

Ekspert xulosasi

2019-yil
10-mart

“Yagona integrator” MChJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Axborot tizimining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

Axborot tizimini dastlabki texnik-iqtisodiy
asoslari

2019-yil
1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
idoralararo ishchi guruh

9.

Axborot tizimining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan o‘tkazish.

Ekspert xulosasi

2019-yil
10-aprel

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Axborot tizimining tajriba shaklini ishlab chiqish va joriy qilish.

Axborot tizimining tajriba versiyasi

2019-yil
1-iyul

“Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, idoralararo ishchi guruh

11.

Sinov ishtirokchilarini Axborot tizimiga ulash.

Texnik tadbirlar

2019-yil
1-avgust

“Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Axborot tizimi ishini sinovdan o‘tkazish va ish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish.

Texnik tadbirlar

2020-yil
1-fevral

“Yagona integrator” MChJ,
Davlat soliq qo‘mitasi, idoralararo ishchi guruh

13.

Quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish:

barcha ishtirokchilarni Axborot tizimiga bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish;

Axborot tizimiga ulanmagan yuridik shaxslarga farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qilishni taqiqlash muddatlarini belgilash;

Axborot tizimiga ishtirokchilarning majburiy asosda ulanishini hisobga olgan holda, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha litsenziya talablariga o‘zgartirishlar kiritish;

Ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha yangi markazini tashkil qilish yoki faoliyat ko‘rsatayotgan markazni kengaytirish;

Axborot tizimidan pulli asosda foydalanish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil

20-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat bojxona qo‘mitasi,

“O‘zstandart” agentligi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi