Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ishchi organning namunaviy tarkibiga asosan ishchi organ tarkibini tasdiqlaydi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektron tanlovga qo‘yilayotgan har bir hududning pasporti;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan yoxud ular zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hollarda operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechikmay elektron xat bilan buyurtmachiga uning buyurtmasini qaytaradi. Bunda, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar xatda ko‘rsatiladi.
ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida ariza beruvchilar uchun ko‘rsatilgan majburiy talablar va cheklovlar;
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan hududning pasporti;
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tanlov taklifi shakli;
ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 20-bandi talablariga muvofiq ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ariza beruvchi buyurtmanomani qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmasdan ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanomani o‘zgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
24. Buyurtmanoma ushbu Nizomning 23-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bir vaqtning o‘zida ariza beruvchi elektron tanlov ishtirokchisi maqomini olganligi haqida xabardor qilingan holda, u elektron tanlovda ishtirok etishga qo‘yiladi.
25. Buyurtmanoma ushbu Nizomning 23-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, elektron tanlovda ishtirok etishga buyurtmanoma zudlik bilan rad etiladi va bir vaqtning o‘zida bu haqda ariza beruvchiga aniq sabablarni ko‘rsatgan holda bildirishnoma yuboriladi.
28. Tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov g‘olibini aniqlash ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq tanlov takliflarini baholash shakli bo‘yicha balli tizimdan foydalangan holda dastur yordamida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
ushbu Nizomning 38-bandida nazarda tutilgan tartibda hududda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish taklif etilgan elektron tanlov g‘olibi va tanlovning ikkinchi ishtirokchisi ushbu taklifni rad etsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali taklifni qabul qilganligini tasdiqlasa, u elektron tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi va unga ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
40. Ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan tanlov ishtirokchilariga zakalat pullari qaytarilmaydi va mablag‘larni elektron tanlovlarni o‘tkazish ishlarini tashkil etishga yo‘naltirish uchun buyurtmachining bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
ushbu Nizomning 37-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda buyurtmachining hududni elektron tanlov g‘olibiga biriktirish to‘g‘risidagi qarorining elektron (skaner qilingan) nusxasi olingan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmay;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 39-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda — tanlovning ikkinchi ishtirokchisi rad etgan deb e’tirof etilgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay;
Keyingi tahrirga qarang.
43. Buyurtmachi elektron tanlov g‘olibi murojaat qilganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida va bayonnomaga asosan u bilan ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma tuzadi hamda shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda hududni elektron tanlov g‘olibiga 5 yilga biriktirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
44. Agar elektron tanlov ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan hollarga asosan o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, buyurtmachi hududni elektron tanlov o‘tkazmasdan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” yoki Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonalariga biriktirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi deb ataladi)

1. Tanlov hujjatlarini tayyorlash.



2. Tanlov hujjatlarini tasdiqlash.

3. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda operator deb ataladi) bilan elektron tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga shartnoma tuzish.

4. Elektron tanlovlarni o‘tkazish uchun to‘lovni o‘tkazish.


5. Hududlarni elektron tanlovga qo‘yish uchun operatorga elektron buyurtma berish.

6. Elektron tanlov o‘tkazilishi haqida veb-saytga ma’lumot joylashtirish.

1. Zaruratga ko‘ra yoki hududni biriktirish muddatining yakunlanishidan 2 oy oldin.

2-3. Elektron tanlovni e’lon qilish sanasiga qadar.



4. Elektron buyurtma berish sanasiga qadar.

5. Elektron tanlovni e’lon qilish sanasiga qadar.

6. Bildirishnoma operatorning veb-portaliga joylashtirilgan kunda.

2-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

1. Elektron tanlov o‘tkazilishi haqida veb-portalga bildirishnoma joylashtirish.




2. Ariza beruvchilardan elektron buyurtmanomalarni qabul qilish.

1. Buyurtmachining elektron buyurtmasi qabul qilib olingan kundan so‘ng 1 ish kuni mobaynida va elektron tanlov o‘tkazish kunidan kamida 30 kalendar kun oldin.

2. Bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab elektron tanlovni o‘tkazish sanasidan ikki kun oldin (soat 13.00 da) yakunlanadi.

3-bosqich

Ariza beruvchi

1. Veb-portalda ro‘yxatdan o‘tish.

2. Shaxsiy hisobvaraqni zakalat pulini o‘tkazishga talab etiladigan miqdordagi pul mablag‘lari bilan to‘ldirish.

3. Ariza berish.

1-2. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish sanasiga qadar.


3. Bildirishnoma joylashtirilgan kundan boshlab va elektron tanlovni o‘tkazish sanasidan ikki kun oldin (soat 13.00 da) yakunlanadi.

4-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

1. Dastur yordamida avtomatik tarzda bildirishnomalarni tekshirish.

2. Ariza beruvchini tekshirish va qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish.

3. Ariza beruvchilarning tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov g‘olibini aniqlash.

4. Elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish, elektron tanlov g‘olibi va buyurtmachiga topshirish (yuborish).

5. Elektron tanlov g‘olibi tomonidan to‘langan zakalat pulini buyurtmachining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish.

1-2. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza qabul qilingan kunda, zudlik bilan.


3. Elektron tanlovni o‘tkazish uchun belgilangan kun va vaqtda.

4-5. Elektron tanlov yakunlanganidan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay.

5-bosqich

Elektron tanlov g‘olibi

Bayonnomani taqdim etgan holda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga shartnoma tuzish hamda unga hududni biriktirish to‘g‘risidagi tegishli qarorni rasmiylashtirish uchun buyurtmachiga murojaat qilish.

Bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida.

6-bosqich

Mahalliy davlat hokimiyati organi

1. Tanlov g‘olibi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga shartnoma tuzish;

2. Hududni elektron tanlov g‘olibiga biriktirish to‘g‘risidagi tegishli qarorni qabul qilish.

1. Elektron tanlov g‘olibi murojaat qilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida.

2. Shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

I. Elektron tanlovga qo‘yilayotgan hudud pasporti

1. ________________________________________________________________________________________ viloyati
2. ______________________________________________________________________ tumani (qishloq va boshqalar)
3. Aholi soni — ____ ming kishi
shu jumladan:
— ko‘p kvartirali uylarda — _________________ ming kishi
— yakka tartibdagi turar joy sektorida — _________________ ming kishi
4. Yuridik shaxslar soni: — _________________ ta
shundan:
— budjet tashkilotlari — _________________ ta
shu jumladan:
— maktabgacha ta’lim muassasalari (tarbiyalanuvchilar soni) — _______ta (______kishi)
— maktablar, kollejlar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa o‘quv muassasalari — _______ta (______kishi)
— shifoxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, boshqa davolash-profilaktika muassasalari va h.k. — ________ta (______yotoq o‘rni)
5. Qattiq maishiy chiqindilar (QMCh)ning sutkalik to‘planish hajmi*_________________ kg, _________________ m3

6. Bir kunda hududga to‘liq xizmat ko‘rsatishni ta’minlab berish uchun talab etiladigan chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati **______________ m3

7. Hududni elektron tanlov g‘olibiga biriktirish muddati _________________ yil
8. Bazaviy tarif***:
— jismoniy shaxslarga QMCh to‘plash va olib chiqish xizmati ko‘rsatishga ______ so‘m (bir oyda bir kishi uchun)
— yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishda ______ so‘m (1 m3 QMCh olib chiqish uchun)

9. Elektron tanlovga qo‘yilayotgan hududga kiruvchi fuqarolar yig‘ini, ko‘chalar, mavzelar va uylar ro‘yxati:

T/r

Nomi

Ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi turar uylar

1.

Fuqarolar yig‘ini__________________
_________________________________Ko‘cha_____________________________
Mavze____________________________
….
….
a) ko‘p kvartirali uylar:
— raqamlari — №___, №___, №___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi;
b) chiqindi to‘plash shoxobchalari soni ____ ta
shu jumladan:
na’munaviy (qo‘riqlanadigan) ____ ta;
modulli (qo‘riqlanmaydigan) ____ ta;
v) konteynerlar soni ____ ta;
g) “signal” usulida xizmat ko‘rsatiladigan yakka tartibdagi uylar:
— raqamlari — №___, №___, №___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi.

2.


10. Quyidagilar:
a) chiqindi to‘plash shoxobchalari bo‘yicha:
— ____ ta chiqindi to‘plash shoxobchalarini ta’mirlash;
— ____ ta chiqindi to‘plash shoxobchalarini rekonstruksiya qilish;
— ____ ta chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish;
b) chiqindi to‘plash shoxobchalarini ____ ta konteynerlar bilan jihozlash talab etiladi.


II. Tanlov takliflarini baholash mezonlari

T/r

Mezonlar nomi

1.

Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi (avtopark, garaj)

2.

Xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati

3.

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga qarab ulardan necha yil foydalanilganligi

4.

Abonentlar hisobini yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimining mavjudligi��

5.

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi

6.

Jismoniy shaxslarga QMCh to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga bazaviy tarifdan past tarif taklifi

7.

Yuridik shaxslarga QMCh to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga bazaviy tarifdan past tarif taklifi

Elektron tanlovda ishtirok etish uchun
BUYuRTMANOMA

1. ______________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

STIR __________________________________
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami: ___________________________________________________________________
Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________
Elektron pochta manzili: ___________________________________________________________________________
Telefon va faks raqami (agar mavjud bo‘lsa): __________________________________________________________,

(mamlakat va shahar kodini ko‘rsatgan holda)

elektron tanlovni o‘tkazish haqidagi bildirishnomani va Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) bilan tanishib 20____ yil “___” _______da soat ______da __________ saytida bo‘lib o‘tadigan elektron tanlovda qatnashish uchun ushbu buyurtmanomani qabul qilishingizni so‘raydi.
Lot raqami: № ________________________
Lotning nomlanishi: _______________________________________________________________________________
2. Ushbu bilan:
a) ______________________________________________________________________________________________:

(yuri�ik shaxsning to‘liq nomi)

yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega ekanligini;
tanlov hujjatlariga muvofiq hududga to‘liq xizmat ko‘rsatish uchun yuk tashish quvvatini ta’minlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik soz chiqindi tashish mashinalariga ega ekanligini;
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va buyurtmanomada ko‘rsatilgan har bir transport vositasi uchun litsenziya kartochkasiga ega ekanligini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
tugatish, bankrot deb topish, yoki faoliyatini to‘xtatish jarayonida emasligini tasdiqlayman;
b) quyidagilar to‘g‘risida ogohlantirildi:
ushbu buyurtmanomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ishonchsizligi hollarida elektron tanlov natijalari haqiqiy emas deb e’tirof etilishi va jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga shartnomani bekor qilish hamda buyurtmachi tomonidan elektron tanlov natijalari bo‘yicha hududni biriktirish to‘g‘risida qabul qilingan qarorni bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilishga asos bo‘lishi mumkinligi;
Shuningdek, elektron tanlov g‘olibi deb e’tirof etilgan, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga shartnoma tuzishni rad etish yoki bosh tortish holatida o‘tkazilgan zakalat puli summasi qaytarilmaydi.
3. Elektron tanlovda qatnashishga ushbu buyurtmanomani taqdim qilib, Nizomdagi elektron tanlovni o‘tkazish shartlariga roziligimni tasdiqlayman. \
4. Elektron tanlov g‘olibi deb e’tirof etilgan taqdirda, buyurtmachining hududni elektron tanlov g‘olibiga biriktirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishini o‘z zimmamga olaman.
5. “E-IJRO AUKSION” YaESM operatori tomonidan yuborilgan barcha xatlarni quyidagi elektron pochta manzili orqali olishni rasman ma’lum qilaman
________________________________________________________________________________________________

(elektron pochta manzili)

“E-IJRO AUKSION” YaESM operatori tomonidan mazkur elektron pochta manziliga yuborilgan xatlar ular yuborilgan vaqtida rasman qabul qilib olingan deb hisoblanishini va “E-IJRO AUKSION” YaESM mazkur xatlarning o‘z vaqtida o‘qilmaganligining oqibatlari uchun javob bermasligini tasdiqlayman.
6. Zakalat puli summasini qaytarish uchun
_____________________________________________________________________________ning bank rekvizitlari

(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

Bank nomi
Bank MFOsi
Bank hisobvarag‘i №
____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________

7. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya nusxasi va tanlov takliflarida ko‘rsatilgan har bir transport vositasiga va maxsus texnikaga litsenziya kartochkalari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
tanlov taklifida ko‘rsatilgan har bir transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon) nusxasi;
abonentlar hisobini yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy ta’minotini joriy qilish va unga xizmat ko‘rsatishga shartnoma nusxasi;
chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat ko‘rsatishga shartnoma nusxasi;
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud bo‘lmasa);
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar tariflari (agar mavjud bo‘lsa).
________________________________________________________________________________________________
To‘ldirilgan sana _______________________________________
Ariza beruvchining ERI __________________________________

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Tanlov taklifi

I. Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Ishlab chiqarish
obyektining nomi

Ishlab chiqarish
obyektining
joylashgan joyi

Egallagan hudud
maydoni

Ishlab chiqarish obyektining
mol-mulki

Avtopark (garaj)


II. Chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati to‘g‘risidagi ma’lumotlar

T/r

Rusumi

Yuk ko‘tarish quvvati
(kg)

Parkdan foydalanish koeffitsiyenti hisobi bilan yuk ko‘tarish quvvati
(kg)
(3-ustun x 0,75*)

Bir kunlik qatnovlar
soni

Yuk tashish quvvati
(m3)

(4-ustun x 5-ustun) / 445**

Aholiga xizmat ko‘rsatish quvvati (kishi)
(4-ustun /1,17***x5-ustun)

1

2

3

4

5

6

7

1.

ISUZU

3000

2250

2

10

3 846

2.

MAN

6000

4500

2

20

7 692

Jami

30

11 538


III. Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga qarab ulardan necha yil foydalanilganligi

T/r

Rusumi

Ishlab chiqarilgan yili

Davlat raqami

1.

2.

...


IV. Abonentlar hisobini yuritish bo‘yicha a�tomatlashtirilgan tizimning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot

T/r

Dasturiy ta’minotning nomi

Dasturiy ta’minot joriy qilingan sana

Dasturiy ta’minotni joriy qilish va unga xizmat ko‘rsatishga shartnoma

shartnoma raqami
va sanasi

shartnoma muddatining tugash sanasi

1.

2.

...


V. Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot

T/r

Nazorat tizimining
nomi

Nazorat tizimi joriy qilingan sana

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat ko‘rsatishga shartnoma

shartnoma raqami
va sanasi

shartnoma muddatining tugash sanasi

1.

2.


VI. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha taklif etilayotgan xizmatlar qiymati to‘g‘risida
ma’lumot

T/r

Tarif

Tarif miqdori

1.

Jismoniy shaxslarga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmati ko‘rsatishga (bir oyda bir kishi uchun)

______________ so‘m.

2.

Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishda 1 m3 qattiq maishiy chiqindilarni

olib chiqish uchun

______________ so‘m.



Sana _______________________________________

Ariza beruvchining ERIsi _______________________________________

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga namunaviy shartnoma

20__ yil”_____”_____________ ______ -son ________________________________________________________________________________________________,

(buyurtmachining nomi)

nomidan nizom asosida faoliyat yurituvchi _______________________________________________________ hokimi

(viloyat, tuman, shahar)

_________________________________________________________, bundan buyon matnda “Buyurtmachi”deb ataluvchi

(F.I.O.)

bir tomondan va __________________________________________________________________________________

(yuridik shaxs — elektron tanlov g‘olibining to‘liq nomi)

nomidan __________________________________________ asosida faoliyat yurituvchi tashkilot rahbari (direktori)

(ustav, nizom)

___________________________________________________________, bundan buyon matnda “Ijrochi” deb ataluvchi,

(F.I.O.)

ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar, ushbu shartnomani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” __________dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:


1. Shartnoma mavzusi

1.1. Buyurtmachi ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan ilovaga muvofiq hududni (keyingi o‘rinlarda hudud deb ataladi) maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun Ijrochiga biriktirib beradi.
1.2. Ijrochi o‘ziga biriktirib berilgan hududda qonunchilikda va ushbu shartnomada belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish majburiyatini oladi.


2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun hududni Ijrochiga biriktirish to‘g‘risida qaror qabul qilish va Ijrochi (yoki uning ishonchnoma bo‘yicha vakili)ga imzo qo‘ydirgan holda topshirish (yoki Ijrochining roziligiga ko‘ra pochta jo‘natmasi bilan yuboriladi);
Ijrochiga biriktirilgan hududda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqin�ik qilmaslik.
2.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Ijrochiga biriktirilgan hududda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
Ijrochi tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi monitoringi olib borilishi;
Ijrochidan ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq hujjatlar va materiallarni so‘rash.
2.3. Ijrochi quyidagilarga majbur:
Buyurtmachining tegishli qarori qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga kirishish;
sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaxshilashni amalga oshirish, shu jumladan:

Tadbir nomi

Soni (ta)

Bajarish muddatlari

Mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalarini ta’mirlash
Mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalarini rekonstruksiya qilish
Yangi chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish
Chiqindi to‘plash shoxobchalarini konteynerlar bilan jihozlash

chiqindi to‘plash shoxobchalarida va tutash hududda lozim darajadagi tozalikni ta’minlash;
maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish;
Ijrochining shartnoma bo‘yicha huquqiy munosabatlaridagi huquqiy holatga ta’sir qiladigan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘zgarishlar ro‘y bergan kundan boshlab 10 kundan kechikmay Buyurtmachiga xabar berish;
ushbu shartnoma bo‘yicha Ijrochi majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishida Buyurtmachiga to‘sqinlik qilmaslik;
2.4. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan barcha usullarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish;
Buyurtmachidan ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rash.


3. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish

3.1. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish Tomonlarning roziligi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin;
3.2. Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli:
ushbu shartnomaning 2.3-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan majburiyatlarning Ijrochi tomonidan muddatida bajarilmasligi;
jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan muntazam ravishda xizmatlar ko‘rsatilmayotganligi va (yoki) lozim darajadagi sifatda bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatilayotganligini tasdiqlovchi shikoyatlar tushishi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organlarining Ijrochi tomonidan xizmatlar ko‘rsatilmayotganligini va (yoki) lozim darajadagi sifatda bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatilayotganligini tasdiqlovchi tegishli materiallari talab etiladi.
elektron tanlov g‘olibining “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi va Buyurtmachining veb-saytiga joylashtirilgan bildirishnomada ko‘rsatilgan, majburiy talablar va cheklovlarga mos kelmasligi aniqlanganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha.
3.3. Ijrochi ushbu shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar Buyurtmachi tomonidan bajarilmagan hollarda shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
3.4. Quyidagi hollarda shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yiladi:
Ijrochining faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilishi yoki to‘xtatib qo‘yilishi;
o‘z faoliyatini to‘xtatish niyati to‘g‘risida faoliyatni�g to‘xtatilishi kutilayotgan sanadan 3 oy oldin Buyurtmachini xabardor qilgan holda Ijrochining tashabbusi bilan.
3.5. Ushbu shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan Tomon ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.


4. Nizolarni hal qilish tartibi

4.1. Ushbu shartnoma doirasida kelib chiqadigan nizolar Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha hal etiladi.
Kelishuv bilan hal etilmagan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.


5. Shartnomaning amal qilish muddati

5.1. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va 20___ yil “____”_________gacha amal qiladi.


6. Yakunlovchi qoidalar

6.1. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish Tomonlarning ikki tomonlama yozma roziligi bo‘yicha amalga oshiriladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6.2. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki asl nusxada tuzildi. Bir nusxasi Buyurtmachida, ikkinchisi — Ijrochida saqlanadi.


7. Tomonlarning manzili va rekvizitlari

“Buyurtmachi”
____________________________________________
(to‘liq nomi)
Joylashgan joyi::_____________________________
____________________________________________
Bank rekvizitlari:____________________________
____________________________________________
MFO: ______________________________________
STIR: ______________________________________
IFUT: ______________________________________
____________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
____________________________________________
(imzo, muhr)

“Ijrochi”
____________________________________________
(to‘liq nomi)
Joylashgan joyi::_____________________________
____________________________________________
Bank rekvizitlari:____________________________
____________________________________________
MFO: ______________________________________
STIR: ______________________________________
IFUT: ______________________________________
____________________________________________
(lavozimi, F.I.O.)
____________________________________________
(imzo, muhr)

Ijrochiga biriktirilayotgan hudud pasporti

1. _______________________________________________________________________________________ viloyati
2. ______________________________________________________________________ tumani (qishloq va boshqalar)
3.Aholi soni — __________ ming kishi
shu jumladan:
- ko‘p kvartirali uylarda — ____________________________ ming kishi
- yakka tartibdagi turar joy sektorida — ________________________________________ ming kishi
4. Yuridik shaxslar soni: — ______________________ ta
shundan:
budjet tashkilotlari — _________________ ta
shu jumladan:
— maktabgacha ta’lim muassasalari (tarbiyalanuvchilar soni) — _____ta (____kishi)
— maktablar, kollejlar, oliy ta’lim muassasalari va boshqa o‘quv muassasalari — _______ta (______kishi)
— shifoxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, boshqa davolash-profilaktika muassasalari va hokazolar — _______ta (______yotoq o‘rni).
5. Biriktirilgan hududga kiruvchi fuqarolar yig‘ini, ko‘chalar, mavzelar va uylar ro‘yxati:

T/r

Nomi

Ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylar

1.

Fuqarolar yig‘ini _________________________________
Ko‘cha_____________________________
Mavze ___________________________
….
….
a) ko‘p kvartirali uylar:
— raqamlari — №___, №___, №___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi;
b) chiqindi to‘plash shoxobchalari soni ____ ta
shu jumladan:
na’munaviy (qo‘riqlanadigan) ____ ta;
modulli (qo‘riqlanmaydigan) ____ ta;
v) konteynerlar soni ____ ta;
g) “signal” usulida xizmat ko‘rsatiladigan yakka tartibdagi uylar:
— raqamlari — №___, №___, №___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi.

2.

Fuqarolar yig‘ini _________________________________
Ko‘cha ____________________________
Mavze ___________________________
….
….
a) ko‘p kvartirali uylar:
— raqamlari — №___, №___, №___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi;
b) chiqindi to‘plash shoxobchalari soni ____ ta
shu jumladan:
na’munaviy (qo‘riqlanadigan) ____ ta;
modulli (qo‘riqlanmaydigan) ____ ta;
v) konteynerlar soni ____ ta;
g) “signal” usulida xizmat ko‘rsatiladigan yakka tartibdagi uylar:
— raqamlari — №___, №___, №___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi.

Keyingi tahrirga qarang.

Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy ommaviy shartnoma
______-son shartnoma

20__ yil “___” _________________ _____-son

Ushbu Ommaviy shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasi talablariga muvofiq tuzilgan va jismoniy shaxslarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini, shuningdek, _______________________________________________________________________________ , bundan buyon matnda

(tashkilot nomi)

“Ijrochi” deb ataluvchi nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi tashkilot rahbari (direktori) _______________________________________________________________________________ va ushbu shartnomani

(F.I.O.)

tuzish to‘g‘risidagi ommaviy taklif (oferta)ni qabul qilgan (akseptlagan) turar joy mulkdori (ijaraga, arendaga oluvchi), bundan buyon matnda “Iste’molchi” deb ataluvchi (keyingi o‘rinlarda Tomonlar deb yuritiladi) o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda mu�osabatlar tartibini belgilaydi.


1. Mazkur shartnomada qo‘llanilgan asosiy tushunchalar:

qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ular hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oziq-ovqat va o‘simlik chiqindilari, to‘qimachilik mahsulotlari, o‘rash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qog‘oz, plastmassa, yog‘och chiqindilari, o‘zining foydalanish xususiyatlarini yo‘qotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilg‘ida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bug‘ qozonlaridan foydalanish natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar);
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi to‘kiladigan o‘ralar va septiklarda yig‘ilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan yuvindi chiqindilari, markazlashtirilmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
qurilish chiqindilari — uylar, ma’muriy bino, ko‘p kvartirali uy kvartiralarini qurishda, rekonstruksiya qilishda, ta’mirlashda va buzishda hosil bo‘ladigan chiqindilar;
“signal” usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yo‘li bilan Iste’molchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turar joy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish.


2. Shartnoma mavzusi

1. Quyidagilar shartnoma mavzusi hisoblanadi:
a) Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash uchun maxsus ajratilgan maydonlar (chiqindi to‘plash shoxobchalari)dan va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish;
b) Iste’molchi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar haqini to‘lanishi.
2. Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish Iste’molchilarning buyurtmanomasi asosida alohida to‘lov evaziga amalga oshiriladi.


3. Iste’molchining huquq va majburiyatlari

3. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
shartnomaga muvofiq zarur ko‘lamda, belgilangan sifatda, uning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lgan, mulkiga zarar yetkazmaydigan xizmatlardan foydalanish;
Ijrochidan xizmat ko‘rsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi, shuningdek, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar tariflari to‘g‘risida ma’lumot olish;
Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etilishini talab qilish: chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba;
o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr uchun oldindan haq to‘lash, keyinchalik tegishli tariflar oshganda qaytadan hisob-kitob qilmaslik;
Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini ko‘rishi lozim bo‘lgan dispetcherlik xizmatiga _______________ telefon raqami orqali buyurtmanoma berish;
Ijrochi tomonidan shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilgan hollarda Ijrochiga yozma, elektron yoki og‘zaki shaklda shikoyat qilish va Ijrochidan xizmatlar to‘liq ko‘rsatilmaganligi yoki tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnomani tuzishni, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini talab qilish;
xizmatlar ko‘rsatilayotganda Ijrochi aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini va penya to‘lanishini talab qilish;
doimiy yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganligining hujjatlar bilan tasdiqlangan davr yoki shartnomada belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatilmagan davr uchun qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash majburiyatlaridan to‘liq ozod bo‘lish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha sifatsiz xizmat ko‘rsatilganligi sababli, agar Ijrochi o‘z vaqtida shartnomani bajarishga kirishmasa yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatsa, zararlar undirilishini talab qilib sudga murojaat qilish.
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4. Iste’molchi quyidagilarga majbur:
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni ushbu shartnomada belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lash;
konteynerda to‘plash tizimida — chiqindi to‘plash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda chiqindilarni konteynerlarga tashlash;
to‘plashning “signal” usulida — qattiq maishiy chiqindilarni o‘z uylarida saqlash va Ijrochining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali bo‘yicha yetib kelgan maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlamaslik hamda joylashtirmaslik (ko‘chalarga, suv yo‘llariga, ariq va qattiq hamda suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va ko‘mish uchun belgilanmagan boshqa joylarga, shu jumladan, avtotransport vositalaridan ularning to‘xtashi, to‘xtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida);
qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (idishlar, yer o‘ralari va hokazolar), tashkilot hududida, dalalarda va aholi yashash punktlarida yoqmaslik;
ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi joylarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va saqlash joylari tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasiga orti� uchun Ijrochining ortish joyiga bemalol o‘tishini ta’minlash;
chiqindi to‘plash konteynerlari, chiqindi to‘plash shoxobchalari, chiqindi to‘plash kameralari va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda Ijrochini d?rhol xabardor ?ilish;
o‘zlarining mulki bo‘lgan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida Ijrochini o‘n ish kuni mobaynida xabardor qilish;
yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, professional boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga joylashtirish va ular chiqindi to‘plash shoxobchalaridagi konteynerlarga tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.


4. Ijrochining huquq va majburiyatlari

5. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
xizmatlar uchun to‘lovlarni Iste’molchidan o‘z vaqtida va to‘liq hajmda olish hamda to‘lovlarni to‘lash muddatlari buzilgan hollarda shartnomada nazarda tutilgan choralarni ko‘rish;
Iste’molchiga qarzdorlik to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborish (shaxsan, pochta aloqasi vositalari orqali);
Iste’molchilardan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) va haqiqatda istiqomat qilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rash va olish;
yirik gabaritli, qurilish chiqindilari va boshqa chiqindilarni alohida to‘lov evaziga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish;
da’vo muddati doirasida Iste’molchilardan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish �o‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorliklarni undirish choralarini qo‘llash, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undirish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni undirish bo‘yicha sudga da’volar taqdim qilish.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6. Ijrochi quyidagilarga majbur:
o‘ziga biriktirilgan hududda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilar muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etish: chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba;
Iste’molchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha qonun hujjatlari va ushbu shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlarni ko‘rsatish;
Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Iste’molchilarning dispetcherlik xizmatiga tushgan buyurtmanomalarini operativ tartibda bajarish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun elektron to‘lov tizimini joriy etish;
Iste’molchilarning ma’lumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning rejimi va sifati bo‘yicha Iste’molchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish;
aholining to‘liq qamrab olinishini ta’minlovchi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur miqdordagi chiqindi to‘plash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish;
chiqindi to‘plash shoxobchalarining holatini nazorat qilib borish va ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlash;
chiqindi to‘plash shoxobchalarini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini ta’minlash;
chiqindi to‘plash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini ta’minlash;
chiqindi to‘plash shoxobchalarini joriy va kapital ta’mirlashni amalga oshirish;
fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning ko‘plab to‘planib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi to‘plash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yo‘li bilan va shu kabilar);
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning tartibi va tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risida ushbu tariflar kuchga kirishidan o‘n besh kun avval Ijrochining stendida, e’lonlar taxtasida e’lonlar osish yo‘li bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali Iste’molchini xabardor qilish;
Iste’molchilarga ularning so‘roviga asosan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar ko‘rsatish tartibining, shuningdek, tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risida bepul ma’lum qilish, shuningdek,
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar hisob-kitobining holati, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Iste’molchiga bepul taqdim etish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
Ijrochining stendida, e’lonlar taxtasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, to‘lov shartlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali, mazkur shartnoma, kvitansiyalar va boshqa to‘lov hujjatlarining namunalarini joylashtirish;
Iste’molchiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini ko‘rish;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’lumotlar va buxgalteriya hujjatlari besh yil mobaynida but holatda saqlanishini ta’minlash.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.


5. Hisob-kitob qilish tartibi va shartlari

7. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar majburiy hisoblanadi.
8. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar tasdiqlangan tariflarga asosan to‘lov amalga oshirilayotgan, xizmat ko‘rsatilgan oydan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechikmay amalga oshiriladi.
Bunda, yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha alohida xizmatlar uchun umumiy xizmat narxining 15 foizi miqdorida bo‘nak to‘lovi undiriladi.
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov jismoniy shaxslarning ixtiyoriga ko‘ra cheklanmagan holda tijorat banklari va to‘lovlarni qabul qilish kassalari, elektron to‘lov tizimi, shuningdek, yollanma kassirlar (ko‘chma kassalar) orqali naqd hamda naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
9. To‘lovlarni hisoblash, maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish davrida amalda bo‘lgan tarif bo‘yicha ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki istiqomat qilayotgan shaxslar sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan chiqindilar bundan mustasno) olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov tariflari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
10. Iste’molchilar bo‘nak tariqasida to‘langan to‘lovlar uchun, ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda, to‘lov amalga oshirilgan sanadan o‘n ikki oydan oshmaydigan davrga qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladilar.
11. Ijrochi qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarning qayta hisob-kitobini quyidagi hollarda tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda amalga oshiradi:
hisob-kitob qilish vaqtida arifmetik xatoga yo‘l qo‘yilganda;
Iste’molchiga xizmat ko‘rsatilmagan yoki tegishli sifatda bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatilganda;
jismoniy shaxslar doimiy yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda;
propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki istiqomat qiluvchi shaxslar to‘g‘risida Ijrochi o‘z vaqtida xabardor qilinmagan shaxslar aniqlanganda.
12. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha tegishli bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganda yoki xizmat ko‘rsatilmagan taqdirda Iste’molchi tegishli davr uchun to‘lovlardan ozod etiladi.
13. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmagan yoki tegishli bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi holati aniqlangan hollarda manfaatdor shaxslar tomonidan Iste’molchi, Ijrochining vakili, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi.
Xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini qayta hisob-kitob qilish, shuningdek o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun Ijrochining penya to‘lashi uchun asos hisoblanadi.
Ijrochi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan bog‘liq ravishda Iste’molchiga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, Iste’molchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yetkazilgan zarar holati qayd etilgan dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma Iste’molchining imzosi, Ijrochi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakillarining imzolari bo‘lgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Ijrochining vakili kelmagan taqdirda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli hisoblanadi.
Ijrochining vakili dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda u ushbu dalolatnomaga imzo qo‘yishdan bosh tortganlik sabablarini yozma ravishda asoslashi shart. Aks holda Iste’molchi maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarni sud qarori qabul qilinguniga qadar to‘xtatishga haqlidir.
Mulk egalari tomonidan Ijrochiga ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylarda haqiqatda istiqomat qilayotgan shaxslar yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov undirilmaydi.


6. Iste’molchining javobgarligi

14. Iste’molchi quyidagilar uchun javob beradi:
shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik;
o‘zlarining mulki bo‘lgan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylarda propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi va ularni o‘z vaqtida taqdim etmaslik.
15. Propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki istiqomat qiluvchi shaxslar to‘g‘risida Ijrochi o‘z vaqtida xabardor qilinmagan shaxslar aniqlanganda, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yashash yoki vaqtincha turar joyi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar), propiska qilingan (shu jumladan, vaqtincha propiska qilingan) yoki haqiqatda yashab kelayotgan davrdan boshlab amaldagi tariflar bo‘yicha qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarning to‘liq hisob-kitobi amalga oshiriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda — o‘tgan 3 oy uchun hisob-kitob qilinadi.
16. Mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya undiriladi.


7. Ijrochining javobgarligi

17. Ijrochi quyidagilar uchun javob beradi:
shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur tarzda bajarmaslik;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar muddatining va ushbu xizmatlar ko‘rsatilayotganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarining buzilishi;
xizmat ko‘rsatmaslik yoki sifatsiz ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida Iste’molchining hayoti, salomatligi va mulkiga yetkazilgan zarar.
18. Iste’molchiga xizmat ko‘rsatilmagan yoki tegishli sifatda bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda Ijrochi Iste’molchiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun xizmat qiymatining 0,1 foizi miqdorida, biroq umumiy xizmat qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.


8. Shartnomaning amal qilish muddati

19. Shartnoma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
20. Shartnoma Iste’molchi tomonidan ommaviy taklif (oferta) qabul qilgan (akseptlagan) paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Iste’molchi tomonidan ushbu shartnomada ko‘rsatilgan shartlarni bajarish yuzasidan qilingan harakatlar (chiqindi to‘plash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda, chiqindilarni konteynerlarga tashlash yoki Ijrochining maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tegishli summani to‘lash va shu kabilar) aksept hisoblanadi.
21. Shartnoma nusxalari u kuchga kirgan sanadan boshlab bir kun mobaynida xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuboriladi (shaxsan imzo qo‘ydirilgan holda yoki taqdim etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta orqali).
22. Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi.


9. Nizolarni hal qilish

23. Tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


10. Ijrochining rekvizitlari:

Manzil:
Telefon;
Bank nomi:
H/r
MFO
STIR
IFUT
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________________
____________________________
_______

___________________________
(imzo)

_______________________________________________
(rahbarning F.I.O.)



M.O‘.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi