Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 26.02.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq va bozor infrastrukturasini jadal shakllantirish, davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalarni va fuqarolarni xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga faol jalb etish, respublika bozorini iste’mol mollari bilan to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Kichik korxonalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulk to‘g‘risida” Qonunida belgilangan istalgan mulkchilik shaklida tashkil etilishi mumkin, ularga aralash korxonalar, oilaviy korxonalar, to‘liq shirkat, kommanditlik shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, aksionerlik jamiyati, ijara korxonasi, jamoa korxonasi, davlat korxonasi va to‘la xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan boshqa korxonalar kiradi.
Xorijiy investitsiyalar bilan kichik korxonalarni tashkil qilish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-noyabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy investitsiyalar bilan korxonalar, xalqaro birlashmalar, shuningdek, ularning tarkibiy bo‘linmalarini tuzish tartibi, ularning faoliyat ko‘rsatishi, ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi nizomlar, respublikaning boshqa qonunchilik va me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
Kichik korxonalarning qolgan barcha turlarini tashkil qilish, ularning ishlashi va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni va korxonalar turlarining xususiyatlariga bog‘liq holda tegishli nizomlar, respublikaning boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolarning xususiy tadbirkorligini vujudga keltirishning, faoliyatining, uni tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar haqida”, “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-noyabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, xalqaro birlashmalar, ularning tarkibiy bo‘linmalarini tuzish, faoliyat ko‘rsatish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi