Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Vazirliklar va idoralar

Vazirlar Mahkamasi

I. Tashkiliy masalalar

1.

2019-yilning 5 — 10-aprel kunlari Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishini o‘tkazish.

1. Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish bo‘yicha manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklardan mas’ul ijrochilarni belgilash, festivalni moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishini o‘tkazish.

2018-yil
dekabr

Tashkiliy qo‘mita a’zolari

A. Djurabayev,
R. Gulyamov

2. Yig‘ilish bayoni bilan quyidagi ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlashni nazarda tutish:

ishtirokchilarni kutib olish va kuzatish bo‘yicha;

ishtirokchilarni mehmonxonaga joylashtirish va transport bilan ta’minlash bo‘yicha;

ishtirokchilarni ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha;

tadbirlarni ommaviy-axborot vositalarida yoritish bo‘yicha;

madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha;

tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qilish bo‘yicha.

2018-yil

dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

A. Djurabayev,
R. Gulyamov

2.

Termiz shahrida hamda festival o‘tkaziladigan Surxondaryo san’at saroyi atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, festival o‘tkaziladigan sahna maydonlari va zallarni talab darajasida tayyorlash.

1. Festival o‘tkaziladigan joyni (shu jumladan bino-inshootlarni) belgilash to‘g‘risida Surxondaryo viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda festivalda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi bo‘yicha har biriga alohida) hunarmandlar uchun alohida pavilonlar tashkil etishni, shuningdek, ko‘ngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar va eko-hojatxonalar uchun alohida joy ajratishni nazarda tutish.

2018-yil
dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

M. Jumaniyazov,

I. Maxkamov,

B. Siddiqov

2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda, festival doirasida Termiz shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2018-2019-yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi

3. Festival o‘tkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

2018-2019-yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ

3.

Festival ishtirokchilarini mehmonxonalar bilan ta’minlash.

1. Termiz shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalar va ulardagi o‘rinlar sonini xatlovdan o‘tkazish.

2018-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

M. Jumaniyazov,

K. Rizayev

2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish quvvati yetarli bo‘lmaganda (shahar, tuman miqyosida jami 2500 o‘rindan kam) tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Angor va Termiz tumanlarida 8-50 o‘rinli yangi mehmonxonalar qurilishini ta’minlash, mazkur shaharlarda mehmon uylari tashkil qilish.

2018-2019-yillar

4.

Festivalning ramzi (logotipi)ni tayyorlash.

1. Festivalning ramzi (logotipi) bo‘yicha tanlov e’lon qilish va xalqaro Hakamlar hay’ati tarkibini tasdiqlash.

2018-yil dekabr

Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston Matbuot va axborat agentligi

A. Djurabayev,

K. Rizayev,

R. Gulyamov

2. Festival brendbuki va pamfletini ishlab chiqish.

2019-yil mart

5.

Festival davomida Termiz shahrida umumiy ovqatlanish xizmatlari to‘laqonli ko‘rsatilishini ta’minlash.

1. Termiz shahridagi mavjud umumiy ovqatlanish korxonalarining mehmonlarni qamrab olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish.

2018-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

M. Jumaniyazov

2. Zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash, zaruratga ko‘ra, yangi kafe va restoranlar tashkil qilish ch�ralarini ko‘rish.

2018-2019-yillar

6.

Festival davomida taksi xizmatlari uzluksizligini ta’minlash.

1. Termiz shahridagi barcha taksi xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar parkini xatlovdan o‘tkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini o‘rganib chiqish.

2018-yil dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi

M. Jumaniyazov,

I. Maxkamov,

R. Gulyamov

2. Zaruratga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining boshqa hududlaridan Termiz shahriga taksi xizmati ko‘rsatuvchilarni safarbar qilish.

festival kunlari

3. Tashabbuskorlarning taklifiga binoan ularga yo‘lovchi tashish transportlarini imtiyozli shartlarda sotib olishga (shu jumladan kredit, lizing asosida olishga) ko‘maklashish.

belgilangan muddatlarda

7.

Mahalliy temir yo‘llar bekatlari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Xorijdan tashrif buyuradigan festival ishtirokchilarini mahalliy temir yo‘llar bekatlari va aeroportlarda kutib olish va kuzatish bo‘yicha maxsus shtablar tashkil qilish.

festival kunlari

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK,

turizm firmalari

I. Maxkamov,

K. Rizayev

2. Mehmonlarni kutib olish joylarida festival to‘g‘risida ma’lumotnomalar o‘rnatish.

3. Festival kunlari Toshkent va Termiz shaharlari o‘rtasida shattl poyezdlari katnovini yo‘lga qo‘�ish.

4. Festivalga mo‘ljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish.

8.

Festival doirasida jamoat va yong‘in xavfsizligini ta’minlash.

Festival davomida ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saklash va jinoyatchilikning oldini olish choralarini ko‘rish.

festival kunlari

Ichki ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

X. Berdibayev

II. Madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlari

9.

Festivalni yuqori saviyada targ‘ib etish va keng yoritish maqsadida festival saytini yaratish.

1. Festival saytini yaratish va ommaviy axborot vositasi sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazgan holda unda o‘zbek, ingliz va rus tilidagi axborotlarni muntazam yoritib borish.

Bunda Festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlarning baxshi, shoir, oqin va jirovlari hamda jamoalarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza topshirishi va ro‘yxatdan o‘tishlari uchun zarur imkoniyat yaratish.

2018-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

S. Abdullayev,

A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov

10.

Tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etish.

Respublikamiz hududlarida baxshilarning konsert dasturlari, turli nominatsiyalar bo‘yicha Respublika tanlovlari hamda baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazib borish.

2019-yil
1-fevralga
qadar

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov

11.

Festival to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

1. Festivalni targ‘ib etuvchi kamida 3 ta reklama roligini tayyorlash va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish.

2018-2019-yillar

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan birgalikda

A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov

2. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari, vakolatxonalar, respublikadagi diplomatik korpuslar orqali festivalga keng ommani jalb qilish.

3. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targ‘ib qiluvchi foto va videomateriallar bilan ta’minlash, shuningdek, chet el ommaviy axborot vositalari orqali sayyohlar va folklorshunos olimlar, malakali mutaxassislar, baxshi, shoir, oqin va jirovlarni festivalda faol ishtirok etishiga undovchi targ‘ibot materiallarini namoyish etish.

4. Festivalni xorijlik sayyohlarning ekskursiya marshrutiga kiritish.

5. Respublikaning barcha shaharlarida festival reklamasini tashkil etish (billbord, LED panellar, transport va yirik savdo markazlarida).

12.

Festivalda milliy urf-odat va an’analar hamda madaniy meros obyektlari namunalarini keng targ‘ib qilish uchun sharoitlarni yaratish.

1. Respublikadagi har bir hududning o‘ziga xos milliy urf-odat va an’analari hamda madaniy hayotini aks ettiruvchi madaniy meros obyektlari va hunarmandlar shaharchalari maketini tayyorlash.

festival kunlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi,

“Hunarmand” uyushmasi,

Badiiy akademiya

A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov

2. Respublikaning har bir (14 ta) hududidan jami 60 nafardan iborat folklor, hunarmand, oshpazlarning ishtirokini ta’minlash.

3. Festival uchun ajratilgan maydon hududida rassomlar ko‘rgazmalarini tashkil etish va festival ishtirokchilariga mahorat darslarini namoyish etish.

13.

Xorijlik mehmonlarni O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Festival kunlari xorijiy mehmonlar va sayyohlarni Termiz shahri va unga chegaradosh tumanlarning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish va ushbu marshrutga kiritilgan joylarni obodonlashtirish va ta’mirlash choralarini ko‘rish.

2019-yil

mart

Surxo�daryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi

M. Jumaniyazov,
A. Djurabayev,
K. Rizayev

2. Xalqimizning madaniy va tarixiy hayoti va turmush tarzini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari, konsert dasturlari ssenariysini tajribali rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyandalari, san’at va madaniyat arboblarini jalb etgan holda tayyorlash.

2019-yil

fevral

3. O‘zbekiston baxshichilik san’atining tarixi va bugunini aks ettiruvchi maxsus hujjatli filmni suratga olish hamda festival kunlari barcha telekanallar orqali o‘zbek, ingliz va rustillarida namoyish etish.

festival kunlari

14.

Festival kunlari bepul WI-FI hududlarini tashkil etish.

Festival o‘tkaziladigan hududda bepul WI-FI tashkil etish.

festival kunlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

S. Abdullayev,

M. Jumaniyazov

III. Festival tadbirlarini moliyalashtirish

15.

Festivalni o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirish.

1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish.

2018-yil dekabr

Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

R. Gulyamov,

A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov

2. Tasdiqlangan smeta asosida xarajatlar uchun mablag‘larni oldindan to‘lash choralarini ko‘rish.

festivalga tayyorgarlik ko‘rish davomida

3. Belgilangan tartibda muayyan tadbirlarni moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi