Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 28.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi

I. Tashkiliy masalalar

1.

2019-yilning 10 — 15-sentabr kunlari Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik f�stivalini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishini o‘tkazish.

1. Ushbu chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar bo‘yicha mas’ul ijrochilarni belgilash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishini o‘tkazish.

2. Festival doirasida:

ishtirokchilarni kutib oluvchi va kuzatuvchi;

ishtirokchilarni mehmonxonaga joylashtiruvchi va transport bilan ta’minlovchi;

ishtirokchilarni ovqatlantirishni tashkil etuvchi;

tadbirlarni ommaviy-axborot vositalarida yorituvchi;

madaniy dam olishni tashkil etuvchi;

tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qiluvchi guruhlar tuzish.

2018-yil
dekabr

Tashkiliy qo‘mita a’zolari

A. Abduhakimov,
J. Qo‘chqorov,
A. Djurabayev,
R. Gulyamov

2018-yil

dekabr

Farg‘ona viloyati hokimligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

A. Abduhakimov,
J. Qo‘chqorov,
A. Djurabayev,
R. Gulyamov

2.

Festival o‘tkaziladigan joyni tayyorlash (Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon O‘rdasi atrofidagi bog‘ hududidan kamida 17 gektar).

1. Festival o‘tkaziladigan joyni (shu jumladan bino-inshootlarni) belgilash to‘g‘risida Farg‘ona viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda Festivalda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi bo‘yicha har biriga alohida) hamda xorijlik hunarmandlar uchun alohida pavilonlar tashkil etishni, shuningdek, ko‘ngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar va eko-hojatxonalar uchun alohida joy ajratishni nazarda tutish.

2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda Festival doirasida Qo‘qon shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

3. Festival o‘tkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va uzluksiz ta’minotini ta’minlash, shu jumladan tun�i yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

2018-yil
dekabr

Farg‘ona viloyat hokimligi

Farg‘ona viloyati hokimligi

Farg‘ona viloyati hokimligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ

A. Ramatov,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov,

I. Maxkamov,

B. Sidiqov

2018-2019-yillar


2018-2019-yillar

3.

Festival ishtirokchilarini mehmonxonalar bilan ta’minlash.

1. Qo‘qon shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalardagi o‘rinlar sonini xatlovdan o‘tkazish.

2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish quvvati yetarli bo‘lmagan (shahar, tuman miqyosida jami 2500 o‘rindan kam) taqdirda tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qo‘qon, Marg‘ilon, Rishton, Farg‘ona shaharlarida 8 — 50 o‘rinli yangi mehmonxonalar qurilishini ta’minlash, ushbu shaharlarda kamida 100 tadan mehmon uylari tashkil qilish.

2018-yil dekabr

Farg‘ona viloyati hokimligi,

vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

A. Ramatov,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov,

I. Maxkamov,

B. Sidiqov


2018-2019-yillar

4.

Festivalning ramzi (logotipi)ni tayyorlash.

1. Festivalning ramzi (logotipi) bo‘yicha tanlov e’lon qilish va hakamlar hay’ati ro‘yxatini tasdiqlash.

2. Festival brendbuki va pamfletini ishlab chiqish.

2018-yil dekabr

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Badiiy akademiya, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston matbuot va axborat agentligi

A. Abduxakimov,

K. Rizayev,

R. Gulyamov,

A. Djurabayev


2019-yil yanvar

5.

Festival davomida Qo‘qon shahrida umumiy ovqatlanish xizmatlari to‘laqonli ko‘rsatilishini ta’minlash.

1. Qo‘qon shahridagi mavjud umumiy ovqatlanish korxonalarining mehmonlarni qamrab olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish.

2. Zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash, zaruratga ko‘ra, yangi kafe va restoranlar tashkil qilish choralarini ko‘rish.

2018-yil dekabr

Farg‘ona viloyati hokimligi,

vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

A. Ramatov,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov,

I. Maxkamov

2018-2019-yillar

6.

Festival davomida taksi xizmatlarini uzluksiz ta’minlash.

1. Qo‘qon shahridagi barcha taksi xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar parkini xatlovdan o‘tkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini o‘rganib chiqish.

2. Zaruratga ko‘ra Farg‘ona viloyatining boshqa hududlaridan Qo‘qon shahriga taksi xizmati ko‘rsatuvchilarni safarbar qilish.

3. Tashabbuskorlarning taklifiga binoan ularga yo‘lovchi tashish transportlarini imtiyozli shartlarda sotib olishga (shu jumladan kredit, lizing asosida olishga) ko‘maklashish.

2018-2019-yillar

Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi

A. Ramatov,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov,

I. Maxkamov

Festival kunlari


belgilangan muddatlarda

7.

Mahalliy temir yo‘llar bekatlari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Xorijdan tashrif buyuradigan Festival ishtirokchilarini mahalliy temiryo‘l bekatlari va aeroportlarda kutib olish va kuzatish bo‘yicha maxsus shtablar tashkil qilish.

2. Mehmonlarni kutib olish joylarida Festival to‘g‘risida ma’lumotnomalarni o‘rnatish;

3. Festival kunlari Toshkent, Farg‘ona shaharlari va Qo‘qon o‘rtasida shatl poyezdlari katnovini yo‘lga qo‘yish.

4. Festivalga mo‘ljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish.

Festival kunlari

Farg‘ona viloyati hokimligi,
Savdo-sanoat palatasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK,

turistik tashkilotlar

A. Ramatov,

I. Maxkamov,
R. Gulyamov

8.

Festival doirasida xavfsizlikni ta’minlash, tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini ko‘rish.

Festival ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saklash, tez tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini ko‘rish.

Festival kunlari

Ichki ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

A. Ramatov,

K. Rizayev,

X. Berdibayev,

R. Gulyamov

II. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

9.

Festivalni yuqori saviyada yoritish maqsadida Festival saytini yaratish.

Festival saytini yaratish va OAV sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazgan holda unda uch tildagi axborotlarni muntazam yoritib borish.

Bunda, Festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlar hunarmandlarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari uchun imkoniyat yaratish.

2018-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi

A. Abduxakimov,

S. Abdullayev,

R. Gulyamov

10.

Festival to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish.

1. Festivalni targ‘ib etuvchi kamida 3 ta reklama roligini tayyorlash va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish.

2. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targ‘ib qiluvchi foto va videomateriallar bilan ta’minlash, shuningdek, chet el OAVlari orqali sayyohlarni va hunarmandlarni festivalda ishtirok etishga undovchi targ‘ibot materiallarini namoyish etish.

3. Xorijlik sayyohlarning ekskursiya marshrutiga ushbu festivalni kiritish.

2018-2019-yillar

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

A. Abduxakimov,

R. Gulyamov,

D. Kalandarov,

M. Jumaniyazov

11.

Festivalda milliy hunarmandchilik namunalarining keng taqdimotini tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish.

1. Har bir hududning o‘ziga xos milliy hunarmandchiligi va madaniy hayotini aks ettiruvchi hunarmandlar shaharchalari maketini tayyorlash.

2. Respublikaning har bir (14 ta) hududidan kamida 60 nafardan hunarmandlar ishtirokini ta’minlash.

3. Festival uchun ajratilgan maydon hududida rassomlar xiyoboni tashkil etish va Festival ishtirokchilariga mahorat darslarini namoyish etish.

4. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida festival reklamasini tashkil etish (billbord, LED panellar, transport vositalarida va erosti o‘tish joylarida, yirik savdo markazlarida).

Festival kunlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi

A. Ramatov,

A. Abduxakimov,

R. Gu�yamov,

M. Jumaniyazov

12.

Xorijlik mehmonlarni O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Xorijlik Festival ishtirokchilari va mehmonlarni shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish va shu marshrutga kiritilgan joylarni ta’mirlash va tayyorlash.

2. Xalqimizning madaniy va tarixiy hayoti, hunarmandlar turmush tarzini o‘zida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari va konsert dasturlari ssenariysini tayyorlash hamda ssenariylarni yozish va sahnalashtirish jarayonlariga tajribali rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyondalari, san’at va madaniyat arboblari jalb etilishini ta’minlash.

3. O‘zbekiston hunarmandchiligi va amaliy san’atining tarixi va bugunini aks ettiruvchi maxsus hujjatli filmni suratga olish va barcha milliy telekanallar orqali uch tilda namoyish etish.

Festival kunlari

Madaniyat vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi,
Tashqi ishlar vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

A. Abduxakimov,

A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov,

R. Gulyamov

13.

Festival kunlari bepul WI-FI hududlarini tashkil etish.

Festival o‘tkaziladigan hududda bepul WI-FI tashkil etish.

Festival kunlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

A. Abduxakimov,

S. Abdullayev,

R. Gulyamov

III. Festival tadbirlarini moliyalashtirish

14.

Festivalni o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirish.

1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Tashkiliy qo‘mitaga kiritish.

2. Tasdiqlangan smeta asosida xarajatlar uchun mablag‘larni oldindan to‘lash choralarini ko‘rish.

3. Belgilangan tartibda muayyan tadbirlarni moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish.

2018-yil dekabr

Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand uyushmasi”,

Farg‘ona viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

J. Qo‘chqorov,
R. Gulyamov
A. Djurabayev,

M. Jumaniyazov


Festivalga tayyorgarlik ko‘rish davomida


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi