Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Oliy maktabning maqsadlari va vazifalari

3-bob. Oliy maktabning huquqlari va javobgarligi

4-bob. Oliy maktabning tuzilmasi va boshqaruv organlari

5-bob. Ta’lim jarayonini, Oliy maktabning o‘quv-metodik va ilmiy faoliyatini tashkil etish

6-bob. Oliy maktabning tinglovchilari

7-bob. Professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa xodimlar

8-bob. Oliy maktabning xalqaro hamkorligi

9-bob. Oliy maktabning moliya-xo‘jalik faoliyati

10-bob. Yakuniy qoidalar

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining TUZILMASI

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi xodimlari mehnatiga haq to‘lash RAZRYADLARI

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining SHTAT JADVALI

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining samarali faoliyatini ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat 07.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Oliy maktab o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) faoliyatining tashkiliy asoslarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

Tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazish.

Kengash qarori

2019-yil
10-yanvargacha

Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud

2.

Oliy maktabni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Ro‘yxatdan

o‘tganligi haqida guvohnoma

2019-yil

20-yanvargacha

Oliy maktab

3.

Oliy maktabni, birinchi navbatda qayta tashkil etilayotgan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi xodimlari va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining o‘tkazilgan shtat birliklari orasidan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-martgacha

Oliy maktab,

Oliy sud

4.

Oliy maktabning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, mansab yo‘riqnomalarini tasdiqlash.

Oliy maktab direktorining buyrug‘i

2019-yil
1-fevralgacha

Oliy maktab

II. Oliy maktabning o‘quv-metodik jarayonini tashkil etish

5.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish to‘g‘risida nizom;

sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizom;

magistratura, sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlari, shuningdek malakaviy talablar;

professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatini me’yorlashtirish tartibi;

magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimini baholash, magistratura tinglovchilarining stajirovka o‘tashi, magistratura tinglovchilarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartiblari hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga doir talablar.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-martgacha

Oliy maktab,

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Oliy maktabning o‘quv rejalari (dasturlari)ga kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash va nashr qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2019-yil
1-martgacha

Oliy maktab,
Oliy sud,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

7.

Oliy maktab faoliyatiga zamonaviy innovatsion o‘qitish tizimini joriy etish, unda, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

sudyalar va sudlar apparatlari xodimlarini videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda masofaviy (elektron) o‘qitish;

o‘qitishda imitatsion modellashtirish (dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, sud majlislari zallari)dan foydalanish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-avgustgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy sud,

Oliy maktab,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AKT vazirligi

8.

Oliy maktabning Axborot-resurs markazini zamonaviy o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan jihozlash, shu jumladan mahalliy va xorijiy huquqiy va axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obuna bo‘lishni ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-fevralgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy maktab,
Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi,
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
Moliya vazirligi

III. Oliy maktabning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish

9.

Odil sudlovni amalga oshirishning dolzarb muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-fevralgacha

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy maktab,
Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi

10.

Ilmiy-amaliy huquqiy nashrni tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish, uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
1-fevralgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy maktab,

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Oliy sud,

Oliy attestatsiya komissiyasi

11.

Oliy maktabning yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy, huquqiy muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o‘zaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi xalqaro hamkorligini rivojlantirish.

Kompleks
chora-tadbirlar dasturi

2019-yil
1-martgacha

Xorijiy
va xalqaro tashkilotlar grantlari hamda Oliy maktabning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy maktab,
Oliy sud,

Tashqi ishlar vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

IV. Oliy maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

12.

Oliy maktabning binosini o‘z ichiga oladigan “Odil sudlov saroyi” majmuasini qurishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Texnik topshiriq loyihasi

alohida

grafikka muvofiq

Kapital qo‘yilmalar limiti

Oliy sud,
Qurilish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi

13.

Ajratilgan ma’muriy binoni ta’mirlash va tayyorlash.

Texnik topshiriq loyihasi

alohida

grafikka muvofiq

Kapital qo‘yilmalar limiti

Qurilish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi,
Oliy maktab

14.

Oliy maktabning o‘quv jarayonini va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa va masofaviy ta’lim usullaridan foydalangan holda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-aprelgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

AKT vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
Moliya vazirligi

15.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy va uzluksiz ravishda kirishni tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
1-fevralgacha,

doimiy ravishda

Davlat budjeti mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,
Moliya vazirligi,

Oliy maktab

16.

Oliy maktabning imitatsion sud majlislarini o‘tkazish zalini, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish joyini vaziyatli mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘qitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

alohida grafikka muvofiq

Davlat budjeti mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud, IIV, AKT vazirligi

17.

Masofaviy (elektron) ta’limni tashkil etish va videokonferensiyalarni o‘tkazish uchun uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish, shuningdek konferensaloqadan foydalangan holda masofaviy ta’lim, onlayn testlar va so‘rovlarni o‘tkazish tizimini joriy etishning metodik va texnik parametrlarini, shuningdek tegishli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

alohida grafikka muvofiq

Davlat budjeti mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud,

AKT vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

18.

Oliy maktabning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qo‘shimcha vositalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

Oliy maktabning buyurtmasiga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

AKT vazirligi, Oliy maktab,

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi,

Moliya vazirligi

19.

Xorijiy tajriba va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan, xususan, “West Law”, “Lexis Nexis” va boshqa xalqaro huquqiy-ma’lumot tizimining dasturiy mahsulotlarini (ma’lumotlar bazalarini) xarid qilish va kelgusida yangilab borish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-avgustgacha,

doimiy ravishda

Davlat budjeti mablag‘lari

Sudyalar oliy kengashi,
Oliy sud,

Moliya vazirligi

20.

Oliy maktabga “O‘zbektelekom” AK bilan tender (tanlov) o‘tkazmasdan shartnoma tuzish va uni keyingi muddatlarga mustaqil uzaytirish huquqini berish orqali Oliy maktabni yuqori tezlikdagi Internet (soniyasiga 30 megabitdan kam bo‘lmagan, unlimited) tarmog‘iga ulashni, shuningdek ichki lokal tarmoqni tashkil etishni ta’minlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-martgacha,

doimiy ravishda

Davlat budjeti mablag‘lari

AKT vazirligi,

Oliy maktab,

Moliya vazirligi

21.

Oliy maktabning rasmiy Internet saytini va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-martgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy maktab,
AKT vazirligi, Moliya vazirligi

22.

Oliy maktab buyurtmalariga asosan xizmat va maxsus avtotransport vositalari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilg‘isini belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishi orqali Oliy maktabning avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash.

Kompleks
chora-tadbirlar

2019-yil
15-yanvargacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy maktab,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

“O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash to‘g‘risida”gi PQ-2951-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazining direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Markaz” so‘zi “Oliy maktab” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi