Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 02.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Mas’ullar

Tadbirlar nomi

Muddat

1-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

Trener bilan shartnoma tuzadi.

Taraflar kelishuviga ko‘ra

2-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

1. Ta’lim muassasasi sport inshootida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garagini tashkil etadi.

2. Pullik xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdorini trener bilan kelishilgan holda belgilaydi.

Taraflar o‘rtasida shartnoma tuzilganidan so‘ng

3-bosqich

Ta’lim muassasasi

Sport inshootida tashkil etiladigan pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali va boshqa shaklda targ‘ibot ishlarini olib boradi.

Muntazam

4-bosqich

Ta’lim muassasasi

Targ‘ibot ishlari natijalari bo‘yicha sport to‘garaklarida shug‘ullanish istagida bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.

Muntazam

5-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

Ta’lim muassasasida ta’lim muassasasi rahbari, malakali trenerlar va tibbiyot xodimidan iborat bo‘lgan arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhni (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzadi.

Arizalar tushishiga qarab

6-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

Ishchi guruh bayonnomasi asosida shug‘ullanuvchilar bilan sport to‘garagiga qatnashish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.

1 kun

7-bosqich

Shug‘ullanuvchilar

Sport inshootlarida pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlarni amalga oshiradi. Bunda ushbu to‘lovlarni ta’lim muassasasining tegishli shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga to‘laydi va to‘lov to‘langanligi haqida tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasini ta’lim muassasasiga taqdim etadi.

Har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan kechikmasdan

8-bosqich

Ta’lim muassasasi rahbari

Sport inshootlarida har bir trener tomonidan birinchi navbatda pullik xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lov summasining 20 foizini ta’lim muassasasi tomonidan foydalanilgan sport inshootlarining kommunal to‘lovlari xarajatlariga yo‘naltiradi hamda mablag‘larning qolgan qismini quyidagi tartibda taqsimlaydi:

50 foizi — sport inshootining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish uchun;

50 foizi — trenerga belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirish sifatida to‘lab berish uchun.

Har oy

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi