Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Apparatning asosiy vazifalari va funksiyalari

3-bob. Apparatning huquqlari va javobgarligi

4-bob. Apparatning tuzilmasi

5-bob. Apparat faoliyatini tashkil etish

1-§. Apparat faoliyatini tashkil etishning umumiy masalalari

2-§. Apparat ishini rejalashtirish va tashkil etish

3-§. Ish yuritish

4-§. Ijro intizomini ta’minlash

5-§. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish

6-§. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va tartibga solish ta’sirini baholash

7-§. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini tayyorlash

8-§. Vazirlar Mahkamasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarini tayyorlash

9-§. Apparatda kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan o‘tkazish

10-§. Apparat xodimlarini stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish

11-§. Apparat xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish

12-§. Apparatni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, shuningdek, apparat xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari

13-§. Apparat xodimlarining javobgarligi

6-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
Apparatga kelib tushgan xat-xabarlarni hisobga olish va ularning o‘tishi SXEMASI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan bayonnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan majlislar bayonnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining qarorlari va topshiriqlari ijrosini va amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish SXEMASI

3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini o‘rganish SXEMASI

4-ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish SXEMASI

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish SXEMASI

6-ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish SXEMASI

7-ILOVA
Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash SXEMASI

8-ILOVA
Qonun loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish SXEMASI

9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari loyihalarini tayyorlash, kiritish va Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish SXEMASI

10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini tayyorlash, kiritish, ko‘rib chiqish, kelishish, imzolash va e’lon qilish SXEMASI

11-ILOVA
Sodir etilganligi uchun intizomiy jazo choralari qo‘llaniladigan Apparat xodimlarining aybli harakati (harakatsizligi)

12-ILOVA
Aybli harakatga (harakatsizlikka) yo‘l qo‘yilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari turlari

13-ILOVA
Aybli harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash SXEMASI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari RO‘YXATI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023
Hujjat 26.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi/Hukumat deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari, funksiyalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Vazirlar Mahkamasining apparati (keyingi o‘rinlarda apparat deb ataladi) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlariga, Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan Hukumatning vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi reglamentlarining talablari buzilgan holda kelib tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Apparat faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlariga, Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga va uning Rayosati qarorlariga, ushbu Nizomga, Apparatda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, apparat boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalari, ularning rahbarlari va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
apparatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Apparatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 7-maydagi 341-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Vazirlar Mahkamasi majlislarida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
78. Apparat xodimlarining chet elga xizmat safarlarini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
90. Ushbu Nizomga 11-ilovada keltirilgan sodir etilgan aybli xatti-harakatlari (harakatsizligi) uchun apparat xodimlariga nisbatan ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Kelib tushgan xat-xabarlarni ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish.

2. Hisobga olish kartochkalarini ikki nusxada rasmiylashtirish.

Tushgan kunida

2-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

Xat-xabarlarni Bosh vazir, uning o‘rinbosari va maslahatchilari kotibiyatlariga, apparatning tarkibiy bo‘linmalariga yuborish.

Tushgan kunida

3-bosqich

Apparatning tarkibiy bo‘linmalari

1. Xat-xabarlarni ko‘rib chiqish.

2. Ijro etish muddatlarini belgilagan holda rezolyutsiyalarni tayyorlash.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan taqdirda — yuboruvchiga qaytarish.

3. Rahbariyatga axborot berish va hujjatlarni puxta ishlash uchun inspektorlarga berish.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Inspektor

Xat-xabarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, zarurat bo‘lganda ko‘paytirish, apparatning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga yuborish.

Bir soat mobaynida

5-bosqich

Mutaxassis

1. Masalani o‘rganish, aniq choralarni (tadbirlarni) belgilash, manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillarini jalb etgan holda muhokama qilish.

2. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish.

3. O‘z vaqtida ijro etilishi uchun shaxsiy mas’uliyat choralarini ko‘rish.

Belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Mutaxassis

Topshiriqlar ijrosi natijalari bo‘yicha rahbariyatga ma’lumot (axborot) tayyorlash (zarurat bo‘lganda oluvchining javobi loyihasi bilan).

Belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Apparatning tarkibiy bo‘linmalari

Nazoratdagi topshiriqlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatini xabardor qilish.

Har kuni, har oyda, har chorakda

8-bosqich

Inspektor

1. Nazoratdan chiqarish.

2. Ishlar nomenklaturasiga muvofiq hujjatlarni shakllantirish

Belgilangan muddatlarda

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Bosh vazir kotibiyati

Hujjatni imzolangan topshiriq (fishka) va 1-nazorat kartochkasi bilan birgalikda Nazorat va ijro intizomi bo‘limiga berish (1 va 3-kartotekalar).

Topshiriq (fishka) imzolangandan keyin 30 daqiqa mobaynida

Umumiy bo‘lim

Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va majlislari bayonnomalarini, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonnomalarini Nazorat va ijro intizomi bo‘limiga berish (2-kartoteka).

Hujjat olingandan so‘ng

2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Hujjatlar, topshiriqlar va nazorat bandlarini ijro intizomining elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida

3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

1-son nazorat kartotekalarini rasmiylashtirish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida

4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Hujjatni topshiriq (fishka) va 1-son nazorat kartotekasini ijrosini tashkil etish uchun Bosh vazirning o‘rinbosarlari yordamchilariga, apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga imzo chektirgan holda berish.

Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida

5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Nazorat hujjatlarining ijrochilari bilan birgalikda ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2va3-son kartotekalar bajarilishini tahlil qilish va tahliliy materiallar tayyorlash.

Har kuni

6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2va3-sonkartotekalar bajarilishi holatini mutaxassislar va kotibiyatlar mudirlari ishtirokida Apparat boshqaruvchisi huzurida muhokama qilishni tashkil etish.

Har hafta

(chorshanba kunida)

7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2va3-sonkartotekalar bajarilishi holatini kotibiyatlar mudirlari ishtirokida Apparat boshqaruvchisi huzurida muhokama qilishni tashkil etish.

Har hafta

(juma kunida)

8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi

Ijro etilmagan nazorat hujjatlari va 1, 2va3-sonkartotekalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisida muhokama qilish uchun tahliliy materiallar tayyorlash.

Har hafta dushanba kuni

9-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Apparat tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida 1, 2va3-sonkartotekalarning ijro etilmagan nazorat topshiriqlarini nazoratdan olish.

Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishiga ko‘ra

10-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Keyingi oyda ijro etilishi kerak bo‘lgan nazorat hujjatlari va 1, 2va3-sonkartotekalar topshiriqlari to‘g‘risida axborot tayyorlash va apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga taqdim etish.

Har oyning 25-sanasida

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Apparatning tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati bo‘yicha oldin o‘tkazilgan o‘rganishlarni tahlil qilish.

Dekabr, iyun

2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini maqsadli o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni Nazorat va ijro intizomi bo‘limi ish rejasiga kiritish.

Dekabr, iyun

3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Apparat tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini o‘rganish bo‘yicha materiallarni (ishchi guruh tarkibi, so‘rovnoma, jadval va shu kabilarni) tayyorlash.

Ish rejasiga muvofiq

4-bosqich

Nazorat �a ijro intizomi bo‘limi mudiri

Tayyorlangan materiallarni Apparat boshqaruvchisi bilan kelishish.

Ish rejasiga muvofiq

5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Apparatning tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish, ushbu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatish.

Ish rejasiga muvofiq

6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash va bu haqda Bosh vazirni, Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilarini, Apparat boshqaruvchisini va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini xabardor qilish.

3 kun mobaynida

7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Apparat boshqaruvchisining topshiriqlarini apparat tarkibiy bo‘linmalariga yetkazish.

Bir kun mobaynida

8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Apparat boshqaruvchisining topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib borish.

Har kuni

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati bo‘yicha oldin o‘tkazilgan o‘rganishlarni tahlil qilish.

Dekabr, iyun

2-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini maqsadli o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni Nazorat va ijro intizomi bo‘limining ish rejasiga kiritish.

Dekabr, iyun

3-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish holati bo‘yicha materiallar tayyorlash (ishchi guruh tarkibi, so‘rovnoma, jadvallar va shu kabilar).

Ish rejasiga muvofiq

4-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudiri

Tayyorlangan materiallarni Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishish.

Ish rejasiga muvofiq

5-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini o‘rganish.

Ish rejasiga muvofiq

6-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun tahliliy materiallarni tayyorlash.

Keyingi oyning 10-kunigacha har chorakda

7-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi mudirining o‘rinbosari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonnomasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Keyingi oyning 15-kunigacha har chorakda

8-bosqich

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi xodimlari

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining tasdiqlangan bayonnomasi bajarilishi holati monitoringini amalga oshirish.

Har kuni

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Apparat tarkibiy bo‘linmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning holatini o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limining (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) ish rejasiga kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etish.

Bo‘limning ish rejasi tasdiqlanguniga qadar

2-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Tarkibiy bo‘linmalarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish yuzasidan tegishli so‘rovnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.

Bo‘limning ish rejasiga muvofiq

3-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi, tegishli tarkibiy bo‘linmalar

Apparat tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini o‘rganish va uning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash.

Bo‘limning ish rejasiga muvofiq

4-bosqich

Apparat rahbariyati, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Tahliliy ma’lumotnomalarni ko‘rib chiqish uchun Apparat rahbariyatiga taqdim qilish, tegishli tarkibiy bo‘linmalarning ijro etishi uchun rahbariyatning topshiriqlarini tayyorlash.

Bir hafta muddatda

Apparat rahbariyati tavsiya qilgan hollarda, murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisida yoki selektor yig‘ilishida ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish.

Har chorakda

5-bosqich

Tarkibiy bo‘linmalar

Tarkibiy bo‘linmalarda apparat rahbariyatining topshiriqlarini mutaxassislar ishtirokida muhokama qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli tadbirlar rejalarini qabul qilish.

Topshiriqda ko‘rsatilgan muddatlarda

6-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Qabul qilingan tadbirlar rejalarining apparat tarkibiy bo‘linmalaridagi ijrosi holati ustidan nazorat qilish.

Tadbirlar rejalarida ko‘rsatilgan muddatlarda

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini kompleks va maqsadli o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limining (keyingi o‘rinlarda — Bo‘lim) ish rejasiga kiritish uchun takliflar taqdim etish.

Bo‘limning ish rejasi tasdiqlanguniga qadar

2-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish yuzasidan tegishli so‘rovnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.

Bo‘limning ish rejasiga muvofiq

3-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning mur�jaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini o‘rganish hamda:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida, hududiy bo‘linmalarida va idoraviy mansub tashkilotlarida;

viloyat, shahar va tuman hokimliklarida, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalarida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash.

Bo‘limning ish rejasiga muvofiq

4-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari

1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish natijalarini Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida yoki selektor yig‘ilishida muhokama qilish.

Har chorakda

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yig‘ilishi bayonnomasini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muhokama qilish va natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun yuborish.

Uch kun muddatda

5-bosqich

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisi yoki selektor yig‘ilishi bayonnomasini tegishli tadbirlar rejasini qabul qilish uchun muhokama qilish.

Bayonnomada ko‘rsatilgan muddatlarda

6-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi, Apparat tarkibiy bo‘linmalari

Qabul qilingan tadbirlar rejasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Bayonnomada va tadbirlar rejalarida ko‘rsatilgan muddatlarda

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tartibga solish ta’sirini baholash

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) tayyorlash.

2. Loyihaning tartibga solish ta’sirini dastlabki tarzda baholash.

3. Loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

2-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi




O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

1. Loyihani tegishliligi bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Loyihani vazirlik va idoralarning e’tirozlari, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan mulohazalarni inobatga olgan holda puxta ishlash.

3. Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda tartibga solish ta’sirini baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritish.

4. Loyihani ko‘rib chiqish va unga viza qo‘yish, loyihaga fikr-mulohazalar va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda — xulosa tayyorlash.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud loyiha tayyorlanishiga ko‘ra

3-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud loyiha tayyorlanishiga ko‘ra

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi

1. Loyihani puxta ishlash uchun mas’ul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspertlik ishlashini amalga oshirish.

3. Loyihani tartibga solish ta’sirini baholash uchun Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritish.

Loyiha tushgandan keyin darhol

Loyiha bo‘yicha ekspertlik ishlashidan so‘ng

5-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Loyihaning tartibga solish ta’sirini baholashni amalga oshirish.

2. Loyihani apparatning tegishli tarkibiy bo‘linmasi bilan birgalikda puxta ishlash.

3. Loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlash.

3 kun mobaynida (loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish doirasida)

6-bosqich

Apparatning tarkibiy bo‘linmasi

1. Loyihani tegishlilik bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyihani kelishish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga kiritish.

Tartibga solish ta’sirini baholash o‘tkazilganidan so‘ng darhol

2. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin tartibga solish ta’sirini baholash

1-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng olti oy o‘tgach u bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni ko‘rib chiqish uchun apparat rahbariyatiga kiritish.

3. Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha tadbirlarni Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga kiritish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

2-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Tartibga solish ta’siri baholanishi lozim bo‘lgan masalalarni shakllantirish.

Bir kun muddatda

2. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

Ikki kun muddatda

3. Mas’ul vazirlik va idoralarga baholash o‘tkazilishi haqida bildirishnoma yuborish.

Baholash o‘tkazilishidan 10 kun oldin

3-bosqich

Ishchi guruh

1. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish maqsadida rejalashtirilayotgan tadbir to‘g‘risidagi axborotni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

Belgilangan muddatlarda

2. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini, zarur hollarda, joyiga chiqqan holda tahlil qilish.

10 kun muddatda

3. Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatga tuzatishlar kiritish yoxud hujjatni yoki uning tarkibiy qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni o‘z ichiga oladigan xulosa tayyorlash.

Baholashdan keyin bir kun muddatda

4-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha xulosani puxta ishlash.

1 kun muddatda

2. Xulosani tegishli materiallarni ilova qilgan holda keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun apparat boshqaruvchisiga kiritish.

Hujjat ishlab chiqilgandan so‘ng darhol

3. Zarur hollarda tartibga solish ta’sirini baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

Ko‘rsatmaga asosan

4. Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish.

Doimiy

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Qonun loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish.

3. Loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokamadan o‘tkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari tomonidan viza qo‘yish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga ko‘ra

2-bosqich

Manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Loyihani birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) darajasida ko‘rib chiqish va viza qo‘yish.

2. E’tiroz va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

7 kun muddatda

3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirliklar va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, loyihaga viza qo‘yish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish.

10 kun muddatda

5-bosqich

Ishlab chiquv�i Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan so‘ng darhol

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

Kiritilgan loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish va uni loyihani puxta ishlash uchun mas’ul bo‘l�an tarkibiy bo‘linmaga (keyingi o‘rinlarda — tarkibiy bo‘linma) berish.

Loyiha kelib tushganidan so‘ng darhol

2-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani puxta ishlash uchun mas’ul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspertlik ishlashini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha tushgandan keyin darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay

3-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyiha bo‘yicha tegishli Bosh vazir o‘rinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi bilan Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng

4-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, unga viza qo‘yish yoxud e’tiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qo‘yish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar bo‘yicha xulosa tayyorlash.

3 kun muddatda

 

5-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani tegishlilik bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng darhol

6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qo‘yish.

4. Loyihani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish to‘g‘risidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

8-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti �dministratsiyasiga kelishish uchun yuborilgan loyihalarning hisobini yuritish.

Loyiha kelib tushgan kun darhol

Doimiy

9-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Loyihani ko‘rib chiqish. Zarur hollarda loyiha bo‘yicha Rahbariyatga axborot berish.

2. Vazirlar Mahkamasiga:

a) loyiha kelishilganligi to‘g‘risida;

b) e’tiroz yoki takliflar mavjud bo‘lganda — ular to‘g‘risida xat yuborish.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani kelishilgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linmaga berish.

Loyiha tushgan kunda darhol

11-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasining Rayosatida ko‘rib chiqishiga kiritish uchun loyihani va hujjatlar to‘plamini tayyorlash.

2. Loyiha va hujjatlar to‘plami bo‘yicha apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga axborot berish.

3. Loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining e’tirozlari mavjud bo‘lgan taqdirda — puxta ishlash va e’tirozlarni bartaraf etishni, zarurat bo‘lganda ishlab chiquvchi va Yuridik ta’minlash boshqarmasi bilan birgalikda, tashkil etish.

3 kun mobaynida

12-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

13-bosqich

Appar�t boshqaruvchisi

1. Loyihani va hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish hamda loyihani Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish masalasini kelishish.

4. Bosh vazir rozilik bergan taqdirda — loyihani ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalani Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

14-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili

1. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi kun tartibiga kiritilgan loyiha bo‘yicha materiallarni tarqatish.

2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilish uchun loyiha bo‘yicha zarur materiallarni tayyorlash.

1 kun muddatda

15-bosqich

Vazirlar Mahkamasi Rayosati

Loyihani ko‘rib chiqish va uning natijasi bo‘yicha loyihani ma’qullash yoxud qo‘shimcha ravishda puxta ishlab chiqish uchun qaytarish.

Har hafta

(qoidaga ko‘ra, dushanba kuni)

16-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

1. Loyiha ma’qullangan taqdirda — uni Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish uchun tayyorlash.

2. Loyiha bo‘yicha materiallar yuzasidan Bosh vazirga axborot berish.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida ma’qullangan kun

17-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

Loyiha bo‘yicha materiallarni imzolash uchun Bosh vazirga kiritish.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida ma’qullangan kun

18-bosqich

Bosh vazir

Loyihani Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish uchun kuzatuv xatini imzolash.

Qonun loyihasi Rayosat majlisida ma’qullangan kun

19-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili

Loyihaning:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, komissiyalari, fraksiyalarida va majlisida;

Oliy Majlis Senatining qo‘mitalari, komissiyalarida va yalpi majlisida himoya qilinishini ta’minlash.

Belgilangan muddatlarda

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi yoki boshqa tashkilot — ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish.

3. Loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokamadan o‘tkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) tomonidan viza qo‘yish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga ko‘ra

2-bosqich

Manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Loyihani birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) darajasida ko‘rib chiqish va viza qo‘yish.

2. E’tiroz va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

1 kun mobaynida

3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani zarur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, loyihaga viza qo‘yish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish.

1 kun mobaynida

5-bosqich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan so‘ng darhol

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

Kiritilgan loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish va uni loyihani puxta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaga (keyingi o‘rinlarda — tarkibiy bo‘linma) berish.

Loyiha kelib tushganidan so‘ng darhol

2-bosqich

Tar�ibiy bo‘linma

1. Loyihani puxta ishlash uchun mas’ul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspertlik ishlashini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha kelib tushganidan so‘ng darhol

2 kunlik muddatdan kechikmay

3-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyiha bo‘yicha tegishli Bosh vazir o‘rinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi bilan Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng

4-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, unga viza qo‘yish yoxud e’tiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qo‘yish.

3. Zarur hollarda mavjud kelishmovchiliklar bo‘yicha xulosa tayyorlash.

3 kun muddatda

5-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani tegishlilik bo‘yich� Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng darhol

6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qo‘yish.

4. Loyihani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish to‘g‘risidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

8-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan loyihalarning hisobini yuritish.

Loyiha kelib tushgan kun darhol

Doimiy

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

1-bosqich

Davlat organi ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) tayyorlash.

2. Loyihani ekspertizadan o‘tkazish.

3. Loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokamadan o‘tkazish uchun joylashtirish.

4. Loyihaga ishlab chiquvchining rahbari tomonidan viza qo‘yish va uni kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborish.

Topshiriqda belgilangan muddatlarda yoxud tashabbus tartibida

Loyiha tayyorlanishiga ko‘ra

2-bosqich

Manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) darajasida ko‘rib chiqish va viza qo‘yish.

2. Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini birinchi rahbar (istisno hollarda — birinchi o‘rinbosari) darajasida ko‘rib chiqish va viza qo‘yish.

3. E’tiroz va takliflar mavjud bo‘lgan taqdirda — tegishli xatni tayyorlash.

3 kun mobaynida


2 kun mobaynida

3-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyihani �arur materiallarni ilova qilgan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

Vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng

4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

2. Huquqiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, loyihaga viza qo‘yish va uni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa taqdim etish.

10 kun mobaynida

5-bo�qich

Ishlab chiquvchi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi bilan birgalikda

1. Loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish.

2. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyiha kelishilgandan so‘ng darhol

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1-bosqich

Umumiy bo‘lim Birinchi bo‘lim

Kiritilgan loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish va uni loyihani puxta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaga (keyingi o‘rinlarda — tarkibiy bo‘linma) berish.

Loyiha tushgandan so‘ng darhol

2-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani puxta ishlash uchun mas’ul ijrochini belgilash.

2. Loyihani milliy va davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligi va undagi masalalarning o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan ekspertlik ishlashini amalga oshirish.

3. Loyiha Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga rioya qilinmasdan kiritilgan taqdirda — loyihani belgilangan tartibda qaytarish.

Loyiha tushgandan so‘ng darhol


2 kunlik muddatdan kechikmay

3-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyiha bo‘yicha tegishli Bosh vazir o‘rinbosariga yoki Bosh vazir maslahatchisiga axborot berish.

2. Loyihani moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash.

3. Yakuniy ishlangan loyihani tarkibiy bo‘linma rahbarining vizasi bilan Yuridik ta’minlash boshqarmasiga kiritish.

1 kun mobaynida

Loyiha moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng

4-bosqich

Yuridik ta’minlash boshqarmasi

1. Loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, unga viza qo‘yish yoxud e’tiroz va takliflarni taqdim etish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linma bilan birgalikda puxta ishlash va unga viza qo‘yish.

3. Zarurat hollarda mavjud kelishmo�chiliklar bo‘yicha xulosa tayyorlash.

3 kun mobaynida

5-bosqich

Tarkibiy bo‘linmalar

1. Loyihani tegishlilik bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

2. Loyiha bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga axborot berish.

Huquqiy ekspertizadan so‘ng darhol

6-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani uni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan topshiriq qamrab olinishi, qabul qilishning maqsadga muvofiqligi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, tahliliy materiallar tayyorlanganligi hamda manfaatdor idoralar va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmagan yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

7-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish, zarur hollarda, loyihaga Bosh vazir tomonidan viza qo‘yish.

4. Loyihani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish to‘g‘risidagi kuzatuv xatini imzolash.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

8-bosqich

Umumiy bo‘limBirinchi bo‘lim

1. Loyihani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan loyihalar hisobini yuritish.

Loyiha kelib tushgan kun darhol

Doimiy

9-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Loyihani ko‘rib chiqish. Zarur hollarda loyiha bo‘yicha Rahbariyatga axborot berish.

2. Vazirlar Mahkamasiga:

a) loyiha kelishilganligi to‘g‘risida;

b) e’tiroz yoki takliflar mavjud bo‘lganda — ular to‘g‘risida xat yuborish.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Umumiy bo‘lim

Birinchi bo‘lim

1. Loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish.

2. Loyihani tarkibiy bo‘linmaga berish.

Loyiha tushgandan keyin darhol

11-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

1. Loyihani axborot berish uchun tayyorlash.

2. Loyiha bo‘yicha apparat boshqaruvchisining huquqiy masalalar bo‘yichao‘rinbosariga axborot berish.

3. Loyiha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining e’tirozlari mavjud bo‘lgan taqdirda — puxta ishlash va e’tirozlarni bartaraf etishni, zarurat bo‘lganda ishlab chiquvchi va Yuridik ta’minlash boshqarmasi bilan birgalikda, tashkil etish.

1 kun mobaynida

12-bosqich

Apparat boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda yoki ular bartaraf etilgan taqdirda — loyihani keyinchalik apparat boshqaruvchisiga axborot berish uchun qabul qilish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

13-bosqich

Apparat boshqaruvchisi

1. Loyihani ko‘rib chiqish.

2. Kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda — loyihani puxta ishlash uchun qaytarish.

3. E’tirozlar bo‘lmaganda — loyihani keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun qabul qilish.

4. Loyihani Bosh vazirga imzolash uchun kiritish.

Loyiha taqdim etilishiga ko‘ra

14-bosqich

Bosh vazir

Vazirlar Mahkamasi hujjatini imzolash.

Loyiha kiritilishiga ko‘ra

15-bosqich

Tarkibiy bo‘linma

Umumiy bo‘lim, Birinchi bo‘lim

1. Imzolangan Vazirlar Mahkamasining hujjatini ro‘yxatdan o‘tkazish.

2. Umumiy bo‘lim muhri bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining hujjatini davlat organlari va boshqa tashkilotlarga jo‘natish. Zaruratga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining hujjatiga uning e’lon qilinishini cheklaydigan grif qo‘yish.

3. Vazirlar Mahkamasining hujjatini rasmiy manbalarda e’lon qilish, shu jumladan, imzolangan hujjatni Adliya vazirligiga yuborish.

Hujjat imzolangan kunda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilishiga quyidagilar tegishlidir:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi