Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 01.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
“Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qonunga zid bo‘lgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqich

Subyekt

Tadbirlar

Muddat

I. Jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablag‘larni jalb etish

1-bosqich

Fuqarolar
yig‘ini




Fuqarolar yig‘ini raisi, Jismoniy
va yuridik shaxslar

Fuqarolar
yig‘ini kengashi

1. Fuqarolar yig‘inining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun hududdagi jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini qarorini qabul qiladi.

Fuqarolar yig‘ini qaroriga asosan hududdagi jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablag‘lar jalb etadi, homiylik xayriyalarini qabul qiladi.

2. Jismoniy va yuridik shaxslar bilan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan homiylik xayriyalari bo‘yicha shartnoma tuzadi.

3. Tegishli hududda muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtiyoriy beg‘araz yordamlar ko‘rsatish haqida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzadi.

4. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida jamlaydi.

5. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarini hisobini yuritadi.

zaruratga qarab



qaror qabul qilinganidan so‘ng

zaruratga qarab


zaruratga qarab



mablag‘lar va homiylik xayriyalari kelib tushganidan so‘ng

II. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish

2-bosqich

Fuqarolar yig‘ini raisi

1. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashining qarorini qabul qiladi.

2. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan belgilangan maqsadlarda foydalanadi.

3. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarini boshqarish hamda taqsimlashni amalga oshiradi.

4. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari, agar boshqa maqsadlarga qaratilgan bo‘lmasa yoki xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, quyidagi:

kam ta’minlangan va ehtiyojmand bo‘lgan yolg‘iz keksalar, nogironlar, shuningdek, birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojini ta’minlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvchisi nogiron yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan, surunkali kasalni parvarish qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;

mahallada tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli talofat ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishga;

mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadlariga sarflashni amalga oshiradi.

zaruratga ko‘ra


qaror qabul qilinganidan so‘ng



qaror qabul qilinganidan so‘ng

III. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishni nazorat qilish

3-bosqich

Fuqarolar yig‘ini raisi

Fuqarolar yig‘ini huzuridagi Taftish komissiyasi

1. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot berib boradi.

2. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan maqsadli foydalanilishini hamda tayyorlangan hisobot va ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi.

3. Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma so‘rovlari bo‘yicha, jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning istalgan bosqichida ularning maqsadli sarflanishini tekshiradi

har chorakda


muntazam



yozma so‘rovga asosan

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi