Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 12.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

Ofatlar xavfi to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish

1.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning tashqi (transchegaraviy) va ichki manbalarini aniqlash va baholash, prognoz materiallarini tayyorlash, zamonaviy geoaxborot texnologiyalari asosida ma’lumotlar bazasini yuritish.

1. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar monitoringi, prognozi va tahlilini tashkil etish.

2. Zarur qarorlar qabul qilish uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi prognoz materiallarini tayyorlash
va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda FVDT deb ataladi) tegishli rahbar organlariga taqdim etish.

3. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish, koinotdan va joyning o‘zida olingan ma’lumotlardan, shu jumladan, geoaxborot tizimlari ma’lumotlaridan foydalanish hamda eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash.

4. Quyidagi toifalar bo‘yicha ochiq axborotdan foydalanishni ta’minlash: xavf-xatarning haqiqiyligi, zaiflik, xatar, ofatlar xususiyati va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar.

reja-jadvalga muvofiq


2019 — 2030-yillar mobaynida
har chorakda



reja-jadvalga muvofiq




doimo

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat geologiya qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Fanlar akademiyasi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,

O‘zbekiston MTRK,

Ichki ishlar vazirligi

2.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar xavfi va ular yetkazishi mumkin bo‘lgan zararni baholashning metodologik asoslarini ishlab chiqish.

1. So‘nggi 3 5 yilda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni tahlil qilish, ko‘rilgan zararni baholash, ular yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy-sanitariya, ta’lim, ekologik va madaniy oqibatlarini, shuningdek, ular yuzaga kelishi ehtimolini (xavfini) tahlil qilish.

2. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini va ulardan ko‘riladigan zararni baholash metodikalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil may





2020-yil yanvar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,
Davlat geologiya qo‘mitasi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi

3.

Davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va aholining ofatlar xavfini kamaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotga egaligi va xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, ularga bilim berish va ularni o‘qitish.

1. Davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga tegishli qarorlar qabul qilish uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot taqdim etish.

2. Vazirliklar va idoralar rahbarlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda FVV deb ataladi) Fuqaro muhofazasi institutida, FVDT hududiy quyi tizimi rahbar organlari — hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida o‘qitilishini tashkil etish.

3. O‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab va taktik-maxsus mashg‘ulotlarga mahalliy aholining keng jalb qilinishi va ishtirokini ta’minlash.

4. Tabiiy ofatlarda harakat qilishga tayyorlash tizimiga innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish.

2020 — 2030-yillar

yanvar


yillik rejalarga muvofiq




yillik rejalarga muvofiq

2019-yil
sentyabr

FVV,
Ichki ishlar vazirligi,

O‘zbekiston MTRK,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari,
Davlat geologiya qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi

4.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirish
va reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha aholini o‘qitish, kadrlarni professional tayyorlash dasturlarini yanada takomillashtirishga ko‘maklashish.

1. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘qitishning zamonaviy dasturlari va metodikalarini ishlab chiqish.

2. Oliy, o‘rta maxsus va o‘rta ta’lim muassasalarida tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayoniga “Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari” fanini, o‘qitishning yangi usullarini joriy etish.

reja-jadvalga muvofiq

FVV, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

5.

Yuz berishi mumkin bo‘lgan ofatlarning og‘ir oqibatlarini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish uchun yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflar, aholining va hududlarning zaifligi to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanish.

1. Tegishli vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tarkibida xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar xavfi yuqori bo‘lgan hududlar va obyektlarni o‘rganish.

2. Mamlakat Hukumatiga, obyektlar va hududlar rahbarlariga yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar to‘g‘risida axborot taqdim etish.

2020 — 2030-yillar

yanvar noyabr


2020 2030-yillar
fevral

FVV,
Davlat geologiya qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi

6.

Jamoat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar orqali favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotni tarqatish maqsadida fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yaxshilash.

1. Avtomatlashtirilgan xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish tizimini modernizatsiya qilish, favqulodda vaziyatlardan xabardor qilishning lokal tizimlarini o‘rnatish.

2. Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotni tarqatish ishlarini bajarish uchun nodavlat tashkilotlarni jalb qilish.

2019 — 2022-yillar



reja-jadvalga muvofiq

FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
“Mahalla” fondi,

vazirliklar va idoralar

Ofatlar xavfini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

7.

Yangi qonun hujjatlari normalarini ishlab chiqish va mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish.

1. Ofatlar xavfini boshqarish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi tadbirlarning mas’ul organlar tomonidan samarali amalga oshirilishi uchun normativ-huquqiy, tashkiliy va institutsional asoslarning dolzarbligi hamda yetarliligining doimiy monitoringini olib borish.

2. Moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda, yangi qonunlar, normalarni ishlab chiqish orqali ofatlar xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan FVDT rahbar organlariga tavsiyalar berish.

3. Yangi tahdidlar yuzaga kelishi ehtimoli va ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi xalqaro tajribani hisobga olgan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi normativ-huquqiy va metodik bazani takomillashtirish.

2019 — 2030-yillar

oktyabr-noyabr




tavsiyalar tayyorlanishiga qarab


tegishli dasturiy hujjatlar doirasida

FVV,

Ichki ishlar vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Davlat geologiya qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

8.

Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish yuzasidan rejalar, respublika va mahalliy strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

1. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi ishlar holatini o‘rganish, aniqlangan xatarlarni yengib o‘tishning texnik, moliyaviy va ma’muriy xususiyatlarini baholash, strategiyalar va rejalarni ishlab chiqish uchun dastlabki va boshqa ma’lumotlarni to‘plash.

2. Vazifalar, ko‘rsatkichlar va muddatlarni ko‘rsatgan holda favqulodda vaziyatlarni�g oldini olish, mavjud xavflarni kamaytirish hamda iqtisodiy, ijtimoiy, sanitariya-gigiyena va ekologik jihatdan ofatlarga qarshi kurashish salohiyatini mustahkamlash yuzasidan turli muddatlarga mo‘ljallangan respublika strategiyalari va mahalliy strategiyalarni va rejalarni ishlab chiqish
va qabul qilish.

2019-yil

dekabr


2020 — 2030-yillar

yanvar-fevral

FVV,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar

9.

Ofatlar xavfini kamaytirish borasidagi profilaktik tadbirlarni yangi qonunchilik normalari va ushbu sohada harakat qilish salohiyatini mustahkamlashning tegishli strategiyalari doirasida samarali tashkil etish.

1. Davlat sektorlari va xususiy sektorlar sa’y-harakatlarini davlat mulki bo‘lgan hamda davlat tomonidan boshqariladigan yoki tartibga solinadigan xizmatlar va infratuzilma obyektlariga daxl qiluvchi ofatlar xavflarini bartaraf etishga qaratish.

2. Ofatlar xavfidan xabardorlikni oshirish maqsadida moliyaviy yordam, aholi xabardorligini va tayyorgarligini oshirish sohasidagi tashabbuslarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan mexanizmlar va tashabbuslarni takomillashtirish.

tegishli dasturiy hujjatlar doirasida



tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

FVV,

Davlat geologiya qo‘mitasi, Qurilish vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘zbekiston MTRK,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Fanlar akademiyasi

10.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha amaldagi reglament va qoidalarga, shu jumladan, yerdan foydalanish va shaharsozlikni rejalashtirishda yuqori darajada rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar va rag‘batlantiruvchi omillarni takomillashtirish.

1. Xalqaro tajribani hisobga olgan holda xavfsizlik texnikasiga o‘qitish va ular bo‘yicha ishlarni tashkil etishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish.

2. Texnika xavfsizligi bo‘yicha amaldagi reglament va qoidalarga, shu jumladan, yerdan foydalanish va shaharsozlikni rejalashtirishga doir amaldagi qoidalar va reglamentlarga, qurilish normalariga, atrof muhit va resurslardan foydalanish, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalari va xavfsizlik standartlariga yuqori darajada rioya etilishini ta’minlash uchun zarur mexanizmlar va rag‘batlantiruvchi omillar yaratilishini rag‘batlantirish.

2020-yil fevral


tegishli dasturiy hujjatlar doirasida

FVV,
Ichki ishlar vazirligi,
Mehnat vazirligi, Qurilish vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davyergeodezkadastr,

Davlat geologiya qo‘mitasi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Fanlar akademiyasi

11.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi tarmoq va mahalliy rejalarni amalga oshirishning borishi va natijadorligi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etish.

1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida qabul qilingan tarmoq va mahalliy rejalarni amalga oshirish jarayonini tizimli o‘rganish, ularning natijadorligini baholash.

2. Jamoatchilik nazoratini rag‘batlantirish, ofatlar xavfini kamaytirishga doir harakatlar rejalarining ijrosi to‘g‘risidagi ma’ruzalarni rasmiy muhokama qilish, shu jumladan, parlament a’zolari va boshqa tegishli mansabdor shaxslar bilan muhokama qilish.

yillik rejalarga muvofiq


tegishli dasturiy hujjatlar doirasida,
reja-jadvalga muvofiq

FVV,
vazirliklar va idoralar,

FVV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
“Mahalla” fondi

12.

Mahalliy darajada ofatlar xavfiga barham berish masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishtirokini kengaytirish va javobgarligini kuchaytirish.

1. Ofatlar xavfini kamaytirish sohasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, FVDT hududiy quyi tizimi kuchlari va vositalarini jalb qilib va moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olib mahalliy darajada tegishli choralarni ko‘rish.

2. Mahalliy darajadagi ofatlar xavfini bartaraf etish masalalarida FVDT hududiy quyi tizimi rahbar organlari javobgarligini oshirish.




tegishli dasturiy hujjatlar doirasida

FVV,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

13.

Ofatlar yuzaga kelishi xavfi ta’siriga uchragan zonalarda qurilish ishlari olib borilishini nazorat qilishga qaratilgan davlat strategiyasini takomillashtirish, amaldagi norma va qoidalarni
hisobga olgan holda bunday zonalardan aholini ko‘chirish.

1. Ofatlar xavf solayotgan zonalarda turar joy binolari va inshootlar qurilishini vaqti-vaqti bilan o‘rganish, bunda tog‘oldi va tog‘li hududlarga, sel va toshqin xavf solayotgan zonalarga alohida e’tibor qaratish.

2. Xavfli tabiiy hodisalar yuz berishi mumkin bo‘lgan zonalardan aholini ko‘chirish ishlarini tashkil etish.

3. Xavfli zonalardan ko‘chirilayotgan aholiga amaldagi normalar va qoidalarni inobatga olgan holda yer uchastkalari va uy-joylar berish.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq


tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

FVV,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Davlat geologiya qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Fanlar akademiyasi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ofatlar xavfini kamaytirish tadbirlariga investitsiyalar kiritish

14.

Tarkibiy, notarkibiy va funksional choralar ko‘rish orqali ofatlarga qarshilik qilish salohiyatini mustahkamlashga oid tadbirlarga davlat investitsiyalari
va xususiy investitsiyalar kiritilishining kengayirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlari va ma’muriy hududlarni rivojlantirishga doir davlat strategiyalariga, dasturiy hujjatlarga ofatlar xavfiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar kiritilishini tashkil etish.

2. Ofatlar xavfini kamaytirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy �esurslarni hisoblash va ajratilishini ta’minlash.

3. Ofatlarga qarshi kurashish salohiyatini oshirishga doir tadbirlarga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish.



tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

FVV,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi,

vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Avariya-qutqaruv va boshqa maxsus mol-mulkni mahalliylashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish.

1. Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar
va materiallar yo‘nalishlari va ro‘yxatlari bo‘yicha avariya-qutqaruv texnikasi, maxsus mol-mulk va jihozlarni mahalliylashtirishga doir takliflarni o‘rganish va tayyorlash.

2. Mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayoniga investitsiyalarni keng jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Mudofaa sanoati
davlat qo‘mitasi,

FVV, aloqador vazirliklar, idoralar
va tashkilotlar

16.

Ofatlar xavfini sug‘urta qilishga oid tadbirlarni tashkil etish.

1. Sug‘urta kompaniyalari, FVV, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa aloqador tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tarkibida ofatlar xavf solayotgan xavfli uchastkalarni o‘rganish.

2. Xavfli uchastkalarda yashovchi aholi orasida tabiiy ofatlar xavfidan sug‘urta qilish to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish, ularning hayoti va mol-mulkini sug‘urta qilishni tashkil etish.

3. Shaharlar va qishloq tumanlarida ofatlarning davlat hamda jamiyat uchun iqtisodiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida ofatlar xavfini sug‘urta qilish, xavfni taqsimlash va to‘xtatish, ham davlat investitsiyalari, ham xususiy investitsiyalar hisobiga moliyaviy himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

Sug‘urta kompaniyalari, FVV, Moliya vazirligi,
“Mahalla” fondi, vazirliklar va idoralar

17.

Tarkibiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish orqali ish joylarida favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish salohiyatini oshirish.

1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalari bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasini, shuningdek, obyektlar barqaror ishlashini oshirish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Tashkilotlarda doimiy shtatlar asosida yoki shtatdan tashqari asosda qutqaruv tuzilmalari tuzilishini tashkil etish.

3. Qutqaruv tuzilmalarini zarur qutqaruv vositalari va asbob-uskunalari bilan jihozlash, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha har kuni yo‘riqnoma mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

har yili



2020-yil yanvar


tegishli jihozlash rejalariga muvofiq

Vazirliklar
va idoralar

18.

Tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlarni ofatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini tashkil etish va qabul qilish.

1. Loyiha institutlari va boshqa aloqador tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilgan holda tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlar holatini o‘rganish.

2. Mas’ul tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlarning holati to‘g‘risidagi axborotni ushbu obyektlarda avariyalar va yemirilishlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish uchun taqdim etish.

3. Tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlar holatining monitoringini tashkil etish, ularni doimiy ravishda joriy ta’mirlash va saqlab turish bo‘yicha boshqa tadbirlarni doimiy o‘tkazish.

2019-2020-yillar



axborot tayyor bo‘lishiga qarab



har yili
reja-jadvalga muvofiq

Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi,

FVV,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Yerdan foydalanish va shaharsozlik sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda ofatlar xavfini baholash hisobga olinishini tashkil etish.

1. Turar joy mavzelari, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va sanoat obyektlarining bosh rejalarini ishlab chiqishda, loyihalashtirishda
va qurishda ofatlar xavfini baholash mexanizmlarini takomillashtirish.

2. Yerdan foydalanish va shaharsozlik sohasidagi siyosatni amalga oshirishda ofatlar xavfini baholash, yerlarning tanazzuli darajasini baholash hisobga olinishini, prognoz qilinadigan demografik va ekologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan kelgusi faoliyatning amal qiluvchi prinsiplari
va usullaridan foydalanishni tashkil etish.

tegishli dasturiy hujjatlar doirasida


tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

Davyergeodezkadastr,

Qurilish vazirligi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,

Davlat geologiya qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

FVV, Moliya vazirligi

20.

Sel, toshqinlar, ko‘chkilar va boshqa xavfli tabiiy ofatlar, shuningdek, qurg‘oqchilik bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.

1. Xavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar faollashishi mumkin bo‘lgan zonalarni o‘rganish, ushbu zonalarda joylashgan aholi punktlarini aniqlash, vaqtincha evakuatsiya qilinishi yoki xavfsiz joylarga doimiy ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar, shuningdek, sel, toshqin va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan uchastkalar ro‘yxatini tuzish.

2. O‘rganish yakunlari bo‘yicha ofatlar xavfini kamaytirishni ta’minlovchi tashkiliy, muhandislik-texnik va boshqa tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha manzilli takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi majlisida ularning ko‘rib chiqilishini tashkil etish.

3. Tegishli manzilli dasturlarni ishlab chiqish, ularni Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining bayonnoma qarori bilan tasdiqlash, tadbirkorlik subyektlarini yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlarning oldini olishga doir ishlarga davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish.

har yili yanvar-fevral




har yili
mart oyida



har yili fevral may, reja-jadvalga muvofiq

FVV,
Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davyergeodezkadastr,
Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Mahalliy sharoitlarda ofatlar xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan shaharsozlik normalari, qoidalarini, aholi punktlarini rejalashtirish va qurishga oid standartlarni takomillashtirish.

1. Shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish.

2. Hududlarni rejalashtirish va kompleks qurish bo‘yicha mavjud shaharsozlik normalari, qoidalari, standartlarini qayta ko‘rib chiqish yoki zarur hollarda yangilarini ishlab chiqish yuzasidan, ularning mahalliy sharoitlarda samaradorligini oshirishga qarat�lgan takliflarni tayyorlash
va taqdim etish.

2019-yil dekabr

FVV, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi

22.

Ofatlar yuz berganda shoshilinch, malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining salohiyatini oshirish.

1. Favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligini tahlil qilish.

2. Jabrlanganlarga shoshilinch, malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

3. Favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiyalash.

4. Favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfini tushunish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatida favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfini kamaytirishga qaratilgan yondashuvlarni qo‘llash va amalga oshirish nuqtai nazaridan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari salohiyatini oshirish.

2019-yil sentyabr


2019-yil

dekabr

tegishli dasturiy hujjatlar doirasida,

reja-jadvalga muvofiq

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
FVV

23.

Halokatlar tibbiyoti sohasida o‘qitish salohiyatini rivojlantirish
va mustahkamlashga ko‘maklashish.

1. Halokatlar tibbiyoti bo‘yicha ilg‘or xalqar� tajribani o‘rganish va ta’lim muassasalarining o‘qitish tizimiga joriy etish.

2. Shoshilinch tibbiy xizmatlar xodimlarining jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni shifoxonaga yotqizishni tashkil etish, qutqaruv ishlarini tibbiy ta’minlash bo‘yicha o‘qitilishini tashkil etish.

3. Qutqaruv tuzilmalarini halokatlar tibbiyoti sohasida tayyorlash metodikasini takomillashtirish.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

FVV

24.

Tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni ijtimoiy muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni, shu jumladan, mahalliy aholi ishtirokida ijtimoiy muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mexanizmlarini takomillashtirish.

2. Strategiyalar va rejalarni ishlab chiqishda hayot uchun xavfli bo‘lgan va surunkali kasalliklarga chalingan, favqulodda vaziyatlar yuz berishidan oldin, yuz bergan vaqtda va yuz berganidan keyin bunday kasalliklarga duchor bo‘ladigan shaxslarning o‘ziga xos ehtiyojlarini e’tiborga olish, shu jumladan, yashash uchun muhim xizmatlardan foydalanishni �a’minlash.

3. Sog‘liqni saqlash sohasidagi bazaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish, shu jumladan, onalar, chaqaloqlar va bolalarning sog‘lig‘ini, reporoduktiv salomatlikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish, uy-joy bilan ta’minlash, tabiiy ofatlardan jiddiy zarar ko‘rgan odamlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha uzoq muddatli qarorlar qabul qilish sohalarida ko‘maklashish.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
FVV,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini hamda ishlab chiqarish resurslarini himoya qilish darajasini oshirish.

1. Favqulodda vaziyatlar sharoitida obyektlar ishi barqarorligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Favqulodda vaziyatlar sharoitida obyektlarning o‘z mahsulotini belgilangan normalar va hajmlarda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish tadbirlarini tashkil etish.

3. Hayotiy muhim infratuzilma obyektlarining, shu jumladan, suv ta’minoti, transport va telekommunikatsiyalar infratuzilmasini, ijtimoiy ahamiyatli muassasalarning favqulodda vaziyatlar oqibatlariga bardoshligini oshirish.

4. Tabiiy ofatlar xavfidan zarar ko‘rgan aholiga uzluksiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida korxonalarning qarshilik ko‘rsatish salohiyatini hamda ishlab chiqarish resurslarining himoya qilinishi darajasini oshirish.

5. Hayot kechirish vositalari va ishlab chiqarish aktivlarini, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi hayvonlari, qoramol va urug‘liklarning himoya qilinishini mustahkamlash.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

FVV,
vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Turizm obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish.

1. Turizm obyektlarining ofatlar xavfi ta’siriga tushganligini o‘rganish, bunda gidrometeorologik va geologik xavfli hodisalar yuz berishi mumkin bo‘lgan uchastkalarda joylashgan obyektlarga alohida e’tibor qaratish.

2.Turizm obyektlari bazasida obyekt (doimiy shtat asosida yoki shtatsiz asosda) qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish.

3. Turizm industriyasiga, dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash darajasiga bog‘liqlikni inobatga olgan holda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini boshqarishga qaratilgan yondashuvlarni joriy etish.

2019-yil

iyun — dekabr

2020-yil

yanvar
tegishli dasturiy hujjatlar doirasida

Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi,
FVV

Ofatlar yuz berganda harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish

27.

Favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish, prognozlashtirish, ularning oldini olish tizimini takomillashtirish.

1. Yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning tashqi (transchegaraviy) va ichki manbalarini aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish, zamonaviy geoaxborot texnologiyalari asosida ma’lumotlar bazasini yuritish.

2. Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashish va prognozlashtirishning yagona tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga doir tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3. Tabiiy, ekologik hodisalarni va texnogen jarayonlarni prognozlashtirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish hamda favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish va ularni prognozlashtirish tizimiga joriy etish.

reja-jadvalga muvofiq

2019-2020-yillar



tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi

28.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aloqa, favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish va doimiy shay holatda saqlash.

1. Potensial xavfli obyektlarda va ularga tutash hududlarda lokal xabar berish tizimlarini tashkil etish.

2. Respublika, mahalliy, lokal va obyekt darajasidagi xabar berish tizimlarini, shuningdek, avtomatlashtirilgan xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish tizimini modernizatsiyalash va doim shay holda saqlash.

3. Axborotni boshqarish va uzatish uchun davlat va id�ra aloqa kanallarini (ularning rahbarlari bilan kelishgan holda radio, televideniye) va boshqa telekommunikatsiya tizimlaridan markazlashtirilgan tartibda foydalanishni ta’minlash.

reja-jadvalga muvofiq

2019 — 2022-yillar

FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

MTRK, vazirliklar va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

29.

FVDT kuch va vositalarining, uning hududiy va funksional quyi tizimlarining shayligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Professional qutqaruv tuzilmalari, obyektlarda shtatsiz asosda tashkil etilgan qutqaruv tuzilmalari va FVDTning boshqa kuchlarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy qutqaruv texnikasi, asbob-uskunalar, himoya vositalari va boshqa mol-mulk bilan mustahkamlash choralarini ko‘rish.

2. Mutaxassislarning qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirishga doir ko‘nikmalari va kasbiy mahoratini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

3. Favqulodda vaziyatlar yuz berganda zarur vositalarni shoshilinch jalb qilish maqsadida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf e�ish uchun moddiy-texnik va moliya resurslari zaxiralarini oldindan yaratish.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

30.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, FVDT kuchlari va aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini, rahbarlar tarkibining ko‘nikmalarini oshirish sohasida FVDT hududiy quyi tizimi rahbarlari tarkibining vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish.

1. Favqulodda vaziyatlarn�ng oldini olish va ularda harakat qilishga doir tadbirlarni ofatlarning mahalliy xavflarini hisobga olgan holda rejalashtirishni tashkil etish.

2. Iqlim o‘zgarishi ssenariysini va ularning favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfi omillariga ta’sirini hisobga olgan holda ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab, taktik-maxsus va kompleks mashg‘ulotlarni rejalashtirish va o‘tkazish.

har yili

reja-jadvalga muvofiq

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

FVV, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar

31.

Favqulodda vaziyatlardan keyingi tiklash va reabilitatsiya qilish tadbirlariga ofatlar xavfini boshqarish prinsiplarini joriy etish.

1. Favqulodda vaziyatlardan keyin tiklash va reabilitatsiya qilish jarayonlariga ofatlar xavfini boshqarish chora-tadbirlarining kiritilishiga ko‘maklashish.

2. Tiklash bosqichida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda, shu jumladan, yerdan foydalanishni rejalashtirish, qurilish normalarini kuchaytirish va favqulodda vaziyatlardan keyin tajriba, bilim almashish kabi sohalarda chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali ofatlar xavfini kamaytirish imkonini beradigan salohiyat yaratish uchun imkoniyatdan foydalanish.

3. Ofatlar yuz berganidan keyingi davrda rekonstruksiya qilish tadbirlarini zarar ko‘rgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlantirish faoliyatiga integratsiyalash.

4. Favqulodda vaziyatlar yuz berganda rekonstruksiya qilish tadbirlariga tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqish, qurilish normalarini kuchaytirish, shu jumladan, tiklash va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirish tajribasi asosida kuchaytirish.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

FVV,
Qurilish vazirligi,
Davlat geologiya qo‘mitasi,

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, IIV,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

32.

Ofatlar ta’siriga uchragan hududlardan aholining ko‘chirilishini tashkil etish va amalga oshirish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining salohiyatini mustahkamlash.

1. “O‘zgidromet” va Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining ko‘rsatmalariga muvofiq aholini xavfli hududlardan xavfsiz joylarga ko‘chirishga doir tegishli choralar ko‘rish.

2. Zarar ko‘rgan aholini ko‘chirish uchun xavfsiz joylarni aniqlash.

3. Doimiy yashash uchun ko‘chirishda yakka tartibdagi turar joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish va pul kompensatsiyalari to‘lash tartibini takomillashtirish.

har yili
mart-aprel



tegishli dast�riy hujjatlar doirasida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, FVV

33.

Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni saralash va ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish, ofatlar natijasida o‘lim holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish.

2. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlar orasida kasallik va o‘limning oldini olish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish.

3. Tiklash sohasida rejalarni amalga oshirish, ularda barcha muhtoj shaxslarga psixologik va ijtimoiy yordam xizmatlari ko‘rsatilishini nazarda tutish.

tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

FVV

34.

Ofatlar xavfini kamaytirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ofatlar xavfini kamaytirish byurosi bilan hamkorlikni mustahkamlash, ushbu tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.

2. Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni takomillashtirish, transchegaraviy xususiyatga ega bo‘lgan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar to‘g‘risida axborot almashish.

3. Chegaraoldi hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bo‘yicha hamkorlikdagi mashqlar, hay’atlar o‘tkazish.

4. Ofatlar xavfini kamaytirish sohasida memorandumlar va boshqa xalqaro bitimlarni imzolash.

5. Favqulodda vaziyatlar yuz berganda xalqaro yordamni va birinchi navbatdagi qutqaruv ishlarini amalga oshirishda beriladigan yordamni tartibga solishga doir xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari va tartib-taomillardan to‘liq foydalanish.



tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq






tegishli davrga
tadbirlar rejalariga muvofiq

FVV,

Tashqi ishlar vazirligi




FVV,

Tashqi ishlar vazirligi

35.

Ushbu Milliy harakatlar rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirish.

1. Ushbu Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhni shakllantirish va uning tarkibini tasdiqlash.

2. 2019 — 2030-yillar davrida “2015 — 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasida erishish strategiyasini tegishli davrda (bosqichda) amalga oshirishga doir Tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va uning bajarilishini ta’minlash.

3. Tegishli davrga (bosqichga) mo‘ljallangan Tadbirlar rejasini amalga oshirish yakunlari to‘g‘risidagi batafsil axborotni belgilangan maqsadlarga erishish darajasini ko‘rsatgan holda tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2019-yil aprel


2019-yil may

2023-yil fevral

2027-yil fevral



2023-yil yanvar

2027-yil yanvar

2031yil yanvar

FVV,
vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi