Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 15.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetika tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qaroriga muvofiq, shuningdek, elektr energiyasi uchun joriy va kapital xarajatlarni qoplashga asoslangan hisob-kitob tarifini nazarda tutuvchi va tarmoqqa xususiy sektorni jalb qilishni rag‘batlantiruvchi elektr energetika tarmog‘idagi tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2020-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilsin.
Tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetika tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qaroriga muvofiq ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish va 2030-yilgacha 20 ming mVtga yetkazish hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasining elektr energetika xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq aniqlanadigan iste’molchilarning turli guruhlari uchun elektr energiyasi tariflari.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar operatsion xarajatlarda hisobga olinmaydi.
g) iste’molchilarning barcha toifalari uchun taqsimlashning o‘rtacha koeffitsiyentlari ushbu bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlariga taalluqli bo‘lmagan aktivlar va ular bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, shu jumladan yig‘imlar va bojlarni taqsimlash uchun aniqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaror bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq belgilangan iste’molchilarning turli guruhlari uchun elektr energiyasining tariflari yagona xaridorning mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan quyidagi xarajatlari hisobga olingan holda shakllantiriladi:
a) mazkur Nizomga 1 yoki 1a-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha tasdiqlanadigan tarif hisob-kitobi;
mazkur Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish moddiy xarajatlarining mazmuni (xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, elektr energiyasidan foydalanishning tasdiqlangan normalari ko‘rsatilgan holda);
mazkur Nizomga 3 yoki 3a-ilovalarga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lashga to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar mazmuni (mehnatga xarajatlarning tasdiqlangan normalarini ko‘rsatgan holda);
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasining hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq qiymat, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga topshirish sanasi ko‘rsatilgan holda);
ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish maqsadidagi qo‘shimcha xarajatlar, materiallar va mehnatga bilvosita xarajatlar mazmuni;
ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va sof foyda mazmuni;
ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning mazmuni;
ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha faoliyatning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmi pasaygan taqdirda pasayish sabablari yozma ravishda asoslanishi zarur);
32. Ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan va tartibga soluvchi organning so‘rovi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlar quyidagi talablar hisobga olingan holda rasmiylashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi