Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi

3-bob. Autsorsing xizmati ko‘rsatishda oziq-ovqatlar sifatiga va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar

4-bob. Shaxsiy tarkibning ovqatlanish tartibini rejalashtirish, nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish

5-bob. Shaxsiy tarkibni issiq ovqat bilan ta’minlash

6-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari

7-bob. Obyektlar va moddiy-texnika vositalaridan foydalanish

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
ShARTNOMANING PROGNOZ SUMMASI

2-ILOVA
Bozordagi o‘rtacha narxlar bo‘yicha 1-me’yor. “Asosiy mahsulotlar to‘plami” qiymatining hisob-kitobi (hokimlik bayonnomasiga muvofiq)

Bozordagi o‘rtacha narxlar bo‘yicha 1-me’yor “Asosiy mahsulotlar to‘plami” “a” bandiga asosan qo‘shimcha payok qiymatining hisob-kitobi (hokimlik bayonnomasiga muvofiq)

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash SXEMASI

3-ILOVA
Milliy gvardiya bo‘linmalari va autsorser o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish SXEMASI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022
Hujjat 17.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-maydagi 366-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

________ — harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibining autsorsing shartlari asosida ovqatlanishini tashkil etish uchun
NAMUNAVIY ShARTNOMA

__________ shahri

20___ yil “____” ___________

Keyingi o‘rinlarda Buyurtmachi deb ataluvchi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi ______ — harbiy qism (muassasa) komandiri __________________________________ bir tomondan

____________________ (F.I.O.)

va keyingi o‘rinlarda Autsorser deb ataluvchi _____________________________________________________________ nomidan Ustav (ishonchnoma) asosida faoliyat yurituvchi direktor _______________________________________________
____________________________ ikkinchi tomondan, keyinchalik Tomonlar deb atal�di,

(F.I.O)

ushbu Shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar.

I. Shartnoma predmeti

1.1. Pulli xizmat ko‘rsatish Shartnomasiga ko‘ra, Autsorser Buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida qayd etilgan xizmatlarni ko‘rsatish, Buyurtmachi esa — ushbu xizmatlar uchun pul to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. Autsorser mazkur Shartnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, u tugaguniga qadar har kuni _______ — harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibini oziq-ovqat payoklarining belgilangan me’yorlari hamda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etgan holda, Buyurtmachi bilan kelishilgan taomnomaga muvofiq uch (to‘rt) mahal issiq ovqat bilan ta’minlash majburiyatini (keyingi o‘rinlarda Xizmatlar deb ataladi) o‘z zimmasiga oladi.

1.3. Xizmat ko‘rsatish muddati:

20 ___ yil “____” ______________________dan 20 ___ yil “____” ____________________________________gacha.

1.3.1. Tomonlar bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va Autsorser tomonidan amalda ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-fakturani imzolaganidan hamda Buyurtmachi tomonidan Autsorserning mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan bank hisobraqamiga pul mablag‘lari o‘tkazilgandan so‘ng Xizmatlar ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.

II. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

2.1. Autsorser quyidagilarga majbur:
2.1.1. Taomni va tayyor mahsulotni sifatli tayyorlash bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shaxsiy tarkibning tegishli toifalari uchun ta’minot me’yorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining taom tayyorlash va ovqatlanishni tashkil etishga taalluqli qismlaridagi talablarga to‘liq mos keladigan Xizmatlar ko‘rsatish.
2.1.2. Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etishda tegishli sifat sertifikatlari bilan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish.
2.1.3. Davlat strategik zaxirasi va Milliy gvardiya Moddiy-texnika ta’minoti Markaziy bazasi zaxiralarini yangilash tartibida Buyurtmachining bo‘linmalaridan ayrim o‘ziga xos oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish.
2.1.4. Autsorser tomonidan Buyurtmachi bo‘linmalaridan alohida o‘ziga xos oziq-ovqat mahsulotlarini (masalan, qoramol va qo‘y-echkilar, ot go‘shti, mol yog‘i va harbiy qism (muassasa) yordamchi xo‘jaligida yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ) xarid qilish.
2.1.5. Xizmatlarni mazkur Shartnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq hajmda ko‘rsatishi.
2.1.6. Xizmatlar ko‘rsatish jarayonida Autsorser mazkur Shartnoma shartlariga amal qilmasdan, ovqat sifatining yomonlashuviga olib kelgan barcha kamchiliklarni Buyurtmachining talabi bo‘yicha bir kun davomida bepul to‘g‘rilash.
2.1.7. Taomni tayyorlash jarayoniga faqat belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan (ko‘rikdan) o‘tgan xodimlarga ruxsat etish.
2.1.8. Xodimlar zimmasiga Buyurtmachining hududida odob-axloq qoidalari, shuningdek, ichki kun tartibiga rioya qilish majburiyatini yuklash.
2.1.9. Xizmatlarni bevosita ko‘rsatish.
2.1.10. Xizmatlar narxini oshirmagan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan:
soliqlar to‘lash;
belgilangan tartibda u bilan mehnat shartnomasi tuzgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash;
oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish;
oziq-ovqat mahsulotlarini savdo nuqtalaridan xizmat ko‘rsatish joyigacha yetkazish;
sovituvchi kompressorlar va boshqa jihozlarni soz holatda saqlash, ta’mirlashi, qayta to‘ldirish;
ijaraga olingan bino, xona, mebel, inventar va boshqalarni zarur holatda saqlash va joriy ta’mirlash.
2.1.11. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va alohida ijara shartnomasini rasmiylashtirgan holda Buyurtmachidan ishlab chiqarish xonalari, jihozlar va oshxona mebelini qabul qilib olish.
2.1.12. Mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Buyurtmachini bir oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa Buyurtmachi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini uzluksiz tashkil etishni ta’minlash.
2.2. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
2.2.1. Bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun amaldagi narxlar bo‘yicha bir oyda kamida bir marta Xizmatlar haqini to‘lash.
2.2.2. Autsorserga shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida “nol” stavkasi bo‘yicha oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, jihozlari va mebel anjomlarini vaqtincha foydalanishga berish.
2.2.3. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va alohida ijara shartnomasini rasmiylashtirgan holda, Autsorserga oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, jihozlari va mebelini topshirish.
2.2.4. M�zkur Shartnomani bekor qilish haqida Autsorserni bir oy oldin yozma ravishda ogohlantirish.
2.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
2.3.1. Autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, bajarilayotgan ishlarning yuritilishi va sifatini istalgan vaqtda tekshirish.
2.3.2. Buyurtmachi Shartnomani bajarishni rad etishi to‘g‘risidagi xabarnomani olgunga qadar, Autsorserga ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatini belgilangan tartibda to‘lab, istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan bosh tortish.

III. Shartnomaning narxi va o‘zaro hisob-kitoblar tartibi

3.1. Mazkur Shartnomaning narxi Shartnomaning prognoz summasi 1-ilovaga muvofiq _____________________________________ ________________________________________________________________

son bilan

so‘z bilan

so‘mni tashkil etadi.
3.2. Autsorser Shartnoma oylik qiymatining 15 foizi miqdorida oldindan to‘lov 3 bank kunida o‘tkaziladi.
3.3. Autsorser tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘zaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida ko‘rsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati bo‘yicha 85 foiz miqdorda haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib o‘n kunda kamida bir marta amalga oshiriladi.
3.3.1. Ovqatlanadigan bir kishi uchun ko‘rsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi Autsorser yetkazib beruvchidan xarid qilgan va tegishli me’yorlar bo‘yicha tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi narxini (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bayonnomasi bilan rasmiylashtirilib, bayonnomalarida ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari narxidan baland bo‘lmasligi kerak) shaxsiy tarkib soniga ko‘paytirish yo‘li bilan Buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Hosil bo‘lgan yakuniy summa 20 foiz ustama haqi miqdoriga ko‘paytiriladi (ya’ni, umumiy summa autsorserning 20 foizlik ustama haqiga ko‘paytiriladi).
3.3.2. Ovqatlanuvchilarning amaldagi soni haqidagi ma’lumotlar va ovqatlanadigan bir kishiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi kundalik taomnomaga (oziq-ovqat mahsulotlarining taqsimotiga) muvofiq Autsorser bilan birgalikda har o‘n kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatgan holda, bajarilgan ishlarning yig‘ma dalolatnomasini tuzadi va hisob-fakturani rasmiylashtiradi hamda ular Autsorser rahbari va harbiy qism (muassasa) komandiri tomonidan imzolanadi.
3.3.3. Buyurtmachi tomonidan amalda ko‘rsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshlab, 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
3.3.4. Mazkur Shartnomaga 2-ilovada ko‘rsatilgan Shartnoma �rognoz summasini hisoblash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari Tomonlardan birining tashabbusi bilan odatda bir oyda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.

IV. Tomonlarning majburiyatlari

4.1. Autsorser Buyurtmachi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etishi bo‘yicha Shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan holatlarda Buyurtmachiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy summasi ko‘rsatilmagan xizmatlar oylik narxining 50 foizidan oshmasligi kerak.
4.2. Penya (jarima) to‘lash Tomonlarning zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf etishdan ozod qilmaydi.
4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmagani yoki tegishli darajada bajarilmagani uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablarida, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar.
4.4. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.

V. Munozarali vaziyatlarni hal etish tartibi

5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar o‘rtasida muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.
5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar o‘rtasida muzokara o‘tkazish yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydigan holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf etish tartib-ta�mili amalga oshirilgandan so‘ng ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun beriladi.

VI. Fors-major holatlar

6.1. Tomonlar majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holat yengib bo‘lmas kuch, ya’ni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar va alohida davr oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar ro‘y bergan muddatga suriladi.

VII. Yakunlovchi qoidalar

7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan so‘ng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismini tashkil etadi.
7.2. Tomonlarning hech biri mazkur Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas.
7.3. Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil bo‘lib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi bo‘ladi.

VIII. Mazkur Shartnomaning amal qilish muddati

8.1. Ushbu Shartnoma ikki tomonlama imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va 20 ___ yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari

“Autsorser”

“Buyurtmachi”

----------------------------------------------------------------
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarini belgilash.

2. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari haqida bayonnomani rasmiylashtirish.

3. Milliy gvardiya bo‘linmalariga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari haqida bayonnomani yetkazish.

1,2) Har oyda — joriy

oyning 1-sanasigacha.

3) Bir kun mobaynida.


2-bosqich

Autsorserlar

1. Ko‘rsatilgan xizmatlarning asoslangan hujjatlarini rasmiylashtirish.

2. Milliy gvardiya bo‘linmalari bilan o‘zaro hisob-kitob qilish uchun amalda ko‘rsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) taqdim etish.

Har oyda — joriy oyning
3-sanasigacha


3-bosqich

O‘zbekisto� Respublikasi

Milliy gvardiyasi bo‘linmalari

Autsorserlar bilan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘zaro hisob-kitoblarni quyidagi tartibda amalga oshirish:

asoslovchi hujjatlarni tekshirish (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari), oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi narxlari to‘g‘risidagi bayonnoma bilan belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqqoslash;

autsorsing xizmatlari ko‘rsatishning tegishli jadvalida ko‘rsatib o‘tilgan oylik summaning 15 foizi miqdoridagi dastlabki to‘lovni autsorserning bank hisobraqamiga o‘tkazish;

tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qolgan 85 foiz miqdorida haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib.

Bir kun mobaynida.

Har oyda — joriy oyning

10-sanasigacha.

10 bank ish kuni mobaynida.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi