Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat 24.05.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi “Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4118-son qaroriga muvofiq, shuningdek, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni va faoliyati samaradorligini oshirish, “Tomorqa xizmati” MChJning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1-ilova IV bo‘limining 2-pozitsiyasi “Naimenovaniye organizatsii” ustunidagi “AO “Uzpaxtayog”“ so‘zlari “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”“ so‘zlari bilan almashtirilsin.
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3484-son qarori 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “O‘zpaxtayog‘” AJ korxonalariga” so‘zlari “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshidagi “Tomorqa xizmati” MChJ, qishloq xo‘jaligi sohasidagi boshqa” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi sohasidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish” so‘zlari “rivojlantirishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2-ilova IV bo‘limining “Naimenovaniye proyekta i istochniki finansirovaniya” ustunidagi “AO “Uzpaxtayog”” so‘zlari “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilova IV bo‘limining “Naimenovaniye proyekta i istochniki finansirovaniya” ustunidagi “AO “Uzpaxtayog”” so‘zlari “Assotsiatsiya “Uzyogmoysanoat”” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2-ilovaning 5-bandidagi “O‘zpaxtayog‘” AJ” so‘zlari “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 10-bandidagi “O‘zpaxtayog‘” AJ” so‘zlari “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi