Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 27.05.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi “Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlanishni samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 138-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish pitomniklari va plantatsiyalarini barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Plantator

1. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtiradigan pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish.

2. Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtiradigan pitomnikda va plantatsiyada ekiladigan materialni ekish (ko‘chirib o‘tqazish) ishlarini o‘tkazishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi vakilining ishtirokini ta’minlash uchun ariza bilan murojaat qilish.

1. Ekish (ko‘chirib o‘tqazish) to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan 15 kun oldin.

2. Ekiladigan materialni ekishdan (ko‘chirib o‘tqazishdan) 7 kun oldin.


2-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ishtiroki ta’minlanadigan mas’ul vakil to‘g‘risidagi axborotni jo‘natish.

Ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran 2 kun ichida.


3-bosqich

Plantator

Ekish (ko‘chirib o‘tqazish) dalolatnomasini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organiga jo‘natish.

Ekish (ko‘chirib o‘tqazish) ishlari yakunlangandan so‘ng 3 kun ichida.


4-bosqich

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Arizani ko‘rib chiqish hamda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtiradigan pitomnik va plantatsiyani davlat hisobiga olish yoki davlat hisobiga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

3 kun ichida.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi