Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida

1-ILOVA
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish tartibi

3-bob. Investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini “Business city”markazi hududida joylashtirish uchun tanlov tashkil etish tartibi

4-bob. Direksiyaga hujjatlarni taqdim etish tartibi

5-bob. Investitsiya buyurtmanomalarini komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi

6-bob. Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimni tuzish tartibi

7-bob. Investorlarga obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari berish va ularni “Business city” markazlari hududida joylashtirish tartibi

8-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish va tanlov natijalarini rasmiylashtirish tartibi

9-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli tumanlari va shaharlarida tashkil etiladigan “Business city” markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish SXEMASI

2-ILOVA
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasining NAMUNAVIY TARKIBI

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Hujjat 07.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
5. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 18 va 20-bandlarida belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan, shuningdek, investitsiya loyihasi to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim etilmagan va (yoki) loyiha “Business city” markazi konsepsiyasiga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, hujjatlar direksiya tomonidan bir ish kuni muddatda qayta kiritish uchun kamchiliklarni ko‘rsatgan holda loyiha tashabbuskoriga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar, mazkur hududlarning chegaralarini aniq ko‘rsatgan holda, kelishish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

zaruratga ko‘ra belgilangan muddatda

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan “Business city” markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni amalga oshirish istiqbollari, manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli xulosalarini olgan holda, o‘rganib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot kiritiladi.

o‘n kun muddatda

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy ko‘rsatmasi asosida tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini hamda ushbu markazlar hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi.

uch kun muddatda

2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli xulosalari olingan holda mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan “Business city” markazining batafsil qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi va asosiy ko‘rsatkichlari aniq yoritilgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ta’minlanadi.

ikki oy muddatda

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan kiritilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beriladi hamda kelishiladi.

uch kun muddatda

5-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi

1. “Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududda yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qo‘yilishi, uy-joylar, noturar joy bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydondagi ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kompaniyalari va taqdimot tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritiladi.

2. Jalb etilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasiga muvofiq tanlangan hududni tegishli lotlarga ajratiladi.

bir oy muddatda

6-bosqich

“Business city” markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasi

“Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududning ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq ajratilgan lotlari soni va investorlarga beriladigan yer uchastkalari o‘lchamlariga mutanosib ulushlarda to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdori belgilangan tartibda direksiya tomonidan aniqlashtiriladi hamda komissiya muhokamasida ko‘rib chiqib tasdiqlanadi.

bir hafta muddatda

7-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi

1. Tanlovoldi barcha jarayonlar amalga oshirilgandan so‘ng direksiyaning o‘z rasmiy veb-saytida “Business city” markazining konsepsiyasi joylashtiriladi.

besh kun muddatda

2. Tanlov o‘tkazilishidan oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “Business city” markazi qurilishi bo‘yicha tanlov to‘g‘risida e’lonlar joylashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali “Business city” markazi qurilishi bo‘yicha tanlov to‘g‘risida xorijiy davlatlarda targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

tanlov kunidan kamida o‘ttiz kun oldin

8-bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan investitsiya taklifini “Business city” hududiga joylashtirish uchun belgilangan shaklga muvofiq to‘ldirilgan buyurtmanoma hamda unga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar direksiyaga taqdim etiladi.

belgilangan muddatlarga qadar

9-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi

Taqdim etilgan buyurtmanoma hamda unga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi hamda taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, taklif etilayotgan in�estitsiya taklifini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya raisiga axborot kiritiladi.

buyurtmanoma taqdim etilgan kundan so‘ng ikki kun muddatda

10-bosqich

“Business city” markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasi

1. “Business city” markazi hududiga joylashtirish uchun eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash tegishli mezonlar asosida belgilangan muddatlarda komissiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi.

belgilangan muddatlarda

2. Komissiyaning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash to‘g‘risidagi qarori komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan oddiy ko‘pchilik ovoz asosida qabul qilinadi hamda yig‘ilish o‘tkazilgandan so‘ng bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

tanlov o‘tkazilgandan so‘ng besh kun muddatda

11-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi, Loyiha tashabbuskori

1. Investitsiya taklifi ma’qullangan investor va direksiya o‘rtasida investitsiyalash to‘g‘risida bitim rasmiylashtiriladi.

2. Loyiha tashabbuskori va direksiya o‘rtasida “Business city” markazi hududida investitsiyalash to‘g‘risida rasmiylashtirilgan bitim belgilangan tartibda tegishli direksiyada ro‘yxatga olinadi hamda ro‘yxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.

bayon tasdiqlangandan so‘ng besh kun muddatda

12-bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimga muvofiq loyiha tashabbuskori tomonidan “Business city” markazi hududidan ajratilayotgan yer uchastkasi o‘lchamlariga mutanosib ravishda tegishli mablag‘lar direksiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.

bitimda belgilangan muddatlarda

13-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi

Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim kuchga kirgan kundan e’tiboran, agar bitimda boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, direksiya tomonidan “Business city” markazi hududidan qurilish uchun investorga yer uchastkasi berish to‘g‘risida tegishliligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga iltimosnomalar kiritiladi.

bitim kuchga kirgandan so‘ng besh kun muddatda

14-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklar

Direksiyaning tegishli iltimosnomalari kelib tushgandan so‘ng investorga rejalashtirilgan loyiha doirasida qurilishni amalga oshirish uchun belgilangan shartlar asosida iltimosnomada ko‘rsatilgan muddatdan kam bo‘lmagan muddatga yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi.

bir hafta muddatda

Keyingi tahrirga qarang.

1.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi

2.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

4.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i

5.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi, Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i

6.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i

7.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i

8.

(lavozimiga ko‘ra)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i

9.

(lavozimiga ko‘ra)

“Hududiy elektr tarmoqlari” va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari

10.

(lavozimiga ko‘ra)

“Business city” markazini qurish va undan foydalanish Direksiyasi rahbari, Komissiya ishchi organi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi