Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 18.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi 149-son hamda “Boshoqli don yetishtirishni yanada rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi 959-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlarini turli tabiiy ofatlar natijasida ko‘riladigan zararlardan sug‘urtalash orqali himoyalash tizimini amaliyotga keng joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
ishchi guruhlar — Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish bo‘yicha xarajatlarni kreditlash va topshirilgan mahsulot uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida tuman hokimining o‘rinbosari rahbarligida tashkil etiladigan ishchi guruh;
hodisa (hodisa tavsifi va yetkazilgan zarar sabablariga ko‘ra) ushbu Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma.
26. Sug‘urta tovoni miqdori ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan jadval asosida, sug‘urta qildiruvchining jami ekin maydonidan olingan yalpi hosili (tayyorlov korxonasi ma’lumotnomalari asosida) va tushgan sug‘urta mukofoti miqdori hisobga olingan holda, sug‘urta puli (sug‘urta javobgarligi) doirasida hisoblanadi.
28. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hujjatlar hamda yozma ariza sug‘urta davri yakuni bo‘yicha sug‘urtalovchining to‘lov komissiyasiga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining to‘lov komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, sug‘urta tovonini to‘lash yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risida 15 kun muddatda qaror qabul qilinadi.
29. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga u sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risida ariza taqdim etgan vaqtdan boshlab ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay xabar qilinishi kerak va tovon to‘lash rad etilganda, qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqich

Mas’ullar

Chora-tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sug‘urta tashkiloti, tijorat banki

Sug‘urtalovchiga sug‘urta mukofotini to‘laydi

Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan so‘ng 30 ish kuni ichida

2-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta polisini taqdim etadi

Sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng 3 ish kuni ichida

3-bosqich

Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sug‘urta tashkiloti

Sug‘urta hodisasini keltirib chiqaruvchi holatlar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga xabarnoma beradi

Sug‘urta hodisa aniqlangan kundan so‘ng 10 ish kuni ichida

4-bosqich

Sug‘urta tashkiloti, Ishchi guruhlar

Ekinga yetkazilgan zararni joyida o‘rganib chiqadi va dalolatnoma tuzadi

Xabarnoma berilgan so‘ng 10 kun ichida

5-bosqich

Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sug‘urta tashkiloti

Hosildan ko‘rilgan zararni qoplash bo‘yicha sug‘urtalovchiga yozma ariza bilan murojaat qiladi

Sug‘urta davri yakuni bo‘yicha

6-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Sug‘urta qildiruvchining taqdim etgan hujjatlari asosida tegishli qaror (sug‘urta tovoni to‘lash yoki to‘lashni rad etish) qabul qiladi

Ariza taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun muddatda

7-bosqich

Sug‘urta tashkiloti, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti

Sug‘urta qildiruvchiga aniqlangan tovonni to‘lab beradi (jami tushgan sug‘urta mukofotining 80 foizigacha miqdorda)

5 ish kuni ichida

8-bosqich

Sug‘urta tashkiloti

Sug‘urtalovchi tomonidan aniqlangan jami sug‘urta tovonlarining 80 foizdan oshgan qismini qoplash maqsadida budjet subsidiyasi ajratilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli hisob-kitobni taqdim etadi

Zaruratga ko‘ra

9-bosqich

Moliya vazirligi

Ma’lumotni o‘rganib chiqib, sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonlarini to‘lash uchun budjet subsidiyasini ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi

15 kun muddatda

10-bosqich

Moliya vazirligi

Aniqlangan sug‘urta tovonlarining 80 foizdan oshgan qismini qoplash uchun sug‘urtalovchiga budjet subsidiyasini ajratadi

10 kun muddatda

11-bosqich

Sug‘urta tashkiloti, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti

Budjet subsidiyasi hisobidan sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lab beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi

5 kun muddatda


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi