Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 22.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
10. Ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan kuchlanish sinfi elektr tarmoqlariga ulashga yagona elektroenergetika tizimining texnik imkoniyati bo‘lmaganda, shuningdek, elektr energiyasini yagona elektroenergetika tizimiga ulanishning maqbul nuqtasigacha uzatishda elektr energiyasining texnologik yo‘qotilishi darajasi yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lganda kuchlanishning yuqoriroq sinfli elektr tarmoqlariga ulanishga texnik shartlar berilishi mumkin.
11. Elektr qurilmalarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash, oldin ulangan elektr qurilmalari quvvatlarini ko‘paytirish yoki ulanish nuqtasini o‘zgartirish uchun ishlab chiqaruvchi ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektr tarmog‘i egasiga buyurtmanoma beradi, ushbu buyurtmanoma uning veb saytida va/yoki interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida bo‘lishi kerak.
ushbu Reglamentning 25-bandiga muvofiq elektr qurilmalariga ulanishga texnik shartlar ilova qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Tekshirish natijalari bo‘yicha bir kun muddatda ushbu Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha elektr qurilmalarini ko‘zdan kechirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi ishlab chiqaruvchiga topshiriladi.
ushbu Reglamentning 38-bandiga muvofiq kelishilgan ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaruvchi elektr qurilmalarini ulashning ishga tushirish sxemasi;
ushbu Reglamentning 42-bandida keltirilgan holatdan tashqari elektr qurilmalarini ishlatishga ruxsatnoma mavjud bo‘lganda;
ushbu Reglamentning 52-bandiga muvofiq tuzilgan elektr energiyasi yetkazib berishga shartnoma mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Harakatlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ishlab chiqaruvchi

Texnik shartlarni berish uchun tarmoqlar egasiga buyurtmanoma berish.

zaruratga ko‘ra

2-bosqich

“HET” AJ

(20 kVt dan 500 kVt ni ham o‘z ichiga oladigan quvvatga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchini ulashda)

Ulanishga buyurtmanoma nusxasini xabardor qilish uchun tizim operatoriga yuborish.

Tarmoqqa ulashni baholash uchun sertifikatlashtirilgan tashkilotni belgilash.

uch kun mobaynida

“HET” AJ

(500 kVt dan ortiq quvvatga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchini ulashda)

Ulanishga buyurtmanoma nusxasini kelishish uchun tizim operatoriga yuborish.

Tarmoqqa ulanishni o‘rganish uchun sertifikatlashtirilgan tashkilotni belgilash.

besh kun mobaynida

3-bosqich*

Tizim operatori

Ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasini ko‘rib chiqish, kelishish yoki asoslangan rad javobini “HET” AJga taqdim etish.

o‘n kun mobaynida

4-bosqich

Ixtisoslashtirilgan tashkilot

Tarmoqqa ulanishni o‘rganish yoki baholash va xulosani “HET” AJga taqdim etish.

bir yuz yigirma kun mobaynida

5-bosqich

“HET” AJ

O‘rganish yoki baholash yakunlari bo‘yicha berilgan xulosadagi takliflardan ulash variantini ishlab chiqaruvchi bilan kelishish.

Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlarni berish.

xulosa olingan kundan boshlab o‘n besh kun mobaynida

6-bosqich

Maxsus loyiha tashkiloti

Ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash loyihasini ishlab chiqish.

Ulash loyihasini texnik shartlarni bergan tashkilotga va “O‘zenergoinspeksiya”ga kelishish uchun yuborish.

shartnomada belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Texnik shartlarni bergan tashkilot,

O‘zenergoinspeksiya

Ulash loyihasini kelishish.

o‘n kun mobaynida

8-bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining ulanadigan elektr qurilmalarini ishlatadigan tashkilot

Ishga tushirish sxemasini tuzish.

Ishga tushirish sxemasini tarmoqlar egasi va tizim operatori bilan kelishish.

Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.

Ulanadigan elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda texnik shartlar talablari bajarilishini va belgilangan normalar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish to‘g‘risida “O‘zenergoinspeksiya”ga va tarmoqlar egasiga murojaat yuborish.

ishlab chiqaruvchi

tomonidan belgilagan muddatlarda

9-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya” va tarmoqlar egasi

Tekshiruv o‘tkazish.

Belgilangan shakl bo‘yicha tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish.

o‘n kun mobaynida

bir kunda mobaynida

10-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya”

Tekshirish dalolatnomasi asosida ishlab chiqaruvchiga elektr qurilmalarini ishlatishga ruxsatnoma berish.

uch kun mobaynida

11-bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot, tarmoqlar egasi va “O‘zenergoinspeksiya”

Sinovlar o‘tkazish va foydalanishga topshirish.

Belgilangan shakl bo‘yicha dalolatnomani rasmiylashtirish.

tomonlar tomonidan kelishilgan muddatlarda

12-bosqich

Ishlab chiqaruvchi, tarmoqlar egasi, Byuro

Ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi bo‘yicha ulash sxemasini tekshirish, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va elektr energiyasi yetkazib berishga shartnoma tuzish.

besh kun mobaynida

_____________________________________________
(ulanish mo‘ljallanayotgan elektr _____________________________________________
tarmoqlari egasiga)

ARIZA

____________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxs uchun — ishlab chiqaruvchining nomi/jismoniy shaxs uchun F.I.O.)

_____________________________________________________________________ning elektr qurilmalarini Sizning elektr tarmoqlaringizga ulash uchun texnik shartlarni berishingizni so‘rayman.
1. Ishlab chiqaruvchini tavsiflaydigan ma’lumotlar:_________________________________________________

(quvvat va kutilayotgan

____________________________________________________________________________________________
yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish, texnik tavsiflar, pasport ma’lumotlari, ____________________________________________________________________________________________
joylashgan joyi (aholi punkti bilan bog‘liq holda kartografiya materiali), loyihalashtirish, ____________________________________________________________________________________________
qurish va foydalanishga topshirish muddatlari, ish rejimi va energiya tizimining ____________________________________________________________________________________________
sutkalik jadvalini tartibga solishda ishtirok etish imkoniyati).

2. Bir vaqtning o‘zida ____________________________________________________________________ davrida

(sutkalar, mavsumiy, energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni

_______________________________________________________ iste’molchi rejimida ishlashga ruxsat berish

ta’mirlash vaqtida va shu kabilar)

3. Iste’molchini tavsiflaydigan ma’lumotlar:
iste’mol qilinadigan quvvat _____ kVt;
elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha elektr qabul qilgichlarning toifaviyligi: _______________.
Ishlab chiqaruvchi _____________________________________________________________________________

(F.I.O., ishlab chiqaruvchi vakolatli shaxsning lavozimi, imzosi)

Aloqa qiladigan shaxs: F.I.O. ________________________________________
telefoni: ____________________________

Elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish
DALOLATNOMASI

№ ______

20____ yil “____” ___________

Biz, quyida imzo chekuvchilar, ____________________________________________________________________
“O‘zenergoinspeksiya”ning ____________________________________________ hududiy bo‘linmasi inspektori

(hududiy bo‘linma nomi)

____________________________________,______________________________________________________

(lavozimi, F.I.O., telefoni)

(texnik shartlarni bergan tashkilotning nomi)

vakili ______________________________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

va ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili) _________________________________________

____________________________________________________________________________________________
(tashkilotning nomi, F.I.O., lavozimi, telefoni)

ushbu Dalolatnomani ishlab chiqaruvchining murojaatiga (xatning raqami va sana) muvofiq ____________________________________________________________________________________________

(texnik shartlarni bergan tashkilotning nomi)

tomonidan 20____ yil “____” ____________da ______- raqami bilan berilgan texnik shartlarni bajarish doirasida ___________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi, asosiy elektr qurilmalari ro‘yxati, manzil)

____________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________ning
yangidan ishga tushiriladigan (rekonstruksiya qilingan) elektr qurilmalari ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida tuzdik.
Maksimal ulanayotgan quvvat ______________ kVt.
Ulanish nuqtalari ro‘yxati:

Yagona energotizimga ulanish nuqtasi

Ta’minot manbai (ta’minot tarmoqlarining nomi)

Kuchlanish darajasi (kV)

Maksimal quvvat (kVt)

Aniqlandi:
1. Ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalari ro‘yxati va tavsifi: ____________________________________________________________________________________________

(kabellar, simlarning turi, quvvati, kuchlanishi, soni, uzunligi, markasi va kesimi,

___________________________________________________________________________________________.
liniyalar tavsifi va shu kabilar)

2. O‘rnatilgan hisobga olish asboblari (o‘lchov komplekslari, hisobga olish tizimi):

____________________________________________________________________________________________
(o‘rnatish joyi, hisobga olish asboblari va o‘lchov transformatorlari turi,
____________________________________________________________________________________________
transformatsiya koeffitsiyentlari va boshqalar)
____________________________________________________________________________________________

3. Rele himoyasi, avariyaga qarshi va rejim avtomatikasi qurilmalari:

____________________________________________________________________________________________
(himoya turlari va avtomatika, asbob-uskunalar turlari va boshqalar)
____________________________________________________________________________________________

4. Ko‘rik davomida taqdim etilgan hujjatlar:

____________________________________________________________________________________________
(hujjatlar nomi va rekvizitlari) ____________________________________________________________________________________________

5. Aniqlangan kamchiliklar:
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
6. Ko‘rik natijalari bo‘yicha xulosa:
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
7. Boshqa qaydlar:
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
“O‘zenergoinspeksiya”ning __________________________________ hududiy bo‘linmasi inspektori

________________
(imzo)

_________________________
F.I.O.

________________________________________________ vakili

(texnik shartlarni bergan tashkilotning nomi)

________________
(imzo)

__________________________
F.I.O.

Ishlab chiqaruvchi:

____________________________________ (yuridik shaxsning nomi,

____________________________________
vakilning lavozimi)

________________
(imzo)

__________________________
F.I.O.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi