Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
ikki yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan mazkur qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan maqsadlar, shuningdek, xorijiy grantlar va texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilish uchun yo‘naltirilgan xarajatlari qoplanishini ta’minlansin.
2019-yilning 1-dekabriga qadar mazkur qarorning 3-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilgandan so‘ng — axborot tizimi bo‘yicha litsenziya huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga belgilangan tartibda berilishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqich

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

(foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish)

Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)

Axborot tizimida foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rasmiy ariza yuborish.

Zarur bo‘lganda


Tizim operatori
(“UZI
NFOCOM” MChJ)
loyiha tashabbuskori bilan birgalikda

1. Ma’lumotlar dispetcheri axborot tizimida foydalanuvchini uning rasmiy arizasiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazadi.

2. Nazoratchi axborot tizimida foydalanuvchini uning rasmiy arizasiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazadi.

3. Tasdiqlovchi axborot tizimida foydalanuvchini uning rasmiy arzasiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Xodimlar o‘qitilgandan (trening) so‘ng uch ish kuni mobaynida


2-bosqich

(loyihani yaratish va loyiha ma’lumotlarini to‘ldirish)

Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)

Loyiha O‘zbekiston Respublikasining tasdiqlangan Investitsiya dasturiga va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgandan so‘ng axborot tizimida loyiha pasporti yaratiladi va loyihaning majburiy jihatlari — maqsad, soha, loyihaning boshlanish va tugash sanalari, loyiha ishtirokchilari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotla� va boshqa ma’lumotlar kiritiladi.

Qaror qabul qilingandan so‘ng yetti ish kuni mobaynida


Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi
yoki

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Yangi loyihaning kiritilgan ma’lumotlarini ko‘rib chiqib, tasdiqlash.

Loyiha pasporti kiritilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida


3-bosqich

(kompleks tarmoq jadvalini shakllantirish)

Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)

Ma’lumotlar dispetcheri axborot tizimida amalga oshiriladigan loyihaning kompleks tarmoq jadvalini shakllantiradi.

Loyiha axborot tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng bir hafta ichida


Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi
yoki

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Moliyalashtirish manbaiga ko‘ra, amalga oshiriladigan loyihaning kompleks tarmoq jadvali axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi va kelishiladi.

Xabar olingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi

Axborot tizimida amalga oshiriladigan loyihaning kompleks tarmoq jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Xabar olingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida


4-bosqich

(kompleks tarmoq jadvalini bajarish)

Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)

1. Ma’lumotlar dispetcheri vazifalarni kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajaradi.

2. Nazoratchi vazifalarning kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajarilishini nazorat qiladi.

3. Tasdiqlovchi kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajarilgan vazifalarni tasdiqlaydi.

Xar bir vazifa tarmoq jadvalida ko‘rsatilgan muddatda bajarilishi shart


5-bosqich

(hujjatlarni ekspertizaga kiritish)

Ekspertiza organlari

Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazadi va unga tegishli xulosalarni biriktiradi.

Tegishli hujjatlarni olgandan so‘ng belgilangan tartibda


6-bosqich

(amaldagi ma’lumotlarni har oy kiritish)

Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)

1. Ma’lumotlar dispetcheri axborot tizimiga jalb qilish va o‘zlashtirish (moliyalashtirish) bo‘yicha amaldagi ma’lumotlarni har oy kiritadi.

2. Nazoratchi axborot tizimiga jalb qilish va o‘zlashtirish (moliyalashtirish) bo‘yicha amaldagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilishini nazorat qiladi.

3. Tasdiqlovchi axborot tizimiga jalb qilish va o‘zlashtirish (moliyalashtirish) bo‘yicha amaldagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganini tasdiqlaydi.

Xar oyning 3-sanasiga qadar


7-bosqich

(amaldagi ma’lumotlarni kiritish)

Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi
yoki

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

1. Monitoring mutaxassisi amalga oshirilgan har bir loyiha bo‘yicha kiritilgan haqiqiy ma’lumotlarni monitoring va nazorat qiladi.

2. Monitoring bo‘limi rahbari amalga oshirilgan har bir loyiha bo‘yicha kiritilgan haqiqiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi.

3. Vazir o‘rinbosari amalga oshirilgan har bir loyiha bo‘yicha kiritilgan va nazorat qilingan haqiqiy ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

Xar oyning 10-sanasiga qadar


Davlat statistika qo‘mitasi

Amalga oshirilgan har bir loyiha bo‘yicha kiritilgan haqiqiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

Har chorakda, hisobot davridan keyingi birinchi oyning
7-kunigacha


8-bosqich

(loyiha ma’lumotlarini o‘zgartirish)

Loyiha(lar) tashabbuskor(lari)

1. Ma’lumotlar dispetcheri amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirishni boshlaydi.

2. Nazoratchi amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida so‘rovnomani nazorat qiladi.

3. Tasdiqlovchi amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish to‘g‘risida nazorat qilingan so‘rovnomani tasdiqlaydi.

Zarur bo‘lganda ikki ish kuni ichida


Zarur bo‘lganda ikki ish kuni ichida


Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi
yoki

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

1. Monitoring mutaxassisi amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi so‘rovnomani ko‘rib chiqadi.

2. Monitoring bo‘limi rahbari amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi so‘rovnoma nazorat qilinishni ta’minlaydi.

3. Vazir o‘rinbosari amalga oshiriladigan loyiha bo‘yicha ma’lumotlarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi so‘rovnomani tasdiqlaydi.

Xabar olgandan so‘ng ikki ish kuni ichida


9-bosqich

(loyihani yopish/yakunlash)

Tashabbuskor(lar) loyiha(lar)

1. Ma’lumotlar dispetcheri axborot tizimida (hisobotda) loyihaning amalga oshirilishini yopadi (yakunlaydi).

2. Nazoratchi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani to‘g‘risidagi hisobotni nazorat qiladi.

3. Tasdiqlovchi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani to‘g‘risida nazorat qilingan hisobotni tasdiqlaydi.

Ish tugaganidan so‘ng bir ish kuni ichida


Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi
yoki

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

1. Monitoring mutaxassisi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqadi.

2. Monitoring bo‘limi rahbari loyiha yakunlangani to‘g‘risidagi hisobotni nazorat qiladi.

3. Vazir o‘rinbosari loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani to‘g‘risida nazorat qilingan hisobotni tasdiqlaydi.

Olingan xabardan so‘ng uch ish kuni ichida


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi