Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 04.12.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
4. Mintaqalarning 1996-yilda 11-ilovaga* muvofiq kichik va xususiy korxonalar tashkil etish to‘g‘risida takliflariga rozilik berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga 4 — 13-ilovalarga* muvofiq ro‘yxatlarga tuzatish kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash masalalarini aniq farqlashni nazarda tutuvchi — yangi tizimga o‘tish maqsadida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda darajalar (korxona, hudud, respublika) bo‘yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy kafolatlar fuqarolarga, shu jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlik bilan band bo‘lgan fuqarolarga zarur minimumda berilishi belgilanadi. Ijtimoiy kafolatlarning tarkibi, tuzilmasi va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Darajalar bo‘yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, birinchidan, muayyan muddatga beriladi; ikkinchidan, tegishli budjetning holati bilan to‘liq bog‘liq bo‘ladi; uchinchidan, iqtisodiy islohotning u yoki bu bosqichida shakllangan sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ham qonun hujjatlari bilan, ham davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining, mulkdorlar rahbarlarining qarorlari bilan amalga oshirilishi mumkin. “Korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy kafolatlarning kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ijro etilishi ustidan samarali nazorat ta’minlanadi. Majburiy tibbiy sug‘urta masalalariga alohida e’tibor beriladi. “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqiladi va Oliy Majlisga kiritiladi. Davlat budjetida sog‘liqni saqlashga xarajatlar tarkibi sog‘liqni saqlash obyektlarini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar tushumi hisobga olingan holda qayta ko‘rib chiqiladi va, tegishlicha, ularni rivojlantirishga imtiyozli kreditlar ajratish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Qishloqda aholining ish bilan bandligi muammolariga alohida e’tibor beriladi. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqiladi va ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlisga kiritiladi. Ushbu Qonun ishlab chiqarishning tashkil etilishi natijasida bo‘shab qolgan xodimlarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlashni, aholining ish bilan ta’minlanganligi holatiga bog‘liq ravishda muayyan hududlarda qisqartirilgan ish vaqtini joriy etish imkoniyatlarini, yangi ish joyla�i tashkil etish bo‘yicha ish bilan ta’minlovchilarning chiqimlarini xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qisman qoplashni va ishdan bo‘shatilishi kerak bo‘lgan shaxslarni qayta o‘qitish uchun o‘quv tuzilmalari tashkil etishni ko‘zda tutadi. “Davlat xizmatchilari to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi