Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 06.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
3. Maslahat kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

1.

Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Maslahat kengashi raisi

2.

Uzakov Jamoliddin Erkinovich

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi

3.

Ne’matov Ilhomjon To‘ychiyevich

tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

Tashpo‘latov Aziz Anvarovich

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari — Kasb-hunar ta’limi markazi direktori

6.

Muxitdinov Erkin Madorbekovich

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

Nazarbekov Ozodbek Axmadovich

madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

Umarov Olimjon Muxammadjanovich

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

Mansurov Yulbarsxon Nabiyevich

innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari

10.

Rahimov Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

11.

Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich

Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

12.

Akbarov Saidakbarxon Toxir o‘g‘li

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b.

13.

Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i

14.

Kurbanov Rustam Djavdatovich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi

15.

Abulhasan Nuriymon Abdurahim

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari

16.

Tursunqulov O‘tkir Nazirovich

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari

17.

Bekmurodov Adxam Sharipovich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori

18.

Javlonov Shavkat Sardorovich

Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

19.

Jalilov Aktam Tashnazarovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori

20.

Nuritdinov Xayrulla Bokidjonovich

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

21.

Melikulov Jumanazar Xaitovich

Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari

22.

Ilhomjonov Bahrom Mahkamjonovich

“Yosh huquqshunoslar kengashi” NNT raisi

23.

Lavozimga ko‘ra

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi, Maslahat kengashi kotibi

Keyingi tahrirga qarang.

T\r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan, mehnat qilayotgan yoshlar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish

1.

Xorijiy mamlakatlardagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish maqsadida ishchi guruh tarkibini shakllantirish, AQSh, Yevropa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Turkiya, Avstraliya, Rossiya, Qozog‘iston vaTojikistonga xizmat safarlarini tashkil etish.

tashkiliy tadbirlar

2019-2020-yy.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari
va konsullik muassasalari

2.

O‘zbekiston respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan har chorakda bir marotaba “Yoshlar bilan ochiq muloqot kunlari” ni tashkil etish va ular bilan dolzarb mavzularda suhbatlar o‘tkazilishi.

tashkiliy tadbirlar

har chorakda

Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari
va konsullik muassasalari,
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,

Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

3.

Xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida turkum qo‘llanmalar, videoroliklar tayyorlash va tarqatish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil davomida

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

4.

Xorijda hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum qilingan o‘zbekistonlik yoshlarga huquqiy yordam ko‘rsatish va advokat yollash bo‘yicha amaliy ko‘mak berish.

tashkiliy tadbirlar

doimo

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

5.

Chet elda vafot etgan o‘zbekistonlik yoshlarning jasadlarini yurtimizga qaytarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

tahliliy ma’lumot

2019-yil
avgust

Maslahat kengashi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munos�batlari vazirligi, Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

II. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish

6.

Assotsiatsiyani ichki lokal tarmoq, Internet tarmog‘iga ulanish tezligi kamida 100mb/s bo‘lgan Internet xizmati, sifatli aloqa, zamonaviy kompyuter vositalari, xalqaro videoaloqa va himoya tizimi bilan belgilangan tartibda ta’minlash.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil
avgust

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Assotsiatsiyaning murojaatiga asosan uning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari va filiallarini ochish, xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlaridan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini tashkil etish, bino va boshqa zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

tashkiliy tadbirlar

doimo

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi mablag‘lari

Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi,
Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

8.

Assotsiatsiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan amaliy, konsultativ va metodik yordam ko‘rsatish uchun kunu tun xizmat ko‘rsatuvchi ishonch telefoni va maxsus veb-portalning ishga tushirilishini ta’minlash hamda ularning tahlilini yo‘lga qo‘yish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil
sentyabr

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

9.

Xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida belgilangan tartibda maxsus veb-portal orqali interaktiv xizmatlar ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasining mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlari, xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari veb-sahifalarini veb-portalga bog‘lash, tezkor savol-javoblar sahifasini joriy etish hamda yoshlarning xorijdagi faoliyatiga doir qonunchilik bazasini joylashtirish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil
avgust

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

III. Xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan, mehnat qilayotgan yoshlar bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish

10.

Xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan, ma’lum natijalarni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yoshlar ishtirokida “Yosh vatandoshlar” xalqaro festivalini tashkil etish.

tashkiliy tadbirlar

2020-yil
fevral

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

Maslahat kengashi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
Tashqi ishlar vazirligi
,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi

11.

Xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan O‘zbekistonlik yoshlar orasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar (konsertlar, filmlar namoyishi, taniqli shaxslar va olimlar bilan uchrashuvlar), shuningdek, ularni O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga chorlovchi tadbirlar tashkil etish.

tashkiliy tadbirlar

doimo

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
Madaniyat vazirligi,
“O‘zbekkino” milliy agentligi,
Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi,
Tashqi ishlar vazirligi

12.

Xorijda ta’lim olgan va olayotgan o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni tanlov asosida vazirlik va idoralarga hamda
oliy ta’lim muassasalariga jalb etish va ularga munosib ish o‘rinlarini izlab topish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Career bridge” ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil qilish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil
sentyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Tashqi ishlar vazirligi, Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

13.

Xorijiy mamlakatlarga ta’lim olish va mehnat qilish uchun jo‘nab ketayotgan yoshlar ishtirokida Andijon, Qarshi, Termiz, Samarqand, Urganch shaharlarida “Life abroad” forumini tashkil etish va o‘tkazish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil sentyabr-oktyabr

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

14.

Xorijda turli sohalarda faoliyat olib borayotgan, yuqori natijalarga erishayotgan chet el fuqarosi bo‘lgan etnik o‘zbeklar hamda O‘zbekiston fuqarolariga bag‘ishlangan kitob tayyorlash va chop etish

tashkiliy tadbirlar

2020-yil fevral

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi