T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish turi va mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar | Nazorat uchun mas’ullar |
I. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish sohasida |
1. | Barcha tijorat banklari rahbarlari xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot qilib, ularni toifalarga (yaxsh�, standart yoki o‘rta va yordamga muhtoj) ajratgan holda bank xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash. Mijozlarni tasniflash natijalari asosida, “yaxshi” tadbirkorga ishlab chiqarish quvvatini oshirish yoki faoliyatini yanada kengaytirish, “standart yoki o‘rta” tadbirkorga moliyaviy ko‘mak berish, yordamga muhtoj tadbirkorni har tomonlama moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat va grafik-jadval asosida bank xizmatlari ko‘rsatilayotgan har bir tadbirkorlik subyekti bilan bevosita uchrashuv-muloqotlar tashkil qilish. 2. Uchrashuv-muloqotlar mazmuni, o‘tkazish joyi va vaqtlari haqidagi ma’lumotni tadbirkorlik subyektlariga ommaviy axborot vositalari va reklama orqali yetkazish. 3. Uchrashuv-muloqotlar natijalari asosida ularni guruhlarga (yaxshi, standart yoki o‘rta va yordamga muhtoj) ajratish. 4. Toifalarga ajratilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida uchrashuv-muloqotlar asosida tuman, shahar va viloyat bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilish yuzasidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish. | 2019-yil avgust 2019-yil avgust-sentyabr | Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (I. Norkulov, S. Xolxo‘jayev, B. Zaxidov) |
2. | Kichik biznes subyektlari joriy faoliyatini kreditlash mexanizmini takomillashtirish. | Kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarish faoliyatini kreditlash amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, uni yanada soddalashtirish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, birinchi navbatda, qisqa muddatli va revolver kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratgan holda kredit siyosati va kreditlash bo‘yicha ichki tartiblarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | 2019-yil sentyabr | Tijorat banklari | Markaziy bank (B. Zaxidov, S. Xolxo‘jayev) |
3. | Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish va eksportini yo‘lga qo‘yish loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan yaqin hamkorlik qilish. | 1. Agentlik va tijorat banklari o‘rtasida hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining xizmatlarini ilgari surish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish va uning faoliyati mazmunini har bir tadbirkorlik subyektiga tushuntirish. Tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishda Jamg‘arma xizmatlaridan keng foydalanish. 3. Jamg‘armaning moliyaviy xizmatlari samaradorligini tahlil qilgan holda va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari asosida Jamg‘armaning xizmatlari ko‘lamini kengaytirish. | Agentlik faoliyatini boshlagandan so‘ng 10 kun muddatda Doimiy ravishda Doimiy ravishda | Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tijorat banklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Usmanov) |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari qoshidagi jamoatchilik kengashlari bilan bevosita hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganib borish. | 1. Jamoatchilik kengashlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borish. 2. Yig‘ilishlarda ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal qilish choralarini ko‘rish va tegishli davlat idoralariga taklif va tavsiyalar kiritish. | O‘zaro kelishilgan jadvallar asosida | Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatchilik kengashlari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
5. | Tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish va turlarini ko‘paytirish maqsadida tuman va shaharlarda “bank xizmatlari ofislari”ni tashkil etish. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytirish va bank filiallarining ish uslubini tubdan o‘zgartirish, jumladan ixcham “bank xizmatlari ofislari”ni tashkil etish va bu ishlarni Sirdaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirish. Bunda: birinchi navbatda Xovos tumanida Milliy bank, Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank, Asaka bank va Qishloq qurilish banklari tomonidan jami 7 ta “bank xizmatlari ofislari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish; 2019-yil ya�uniga qadar “bank xizmatlari ofislari” sonini Sirdaryo viloyatida 50 taga, Andijon viloyatida 80 taga, shuningdek Toshkent shahrida kamida 100 taga yetkazish chora-tadbirlarini ko‘rish; tadbirkorlar bilan ishlashda aynan “mijozga yo‘naltirilgan” ish uslubini joriy etish, o‘z mijozlari bilan “biznes-hamkor” sifatida ishlash tizimni yaratish; hududlarda ochiladigan “bank xizmatlari ofislari”da, birinchi navbatda, mahalliy aholi uchun zarur bo‘lgan bank xizmatlari turlarini mujassamlashtirish. | 2019-yil sentyabr — dekabr | Tijorat banklari | Markaziy bank (B. Zaxidov) |
6. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ularning investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash doirasida yaratilgan qulaylik va imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish. | 1. Yangi bank xizmatlari, shu jumladan kreditlar ajratish shartlarini oddiy va ravon tarzda bayon qilgan holda bukletlar, tarqat�a materiallar tayyorlab, barcha hududlarda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish. 2. Bank xizmatlari turlari, tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni televideniyeda maxsus ko‘rsatuvlar, respublika va mahalliy gazetalar hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish. | Yil davomida doimiy O‘zaro kelishilgan jadval asosida | Tijorat banklari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, MTRK | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
II. Hududlarda tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish sohasida |
7. | Tadbirkorlik subyektlarining moliyalashtirilgan investitsiya loyihalari to‘liq quvvat bilan ishlashi, shuningdek, ular faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli kreditlar ajratish ko‘lamini kengaytirish. | Investitsion kreditlar hisobiga texnologiya va asbob-uskunalar sotib olib, bugungi kunda faoliyatini to‘liq quvvatda tashkil qilmagan tadbirkorlarga belgilangan tartibda (uchrashuv-muloqotlar natijalariga ko‘ra) joriy faoliyati uchun qisqa muddatli va revolver kreditlar ajratish tizimini bank amaliyotiga keng joriy etish. | Doimiy ravishda | Tijorat banklari | Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
8. | Kichik biznes subyektlariga taqdim etilgan kreditlar qaytarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish, kreditlar o‘z vaqtida qaytarilmagan har bir holat bo‘yicha zarur choralar ko‘rish. | 1. Kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelish sabablarini o‘rganish. 2. O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni, shuningdek, kreditlarni so‘ndirish bo‘yicha jadval-rejalarni tegishli hokimliklarga taqdim etib borish. | Doimiy ravishda | Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev, B. Zaxidov) |
9. | Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya va tarmoq dasturlariga asosan ajratilgan imtiyozli kreditlarning qaytarilishini tizimli nazorat qilish. | 1. Kreditlarning qaytarilishi holatini tahlil qilib, o‘z muddatida qarzdorligi so‘ndirilmayotgan har bir to‘lov bo‘yicha tegishli hokimliklarga, sektor rahbarlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun ma’lumot kiritib borish. 2. Avval berilgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi hisobiga hududlarda kreditlar ajratish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. 3. Banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatish. | Har oyning 10 sanasiga qadar Doimiy ravishda | Tijorat banklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
10. | Kreditlarni o‘z muddatida qaytarish bo‘yicha hududlar va tijorat banklari kesimida taqdim etilgan jadval ijrosi to‘g‘risida mahalliy hokimliklar va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish amaliyotini joriy etish. | 1. Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarni eshitish jadvallarini tasdiqlash. 2. �niq hisob-kitoblar asosida hisobotlarni taqdim etish. | 2019-yil avgust Har oy yakuni bo‘yicha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev, B. Zaxidov) |
11. | Ajratilgan kreditlarning samaradorligini oshirish, kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash, tijorat banklari rahbarlarini ular faoliyatining yakunlari bo‘yicha baholash va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish. | 1. Kredit olish uchun taqdim etilayotgan biznes-rejalarning puxta tahlil qilinishini ta’minlash, ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi, ishlab chiqarish quvvatlarini muddatida ishga tushirish va loyihaning to‘liq quvvat bilan ishlashi ustidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda monitoring olib borish. 2. Tadbirk�rlarga kredit ajratish,ajratilgan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini baholash mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 3. Ushbu mexanizm asosida bank filiallari rahbarlari, boshqaruvi a’zolari va kredit qo‘mitalari a’zolarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish. | Doimiy ravishda 2019-yil avgust-sentyabr | Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Markaziy bank, Moliya vazirligi | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (O. Bo‘tayev) |
III. Tijorat banklari tomonidan eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga moliyaviy ko‘maklashish sohasida |
12. | Ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklari tomonidan eksportyor korxonalarga xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha bank foiz marjasining (spredining) minimal daromadlik darajasini tavsiya qilish. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan imtiyozli kreditlar olish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli eksportyorlar ro‘yxatini shakllantirish va tegishli tijorat banklariga taqdim etish mexanizmini joriy qilish. 2. Davlat ishtirokidagi tijorat banklari tomonidan eksportyor korxonalarga xalqaro moliya institutlaridan va boshqa maqsadli manbalardan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha bank foiz marjasini (spredini) minimal daromadlilik darajasida (2 foiz atrofida) belgilash. | 2019-yil sentyabr | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari, Moliya vazirligi | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
13. | Tadbirkorlik subyektlariga, fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga eksport maqsadlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishlari uchun ajratilayotgan kreditlarni to‘liq yoki qisman naqd pulda berish amaliyotini joriy etish. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlari fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pul hisobiga sotib oluvchi tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish va tegishli tijorat banklariga taqdim etish. 2. Tijorat banklari tomonidan 90 kunlik muddatga eksport tushumi hisobidan qaytarish sharti bilan naqd pulda kredit berish mexanizmini joriy etish va bunda quyidagilarni inobatga olish: avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikning, shuningdek, ilgari olingan kreditlarni qaytarish bo‘yicha muammolarning mavjud emasligi; naqd pulda kredit olish uchun ariza berishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmalari kafolat xatining mavjudligi; kredit olish uchun yuqori likvidli aktivlarning garovga taqdim etilishi; avval o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlarni so‘ndirishga ko‘maklashishi uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari va O‘zbekiston Respublik�si Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ma’lumot taqdim etish. | 2019-yil avgust-sentyabr | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tijorat banklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
14. | Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llanilayotgan tarif va komissiyalarni qayta ko‘rib chiqib, minimal daromadlilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash. | 1. Eskportyor tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan bank hisobvaraqlaridan to‘lovlarni amalga oshirishda (debet aylanmalar) hamda valyuta mablag‘larini sotib olish va sotishda ba�k komissiyasini 0,2 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatish. 2. Eskportyor korxonalarga naqd pul berishda komission to‘lovlarni 0,5 foizdan oshadigan miqdordagi xarajatlarni qoplash darajasida o‘rnatish. 3. Eksportyor korxonalarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda boshqa tarif va komission to‘lovlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish. | 2019-yil avgust-sentyabr | Tijorat banklari, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Respublika valyuta birjasi | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (B. Abubakirov) |
15. | Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni ajratishda tijorat banklari tomonidan “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislarini qabul qilish amaliyotini kengaytirish. | Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank tomonidan “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda kreditlar qaytarilishi xatarini sug‘urtalashning quyidagi mexanizmini joriy etish: “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank va Asaka bank bilan maqsadli muddatli depozitlarni joylashtirish bo‘yicha tegishli shartnoma yoki bitimni imzolaydi; tijorat banklari ushbu depozitlar bo‘yicha bozor stavkalarida foiz to‘laydi; sug‘urtalanayotgan kredit miqdori banklarga joylashtirilgan depozit hajmidan yuqori bo‘lmasligi lozim; tijorat banklari kredit qaytarilmagan holatda ushbu depozitdan sug‘urtalangan miqdor doirasida pullarni qaytarib olish huquqiga ega bo‘lishi kerak. | 2019-yil avgust | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi, tijorat banklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) |
16. | Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berish, shuningdek, ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks yordam ko‘rsatish. | Barcha tijorat banklari tomonidan eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari muammolarini hal etishda mahalliy hokimliklar, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik tizimini joriy etish. | Doimiy ravishda | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar, tegishli vazirlik va idoralar | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (B. Abubakirov) |
IV. Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lami va sifatini oshirish sohasida |
17. | Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish (“bank-mijoz”, “internet-banking”, “mobil bank” “SMS-banking”) tizimlarini yanada kengaytirish. | 1. Muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlari bilan bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalanishning afzalliklarini tushuntirish ishlarini olib borish va mijozlarning mazkur tizimlardan foydalanishini tashkil qilish. 2. Tadbirkorlik subyektlarining kamida 50 foizini bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari bilan qamrab olish. | Doimiy ravishda 2019-yil yakuniga qadar | Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (I. Abdugafarov) |
18. | Respublikaning barcha hududlarida “HUMO” to‘lov tizimi infratuzilmasini yaratish. | 1. “HUMO” to‘lov tizimi infratuzilmasi faoliyat ko‘rsatayotgan Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash; 2. Respublikaning boshqa viloyatlarida tadbirkorlik subyektlarini “HUMO” terminallari bilan to‘liq ta’minlash va to‘lov infratuzilmasining butun mamlakat bo‘yicha barqaror ishlashini tashkil etish. | Doimiy ravishda 2019-yil avgust — dekabr | Markaziy bank, tijorat banklari | Markaziy bank (I. Abdugafarov) |
19. | Tadbirkorlik subyektlari uchun to‘lovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish imkoniyatini yaratish va amaliyotga joriy etish. | 1. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini to‘laqonli ishga tushirish; 2. Tijorat banklarining mavjud avtomatlashtirilgan bank tizimlarini ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va dasturiy yechimlar asosida modernizatsiyalash va 24/7 rejimida kechayu-kunduz ishlashga tayyorlash. 3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish amaliyotini joriy etish. | 2019-yil yakuniga qadar | Markaziy bank, tijorat banklari | Markaziy bank (I. Abdugafarov) |
20. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga joriy faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlar (shu jumladan revolver kreditlar) va jismoniy shaxslarga mikroqarzlar ajratishda qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash bo‘yicha skoring modelini joriy etish. | 1. Barcha tijorat banklarida o‘z skoring modeli asosida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini tahlil qilish orqali kreditlash tizimini yo‘lga qo‘yish. 2. “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MChJ tomonidan skoring modelini joriy qilish, uni tegishli tashkilotlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va skoring tahlil natijalaridan tijorat banklari keng foydalanishi uchun imkoniyat yaratish. | 2019-yil avgust 2019-yil oktyabr | Tijorat banklari, “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MChJ | Markaziy bank (O. Butayev) |
21. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga joriy faoliyati uchun onlayn-kreditlar (shu jumladan revolver kreditlar) va jismoniy shaxslarga mikroqarzlarni onlayn ajratishda kredit axbo�oti almashinuvining uzluksizligini ta’minlash. | 1. Tijorat banklari tomonidan dastur yaratuvchilar bilan birgalikda banklarning dasturiy majmuasiga tezkor ravishda onlayn kreditlar ajratilishini nazarda tutuvchi texnik o‘zgartirishlarni kiritish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Kredit axboroti davlat reyestri dasturiy majmuasiga onlayn kreditlar bo‘yicha uzluksiz axborot almashinuvini ta’minlovchi tegishli o‘zgartirishlarni kiritish. | 2019-yil avgust | Tijorat banklari, Markaziy bank | Markaziy bank (O. Butayev) |
V. Xalqaro kredit liniyalarini jalb etishni kengaytirish sohasida |
22. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda chet el banklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish borasida hamko�likni kengaytirish. | 1. Xalqaro moliya institutlari va chet el banklarining mavjud kredit liniyalarini tadbirkorlik subyektlari uchun jozibadorligi (kreditlash shartlari qulayligi va foiz stavkalari maqbulligi) nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazish. 2. Tadbirkorlar uchun jozibador bo‘lmagan kredit liniyalari bo‘yicha tegishli xalqaro moliya institutlari va chet el banklari bilan kredit liniyalari shartlarini yengillashtirish borasida muzokaralar olib borish. 3. Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar natijalaridan kelib chiqib, shartlari qulay bo‘lgan kredit liniyalari hajmini 2019-2020-yillarda 1 mlrd dollarga yetkazish. | 2019-yil sentyabr 2019-yil sentyabr-oktyabr 2019-2020-yillar davomida | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tijorat banklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
23. | Jahon banki guruhi tashkilotlari (XTTB, XTU), Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining qishloq xo‘jaligi sohasiga oid loyihalari doirasida kredit liniyalarini rivojlantirishni tizimli va samarali tashkil etish. | 1. Xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb etishni kengaytirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rib borish. 2. Loyihalarni moliyalashtirishda loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish. 3. Mavjud kredit liniyalarining samaradorligini va yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganib borish va muammolarning yechimi yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga yordam ko‘rsatish. | Doimiy ravishda | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
24. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PF-4399-son Farmoniga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining dasturi doirasida tadbirkorlik salohiyatini yanada kengaytirish, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida tadbirkorlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash borasidagi loyihalarini ko‘paytirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish. | 1. Kredit liniyasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash hamda qayta moliyalash bo‘yicha tijorat banklari bilan tegishli qarz shartnomalarini imzolash. 2. Kreditlar va dastur shartlari to‘g‘risida Farg‘ona vodiysidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga batafsil ma’lumotni yetkazish. 3. Ishlab chiqarish loyihalari, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni tayyorlashga, biznes-rejasini ishlab chiqishga yordam berishga alohida e’tibor qaratish va kreditlarning samaradorligini ta’minlash. | 2019-yil avgust-sentyabr Doimiy ravishda Doimiy ravishda | Moliya vazirligi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, Andijon, Farg‘o�a va Namangan viloyatlari hokimliklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
25. | Banklar tomonidan xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar, ularning yo‘nalishlari va shartlari to‘g‘risida har bir mijozga to‘liq ma’lumot berib borilishini ta’minlash. | 1. Bank filiallari xodimlarining jalb etilgan kredit liniyalar to‘g‘risida (shartlari, talab etiladigan hujjatlar va h.k.) batafsil ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlash. 2. Tijorat banklari tomonidan biznes-loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy kredit liniyalari mablag‘laridan foydalanish afzalliklari haqida tadbirkor va ishbilarmonlar orasida sodda, ravon va atroflicha tushuntirishlarni berish bo‘yicha bank xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish. 3. Xorijiy kredit liniyalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini keng miqyosda olib borish. | Doimiy ravishda | Tijorat banklari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, MTRK | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (S. Xolxo‘jayev) |
VI. Bank mijozlarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasida |
26. | Mahalliy hokimlik qaroriga asosan mulki buzilayotgan qarzdorlarning kreditlarini istisno tariqasida restrukturizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va kiritish. | 2020-yil fevral | Markaziy bank, tijorat banklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (O. Butayev) |
27. | Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha “Tadbirkorning alifbosi” va “Tadbirkorlik maktabi” nomli metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish. | Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha “Tadbirkorning alifbosi” va “Tadbirkorlik maktabi” nomli metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, chop etish va tadbirkorlar o‘rtasida tarqatish. | 2019-yil noyabr | O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tijorat banklari | Vazirlar Mahkamasi (A. Ortiqov), Markaziy bank (O. Butayev, B. Zaxidov) |