Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son Farmoni hamda “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, yong‘in-qutqaruv ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari

Tashkil etiladigan joy

Tashkil etish uchun asos

Moliyalashtirish manbai


Harbiy xizmatchi maqomiga ega bo‘lgan xodimlar va qutqaruvchi maqomiga ega bo‘lgan xizmatchilar bilan jamlangan yong‘in-qutqaruv otryadlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi yuqori bo‘lgan ayrim shaharlar va tumanlarda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari


Harbiy xizmatchi maqomiga ega bo‘lgan xodimlar bilan jamlangan yong‘in-qutqaruv qismlari

Aholi soni 50 ming va undan ortiq bo‘lgan shaharlarda hamda tumanlar markazlarida

Qo‘shimcha shtat ajratilishi talab etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining belgilangan shtatlari doirasida — O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari


O‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda

Obyektlar yoki ularning yuqori turuvchi tashkilotlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) o‘rtasida tuziladigan idoralararo komissiyalar dalolatnomalari hamda shartnomalarga muvofiq qabul qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i

Obyektlar mablag‘lari


Qutqaruvchi maqomiga ega bo‘lgan xizmatchilar bilan jamlangan yong‘in-qutqaruv qismlari va postlari

Aholi soni 50 mingdan kam bo‘lgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida

Qo‘shimcha shtat ajratilishi talab etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining belgilangan shtatlari doirasida — O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi