Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 09.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoniga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarni qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining yuqori avlodli va sifatli urug‘liklari bilan yetarli miqdorda ta’minlash, urug‘chilikning milliy brendini yaratish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlarini tashkil etish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 320-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Urug‘chilik sohasidagi zarur normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

Urug‘chilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilish asosida urug‘chilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

2019 yil

noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

“O‘zstandart” agentligi (Sattarov),

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi

(Namazov),

tegishli vazirliklar va idoralar

2.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va duragaylarining birlamchi urug‘liklari va duragaylarini yetishtirish tizimini shakllantirish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning har birida 3 tadan ixtisoslashtirilgan elita urug‘chilik xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning har biriga unumdor, suv bilan yaxshi ta’minlangan maydonlardan 100 gektardan yer ajratish hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (Markaz)ning hududiy boshqarmalari tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

2. Ixtisoslashtirilgan elita urug‘chiligi xo‘jaliklarining har birida 40 gektar maydonda urug‘lik paxta, 40 gektar maydonda urug‘lik g‘alla va 20 gektar maydonda boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining superelita va elita urug‘liklarini yetishtirish.

2019-yil

noyabr




2020-yildan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

tegishli vazirliklar va idoralar

3.

Urug‘chilik xo‘jaliklari o‘rtasida tender tanlovini o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

Markaz va urug‘chilik subyektlari o‘rtasida shartnoma munosabatlarini shakllantirish.

1. Urug‘chilik xo‘jaliklari tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

2. Markaz va urug‘chilik subyektlari o‘rtasida urug‘lik materiallari yetishtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil
iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (Namazov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi ekinlarining bittadan navi bo‘yicha urug‘lik maydonlarini joylashtirish va istiqbolli navlar urug‘ini yetishtirishni tashkil etish hamda nav agrotexnikasini ishlab chiqish.

1. Amaldagi qo‘llanmalarga qat’iy rioya etgan holda hududlarda ekinlarning bittadan navlari urug‘larini yetishtirishni tashkil etish.

2. Istiqbolli deb topilgan va yangi navlarning ekin maydonlarini qabul qilingan sxemalar asosida bosqichma-bosqich kengaytirib borish.

3. Originatorlar bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining urug‘chilik maydonlari uchun ilmiy-asoslangan agrotexnikani ishlab chiqish hamda urug‘chilik xo‘jaliklarida unga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash.

2020-yildan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

tegishli vazirliklar va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Urug‘lik paxta xomashyosi va urug‘lik donni qayta ishlash tizimini takomillashtirish.

1. “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zdonmahsulot” AKga qarashli tashkilotlarning urug‘lik sexlari va omborlarini belgilangan tartibda 10 yil muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan Markazga sotish.

2. Urug‘lik paxta xomashyosi va urug‘lik donni texnik paxta xomashyosi va tovar dondan alohida qabul qilish, saqlash va qayta ishlash tizimini joriy qilish.

2020-yil
iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Xaydarov),

“O‘zpaxtasanoat” AJ (Maqsudov), “O‘zdonmahsulot” AK (Po‘latov),

tegishli vazirliklar va idoralar

6.

Elita urug‘chilik laboratoriyalari va urug‘lik tayyorlash sexlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash hamda tegishli tashkilotlarga taklif kiritish.

1. Elita urug‘chilik laboratoriyalari binolarini kapital ta’mirlash, yangilarini qurish, urug‘lik tayyorlash sexlarini modernizatsiyalash hamda qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlarini xarid qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy markaziy sinov laboratoriyasini tashkil qilish uchun talab etiladigan mablag‘lar manbalarini aniqlash.

2020-yil

mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Tursunov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abdurahmanov),

tegishli vazirliklar va idoralar

7.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash ishlarini jadallashtirish, urug‘dorilagichlardan samarali foydalanish, ularni ishlatish me’yorlari va tayyorlash texnologiyalariga qat’iy rioya qilish.

1. Urug‘lik chigit va urug‘lik donni dorilashda zamonaviy texnologiyalar
va kimyoviy preparatlardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

2. Qishloq xo‘jaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan samarali urug‘dorilagichlarni yaratish va sinash ishlarini jadallashtirish.

3. Urug‘dorilagichlarni ishlatish me’yorlari va tayyorlash texnologiyalariga qat’iy rioya qilish.

2020-yil

iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

“O‘zagrokimyohimoya” AJ (Isayev),

tegishli vazirliklar va idoralar

8.

Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlari navlari va duragay urug‘chiligi tizimini takomillashtirish, elita, yuqori reproduksiyali hamda duragay urug‘larini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

1. Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlariga bo‘lgan talabdan kelib chiqib navlarning elita, yuqori reproduksiyali hamda duragay urug‘liklarini xalqaro standartlar talablari asosida yetishtirishga ixtisoslashgan urug‘chilik fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ichki ehtiyojni ta’minlash va eksportga chiqarishni oshirish.

2. Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlari navlarining original va elita urug‘liklarini yetishtirish usullarini takomillashtirish, urug‘liklarni tayyorlashda innovatsion va ilg‘or xorijiy texnologiyalarni tatbiq qilish.

2020-yildan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

tegishli vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Seleksiya va urug‘chilik sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, olim va mutaxassislarga shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish, urug‘chilik sohasida halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

1. Elita xo‘jaliklari, urug‘chi va urug‘shunos mutaxassislarning malakasi, kasb mahorati va ular tomonidan yetishtirilgan mahsulot sifatiga qarab moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

2. Urug‘chilik sohasiga yosh kadrlar va mutaxassislarni jalb qilish, ularni mahalliy va xalqaro institutlarning grant mablag‘lari hisobiga xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini tashkil etish.

3. Urug‘chilik sohasi rivojlangan mamlakatlar ilmiy muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish.

2020-yildan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

tegishli vazirliklar va idoralar

10.

Urug‘chilik bo‘yicha halqaro tashkilotlarga (ISTA, OECD. ISF, IPPC va h.k.) bosqichma-bosqich a’zo bo‘lish, urug‘chilik sohasida faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish.

1. Urug‘chilik bo‘yicha halqaro urug‘chilik tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish va ularga a’zo bo‘lish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2019-yil oktyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),
Tashqi ishlar vazirligi (Komilov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov),

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi

(Namazov),

tegishli vazirliklar va idoralar

11.

Urug‘lik yetishtirish, iste’molchilarga yetkazish, import va eksport bilan shug‘ullanuvchi xususiy firma hamda korxonalar ishini muvofiqlashtirish.

1. Xususiy urug‘chilik firma va korxonalari bilan qonunda belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish.

2. Urug‘liklarni eksport qilish mexanizmlarini ishlab chiqish, xalqaro bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi ostida urug‘liklarni eksport qilish choralarini belgilash.

2020-yil

avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Umurzoqov),

Intellektual mulk agentligi (Fayzullayev),

tegishli vazirliklar va idoralar


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi