Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi TUZILMASI

2-ILOVA
2019 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish bo‘yicha ChORA-TADBIRLAR DASTURI

Hujjat 21.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Sarf-xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I.Ilmiy-tadqiqot faoliyati va fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2019-yil 1-noyabr

Fanlar akademiyasi

-

-

Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ustav belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

2.

Markazning ilmiy xodimlari shtat birligini maxsus ko‘rsatkichlar tizimi asosida bosqichma-bosqich oshirish.

2019-yilda — 20 ta,
2020-yilda — 15 ta,
2021-yilda — 15 ta yangi ilmiy xodim shtat birligi

Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi

Hisob- kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Arxeolog ilmiy xodimlarning soni tanlov asosida iqtidorli yosh kadrlar bilan muntazam ravishda oshirib boriladi. Natijada 3 yilda ilmiy xodimlarning umumiy soni 80 nafarga yetkaziladi.

3.

Markazga taqdim etilgan arxeologlarning ilmiy hisobotlari asosida “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” yillik to‘plamini nashr etib borish.

2020-yildan boshlab, har yili 1-maydan

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Amalga oshirilgan tadqiqotlar bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotlar asosida to‘plam nashr etiladi. Natijada olib borilgan tadqiqotlar, yangiliklar keng ilmiy jamoatchilikka yetkaziladi.

4.

Xalqaro nufuzli ilmiy ma’lumotlar bazalari tizimlariga kirgan va impakt-faktorlari yuqori bo‘lgan davriy nashrlarda ilmiy xodimlarning nashr va iqtibos qilinish darajasini 40% ga oshirish.

2020 — 2023-yillar davomida

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

-

-

Ilmiy xodimlarning nufuzli ilmiy ma’lu����otlar bazalari tizimlarida reytingini oshirish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu asosda ilmiy xodimlarning reytingi ko‘tariladi (Xirsh indeksi, impakt-faktor va b.).

5.

Markazning bo‘limlari, ilmiy laboratoriyalari va dala ekspeditsiyalari faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va indikatorlar tizimini ishlab chiqish va joriy qilishni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab

Fanlar akademiyasi

-

-

Markazning bo‘limlari, ilmiy laboratoriyalari va dala ekspeditsiyalari faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va indikatorlar tizimi ishlab chiqiladi, Ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlanadi. Xodimlarning ilmiy mahsuldorlik ko‘rsatkichi oshadi.

6.

O‘zbekiston Respublikasi arxeologik xaritasini yaratish (2020 — 2022-yy.) va nashr qilish (2023-y.). Tadqiq etilgan arxeologik yodgorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda shakllantirib borish va ularning reyestrini tashkil etish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Hisob-kitoblar asosida

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida O‘zbekiston arxeologik yodgorliklarini ro‘yxatga olish bo‘yicha tizimli izlanishlar olib boriladi. Yodgorliklar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘liq jamlagan O‘zbekiston arxeologik xaritasi yaratiladi.

7.

“O‘zbekiston arxeologik merosi” 10 jildlik akademik nashrlarini bosqichma-bosqich tayyorlash va nashr etishni yo‘lga qo‘yish.

2019 — 2023-yy.

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

“Numizmatika” (2019-y.), “Ilk o‘rta asrlar” (2020-y.), “O‘rta asrlar” (2021-y.), “Ikonografiya” (2022-y.), “Qadimgi Sug‘d” (2023-y.) mavzusida akademik nashrlar chop etiladi.

8.

“O‘zbekiston va Markaziy Osiyo — jahon sivilizatsiyasi tizimida” mavzusida arxeologiya sohasidagi yetakchi davlatlarning olim-mutaxassislari ish�irokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish.

2020-yil sentyabr

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Homiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablag‘lar

Markaziy Osiyoda arxeologiya sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan dunyoning yetakchi ilmiy markazlaridan taklif etilgan yirik mutaxassis va olimlar ishtirokida “O‘zbekiston va Markaziy Osiyo — jahon sivilizatsiyasi tizimida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

9.

Tayanch arxeologik yodgorliklarni turizm obyektlariga tayyorlash, bu yodgorliklarga infoturlarni tashkil qilish hamda turli targ‘ibot materiallarini tayyorlash va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari orasida keng targ‘ib qilish.

Axsikent — 2020-y.,

Afrosiyob — 2021-y.,

Po�kent — 2022-y.,

Sarmishsoy — 2023-y.

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan shartnoma imzolanadi va shu asosda olingan natijalar bo‘yicha ochilgan arxeologik obyektlar muzeylashtiriladi.

10.

Turizm obyektlariga aylantirilayotgan arxeologik yodgorliklarga xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb qilish maqsadida buklet, flayer va broshyuralar tayyorlash.

Muntazam

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi mablag‘lari

Ochilgan arxeologik yodgorliklarga oid yangi ma’lumotlar, qazishma va topilmalarning fotosuratlarini o‘zida aks etgan buklet, flayer va broshyuralar tayyorlanadi. Shu asosda xorijiy va mahalliy sayyohlarni arxeologik obyektlarga jalb qilish kuchayadi.

11.

Tayanch obyektlarni shakllantirish bilan bog‘liq jarayonlarni aks ettirgan animatsion roliklarni hamda o‘zbek va xorijiy tillarda arxeologik yodgorliklar to‘g‘risida audio, video, foto va boshqa materiallarni tayyorlash va keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Axsikent — 2020-y.

Afrosiyob — 2021-y.

Poykent — 2022-y.

Sarmishsoy — 2023-y.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Ijrochilarning mablag‘lari

Tayanch arxeologik yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar va yodgorliklarning shakllanish jarayonlarini o‘zida aks etgan animatsion roliklar tayyorlanadi. Shu asosda xorijiy va mahalliy sayyohlarni arxeologik obyektlarga jalb qilish kuchayadi.

12.

Qadimiy tarixni aks ettiruvchi arxeologiya yodgorliklarida turistik marshrutlarni yaratish.

Axsikent — 2020-y.,

Afrosiyob — 2021-y.,

Poykent — 2022-y.,

Qanqa — 2023-y.

Namangan viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi mablag‘lari

Tayanch arxeologik yodgorliklarga tashrif buyuruvchi turistlar uchun turistik marshrutlar tuziladi.

13.

Turizmni rivojlantirish maqsadida yirik arxeologik obyektlarning albom-kataloglarini yaratib borish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi mablag‘lari

2020-yilda 3 ta, 2021-yilda 3 ta, 2022-yilda 3 ta, 2023-yilda 3 ta arxeologik qazishmalar jarayonida aniqlangan topilmalar va ular haqida ilmiy-ommabop ma’lumotlarni o‘zida jamlagan albomlar tayyorlanib, nashr etiladi. Shu asosda yurtimiz tarixi bo‘yicha ma’lumotlar ommalashtiriladi.

14.

Markazning ilmiy xodimlarini oliy ta’lim muassasalariga o‘rindosh sifatida pedagogik faoliyatga jalb qilish.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi

-

-

Markaz va manfaatdor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shartnomalar tuziladi, ta’lim va fan sohalari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yiladi. Arxeologiya yo‘nalishi bo‘yicha tajribali mutaxassislar shakllantiriladi.

15.

Markazning ilmiy salohiyatini yoshartirgan holda, ilmiy darajali mutaxassislar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

2020-y. — 50%,

2021-y. — 55%,

2022-y. — 60%,

2023-y. — 65%.

Fanlar akademiyasi

-

-

Markazning ilmiy salohiyati yosh tadqiqotchilar hisobiga yoshartiriladi.

16.

Mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga kunlik dala izlanishlari ustama haqini bazaviy hisoblash miqdorining 25% etib, eng ko‘p miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravariga teng etib belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil mart

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjet mablag‘lari

Ilmiy xodimlarning dala izlanishlari ustama haqini bazaviy hisoblash miqdorining 25% etib, eng ko‘p miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravariga teng etib belgilash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi.

17.

Mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga mavsumiy “er qazuvchi” ishchilarning oylik maoshi bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida belgilanishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil mart

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjet mablag‘lari

Dala izlanishlarida jalb qilingan mavsumiy “er qazuvchi” ishchilarning oylik maoshi bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida belgilanishi bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi.

II.Moddiy-texnik bazani kuchaytirish va modernizatsiya qilish

18.

Arxeologik tadqiqotlar instituti binosini kapital ta’mirlash (Samarqand sh.).

2020-yil

Moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2,5 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Institut zamonaviy talablar asosida kapital ta’mirlanadi.

19.

Markaz va Arxeologik tadqiqotlar institutining moddiy-texnik bazasini yangilash.

2020-yil

Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

1 mlrd. so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Markaz va Arxeologik tadqiqotlar instituti zamon talablari asosida moddiy-texnik jihozlari bilan ta’minlanadi. Yuqori sifatli ilmiy tadqiqotlar olib borildi.

20.

Dala tadqiqotlariga doimiy ravishda mablag‘ ajratish.

Axsikent, Afrosiyob, Qanqa ekspeditsiyalari — 2020-y.;

Dalvarzin, Buxoro, Yerqo‘rg‘on ekspeditsiyalari — 2021-y.;

Eski Xovos, Quva, Sarmishsoy ekspeditsiyalari — 2022-y.;

Jarqo‘ton, Xazorasp, Tug‘unbuloq ekspeditsiyalari — 2023-y.

Moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

Alohida hisob-kitoblar asosida

Davlat budjet mablag‘lari

Dala qazishmalariga bosqichma-bosqich mablag‘ ajratib boriladi. Ajratilgan mablag‘lar asosida tayanch yodgorliklarda keng ko‘lamli qazishmalar olib borilib, yangi ma’lumotlar qo‘lga kiritiladi. Ochilgan yirik yodgorliklar turizm obyektlariga aylantiriladi.

21.

Bioarxeologiya” (2020-y.) va “Landshaft arxeologiyasi” (2021-y.) yo‘nalishlarida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 2 ta laboratoriya tashkil etish uchun 2 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratish.

2020-2021-yy.

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

2 mln. AQSh dollari

Homiylik mablag‘lari

Respublikada ilk bor “Bioarxeologiya” va “Landshaft arxeologiyasi” yo‘nalishlarida 2 ta yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etiladi. Ushbu laboratoriyalarda tadqiqotlar arxeologiya va tabiiy fanlar bilan uyg‘unlikda olib boriladi.

III. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va o‘zbek arxeologiyasini jahon faniga integratsiya qilish

22.

Arxeologlarni xorijiy ilmiy markazlarda malaka oshirish va xorijiy tadqiqot grantlarini jalb etishni yo‘lga qo‘yish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Xorijiy ilmiy markazlarda malaka oshirish va xorijiy tadqiqot grantlarini jalb etish uchun maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu asosda har yili o‘rtacha 5 nafar xodimni xorijda malaka oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

23.

Markaziy Osiyo davlatlaridagi arxeologik ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Markaziy Osiyo davlatlarining arxeologiya sohasidagi ilmiy markazlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolanadi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston arxeologlari bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatiladi.

24.

Arxeologlarning xorijiy ilmiy anjumanlarda ishtirokini kengaytirish.

Muntazam

Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Homiylik mablag‘lari, xalqaro grantlar va budjetdan tashqari mablag‘lar

Mutaxassislarning xorijiy ilmiy anjumanlarda ishtirokini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Yiliga o‘rtacha 10 nafar xodimning ishtiroki ta’minlanadi.

25.

Xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar sonini oshirish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar sonini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu asosda maqolalar soni 2020-yilda — 3%, 2021-yilda — 5%, 2022-yilda — 7%, 2023-yilda — 10% ga oshiriladi.

26.

Yevropa arxeologlari assotsiatsiyasi (EAA), Xalqaro arxeologik muzeylar va eksperimental arxeologiya assotsiatsiyasiga (EXARC) a’zo bo‘lish.

2021 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Milliy markaz bosqichma-bosqich, Yevropa arxeologlari assotsiatsiyasi (EAA) (2021-yil), Xalqaro arxeologik muzeylar va eksperimental arxeologiya assotsiatsiyasiga (EXARC) (2023-yil) a’zo bo‘ladi. Milliy markaz arxeologiya sohasida jahon ilmiy jamoatchiligida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

27.

Markaz shafe’ligida Markaziy Osiyo arxeologlari assotsiatsiyasini tashkil etish. Markaziy Osiyo arxeologlarining I Forumini o‘tkazish.

2022-2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Markaz shafe’ligida Mar�aziy Osiyo arxeologlari assotsiatsiyasini 2022-yi��a tashkil etish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqiladi. 2023-yilda Markaziy Osiyo arxeologlarining I Forumi o‘tkaziladi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ilmiy va madaniy aloqalar mustahkamlanadi.

IV. Ilmiy-tadqiqot natijalarini ommalashtirish va shu orqali yurtimiz tarixi, moddiy madaniyati, ma’naviyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish

28.

“O‘tmishga sayohat” nomli xalqaro tarixiy-madaniy festivalni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent yodgorligi majmuasi bazasida o‘tkazish.

2021-yildan boshlab, har ikki yilda bir marta

Namangan viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari va homiylik xayriyalari

O‘zbekiston o‘tmishi tarixiga bag‘ishlangan festival yurtimiz turizm salohiyatini keng ommaga targ‘ib etish hamda turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

29.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va boshqa viloyat muzeylarida tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” mavzusida har yili ko‘rgazma tashkil qilish.

Muntazam

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi mablag‘lari

Tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” mavzusida ko‘rgazmalarning rejasi ishlab chiqiladi.

30.

Oliy ta’lim muassasalarining tarix va arxeologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalarining Axsikent yodgorligida yaratilgan ochiq osmon ostidagi muzeyda, 2020-yildan boshqa yirik arxeologik obyektlarda dala amaliyotlarini muntazam ravishda tashkil etish.

Grafik asosida,

muntazam

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Dala amaliyoti bilan bog‘liq mablag‘lar tegishli ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari asosida amalga oshiriladi, boshqa mablag‘lar bundan mustasno

Oliy ta’lim muassasalarining tarix va arxeologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari dala amaliyotlariga muntazam ravishda jalb qilinadi. Ularning nazariy bilimlarini amaliyotda keng qo‘llash asosida tajribalari oshiriladi.

31.

“Axsikent” arxeologiya obyektiga tashrif buyuruvchilar uchun avtomobil to‘xtash joyi, savdo va boshqa shaxobchalarni tashkil etish.

2019-yil oktyabr

Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlar mablag‘lari

“Axsikent” arxeologiya obyektiga tashrif buyuruvchilar uchun avtomobil to‘xtash joyi, savdo va boshqa shaxobchalarni tashkil etiladi.

32.

“Axsikent” arxeologiya obyektiga olib chiquvchi yo‘lni piyodalar uchun moslashtirish hamda xavfsizlik choralarini ko‘rish.

2019-2020-yy.

Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjetning qo‘shimcha daromadlari

“Axsikent” arxeologiya obyektiga olib chiquvchi yo‘lni piyodalar uchun moslashtiriladi hamda xavfsiz bo‘ladi.

33.

“Axsikent” arxeologiya obyektida tomosha qilish nuqtasini barpo etish va unda soyabon hamda atrof muhitni kuzatish uchun binokl o‘rnatilishini ta’minlash.

2019-yil oktyabr

Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlar mablag‘lari

“Axsikent” arxeologiya obyektida tomosha qilish nuqtasi barpo etiladi va unda soyabon hamda atrof-muhitni kuzatish uchun binokl o‘rnatiladi.

34.

“Axsikent” arxeologiya obyektida tashrif buyuruvchilar maroqli hordiq chiqarishlari uchun dam olish maskanlarini tashkil etish.

2019-2020-yy.

Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlar mablag‘lari

“Axsikent” arxeologiya obyektida tashrif buyuruvchilar maroqli hordiq chiqarishlari uchun dam olish maskanlari tashkil etiladi.

35.

“Axsikent” arxeologiya obyektini mahalliy va xorijiy turistlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish uchun ommaviy axborot vositalarida keng �ritish, Internet jahon axborot tarmog‘i va bosma nashrlarda maqolalar chop etish, tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladigan mavzuga oid video materiallar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamkori hisoblangan “Dunyo bo‘ylab” va boshqa telekanallarda namoyish etilishini ta’minlash.

Obyekt foydalanishga topshirilgandan so‘ng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish

davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Hisob-kitoblar asosida

Turizmni rivojlantirish

davlat qo‘mitasi, ijrochilar mablag‘lari

“Axsikent” arxeologiya obyektini mahalliy va xorijiy turistlar o‘rtasida keng targ‘ib qilinadi.

36.

Mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo‘shimcha tashrif buyurish mumkin bo‘lgan manzillarni aniqlash va turistlar tashrifi uchun moslashtirish, jumladan, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, tarixiy madaniyat bilan tanishtirish maqsadida viloyatlardagi yirik arxeologiya obyektlariga ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari sayohatini tashkil etish.

Muntazam

Namangan viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Ijrochilar mablag‘lari

Mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo‘shimcha tashrif buyurish mumkin bo‘lgan manzillar aniqlanadi va turistlar tashrifi uchun moslashtiriladi.

37.

Xalq ta’limi muassasalari o‘quvchilarining o‘tmishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish maqsadida viloyatlardagi yirik yodgorliklarga sinfdan tashqari muntazam ekskursiyalar uyushtirish va shu asosda viloyatlarda “Yosh qadimshunoslar” klubini tashkil etish.

Muntazam

Xalq ta’limi vazirligi,

Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Xalq ta’limi vazirligi

Viloyatlardagi yirik yodgorliklarga sinfdan tashqari muntazam ekskursiyalar uyushtiriladi va shu asosda viloyatlarda “Yosh qadimshunoslar” klubi tashkil etiladi.

38.

“O‘zbekiston tarixi” telekanalida “O‘zbekiston arxeologiyasi” ruknida muntazam, oyiga bir marotaba ko‘rsatuvlar tashkil qilish.

2020-yil 1-yanvardan muntazam

MTRK,

Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Markaz mablag‘lari

“O‘zbekiston tarixi” telekanalida “O‘zbekiston arxeologiyasi” ruknida muntazam, oyiga bir marotaba ko‘rsatuvlar tashkil qilinadi

39.

Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan ekspeditsiyalarning ilmiy natijalariga bag‘ishlangan bukletlar, qisqa hujjatli videoroliklar yaratish.

2020-yil 1-yanvardan muntazam

MTRK,

Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Markaz mablag‘lari

Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan ekspeditsiyalarning ilmiy natijalariga bag‘ishlangan bukletlar, qisqa hujjatli videoroliklar yaratiladi.

40.

Milliy arxeologiya markazi, Institut veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar faoliyatini tubdan yangilash.

2019-yil davomida

Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Markaz mablag‘lari

Markaz, Institut veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar faoliyati tubdan yangilanadi.

41.

Turistlarning arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil mart

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi

-

-

Olib borilayotgan arxeologik ekspeditsiyalarga turistlar keng jalb qilinadi va shu orqali tarixiy madaniyatimiz bilan yaqindan tanishtirilib, yoshlarda vatanparvarlik ruhishakllantiriladi hamda ekspeditsiyalar faoliyati monetizatsiya qilinadi.

42.

Arxeologik yodgorliklar joylashgan hududlarda zarur infratuzilmani (viloyatlar markazlari bilan bog‘lovchi transport yo‘nalishlari harakatini yo‘lga qo‘yish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda obyekt yaqinida avtomobil transporti turargohlarini tashkil etish, yo‘llarni ta’mirlash, aholining turli qatlamlariga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy sanitariya-gigiyenik va hunarmandchilik, savdo shaxobchalari hamda Wi-Fi zonalarini tashkil etish) yaratish.

2021-yildan boshlab muntazam

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Hisob-kitoblar asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi mablag‘lari va tashabbuskorlar mablag‘lari

Yodgorliklarga olib boruvchi yo‘llar ro‘yxati shakllantirilib, yodgorliklar atrofidagi hududlar infratuzilmasi rivojlantiriladi, xorijiy va mahalliy turistlar oqimi ortadi.

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi