Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 21.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Buxoro viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlari negizida 11-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2019-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda mazkur qarorga 7-ilovada* nazarda tutilgan investitsiya loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini (keyingi o‘rinlarda TIA deb ataladi) ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Ushbu bandning birinchi xatboshiga muvofiq quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda ta’mirlanadigan uchastkalar ro‘yxatiga haqiqiy holati foydalanish shartlariga mos keladigan, shuningdek, qayd etilgan maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining avval tasdiqlangan qarorlariga binoan barpo etilayotgan va qurilishi tugallangan avtombil yo‘llarini kiritish qat’iyan man etiladi.
11. Buxoro viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tarmoq xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda 12-ilovada* ko‘rsatilgan davlatga hamda xo‘jalik birlashmalariga tegishli bo‘lgan bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan obyektlar, shuningdek, yer maydonlari xo‘jalik faoliyatiga jalb qilinishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi