Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2023
Hujjat 25.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
5. Advokatlik guvohnomasini berish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. Advokatlik guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda guvohnoma deb ataladi) “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor bo‘lgan shaxsga (keyingi o‘rinlarda talabgor deb ataladi) advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki talabgorning faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar hududiy adliya organi tomonidan olingan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida beriladi.
9. Guvohnomaning raqami mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish daftaridagi tartib raqamiga mos bo‘ladi.
12. Guvohnomalar blankalarining kirimi va chiqimi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakllarda hisobga olish daftarlarida qayd etiladi.
Rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi. Bunda rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftaridagi tegishli buyruqlarning rekvizitlarida buyruqning sanasi va raqami ko‘rsatilishi kerak.
Advokatlik faoliyatini mazkur bandning birinchi xatboshisi talablarini buzgan holda amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq advokatning javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Advokat maqomini to‘xtatib turish “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda malaka komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
19. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 131-moddasiga muvofiq advokat maqomi to‘xtatib turilgan shaxs advokat maqomini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak.
Advokat maqomi to‘xtatib turilgan shaxs mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tishiga kamida o‘n kun oldin tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
20. Advokat maqomi “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatilishi munosabati bilan tugatiladi. Advokat maqomini tugatish to‘g‘risida hududiy adliya organi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga muvofiq advokatga guvohnoma bergan hududiy adliya organlari guvohnoma berilgan faktlar haqida tegishli davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek, mazkur guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi yoki tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumot berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi