Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 28.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni asosida mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ullar

1.

“Keksalar maslahati” guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Malakali amaliyotchi-mutaxassislar va olimlardan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Ishchi guruhi tomonidan metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

15-noyabr

3. Metodik tavsiyalarni nashr ettirish va joylarga yetkazilishini ta’minlash.

20-dekabr

2.

“Keksalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari to‘plami”ni nashrga tayyorlash va chop ettirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Toshkent davlat yuridik universiteti

2. Ishchi guruhi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti va xalqaro tajribani o‘rganish.

15-noyabr

3. O‘rganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini tayyorlash va chop ettirish.

20-dekabr

4. To‘plamlarni joylarga yetkazilishini ta’minlash.

30-dekabr

3.

Mamlakatimizda keksalarning turmush darajasi hamda sifatini oshirish maqsadida amaldagi qonunchilik va xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganib, bugungi kunda uchrayotgan muammolarni tahlil qilgan holda keksa avlod vakillari, xususan, yolg‘iz keksalar, mehnat faxriylari va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi

2. Ishchi guruhi tomonidan amaldagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish.

20-noyabr

3. O‘rganish natijalari asosida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqish.

20-dekabr

4. Taklifni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etish.

2020-yil yanvar

4.

Keksa avlod vakillariga yaratilgan imtiyozlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida batafsil o‘rganib, to‘plam holiga keltirish, mahalla raislari uchun uslubiy qo‘llanma sifatida nashrga tayyorlash va chop ettirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi

2. Ishchi guruh tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar hamda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish.

20-noyabr

3. O‘rganish natijalari asosida normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini tayyorlash va chop ettirish.

25-dekabr

4. To‘plamlarni joylarga yetkazilishini ta’minlash.

2020-yilyanvar

5.

Barcha hududlarda keksa avlod vakillarining turmush darajasi, ijtimoiy himoyasi, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi tegishli masalalarni nazarda tutgan holda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.

1. Ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish uchun ishchi guruhlar tuzish.

2019-yil 10-oktabr

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli masalalarni o‘z ichiga olgan so‘rovlar shaklini ishlab chiqish va barcha hududlarda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.

15-oktabr — 30-noyabr

3. So‘rovlar natijalarini manfaatdor tashkilotlar bilan muhokama qilish va natijalarga ko‘ra zarur choralarni amalga oshirish.

10-dekabr

6.

Keksa avlod vakillari bilan manzilli ishlash bo‘yicha “Keksalar ijtimoiy himoyasi” dasturini ishlab chiqish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish.

2019-yil 5-noyabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Ishchi guruh tomonidan keksalarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish.

30-noyabr

3. O‘rganish natijalari asosida dastur loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

10-dekabr

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

20-dekabr

7.

Keksalar orasida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilish, ularda salomatlik uchun mas’ullik tuyg‘usini yuksaltirish orqali inson umrini uzaytirishga ko‘maklashishga qaratilgan “Sog‘lom va muvaffaqiyatli qarilik” konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 5-noyabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Ishchi guruhi tomonidan konsepsiya loyihas�ni ishlab chiqish.

30-noyabr

3. Konsepsiya loyihasini manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

25-dekabr

8.

Keksalar uchun nazarda tutilgan yoshga doir pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, aniqlangan holatlar bo‘yicha manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ta’sirchan choralarni ko‘rish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Ishchi guruhlari tomonidan fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish.

20-dekabr

3. Salbiy holatlar kuzatilgan mahallalarda zarur chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirilgan ishlarni har haftada sektorlarning umumiy yig‘ilishida muhokama qilish.

doimiy

4. O‘rganish natijalari asosida amaldagi tizimlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

2020-yil 20-yanvar

5. Ishlab chiqilgan tizimni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish.

2020-yil 1-fevraldan boshlab

9.

“Muvaffaqiyatli keksalikning 50 kafolati” nomli keksa avlod vakillari o‘qishi uchun tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar ro‘yxatini shakllantirish hamda aholi o‘rtasida keng targ‘ibotini olib borish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 10-oktabr

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi

2. Ishchi guruhi tomonidan tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar ro‘yxatini shakllantirish va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish.

25-oktabrdan boshlab doimiy

10.

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish darajasi va sifatini yanada oshirish, ularga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar (xizmat ko‘rsatish) tashkil etish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 30-oktabr

Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va reja asosida o‘tkazilishini tashkil etish.

15-noyabrdan boshlab doimiy

3. Aniqlangan muammo va takliflarni manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda muhokama qilib, natijasi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

reja asosida

11.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj qatlam uchun tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog va boshqalar) hamda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat tarkibda “Tibbiyot avtobusi” tashkil etib, mahallalarda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi shakllantirish.

2019-yil 10-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj keksalarning ro‘yxatini hududlar kesimida shakllantirish.

25-oktabr

3. Tibbiy ko‘rik o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va mas’ul tashkilotlar bilan kelishish.

30-oktabr

4. Tasdiqlangan reja-jadval asosida tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish.

reja asosida

12.

Respublikadagi mavjud barcha klinikalarga har yili besh nafardan tibbiy yordamga ehtiyojmand keksal�rni har olti oyda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha biriktirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish.

1. Tibbiy ko‘rik o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan klinikalar ro‘yxatini hududlar kesimida shakllantirish.

2019-yil 15-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi

2. Tibbiy ko‘rik va tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarning ro‘yxatini tuzish.

15-noyabr

3. Tibbiy yordamga ehtiyojmand keksalarni tavsiya asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish.

30-noyabr

13.

Keksa avlod vakillari, nuroniylarning boy va ibratli hayot tajribasi, amaliy bilim va ko‘nikmalarini yoshlarga targ‘ib etish uchun umumta’lim maktablarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish bo‘yicha reja ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda umumta’lim maktablarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish bo‘yicha namunaviy reja loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil 10-oktabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Xalq ta’limi vazirligi, “Nuroniy” jamg‘armasi

2. Keksa avlod vakillari, nuroniylarni hududlar kesimida joylardagi umumta’lim maktablariga biriktirish.

25-oktabr

3. Rejaga asosan joylarda tadbirlarni tashkil etish.

reja asosida

14.

“Keksalar maslahati” guruhlarining eng faol a’zolarini doimiy ravishda belgilangan tartibda “Mehnat faxriysi”, “Mo‘’tabar ayol” va “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonlariga tavsiya etib borish.

1. “Keksalar maslahati” guruhlari a’zolarining faoliyati yuzasidan monitoring ishlarini tashkil etish va eng faol a’zolarni saralab olish.

2019-yildan boshlab har yarim yilda

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Guruhlardan saralab olingan eng faol a’zolarga ko‘krak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan tavsiya berib borish.

belgilangan muddatlarda

15.

Mahallalarda keksalar va faxriylar o‘rtasida tongi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marafonlarini uyushtirish.

1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 25-oktabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Ishchi guruhi tomonidan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va joylarga yetkazish.

1 — 30-noyabr

3. Joylardagi tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga muntazam ravishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.

2019-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy

16.

Keksa avlod vakillarining milliy qiyofasi hamda ibratli faxriylar obrazini ifodalaydigan badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar, teleseriallar va spektakllarni tayyorlash va namoyish etish.

1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi-ijodiy guruh tuzish.

2019-yil 10-oktabr

“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2. Ishchi-ijodiy guruh tomonidan namoyish etiladigan fil�mlar, teleseriallar va spektakllar rejasini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlarning qo‘shma qarori asosida tasdiqlash.

1 — 30-noyabr

3. Reja asosida badiiy, hujjatli, qisqa metrajli filmlar, teleseriallar va spektakllarni tayyorlash va efirga uzatish.

reja asosida

17.

Keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyoz asosida tashkil etish

1. Manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda teatr va muzeylarga tashriflarni tashkil etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil 25-oktabr

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyas�, “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Teatr va muzeylarga boruvchilarning ro‘yxatini hududlar kesimida shakllantirish.

5-noyabr

3. Belgilangan muddatlarda teatr va muzeylarga tashriflarni amalga oshirish.

reja asosida

18.

“Keksalar haftaligi” doirasida quyidagi tadbirlarni tashkil etish:

“Keksalik — hayotning ajib fasli” mavzusida ko‘rgazma;

“Keksalar va faxriylarga e’tibor, ularning muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar;

mahallalarda “Bobom, buvim va men kitobxon” shiori ostida kitobxonlik aksiyalari;

mahallalarda “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi”, “Biz bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q” mavzularida targ‘ibot tadbirlari;

ta’lim muassasalaridagi ma’naviyat soatlarida ibratli hayot yo‘li va mehnati bilan aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan keksalar ishtirokida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida uchrashuvlar, ko‘rik-tanlovlar va rasmlar ko‘rgazmalarini tashkil etish;

keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyoz asosida tashkil etish.

1. Mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019-yil 25-sentabr

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha reja-dastur ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

30-sentabr

3. Bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va tadbirlarga mahallalardagi barcha keksa hamda faxriylarni qamrab olish.

1 — 7-oktabr

4. Bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

reja asosida

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni asosida mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi