Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 02.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda respublikada zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq o‘tkazilgan kameral nazorat natijasiga ko‘ra tafovutlar mavjudligi aniqlansa, soliq to‘lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga litsenziya, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida


O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

Respublika hududiga olib kirilgan va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan zargarlik buyumlari (TIF TN pozitsiyasi 7113-7116), qimmatbaho metall va toshlar (TIF TN pozitsiyasi 7101-7112) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida


O‘zbekiston Respublika tovar xom-ashyo birjasi

Birja savdolari orqali qimmatbaho metallarni sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida


“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Olmaliq
kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati

Qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish.

Real vaqt rejimida


2-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularni realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Dasturiy mahsulot orqali elektron shaklda


3-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Shakllantirilgan ma’lumotlar asosida tadbirkorlik subyektlarining davlat soliq xizmati organlariga topshirgan hisobotlari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadigan tashkilotlardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazoratdan o‘tkazish.

Har chorakda


4-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Kameral nazorat natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash lozim deb topilgan hollarda, belgilangan tartibda mavzuli ekspress-o‘rganish amalga oshirish.

7 ish kuni


5-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Kameral nazorat va (yoki) mavzuli ekspress-o‘rganish, shuningdek, o‘tkazilgan tekshirishlar natijasiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari tomonidan asillik darajasini belgilash yoki tamg‘alashning belgilangan tartibini buzish, shuningdek, kirim qilinmagan zargarlik buyumlarini sotish holatlari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash va o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish.

Holatlar aniqlanganda


6-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Kameral nazorat va (yoki) mavzuli ekspress-o‘rganish, shuningdek, o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.

Holatlar aniqlanganda

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi