Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga o‘zgartiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zsuvqurilishta’minot” respublika birlashmasi tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari RO‘YXATI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining TUZILMASI

3-ILOVA
Suv resurslarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”

4-ILOVA
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti sohaga oid kafedralarining ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida joylashtiriladigan ixtisoslashtirilgan sinflari RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga yuritish uchun topshiriladigan suv xo‘jaligi sohasidagi investitsiya loyihalari RO‘YXATI

6-ILOVA
Suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalarining RO‘YXATI

7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3672-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

Hujjat 10.10.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tashkil etilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitali 1-ilovada ko‘rsatilgan o‘zgartirilayotgan davlat unitar korxonalarining mol-mulklarini qoldiq qiymatida o‘tkazish hisobiga shakllantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-ilovaga muvofiq ishlab chiqarish va foydalanish tashkilotlari negizida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) sohaga oid kafedralarining ixtisoslashtirilgan sinflarini joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘larning 50 foizi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi, ularga faqat mahalliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, alohida olimlar belgilangan tartibda jalb qilinadi;
ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘larning qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Bunda mazkur mablag‘lar faqat suv xo‘jaligi sohasidagi dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish maqsadida respublika ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga grantlar ajratish uchun sarflanadi.
ikki oy muddatda 5-ilovada ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish guruhlari, shuningdek, huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar Loyihalarni amalga oshirish agentligiga o‘tkazilishini;
Loyihalarni amalga oshirish agentligiga o‘tkazilayotgan loyihalarni amalga oshirish guruhlari belgilangan tartibda faoliyati 5-ilovada ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari doirasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan yuridik shaxslarga o‘zgartirilishi nazarda tutilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
6-ilovaga muvofiq suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish choralarini ko‘rsin;
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tashkilot nomi

Joylashgan joyi

1.

“Andijondavsuvmaxsuspudrat” DUK

Andijon shahri

2.

“Jalaquduqdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Jalaquduq tumani

3.

“Ulug‘nordavsuvmaxsuspudrat” DUK

Ulug‘nor tumani

4.

“Mingbuloqdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Mingbuloq tumani

5.

“Namangandavsuvmaxsuspudrat” DUK

Namangan shahri

6.

“Norindavsuvmaxsuspudrat” DUK

Norin tumani

7.

“Popdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Pop tumani

8.

“Bog‘doddavsuvmaxsuspudrat” DUK

Bog‘dod tumani

9.

“Dang‘aradavsuvmaxsuspudrat” DUK

Dang‘ara tumani

10.

“Yozyovonmaxsussuvqurilish” DUK

Yozyovon shahri

11.

“Farg‘onadavsuvmaxsuspudrat” DUK

Farg‘ona shahri

12.

“Yaypandavsuvmaxsuspudrat” DUK

Beshariq tumani

13.

“Bo‘kadavsuvmaxsuspudrat” DUK

Bo‘ka tumani

14.

“O‘zmaxsussuvqurilish” DUK

Bektemir tumani

15.

“Yuqorichirchiqdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Yuqorichirchiq tumani

16.

“Yangiyo‘ldavsuvmaxsuspudrat” DUK

Yangiyo‘l tumani

17.

“Oqoltindavsuvmaxsuspudrat” DUK

Oqoltin tumani

18.

“Boyovutdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Boyovut tumani

19.

“Gulistondavsuvmaxsuspudrat” DUK

Guliston shahri

20.

“Jizzaxdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Jizzax shahri

21.

“Mirzacho‘ldavsuvmaxsuspudrat” DUK

Mirzacho‘l tumani

22.

“Paxtakordavsuvmaxsuspudrat” DUK

Paxtakor tumani

23.

“Uchtepadavsuvmaxsuspudrat” DUK

Sharof Rashidov tumani

24.

“Oqdaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK

Oqdaryo tumani

25.

“Bulung‘urdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Bulung‘ur tumani

26.

“Zarafshonmaxsussuvqurilish” DUK

Samarqand shahri

27.

“Narpaydavsuvmaxsuspudrat” DUK

Narpay tumani

28.

“Samarqanddavsuvmaxsuspudrat” DUK

Samarqand shahri

29.

“Karmanadavsuvmaxsuspudrat” DUK

Karmana tumani

30.

“Navoiydavsuvmaxsuspudrat” DUK

Navoiy shahri

31.

“Qiziriqdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Qiziriq tumani

32.

“Termezdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Termiz shahri

33.

“Uzundavsuvmaxsuspudrat” DUK

Uzun tumani

34.

“Sheroboddavsuvmaxsuspudrat” DUK

Sherobod tumani

35.

“Kosondavsuvmaxsuspudrat” DUK

Koson tumani

36.

“Kasbidavsuvmaxsuspudrat” DUK

Kasbi tumani

37.

“Nishondavsuvmaxsuspudrat” DUK

Nishon tumani

38.

“Yakkabog‘davsuvmaxsuspudrat” DUK

Yakkabog‘ tumani

39.

“Buxorodavsuvmaxsuspudrat” DUK

Buxoro shahri

40.

“Qorako‘ldavsuvmaxsuspudrat” DUK

Qoraqo‘l tumani

41.

“Romitandavsuvmaxsuspudrat” DUK

Romitan tumani

42.

“Shofirkondavsuvmaxsuspudrat” DUK

Shofirkon tumani

43.

“Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK

Amudaryo tumani

44.

“Kegeylidavsuvmaxsuspudrat” DUK

Kegeyli tumani

45.

“Xo‘jaylidavsuvmaxsuspudrat” DUK

Xo‘jayli tumani

46.

“Ellikqal’adavsuvmaxsuspudrat” DUK

Ellikqal’a tumani

47.

“Bog‘otdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Bog‘ot tumani

48.

“Qo‘shko‘pirdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Qo‘shko‘pir tumani

49.

“Urganchdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Urganch shahri

50.

“Xazoraspdavsuvmaxsuspudrat” DUK

Xazorasp tumani

51.

“Yangibozordavsuvmaxsuspudrat” DUK

Yangibozor tumani

52.

“Obod maskan” DUK

Toshkent shahri

53.

“Maxsus yirik nasos ta’mir” DUK

Nishon tumani

54.

“Maxsus elektr sozlash” DUK

Nishon tumani

55.

“Surxonnasosta’mir” DUK

Termiz tumani

56.

“Shirmonbuloq tosh koni” DUK

Buloqboshi tumani

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddati

Mas’ullar

ijro uchun

nazorat uchun

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Suv resurslarini boshqarish sohasida xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda 2020 ― 2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amalga oshirish shakli: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2020-yil 1-aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

2.

“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qo�uni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

suv iste’molchilari uyushmalarining huquqiy maqomini mustahkamlash, shuningdek, ularning faoliyatini tubdan rivojlantirishni;

suv iste’molchilari uyushmalarining suv resurslarini boshqarish sohasidagi rolini oshirish va vakolatlarini kengaytirishni;

suv iste’molchilari uyushmalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, suv iste’molchilari bilan o‘zaro hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini joriy etishni.

Amalga oshirish shakli: O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2020-yil 1-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

manfaatdor vazirliklar
va idoralar

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

3.

Suv iste’molchilari uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviyyo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-yanvar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

4.

Suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish tartibini, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish talablarini takomillashtirish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

suvdan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashni;

suv iste’molchilarining (suvdan foydalanuvchilarning) suv resurslaridan oqilona foydalanishdagi javobgarligini oshirishni;

suv xo‘jaligi tashkilotlarining suvni yetkazib berish va uni suv iste’molchilari (suvdan foydalanuvchilar) o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmati uchun samarali to‘lov tizimini joriy etishni.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-fevral

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov),

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

(M. Esanov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

5.

Qonun hujjatlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining irrigatsiya obyektlari va gidrotexnik inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, ajratilgan budjet mablag‘lari maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazorat qilish vakolatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish va monitoringlar doirasida amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zgarishlar kiritish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar

2019-yil 1-dekabr

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

(M. Esanov),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

6.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi budjet tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining qolgan mablag‘larini (homiylik yordami, beg‘araz yordam miqdori bundan mustasno):

50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda — moddiy-texnik bazani mustahkamlashga;

50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflashga ruxsat berish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar

2019-yil 1-dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qo‘chqorov)

II. Suv xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish

7.

Iste’mol qilinayotgan resurslarning nooqilona yo‘qotilishlarini bartaraf etish hisobiga energiya iste’molini qisqartirish maqsadida nasos stansiyalarini energetika tekshiruvidan (energiya auditi) o‘tkazish choralarini ko‘rish, shu jumladan:

2020-2021-yillarda nasos stansiyalarini energiya auditidan o‘tkazish reja-jadvalini ishlab chiqish;

nasos stansiyalarini energiya auditidan o‘tkazish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqish;

energiya auditi sohasida ixtisoslashgan tashkilotlarni belgilangan tartibda jalb qilish;

har bir nasos stansiyasi energiya auditi natijalariga ko‘ra, aniq choralar va ularni moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda, energiya tejashga doir tashkiliy va texnik qarorlar bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar va kelgusida amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish

2019 ― 2021-yillar


2019-yil
1-dekabr; 2020-yil 1-yanvar;

2020-yil 1-fevral;

har bir nasos stansiyasi energiya auditidan so‘ng
15 kun ichida

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

energetika vazirligi
(J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xo‘jayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov, A. Sultonov, J. Qo‘chqorov)

8.

Bugungi kun holatini va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi jarayonlarini inobatga olgan holda Nasos stansiyalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda shu jumladan:

nasos stansiyalari jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash;

turlari, ko‘tarilishi (o‘tkazilishi) va suv hajmidan kelib chiqib nasos stansiyalari agregatlarining elektr energiyasi iste’moli me’yorlarini nazarda tutish.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil

1-fevral

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

9.

Nasos stansiyalarining va irrigatsiya tizimlari agregatlarining elektr dvigatellariga chastotali boshqarish vositalarini o‘rnatish imkoniyatlari va samaradorligini o‘rganish hamda tegishli takliflarni, shu jumladan chastotali boshqarish vositalarini mahalliy darajada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: takliflarni o‘z ichiga olgan tahliliy ma’lumot

2020-yil 1-mart

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

10.

Nasos stansiyalaridaenergiya tejovchi (reaktiv quvvat kompensatsiyasi, chastotali o‘zgartirgichlar orqali boshqarish, dvigatelni bir tekis ishga tushirish, yorug‘likdiod lampalarini o‘rnatish va h.k.) qurilmalarni joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi

ishlab chiqish:

2020-yil 1-yanvar


amalga oshirish:

2020 ― 2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xo‘jayev)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

11.

Suv xo‘jaligi tashkilotlari dispetcherlik xizmatlari faoliyatini takomillashtirish va ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi

ishlab chiqish:

2019-yil 1-dekabr

amalga oshirish:

2020-2021-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xo‘jayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

12.

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining irrigatsiya tizimlaridagi suv olish va suv to‘sish inshootlari, shuningdek, gidropostlarning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi

ishlab chiqish:

2019-yil 20-dekabr

amalga oshirish:

2020-2021-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Xo‘jayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

13.

Xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish uchun beriladigan nasos stansiyalari, shuningdek, strategik va muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan irrigatsiya obyektlarining ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning asosiy shartlarini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha obyektlar ro‘yxati va takliflarni o‘z ichiga olgan tahliliy ma’lumotnoma

2020-yil 1-yanvar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev),

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (G‘. Xoljigitov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov, J. Qo‘chqorov)

14.

Salohiyatli investorlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan zamonaviy sug‘orish lotoklari va boshqa gidrotexnika inshootlarini, shu jumladan kompozit va boshqa muqobil materiallardan foydalangan holda ishlab chiqarishni tashkil etish masalasini o‘rganish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar

2019-2020-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

III. Suv xo‘jaligi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

15.

Nasos stansiyalarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keluvchi o‘lchov asboblarini o‘rnatish jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: reja-jadval

ishlab chiqish:

2020-yil 1-yanvar

amalga oshirish:

2020-yil davomida

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultonov, A. Vaxobov)

16.

Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘larini jalb qilish, ular hisobiga 2019-2020-yillarda kamida 150 ta suv xo‘jaligi inshooti va gidrouzellarini real vaqt rejimida suvni nazorat qiluvchi va o‘lchovchi, shu jumladan suv xo‘jaligi obyektlarida suvdan foydalanish bo‘yicha axborot yig‘adigan zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar bilan jihozlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2020-yillar,

shu jumladan:

2019-yilda kamida 60 ta obyekt;

2020-yilda kamida 90 ta obyekt

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov, E. G‘aniyev )

17.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Bog‘i-Bo‘ston” nasos stansiyasi misolida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish hamda ularni integratsiyalash bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish, kelgusida ijobiy tajribani respublikaning boshqa nasos stansiyalariga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov, A. Sultonov)

18.

Yerosti suvlari darajasi va minerallanishi, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish dinamikasini real vaqt rejimida monitoring qilishni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlar (GAT-texnologiyalari)ni joriy etgan holda, kamida 2 000 ta suv omborlaridagi pyezometr va kuzatuv quduqlarini rekonstruksiya qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar

2020-yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

IV. Suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish

19.

Suv xo‘jaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasiniishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amalga oshirish shakli: Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil 1-yanvar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov)

20.

Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv xo‘jaligi obyektlari (suv olish inshootlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda irrigatsiya va drenaj kanallari)ning ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga, shuningdek, suvni hisobga olish vositalarini yaratish va takomillashtirishga doir ilmiy asoslantirilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: yo‘riqnomalar va tavsiyalar

2020 ― 2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamra�v),

Innovatsiya vazirligi (I. Abdurahmonov),

Irrigatsiya va suv muammolari ITI

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

21.

Tashqi muhitning agressiv ta’siriga uchragan beton va temir-beton kanallari hamda boshqa gidrotexnika inshootlaridan foydalanish mustahkamligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: yo‘riqnomalar va tavsiyalar

2020 ― 2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Innovatsiya vazirligi (I. Abdurahmonov),

Irrigatsiya va suv muammolari ITI

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

22.

Suv resurslaridan kompleks foydalanish, shu jumladan irrigatsiya, gidroenergetika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini suv resurslari bilan ta’minlash muammolarini hal qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: yo‘riqnomalar va tavsiyalar

2020 ― 2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Innovatsiya vazirligi (I. Abdurahmonov),

Irrigatsiya va suv muammolari ITI

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

23.

Suv resurslarini muhofaza qilishning ekologik talablarini, ularning holatini baholash mezonlarini, yer usti va yer osti suvlari rejimi hamda sifatini samarali boshqarish, hududda ekologik muvozanatni tiklash va saqlash usullarini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: yo‘riqnomalar va tavsiyalar

2020 ― 2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Innovatsiya vazirligi (I. Abdurahmonov),

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov),

Irrigatsiya va suv muammolari ITI

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

24.

Xorazm, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining tajriba-eksperimental uchastkalari negizida:

qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’molini maqbullashtir�sh va sug‘orish texnika hamda texnologiyalarini takomillashtirish;

sho‘rlangan yerlar ikkilamchi sho‘rlanishining oldini olish va ularni tiklash, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini ilmiy asoslantirilgan holda tanlash bo‘yicha kompleks meliorativ chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish uchun agro-meliorativ hududiy komplekslarni tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar

2020 ― 2021-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Innovatsiya vazirligi (I. Abdurahmonov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov),

Irrigatsiya va suv muammolari ITI

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

V. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

25.

Suv va suv resurslarini rejalashtirish, taqsimlash hamda ulardan foydalanish, shuningdek, suv iste’molchilari uyushmasini boshqarish va uning faoliyatini tashkillashtirish (buxgalteriya hisobini yuritish, ish yuritish va boshqalar) bo‘yicha quyi tuzilmalar, shu jumladan suv iste’molchilari uyushmalari xodimlari uchunamaliy o‘quv kurslarni tashkil etish.

Amalga oshirish tartibi: reja-jadval

ishlab chiqish:

har yili
1-yanvarga qadar

amalga oshirish:

alohida jadval bo‘yicha

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov)

26.

Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalaridan foydalanishga, shu jumladan tomchilatib, yomg‘irlatib va boshqa turdagi sug‘orish tizimlarini qurish, ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlari, modullar va materiallarni ishlab chiqish, ularni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab sohaga oid oliy ta’lim muassasalari va kollejlar o‘quv jarayoniga joriy etish.

Amalga oshirish tartibi: o‘quv dasturlari, modullar va materiallar

2020-yil 1-iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

27.

Suv xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning professional darajasini oshirish bo‘yicha amaliy seminarlar, treninglar va o‘quv kurslarini tashkil qilish, shuningdek, ularning ishlab chiqarish amaliyotini chet elda o‘tkazishi uchun xalqaro dasturlar va jamg‘armalarning grantlarini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmuradov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov, E. G‘aniyev )

28.

Meliorativ mashinalar va mexanizmlar operatorlarini (“ekskavator mashinisti”, “buldozer mashinisti” va boshqalar) tayyorlash hamda o‘qitish tizimini takomillashtirish, shu jumladan:

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ta’lim muassasalari (kollejlar) negizida doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish;

tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha meliorativ mashinalar va mexanizmlar operatorlarini tayyorlash o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;

ta’lim muassasalari (kollejlar)ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun xalqaro dasturlar va jamg‘armalar grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar, o‘quv dasturlari

2020-yil 1-avgust

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Vaxobov, A. Abduhakimov)

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Kafedra nomi

Tashkilot nomi

Vazirlik va idora

1.

Nasoslar, nasos stansiyalari va suv energiyasidan foydalanish

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

Suv xo‘jaligi vazirligi

2.

“Chirchiq GESlar kaskadi” UK

“O‘zbekgidroenergo” AJ

3.

Gidrotexnika inshootlari

“Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi

Suv xo‘jaligi vazirligi

4.

“O‘zGIP” MChJ

“O‘zGIP” MChJ

5.

Ekologiya va suv

resurslarini boshqarish

Axborot-tahlil va resurs markazi

Suv xo‘jaligi vazirligi

6.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

7.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida

ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

8. 

“O‘zGIP” MChJ

“O‘zGIP” MChJ

9.

Irrigatsiya va melioratsiya

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Suv xo‘jaligi vazirligi

10.

“O‘zsuvloyiha” AJ

“O‘zsuvloyiha” AJ

11. 

“O‘zGIP” MChJ

“O‘zGIP” MChJ

12.

Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Bo‘zsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

Suv xo‘jaligi vazirligi

13.

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Parkent-Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

14.

Gidrologiya va gidrogeologiya

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Bo‘zsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

Suv xo‘jaligi vazirligi

15.

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Parkent-Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

16.

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

17.

“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DK

Davlat geologiya qo‘mitasi

18.

Gidravlika
va gidroinformatika

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

Suv xo‘jaligi vazirligi

19.

“Gidroproyekt” AJ

“O‘zbekgidroenergo” AJ

20.

Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash

“O‘zmaxsussuvqurilish” DUK

Suv xo‘jaligi vazirligi

21.

Hayot faoliyati xavfsizligi

“Agregat zavodi” AJ

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

22.

Elektr energiyasi ta’minoti
(suv xo‘jaligida)

(TIQXMMI
Buxoro filiali)

Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

Suv xo‘jaligi vazirligi

23.

“Buxorodavsuvmaxsuspudrat” DUK

24.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

25.

Suv xo‘jaligi va melioratsiya

(TIQXMMI Buxoro filiali)

Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

Suv xo‘jaligi vazirligi

26.

Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

27.

Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi

28.

Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi

29.

Amu-Buxoro mashina kanali Qiziltepa tuman boshqarmasi

30.

Yerdan foydalanish
va yer kadastri

(TIQXMMI
Buxoro filiali)

Buxoro viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

“Davyergeodezkadastr”
qo‘mitasi

31.

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti
hududiy bo‘linmasi

32.

Buxoro viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri
davlat korxonasi

33.

Umumiy texnika
fanlari kafedralari

(TIQXMMI
Qarshi filiali)

Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
va uning bo‘linmalari

Suv xo‘jaligi vazirligi

34.

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi

35.

Qashqadaryo viloyati Yer resurslari
va davlat kadastri boshqarmasi

“Davyergeodezkadastr”
qo‘mitasi

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Loyiha nomi

Qiymati

Amalga oshirish muddati

Amalga oshirish uchun asos

1.

Islom taraqqiyot banki ishtirokida
“Xorazm viloyatining Toshsaqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini tiklash”

145,5 mln AQSh doll., shundan:

xorijiy kreditlar — 90,4 mln doll.;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — 55,1 mln doll.

2013 ― 2019-yillar

(2021-yil 1-iyungacha uzaytirilgan)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-noyabrdagi “Xorazm viloyatining Toshsaqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini tiklash” loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1849-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-avgustdagi “Xorazm viloyatining Toshsaqa tizimidagi magistral sug‘orish kanallarini tiklash” investitsiya loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 282-son qarori.

2.

Fransiya Respublikasi hukumati ishtirokida
“Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchkara”
nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish”

hamda Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokida
“Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash”

406,3 mln AQSh doll., shundan:

xorijiy kreditlar — 325,7 mln doll.;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — 80,6 mln doll.

2014 ― 2020-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-avgustdagi “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchkara” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini Fransiya Respublikasi hukumati ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2029-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 28-martdagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2156-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 25-avgustdagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini tiklash” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2396-sonli qarori.

3.

Jahon banki ishtirokida “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash”

376,7 mln AQSh doll., shundan:

xorijiy kreditlar — 214,9 mln doll.;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — 161,8 mln doll.

2015 ― 2021-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-martdagi “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2324-son qarori.

4.

Islom taraqqiyot banki ishtirokida

“Surxondaryo viloyatida suv resurslarini
boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘ — Oqkapchigay
kanallar tizimini rekonstruksiya qilish)”

122,7 mln AQSh doll., shundan:

xorijiy kreditlar — 89,6 mln doll.;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — 33,2 mln doll.

2015 ― 2019-yillar

(2020-yil 1-sentabrgacha uzaytirilgan)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-apreldagi “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‘ — Oqkapchigay kanali tizimini rekonstruksiya qilish)” loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2332-son qarori.

5.

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kredit mablag‘lari hisobidan “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash. 3-faza”

105,3 mln AQSh doll., shundan:

xorijiy kreditlar — 43,2 mln doll.;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — 22,1 mln doll.;

O‘TTJ — 40,0 mln doll.

2017 ― 2019-yillar

(2023-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash. 3-faza” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2977-son qarori.

6.

Jahon banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza”

228,2 mln AQSh doll., shundan:

xorijiy kreditlar — 144,9 mln doll.;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — 83,3 mln doll.

2017 ― 2024-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3282-son qarori.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. 1-bandning to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 5-bandning “b” va “v” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
3. 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
izohdagi “20” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin.
izohdagi “231”, “20” va “17” raqamlari tegishincha “219”, “19” va “16” raqamlari bilan almashtirilsin.
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. 6a-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi