Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 25.12.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat sektorning salmog‘ini kengaytirish borasida tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Nodavlat umumta’lim tashkiloti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik
to‘g‘risidagi diplomning tavsifi

Kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och havo rangda bosib chiqariladi. Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 22 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 25 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan. Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida” so‘zlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va yetti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och havo rang fonda bosib chiqariladi.

Diplom:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qog‘ozlar;
o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.

Kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik
to‘g‘risidagi sertifikatning tavsifi

Kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och yashil rangda bosib chiqariladi. Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 22 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 25 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan. Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va yetti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och yashil rang fonda bosib chiqariladi.

Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qog‘ozlar;
o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi xatboshidagi “10 kun ichida” so‘zlari “15 ish kuni ichida, oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kuni ichida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “1 kun muddat” so‘zlari “3 ish kuni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “10 kundan ortiq” so‘zlari “15 ish kunidan, oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunidan ortiq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
d) 26-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi