Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jon boshiga va “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish mexanizmi tajriba-sinov tarzida joriy etiladigan Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarining RO‘YXATI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi VAQTINChALIK NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Moliyalashtirishning prognoz hajmini aniqlash va shartnomalarni tuzish tartibi

3-bob. Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiyot tashkilotlari xarajatlarini to‘lash tartibi

4-bob. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi VAQTINChALIK NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga aholini biriktirish tartibi

3-bob. Birlamchi bo‘g‘in muassasalari budjetini aniqlash

4-bob. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun birlamchi bo‘g‘in muassasalari xarajatlari haqini to‘lash tartibi

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
20__ yil 1-yanvardagi holatga ko‘ra tuman (shahar) aholisining TARKIBI

Hujjat 11.01.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

20__ yil “___” ________ №, № ______; ______

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamning qiymati va hajmiga muvofiq
“har bir davolangan holat” bo‘yicha haq to‘lash yuzasidan
NA’MUNAVIY ShARTNOMA

20__ yil “____” ____________

__________ shahri

__________________________ viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi nomidan, Nizom asosida ish ko‘ruvchi, bundan keyin “Moliya boshqarmasi” deb yuritiladi, boshqarma boshlig‘i _________________________________________,

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

__________________________ viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi nomidan, Nizom asosida ish ko‘ruvchi, bundan keyin “Buyurtmachi” deb yuritiladi, boshqarma boshlig‘i __________________________________________,

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_________________________ shifoxona (dispanser) nomidan, Nizom asosida ish ko‘ruvchi, bundan keyin “Xizmat ko‘rsatuvchi” deb yuritiladi, bosh shifokor _____________________________________________________,

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_________________________ tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdi:

I. Shartnoma predmeti

1. “Buyurtmachi” aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning hajmini tasdiqlaydi, “Xizmat ko‘rsatuvchi” mazkur hududda yashovchi shaxslarga zarur statsionar tibbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2. “Xizmat ko‘rsatuvchi” ushbu shartnomaga ilovaga muvofiq hajmlarda tibbiy yordam olishni istagan shaxslarga zarur statsionar tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
3. “Moliya boshqarmasi” tegishli g‘aznachilik bo‘limlari orqali shaxslarga ko‘rsatilgan statsionar tibbiy yordamning qiymatini mazkur shartnoma shartlarida belgilangan hajmlarda va tartibda budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beradi.

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4. “Moliya boshqarmasi”ning xuquqlari:
• “Xizmat ko‘rsatuvchi”dan mazkur shartnoma talablariga rioya qilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatish maqsadida mijozlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam turlari, hajmlari va boshqa ma’lumotlarni olish;
• budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalari, hisobotlarni to‘g‘ri tuzish bo‘yicha “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning faoliyati yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi” faoliyatiga e’tirozlar bildirish, zarar yetkazilgan hollarda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash.
5. “Moliya boshqarmasi”ning majburiyatlari:
• moliya yili uchun viloyat budjeti parametrlarida tasdiqlangan va tegishli tuman uchun taqsimlangan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadlariga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘lari hajmini “Buyurtmachiga”ga yetkazish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi”ga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam uchun shartnomaning 3-bandiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida moliyalashtirishni amalga oshirish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning davlat budjeti mablag‘lari h�sobidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyati va hisobotning to‘g‘ri tuzilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatish;
• Qonunchilikda va mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
6. “Buyurtmachi”ning huquqlari:
• bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga amal qilinishining ahvoli yuzasidan nazorat o‘rnatish uchun “Xizmat ko‘rsatuvchi”dan doimiy ravishda tegishli ma’lumotlar olish;
• ko‘rsatgan tibbiy xizmat mazkur shartnoma talablariga hajm va sifat jihatidan mos kelishi yuzasidan monitoring o‘rnatish, tekshiruvlar o‘tkazish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi” faoliyatiga e’tirozlar bildirish, zarar yetkazilgan hollarda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;
7. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:
• moliya yili uchun aniqlangan tibbiy xizmat hajmi (davlat buyurtmasini) “Xizmat ko‘rsatuvchi”ga bajarish uchun taqdim etish maqsadida mazkur shartnomaga ilovaga muvofiq tasdiqlash;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi” statsionar sharoitda davolayotgan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam shartlari, hajmi, muddati, sifati yuzasidan nazorat o‘rnatish;
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Xizmat ko‘rsatuvchi” statsionar sharoitda davolayotgan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam shartlari, hajmi, muddati, sifati yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda ishtirok etish;
• fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlari to‘g‘risidagi axborotlar, tibbiy xizmat hajmlari, turlari va uni olish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan “Xizmat ko‘rsatuvchi”ni ta’minlash;
• Qonunchilikda va mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
8. “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning huquqlari:
• mazkur shartnoma asosida ko‘rsatilgan tibbiy yordam uchun o‘z xarajatlarini qoplashga budjetda belgilangan hajmlardagi mablag‘ni olish;
• ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat xarajatlarini qoplash uchun budjet mablag‘larini olish jarayonidagi muammolar yuzasidan viloyat hokimligi Moliya boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilish.
9. “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning majburiyatlari:
• diagnostika va davolash standartlariga muvofiq yo‘llanma asosida murojaat qilgan shaxslarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bemorlarning tanlov asosida davolanish va shifokorni tanlash huquqini ro‘yobga chiqarish, tibbiy xizmatlarni mazkur shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, texnologiya va kasb etikasining yuksak darajasida ko‘rsatish;
• mijoz sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi shifokor sirini oshkor qilmaslik;
• mijozlarga “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning ish tartibi, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari, uning sifati va muvofiqligi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish;
• ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning hajmi, muddatlari, sifati va shartlari yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat uchun tegishli ma’lumotlarni “Buyurtmachi” va “Moliya boshqarmasi”ga xisobot davrining keyingi oyi 25 sanasigacha bo‘lgan muddatda taqdim etish;
• budjet mablag‘laridan foydalanganlik va shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlarga hisobotlarni taqdim etib borish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi” yoki uning xodimlarining aybi bilan mijozning sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonni, shuningdek, bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan zararlarni to‘liq hajmda qoplash;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va mazkur shartnoma shartlarida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

III. Tomonlarning javobgarligi

10. “Moliya boshqarmasi” budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat o‘rnatishga javobgardir.
11. “Buyurtmachi” shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish tizimiga o‘tish jarayonida “Xizmat ko‘rsatuvchi”ga tashkiliy va metodik yordam ko‘rsatish va tibbiy xizmat sifati bo‘yicha nazoratni ta’minlash uchun javobgardir.
12. “Xizmat ko‘rsatuvchi” mijozlarga diagnostika va davolash standartlariga muvofiq sifatli va zarur hajmlarda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun javobgardir.

IV. Fors-major

13. Tomonlarning har biri, agar o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida (er qimirlashi, suv toshqini, yong‘in, epidemiya i boshqa tabbiy ofatlar) yuz bersa, ushbu muddatlarga majburiyatlar bajarilishi kechiktiriladi va mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

V. Shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish tartibi

14. Mazkur shartnoma uni barcha tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va moliya yili yakunigacha 20__ yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
15. Tomonlar shartnoma shartlarini bajarishdan bir tomonlama voz kechish huquqiga ega emas.
16. Mazkur shartnoma quyidagi holatlar yuz bergan paytdan boshlab bekor qilingan hisoblanadi: tomonlardan birining tugatilishi; tomonlar yozma ravishda shartnomani bekor qilish to‘g‘risida ahdlashuv tuzib, vakolatli vakillar tomonidan imzolanishi.
17. Mazkur shartnoma bekor qilinganda, tomonlar 10 kun muddat ichida o‘zaro-hisob-kitoblarni solishtirib, debitor va kreditor qarzdorliklarni tugallab, yakuniy hisob-kitoblar to‘g‘risida tegishli dalolatnoma tuzadi.

VI. Yakunlovchi qoidalar

18. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan barcha boshqa masalalar yuzasidan tomonlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida ish ko‘rishadi.
19. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar, agar ular yozma shaklda tuzilgan bo‘lsa va tomonlarning bunga vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolangan bo‘lsa, haqiqiy va mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
20. Mazkur shartnoma har bir tomon uchun bir nusxadan, jami to‘rt nusxada tuzildi, barcha nusxalar o‘xshash va bir xil yuridik kuchga egadir.
21. Mazkur shartnomani bajarishda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolar va kelishmovchiliklar imkoni boricha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
Nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal etish mumkin bo‘lmagan taqd�rda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqli.

VII. Tomonlarning manzillari va rekvizitlari:

BUYuRTMAChI:
Manzili:_______________________________ _______________________________________ X/R ___________________________________ MFO __________________________________
INN __________________________________
OKONX _______________________________
INN __________________________________

MOLIYA BOShQARMASI:
Manzili:_______________________________ _______________________________________ X/R ___________________________________ MFO __________________________________ INN __________________________________ OKONX _______________________________ INN __________________________________

“_______”

_________

_________

“_______”

_________

_________

sana

imzo

sana

imzo

M.O‘.

M.O‘.

XIZMAT KO‘RSATUVChI:

11. Birlamchi bo‘g‘in muassasalarini saqlab turish uchun xarajatlar har oyda o‘rtacha taxminan yillik budjetning 12 dan bir qismi miqdorida ayrim tibbiy xizmat turlariga bo‘lgan ehtiyojlar mavsumiy o‘zgarishi hisobga olingan holda moliyalashtiriladi. Har oy uchun moliyalashtirishning prognoz hajmlari 2-ilovada keltirilgan shakldagi shartnomalarda belgilanadi. Birlamchi bo‘g‘in muassasalari vafot etgan, hisobdan chiqarilgan va yangi biriktirilgan aholini hisobga olgan holda, biriktirilgan aholi haqida har chorakda sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarini va moliya organlarini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

20__ yil “___” ________ №, № ______; ______

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan
ko‘rsatilgan tibbiy yordamning jon boshiga haq to‘lash yuzasidan
NA’MUNAVIY ShARTNOMA

20__ yil “___” ____________

__________ shahri

_________________________ viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi nomidan, Nizom asosida ish ko‘ruvchi, bundan keyin “Moliya boshqarmasi” deb yuritiladi, boshqarma boshlig‘i _________________________________________,

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_____________________________ viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi nomidan, Nizom asosida ish ko‘ruvchi, bundan keyin “Buyurtmachi” deb yuritiladi, boshqarma boshlig‘i _______________________________________
_____________________________________, _________________________________ (tuman birlamchi bug‘in muassasasi)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

nomidan, Nizom asosida ish ko‘ruvchi, bundan keyin “Xizmat ko‘rsatuvchi” deb yuritiladi, bosh shifokor ______________________________________, bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib, shartnomalar

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

asosida moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdi:

I. Shartnoma predmeti

1. “Buyurtmachi” aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning hajmini tasdiqlaydi, “Xizmat ko‘rsatuvchi” mazkur hududda yashovchi shaxslarga zarur tibbiy yordamni ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2. “Xizmat ko‘rsatuvchi” ushbu shartnomaga ilovaga muvofiq hajmlarda tibbiy yordam olishni istagan shaxslarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
3. “Moliya boshqarmasi” tegishli g‘aznachilik bo‘limlari orqali shaxslarga ko‘rsatilgan tibbiy yordamning qiymatini mazkur shartnoma shartlarida belgilangan hajmlarda va tartibda budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beradi.

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4. “Moliya boshqarmasi”ning xuquqlari:
• “Xizmat ko‘rsatuvchi”dan mazkur shartnoma talablariga rioya qilinishi bo‘yicha nazorat o‘rnatish maqsadida mijozlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam turlari, hajmlari va boshqa ma’lumotlarni olish;
• budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalari, hisobotlarni to‘g‘ri tuzish bo‘yicha “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning faoliyati yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi” faoliyatiga e’tirozlar bildirish, zarar yetkazilgan hollarda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash.
5. “Moliya boshqarmasi”ning majburiyatlari:
• moliya yili uchun viloyat budjeti parametrlarida tasdiqlangan va tegishli tuman uchun taqsimlangan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadlariga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘lari hajmini “Buyurtmachiga”ga yetkazish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi”ga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam uchun shartnomaning 3-bandiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan o‘z vaqtida moliyalashtirishni amalga oshirishi;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyati va hisobotning to‘g‘ri tuzilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatish;
• Qonunchilikda va mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
6. “Buyurtmachi”ning huquqlari:
• bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga amal qilinishining ahvoli yuzasidan nazorat o‘rnatish uchun “Xizmat ko‘rsatuvchi”dan doimiy ravishda tegishli ma’lumotlar olish;
• ko‘rsatgan tibbiy xizmat mazkur shartnoma talablariga hajm va sifat jihatidan mos kelishi yuzasidan monitoring o‘rnatish, tekshiruvlar o‘tkazish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi” faoliyatiga e’tirozlar bildirish, zarar yetkazilgan hollarda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni undirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;
7. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:
• moliya yili uchun aniqlangan tibbiy xizmat hajmi (davlat buyurtmasini) “Xizmat ko‘rsatuvchi”ga bajarish uchun taqdim etish maqsadida mazkur shartnomaga ilovaga muvofiq tasdiqlash;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi” bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam shartlari, hajmi, muddati, sifati yuzasidan nazorat o‘rnatish;
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam shartlari, hajmi, muddati, sifati yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda ishtirok etish;
• fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlari to‘g‘risidagi axborotlar, tibbiy xizmat hajmlari, turlari va uni olish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan “Xizmat ko‘rsatuvchi”ni ta’minlash;
• Qonunchilikda va mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
8. “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning huquqlari:
• mazkur shartnoma asosida ko‘rsatilgan tibbiy yordam uchun o‘z xarajatlarini qoplashga budjetda belgilangan hajmlardagi mablag‘ni olish;
• ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat xarajatlarini qoplash uchun budjet mablag‘larini olish jarayonidagi muammolar yuzasidan, viloyat Hokimligi Moliya boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilish.
9. “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning majburiyatlari:
• murojaat qilgan shaxslarga diagnostika va davolash standartlariga muvofiq bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bemorlarning tanlov asosida davolanish va vrachni tanlash huquqini ro‘yobga chiqarish, tibbiy xizmatlarni mazkur shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, texnologiya va kasb etikasining yuksak darajasida ko‘rsatish;
• mijoz sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi shifokor sirini oshkor qilmaslik;
• mijozlarga “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning ish tartibi, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari, uning sifati va muvofiqligi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish;
• ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning hajmi, muddatlari, sifati va shartlari yuzasidan o‘taziladigan nazorat uchun tegishli ma’lumotlarni “Buyurtmachi” va “Moliya boshqarmasi”ga xisobot davrining keyingi oyi 25 sanasigacha bo‘lgan muddatda taqdim etish;
• budjet mablag‘laridan foydalanganlik va shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlarga hisobotlarni taqdim etib borish;
• “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning yoki uning xodimlarining aybi bilan mijozning sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonni, shuningdek bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan zararlarni to‘liq hajmda qoplash;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va mazkur shartnoma shartlarida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

III. Tomonlarning javobgarligi

10. “Moliya boshqarmasi” budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat o‘rnatishga javobgardir.
11. “Buyurtmachi” shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish tizimiga o‘tish jarayonida “Xizmat ko‘rsatuvchi”ga tashkiliy va metodik yordam ko‘rsatish va tibbiy xizmat sifati bo‘yicha nazoratni ta’minlash uchun javobgardir.
12. “Xizmat ko‘rsatuvchi” mijozlarga diagnostika va davolash standartlariga muvofiq sifatli va zarur hajmlarda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun javobgardir.

IV. Fors-major

13. Tomonlarning har biri, agar o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida (er qimirlashi, suv toshqini, yong‘in, epidemiya i boshqa tabbiy ofatlar) yuz bersa, ushbu muddatlarga majburiyatlar bajarilishi kechiktiriladi va mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

V. Shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish tartibi

14. Mazkur shartnoma uni barcha tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va moliya yili yakunigacha 20__ yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
15. Tomonlar shartnoma shartlarini bajarishdan bir tomonlama voz kechish huquqiga ega emas.
16. Mazkur shartnoma quyidagi holatlar yuz bergan paytdan boshlab bekor qilingan hisoblanadi:
tomonlardan birining tugatilishi;
tomonlar yozma ravishda shartnomani bekor qilish to‘g‘risida ahdlashuv tuzib, vakolatli vakillar tomonidan imzolanishi.
17. Mazkur shartnoma bekor qilinganda, tomonlar 10 kun muddat ichida o‘zaro-hisob-kitoblarni solishtirib, debitor va kreditor qarzdorliklarni tugallab, yakuniy hisob-kitoblar to‘g‘risida tegishli dalolatnoma tuzadi.

VI. Yakunlovchi qoidalar

18. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan barcha boshqa masalalar yuzasidan tomonlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida ish ko‘rishadi.
19. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va �o‘shimchalar, agar ular yozma shaklda tuzilgan bo‘lsa va tomonlarning bunga vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolangan bo‘lsa, haqiqiy va mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
20. Mazkur shartnoma har bir tomon uchun bir nusxadan, jami to‘rt nusxada tuzildi, barcha nusxalar o‘xshash va bir xil yuridik kuchga egadir.
21. Mazkur shartnomani bajarishda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolar va kelishmovchiliklar imkoni boricha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
Nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal etish mumkin bo‘lmagan taqdirda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqli.

VII. Tomonlarning manzillari va rekvizitlari:

BUYuRTMAChI:
Manzili:_______________________________ _______________________________________ X/R ___________________________________ MFO __________________________________
INN __________________________________
OKONX _______________________________
INN __________________________________

MOLIYA BOShQARMASI:
Manzili:_______________________________ _______________________________________ X/R ___________________________________ MFO __________________________________ INN __________________________________ OKONX _______________________________ INN __________________________________

“_______”

_________

_________

“_______”

_________

_________

sana

imzo

sana

imzo

M.O‘.

M.O‘.

XIZMAT KO‘RSATUVChI:
Manzili:_______________________________ _______________________________________ X/R ___________________________________ MFO __________________________________ INN __________________________________ OKONX _______________________________ INN __________________________________

“_______”

_________

_________

sana

imzo

M.O‘.

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi