Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 10.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Direksiyalar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilmaga asosan davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan ustavlar asosida faoliyat yuritadi yoki xususiy boshqaruv tashkilotlari tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili bevosita kelib yoki pochta (xabardor qilgan holda buyurtma xati) orqali direksiyaga KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldirilgan va quyidagilar ilova qilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi o‘rinlarda investitsiya buyurtmanomasi deb ataladi) ikki nusxada, muhrlangan konvertlarda tanlov haqidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Ma’muriy kengashning bayonnomasi qabul qilinganidan boshlab uch ish kuni mobaynida direksiya va tanlov g‘olibi o‘rtasida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida quyidagilarni nazarda tutadigan bitim tuziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

__________ viloyatining

Erkin iqtisodiy zonalar

va kichik sanoat zonalarining

ma’muriy kengashiga


“______________________” kichik sanoat zonasida joylashgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

INVESTITSIYa BUYuRTMANOMASI


1. Talabgor haqida ma’lumot:

Talabgor tashkilotning nomi, joylashgan mamlakati

Talabgor haqida ma’lumotlar, shu jumladan davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi va joyi, ta’sischisi(lari) va boshqalar.

Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav fondida ta’sischilar ulushlarining taqsimlanishi va ulushlar shakli

Talabgor tashkilot joylashgan joy (manzili)

2. Investitsiya loyihasi haqida ma’lumotlar:

Investitsiya loyihasining nomi

Investitsiya loyihasining tavsifi i maqsadi, shu jumladan rejalashtirilayotgan yillik ishlab chiqarish quvvati

Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, maqsadi va asosiy xususiyatlari

Mahsulot ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik hajmi, shu jumladan eksport qilish va ichki bozor uchun mo‘ljallangan hajmlar (fizik va qiymat ko‘rinishida)

Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning asosiy turlari (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi ( % da)

Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga bo‘lgan yillik ehtiyoj (so‘mda yoki AQSh dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import.

Mahsulot standartlari — O`zDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar.

Ishlab chiqarish ishga tushgan sana

Yaratilgan yangi ish o‘rinlarining soni, shu jumladan mahalliy ishchilar

3. Zarur maydon va infratuzilma haqidagi ma’lumot:

Talab etiladigan maydon (ga)

Talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni (kv. metr)

Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj (bir yilda kVt/soat), belgilanayotgan quvvat (kVt yoki MVt)

Tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj (bir yilda kub metr), bosim (atm.)

Ichimlik va texnik suviga (yiliga kub metr) hamda kanalizatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj

Mavjud tashlamalar, shu jumladan gazlar (nomi) kg yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomi) t/oyiga, suyuq chiqindilar (nomi) t/oyiga va boshqalar.

4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari:

Investitsiya loyihasining qiymati (so‘mda yoki AQSh dollari ekv.)

Moliyalashtirish manbalari (to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, ta’sischilarning mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari)

Mashina va uskunalarning qiymati (so‘mda yoki AQSh dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import

QMI qiymati (so‘mda yoki AQSh dollari ekv.)

Aylanma kapitalning summasi (so‘mda yoki AQSh dollari ekv.)

Investitsiyalar kiritish jadvali va shakli

Loyihaning qoplash muddati (biznes-rejaga muvofiq)



Rahbar

______________

(imzo)

_________________________________

(F.I.O.)

“_________________________________” KIChIK SANOAT ZONASI
HUDUDIDA INVESTITSIYa LOYIHASINI
AMALGA OShIRISh TO‘G‘RISIDA
NAMUNAVIY BITIM

“_________________________________ KIChIK SANOAT ZONALARINI
BOShQARISh DIREKSIYASI” DAVLAT MUASSASASI

va
“________________________________” o‘rtasida
(kichik sanoat zonasi ishtirokchisi)

20____ yil “____” _____________dagi
__________-son

Keyingi o‘rinlarda “___________” KSZ direksiyasi deb nomlanadigan va .................... asosida harakat qiladigan “___________” kichik sanoat zonasi direksiyasi” DM bir tomondan hamda keyingi o‘rinlarda KSZ ishtirokchisi deb nomlanadigan ............... va ……………. asosida harakat qiladigan, birgalikda Tomonlar deb nomlanuvchilar mazkur Bitimni quyidagilar haqida tuzdi:

1-MODDA
TUShUNChALAR VA IZOHLAR

Investitsiya loyihasi — “___________” KSZ hududida investitsiya obyektini qurish (tashkil etish) bo‘yicha o‘z kapitali va (yoki) turli manbalardan jalb qilinadigan (to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar) kapitaldan foydalangan holda loyihaoldi, tayyorgarlik, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, ishga tushirish-sozlash ishlari, xomashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berish va keyinchalik foydalanish maqsadida investitsiya obyektini oldindan belgilangan vaqt davomida ishga tushirish shaklidagi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmui.

2-MODDA
BITIM PREDMETI

2.1. Iqtisodiy imkoniyat, texnik va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan KSZ ishtirokchisi KSZ hududida __________ ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish majburiyatini oladi.
2.2. Investitsiya loyihasi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, ta’sischilarning o‘z mablag‘lari yoki KSZ ishtirokchisining javobgarligi ostida jalb etiladigan kredit resurslari hisobidan amalga oshiriladi.
2.3. Investitsiya loyihasi bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Investitsiyalarning umumiy miqdori ______yil davomida (investitsiya kiritish jadvaliga muvofiq) ________ so‘mni tashkil etadi.

3-MODDA
“____________________” KSZ DIREKSIYASINING
HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. Ushbu bitimga muvofiq “________________” KSZ Direksiyasi unga berilgan vakolatlari doirasida quyidagi majburiyatlarni qabul qiladi:
3.1.1. Investitsiya loyihasining Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihasini amalga oshirish jadvaliga muvofiq o‘z vaqtida amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
3.1.2. KSZ ishtirokchisi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng “________________” KSZ ishtirokchilari reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish va unga “________________” KSZ ishtirokchisi guvohnomasini berish;
3.1.3. Investitsiya loyihasini ishga tushirish va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlash, hududni obodonlashtirishga doir masalalarni hal etishda yordam berish.
3.2. “________________” KSZ quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1. KSZ ishtirokchisidan investitsiya loyihasini amalga oshirish holati haqidagi ma’lumotlar va KSZ ishtirokchisining ushbu bitim bo‘yicha qabul qilgan majburiyatlarini bajarishi haqidagi hisobotlarni olish;
3.2.3. “________________” KSZ hududida joylashgan davlat tasarrufidagi ko‘chmas mulk obyektlarini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
3.2.4. KSZ ishtirokchisi Bitim bo‘yicha majburiyatlarini jiddiy buzgan holatlarda, shu jumladan o‘z vaqtida investitsiya kiritish, investitsiya loyihasini ishga tushirish va uning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari normalariga amal qilmaslik masalalarida Ma’muriy kengashga “________________” KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish haqida takliflar kiritish.

4-MODDA
KSZ IShTIROKChISINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Ushbu Bitimga muvofiq KSZ ishtirokchisi quyidagi majburiyatlarni qabul qiladi:
4.1.1. _____ yil davomida ______________so‘m miqdordagi (yoki mln. AQSh dollari ekv.) investitsiyani ilovaga muvofiq investitsiya loyihasini tarmoq jadvaliga asosan amalga oshirishda to‘liq miqdorda kiritish;
4.1.2. Ilovaga muvofiq tarmoq jadvaliga asosan ishlab chiqarish obyektining qurilishini yoki kapital ta’mirlanishini boshlash va tugatish;
4.1.3. Ishlab chiqarishning o‘rtacha yillik hajmini investitsiya loyihasining biznes-rejasiga muvofiq eksport qilish va ichki bozorga yetkazib berish;
4.1.4. Qurilish-montaj ishlari, uskunalarni o‘rnatish va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda tegishli me’yorlar va qoidalar, shu jumladan ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
4.1.5. Standartlarga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini boshqarish tizimi joriy etilishini ta’minlash;
4.1.6. Mehnat sharoitini va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishini ta’minlash, mahalliy aholi bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratish;
4.1.7. Har chorakda “________________” KSZ Direksiyasiga investitsiya loyihasining bajarilishini (shu jumladan, investitsiyalar hajmi, ishlab chiqarishni ishga tushirish muddati, eksport, yangi ish o‘rinlari) haqida tarmoq jadvalida ko‘rsatilgan muddatda hisobotlar taqdim etish;

5-MODDA
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Ushbu Bitim bo‘yicha tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarmaganda va/yoki tegishli darajada bajarmasa, Bitim shartlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Bitimda belgilanmagan hollarda esa tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ishtirokchi o‘zi qabul qilgan majburiyatlarni bajarmasa, ushbu Bitimga muvofiq Ma’muriy kengashning qaroriga asosan “________________” KSZ ishtirokchisi maqomidan ma’rum etilib, belgilangan barcha imtiyoz va afzalliklar, shu jumladan uzoq muddatli ijara shartnomasi tegishli ravishda tugatiladi.
5.2. KSZ ishtirokchisi “________________” KSZ direksiyasining majburiyatlari uchun javobgar emas, shuningdek, “________________” KSZ Direksiyasi ham KSZ ishtirokchisining majburiyatlari bo‘yicha javobgar emasdir.

6-MODDA
BITIMNI O‘ZGARTIRISh YOKI BEKOR QILISh

6.1. Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan Bitimga Ma’muriy kengashning tegishli qaroriga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. O‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilib, tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanishi lozim.
6.2. Bitimning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
6.2.1. Ajratib berilgan hududdan maqsadli foydalanilmasa yoki qurilish-montaj ishlarini boshlash belgilangan muddatlarda ta’minlanmasa.
6.2.2. Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmasa;
6.2.3. Tadbirkorlik subyekti “________________” KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum etilsa;
6.2.4. “________________” KSZ faoliyati muddatidan oldin tugatilsa;
6.2.5. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
6.3. Ushbu Bitim bekor qilinganda, KSZ ishtirokchisiga berilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar ham to‘xtatiladi.

7-MODDA
FORS-MAJOR

7.1. Tomonlar ushbu Bitim bo‘yicha majburiyatlarining to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikdan quyidagi holatlarda ozod etiladi: agar bu holat bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar ta’siri natijasi bo‘lganda, ya’ni favqulodda va oldini olib bo‘lmaydigan tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqinlari va boshqalar), tashqi obyektiv omillar (epidemiyalar, Tomonlarning oqilona nazorati ostida bo‘lmagan boshqa hodisalar), ushbu holatlar ta’siri mavjud bo‘lgan vaqtda, agar bu holatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu Bitimning bajarilishiga ta’sir etgan bo‘lsa.
7.2. Tomonlar bir-birlarini fors-major holatlari vujudga kelish to‘g‘risida xabardor qilishga majbur. Agar, bir Tomon boshqa Tomonni bunday holat sodir bo‘lishi haqida 30 kun muddatda o‘z vaqtida xabardor qilmasa, mazkur Tomon ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni fors-major sifatida e’tirof etish huquqini yo‘qotadi.
Fors-major holatlari sodir bo‘lgan hududdagi vakolatli tashkilot tomonidan berilgan tasdiq bunday holatlar mavjudligi va ularning davomiyligiga yetarli dalil bo‘ladi.
7.3. Agar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar vujudga keltirgan holatlar bir yildan ziyod davom etsa, Tomonlar ushbu Bitimni, jarimalar va (yoki) boshqa tegishli mablag‘larni to‘lamasdan, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshqa Tomonning ko‘rgan ziyonini kamaytirish bo‘yicha barcha imkoniyati bo‘lgan choralarni ko‘rib, davom ettirishdan bosh tortish huquqiga ega.
7.4. Ikkala Tomon ham fors-major holatlari oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga majbur.

8-MODDA
NIZOLARNI HAL ETISh

8. Tomonlar ushbu Bitimning ijrosi natijasida kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni o‘zaro muzokaralar va maslahatlar yo‘li bilan hal qilish uchun harakat qiladi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

9-MODDA
QO‘ShIMChA ShARTLAR

9.1. Ushbu Bitim shartlari va Tomonlarning moliyaviy holati to‘g‘risidagi har qanday ma’lumot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.
9.2. Tomonlar to‘lov va pochta rekvizitlaridagi barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida bir-birini zudlik bilan xabardor qilishlari shart. Eski manzil va hisob raqamlari bo‘yicha, ularning o‘zgarishi to‘g‘risida xabardor bo‘lishdan oldin amalga oshirilgan harakatlar majburiyatlarni bajarishda hisobga olinadi.
9.3. Ushbu Bitim har bir tomon uchun bittadan ikki nusxada davlat (yoki rus) tilida tuzilgan. Hamma nusxalar teng yuridik kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelgan taqdirda Tomonlar tegishli ravishda o‘zbek (yoki rus) tilidagi matnga murojaat etadi.

10-MODDA
BITIMNING KUChGA KIRIShI
VA AMAL QILISh MUDDATI

10.1. Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va “____________________” KSZ faoliyatining butun davrida amal qiladi.
10.2. Mazkur Bitimdagi barcha qoidalar Tomonlar uchun imzolangan sanadan boshlab majburiydir.

TOMONLARNING MANZILI VA BANK REKVIZITLARI:

“_________________”” kichik sanoat
zonasi Direksiyasi” DM _______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________

“_______________” KSZ
ishtirokchisi
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________
_______________________________________

Keyingi tahrirga qarang.

Kichik sanoat zonasi hududida joylashgan yer uchastkasini
uzoq muddatli ijaraga olishning
NAMUNAVIY ShARTNOMASI

20__y. “___” _______________

________ - son

___________________ sh.

Keyingi o‘rinlarda “Ijaraga beruvchi” deb nomlanadigan “______________” kichik sanoat zonasi direksiyasi” DM bir tomondan ______________ direktori (hoki�i) nomidan va keyingi o‘rinlarda Ijaraga oluvchi deb nomlanuvchi ikkinchi tomondan _________________ nomidan mazkur shartnomani Ma’muriy kengashning 20___ yil “__”___________ dagi ___- son majlis Bayoni qaroriga asosan quyidagilar to‘g‘risida tuzdi.

I. Shartnoma predmeti

1.1. Ijaraga beruvchi yer uchastkasini 20_____ yil “___” _________ dan _____ yilga uzoq muddatli ijaraga beradi, Ijaraga oluvchi esa _______ viloyatining _______tumanidagi (shahridagi) __________ KSZda joylashgan ________ ga. yer uchastkasini ijaraga oladi.
Yer uchastkasining chegaralari shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan va ilova qilinadigan xaritada ko‘rsatiladi.
1.2. Yer uchastkasi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun beriladi va quyidagi maqsadda foydalaniladi:

_______________________________________________________________________________________________________

(investitsiya loyihasining nomi)

va quyidagi maqsadda ishlatiladi:________________________________________________________________________

(loyihadan kelgusida foydalanish maqsadi, mahsulotning nomi, qurilish turi va boshqa rejalar)

1.3. Ajratilgan yer uchastkasida quyidagilar joylashgan:
_______________________________________________________________________________________________________

(yer uchastkasining xolati, yer maydonida joylashgan bino va inshootlar)

1.4. Yer uchastkasiga quyidagi kommunikatsiyalar o‘tkazilgan: ___________________________________________________

( muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari va ularning ayni damdagi texnik holati,

_______________________________________________________________________________________________________

elektr tarmog‘i, gaz, ichimlik suvi va oqava suv, yo‘llar va boshqalar)

II. Ijara to‘lovi

2.1. Yer uchastkasiga yillik ijara to‘lovi quyidagi miqdorda belgilanadi: ______________________________________
_______________________________________________________________________________________________________
2.2. Yillik ijara to‘lovi quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: ___________________________________________
_______________________________________________________________________________________________________

(yillik ijara to‘lovi to‘lash muddati va miqdori ko‘rsatiladi)

2.3. O‘z vaqtida to‘lanmagan ijara to‘lovi uchun quyidagi miqdorda penya undiriladi: _____________________________
_______________________________________________________________________________________________________

III. Yer uchastkasini berish
va undan foydalanish tartibi

3.1. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 1.2.-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish shart.
3.2. Ijara�a oluvchi ichki xo‘jalik obyektlarini qurida ziyon yer uchastkalari Ijaraga oluvchining mablag‘i va kuchlari hisobidan qayta o‘z holatiga keltiriladi.
3.3. Yer uchastkasini berish va foydalanishning boshqa shartlari:
_______________________________________________________________________________________________________

IV. Ijaraga beruvchining huquqlari
va majburiyatlari

4.1. Ijaraga beruvchi quyidagi xuquqlarga ega:
Ijaraga oluvchi shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, ushbu Shartnomani o‘zgartirish kiritish yoki bekor qilishni talab qilish;
yer uchastkasini cheklashni belgilash.
Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari:
4.2. Ijaraga beruvchi:
yer uchastkasini ushbu shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan holatda va belgilangan muddatda berilishini ta’minlash;
ijaraga beruvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya etishga majbur.
Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari: _______________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________________________

V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari

5.1. Ijaraga oluvchi:
yer uchastkasida uning maqsadli yo‘nalishi va investitsiya loyihasiga muvofiq xo‘jalik faoliyatini yuritish;
ushbu Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun belgilangan tartibda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va qurilish loyihasiga muvofiq ishlab chiqarish va boshqa qurilma va inshootlarni qurish;
uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkasida o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan qurilma va inshootlarga, ishlab chiqargan mahsulotlarga va ularni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
belgilangan tartibda sug‘orish, drenaj, texnik va boshqa melioratsiya ishlarini bajarishga haqli.
Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
5.2. Ijaraga oluvchi:
ushbu Shartnomaning 1.2-bandiga muvofiq yer uchastkasining ixtisoslashuvini saqlash;
mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish (ixtisoslashuvni hisobga olgan holda);
erdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash va o‘z faoliyati natijasida ushbu hududda ekologik holat yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
mavjud irrigatsiya tarmoqlari va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;
yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ijara to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash;
boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari Ijaraga oluvchilari va egalarining huquqlarini buzmaslik;
belgilangan hisobot shakllarini o‘z vaqtida taqdim etib borish;
boshqa mulkdorlar, foydalanuvchilar, Ijaraga oluvchilar va yer egalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash;
arxitektura-shaharsozlik normalari va talablariga rioya etish, shu jumladan belgilangan tartibda obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlash va ularni qurilish organlari bilan kelishish, shuningdek, obyektni qurish va foydalanishga topshirishga ruxsat olishga majbur.
Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga oladi.

VI. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish

6.1. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin, agar tomonlar kelishuvga erishmasa, sud qarori bo‘yicha bekor qilinadi.
6.2. Ushbu Shartnoma quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
ijaraga beruvchi tugatilganda, shu jumladan bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy nochor holatga kelsa;
yer uchastkasining ijara huquqidan ixtiyoriy voz kechsa;
erlardan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilganda;
ijaraga oluvchining aybi bilan atrof-muhitga ziyon yetkazilganda;
ijaraga oluvchi tomonidan yer uchastkasi olingandan so‘ng olti oy mobaynida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini boshlanmagan taqdirda.
Shartnoma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.

VII. Tomonlarning javobgarligi

7.1. Agar tomonlardan biri ushbu Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzgan taqdirda, ikkinchi tomon belgilangan tartibda ushbu Shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
7.2. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan har qanday buzish holatlari shartnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘la olmaydi.
7.3. Ushbu shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon ikkinchi tomonni sabablarni asoslagan holda, shartnoma muddatining taxminiy tugashidan bir oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

VIII. Nizolarni hal qilish

8.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

IX. Shartnomaning maxsus shartlari*

9.1. Ushbu bo‘limda Shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar ko‘rsatiladi.

X. Yakunlovchi qoidalar

10.1. Ushbu shartnoma uch nusxada tuzilgan bo‘lib, ulardan bir nusxasi Ijaraga oluvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining filialida saqlanadi.
10.2. Mazkur shartnoma yer uchastkasi joylashgan hududdagi Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tomonlarning yuridik manzillari:

Ijaraga beruvchi:
___________________________________
___________________________________
___________________________________

Ijaraga oluvchi:
___________________________________
___________________________________
___________________________________

Tomonlarning imzolari:

Ijaraga beruvchi: ___________________________________ ___________________________________
___________________________________

Ijaraga oluvchi: ___________________________________ ___________________________________
___________________________________

Imzo o‘rni _________________________

Imzo o‘rni _________________________

Shartnoma ____________ viloyati ____________shahar/tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining filialida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

20 ___ y. “___” ____________________ ______- son

___________________________

_____________________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.

Kichik sanoat zonasi hududida joylashgan ishlab chiqarish
maydonlarini uzoq muddatli ijaraga olishning
NAMUNAVIY ShARTNOMASI

20___ y. _____________________

____________________________

(shartnoma tuzilish manzili)

“Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” DM (keyingi o‘rinlarda Ijaraga beruvchi deb ataladi) Ustav asosida ish yurituvchi ___________________ direktor nomidan bir tomondan va ikkinchi tomondan, _____________________________ (xo‘jalik subyektining nomi) (keyingi o‘rinlarda Ijaraga oluvchi deb ataladi) _______________________ direktor nomidan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdi:

I. ShARTNOMA PREDMETI

1.1. “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga kichik sanoat zonalari hududida (keyingi o‘rinlarda KSZ deb ataladi) joylashgan ________________________manzildagi umumiy maydoni _____ kv. metr bo‘lgan binoni, inshootni (uning qismini) (keyingi o‘rinlarda Obyekt deb ataladi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar xokimi tomonidan tasdiqlangan (oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamasdan) eng kam stavkasi bo‘yicha ijaraga beradi, “Ijaraga oluvchi” esa o‘z navbatida, “Obyekt”ni qabul qilib oladi va “Ijaraga beruvchi”ga mazkur ijara shartnomasida belgilangan ijara haqini to‘laydi.
1.2. “Ijaraga oluvchi”ga ushbu Shartnomaga 1-ilovaga muvofiq ijara to‘lovi belgilanadi. Ijara to‘lovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar xokimining har yilgi ijara to‘lovining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi qarorlari asosida o‘zgaradi va kalendar yilning oxirida tomonlar o‘rtasida yilning boshida qayta rasmiylashtiriladi.
1.3. “Ijaraga oluvchi” mazkur Shartnomaga asosan “Obyekt”dan foydalangani uchun 1-ilovaga muvofiq har oyning 10 kuniga qadar 100 foiz miqdorida “Ijaraga beruvchi”ga ijara to‘lovini oldindan to‘laydi.

II. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Mazkur Shartnoma va unga ilova barcha og‘zaki va yozma kelishuvlarni, bitimlarni va tomonlar o‘rtasidagi qarorlarni va boshqa hujjatlarni bekor qiladigan to‘liq kelishuvni anglatadi. Shartnomaga ilova uning ajralmas qismi hisoblanadi va bir xil yuridik kuchga egadir.
2.2. Ijara shartnomasining barcha qoida va shartlari majburiy tusga ega bo‘lib, tomonlarga va ularning vorislariga yoki tomonlar o‘rtasidagi bitimga muvofiq huquq va majburiyatlari berilishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
2.3. “Ijaraga beruvchi” va “Ijaraga oluvchi” boshqalarning yozma roziligisiz ushbu Shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlarini to‘liq yoki qisman boshqa shaxsga berishga haqli emas.
2.3.1. Ijara shartnomasining shartlarini buzgan holda, huquq va majburiyatlar boshqa shaxslarga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, aks holda mazkur harakatlar haqiqiy emas deb topiladi. Xususan, “Ijaraga oluvchi” tomonidan binoni ijaraga (subijaraga) berishga yo‘l qo‘yilmaydi. “Ijaraga oluvchi”ning shartnoma qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirganligi, “Ijaraga beruvchi” tomonidan shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
2.3.2. Ijara shartnomasi bo‘yicha barcha huquqlarni yoki ularning bir qismining kelishmasdan va rejalashtirilmasdan boshqa shaxsga o‘tkazilishi, huquqlarini boshqa shaxsga berayotgan tomonni mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlardan ozod qilmaydi, basharti majburiyatlardan bu tarzda ozod etish ishtirokchilar tomonidan yozma ravishda taqdim qilinmagan bo‘lsa.
2.4. Ijara shartnomasi davlat tilida uch nusxada tuziladi, har bir nusxa bir xil yuridik kuchga ega bo‘lib, “Ijaraga beruvchi”, “Ijaraga oluvchi”, shuningdek, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” DKda saqlanadi.
2.5. Ijara shartnomasini “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” DKda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun barcha xarajatlar “Ijaraga oluvchi” tomonidan amalga oshiriladi.
2.6. Ijara shartnomasi bo‘yicha tomonlar o‘rtasida �zaga keladigan nizolar, kelishmovchiliklar yoki e’tirozlar yoxud ijara shartnomasini bekor qilish, uning amal qilishini to‘xtatish va uni haqiqiy emas deb topish tomonlarning kelishish imkoniyati bo‘lmasa, qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Tomonlar sud organlariga murojaat qilishdan oldin, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal etish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni qo‘llash majburiyatini oladi.
2.7. Tomonlar mazkur ijara shartnomasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarga nisbatan qo‘llaniladigan va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan huquqni tan oladi.
2.8. Ushbu shartnoma amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar davr mobaynida barcha majburiyatlarini bajarmagunicha amal qiladi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
2.9. Ushbu shartnomaga kiritiladigan keyingi barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilib, tomonlar imzolagan taqdirda haqiqiy deb hisoblanadi, shuningdek, ushbu Shartnomaning 2.8-bandiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
2.10. Ushbu shartnomaning amal qilish muddati tomonlar kelishuvi asosida tartibga solinadi va belgilangan tartibda (barcha soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, loyihani amalga oshirish bo‘yicha bitimni ijrosi ta’minlash sharti bilan) 5 yil muddatiga uzoq muddatli ijaraga beriladi.

III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISh VA QAYTARIB OLISh TARTIBI

3.1. “Obyekt” “Ijaraga oluvchi”ga ushbu Shartnomaga 2-ilovaga muvofiq bayonnomaga asosan “Ijaraga beruvchi” ishtirokida shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtidan boshlab 3 kun ichida topshiriladi.
3.2. Ijara shartnomasining muddati tugagandan so‘ng “Ijaraga oluvchi” 3 kun muddat mobaynida “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzish orqali “Ijaraga beruvchi”ga topshiradi.
3.3. Tomonlar o‘rtasida “Obyekt”ni qabul qilish va qaytarish to‘g‘risidagi dalolatnomasi imzolanib, tasdiqlangan paytdan boshlab, “Obyekt” topshirilgan va qaytarilgan hisoblanadi.

IV. TOMONLARNING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. “Ijaraga beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
ijara to‘lovining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
“Ijaraga oluvchi” tomonidan ijaraga olingan mulkdan foydalanish shartlariga, uchinchi shaxslarning huquqlariga (servitut, garov va boshqalar) rioya etilishini nazorat qilish;
“Ijaraga oluvchi” “Obyekt”ni subijaraga bermaganligini nazorat qilish.
4.2. “Ijaraga beruvchi” quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
“Ijaraga oluvchi” tomonidan ushbu shartnomada belgilangan miqdorlarda va muddatlarda ijara to‘lovlari to‘lanishini nazorat qiladi;
ushbu ijara shartnomasining shartlariga muvofiq “Ijaraga beruvchi” tomonidan “Obyekt”ning “Ijaraga oluvchi”ga topshirilishini, ijara muddati tugagandan so‘ng “Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt” “Ijaraga beruvchi”ga qaytarilishini tashkil etadi.
4.3. “Ijaraga oluvchi” quyidagi huquqlarga ega:
ijaraga olingan “Obyekt”da o‘z hisobidan kapital va/yoki joriy ta’mirlash, “Ijaraga beruvchi” bilan kelishgan holda belgilangan tartibda rekonstruksiya qilish va yangi qurilishni amalga oshirish;
shartnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini zarur darajada bajarganida, ijara shartnomasini yangi muddatga tuzishda ustuvor huquqqa ega bo‘lish.
4.4. “Ijaraga oluvchi” quyidagi majburiyatlarga ega:
ijaraga olingan “Obyekt”ni garovga topshirmaslik va uchinchi shaxslar tomonidan undan boshqa maqsadlarda foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ijaraga olingan “Obyekt”ni subijara shartlarida topshirmaslik;
ushbu ijara to‘g‘risida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda va miqdorlarda ijara to‘lovini amalga oshirish;
ushbu Shartnomaning 4.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijaraga beruvchi”ning mas’ul shaxslarining ijaraga olingan hududga hech qanday to‘siqlarsiz kirishini �a’minlash;
bank rekvizitlari va pochta manzili, bog‘lanish uchun raqamlar (shu jumladan, mas’ul shaxslarning uyali telefon raqamlari) o‘zgarganda, bu haqda 10 kun mobaynida “Ijaraga beruvchi”ga xabar berish;
“Ijaraga beruvchi” bilan ekspluatatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha alohida shartnoma tuzish;
shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda va miqdorda ekspluatatsiya xizmatlari uchun to‘lov qilish;
“Ijaraga beruvchi” bilan kelishilgan holda elektr energiyasi, suv va gazdan foydalanishda hisoblagichlarni o‘rnatish;
o‘zining aybi bilan “Obyekt”da kommunal tizimining buzilishiga yo‘l qo‘yilsa, o‘z hisobidan ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;
ijaraga olingan hududda noqonuniy qurilishni amalga oshirmaslik, ko‘chmas mulklarni (konteyner, garaj va boshqalarni) joylashtirmaslik, shuningdek, KSZda umumiy yotoqxona tashkil etmaslik;
ijaraga olingan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun ruxsat olish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni rekonstruksiya qilish;
shartnoma muddati tugaganidan so‘ng 2 hafta mobaynida “Ijaraga beruvchi”ga “Obyekt”dan foydalanish davomida yetkazilgan zararni qaytarib berish dalolatnomasi bo‘yicha baholash tashkilotining xulosasiga ko‘ra qoplab berish;
ushbu shartnoma bekor qilingan taqdirda, 3 kun mobaynida “Obyekt”ni “Ijaraga beruvchi”ga dalolatnoma asosida qaytarib berish.
4.5. “Ijaraga beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
“Ijaraga oluvchi”ning xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, mulkining jismoniy holatini kuzatib borish;
“Ijaraga oluvchi”dan ijara to‘lovini ijara shartnomasida ko‘rsatilgan miqdor va muddatlarda amalga oshirishni talab qilish;
“Ijaraga oluvchi”da ekspluatatsiya xizmatlari uchun har yili rasmiylashtiriladigan shartnoma bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirishini talab qilish;
“Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt”ga zarar yetkazilgan hollarda, “Ijaraga oluvchi”dan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash tashkilotining xulosasiga ko‘ra zarar summasini qoplashni talab qilish.
4.6. “Ijaraga beruvchi” quyidagi majburiyatlarga ega:
“Obyekt”ni topshirish va qabul qilish daloaltnomasini imzolashi va tasdiqlash;
“Ijaraga oluvchi”ning ekspluatatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq to‘lovlarni ko‘rsatilgan muddatlarda va miqdorda amalga oshirilishini nazorat qilish;
“Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”ni subijaraga bermasligini nazorat qilish, agar bunday holatlar aniqlansa, bu haqda “Ijaraga beruvchi”ni xabardor qilish;
ichki qoidalarga asosan “Ijaraga oluvchi”ning “Obyekt”ga to‘siqlarsiz kirishi va chiqishini ta’minlash uchun sharoit yaratish;
“Ijaraga oluvchi” bilan ekspluatatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha alohida shartnoma tuzish;
“Ijaraga oluvchi”ning aybisiz kommunal tizimda buzilish sodir bo‘lsa, o‘z hisobidan darhol ta’mirlash ishlarini o‘tkazish;
“Ijaraga oluvchi” tomonidan ijaraga olingan hududda noqonuniy qurilish amalga oshirilmasligi, ko‘chmas mulkni joylashtirmaslik, shuningdek, KSZda umumiy yotoqxonalar tashkil etilmasligini nazorat qilish.

V. ShARTNOMANI O‘ZGARTIRISh YOKI BEKOR QILISh TARTIBI

5.1. Shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bir tomonlama bo‘yin tovlash va shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.2. “Ijaraga beruvchi” 5.3-bandda ko‘rsatilgan tartibga muvofiq ushbu shartnomani quyidagi holatlarda bir tomonlama bekor qilishga haqli:
agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaga 1-ilovada ko‘rsatilgan ijara to‘lovi muddatini ikki oy mobaynida kechiktirsa yoki to‘lov intizomini doimiy ravishda buzib kelsa;
agar “Ijaraga oluvchi” ekspluatatsiya xarajatlarini ekspluatatsiya xizmatini ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq ko‘rsatilgan muddatlarda va miqdorida to‘lamasa;
agar “Ijaraga oluvchi” ijaraga olgan mulkini subijaraga topshirgan bo‘lsa.
5.3. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 5.2-bandida ko‘rsatilgan o‘z majburiyatlarini bajarmasa, 10 kun mobaynida “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga majburiyatlarini bajarishi yoki bartaraf etishi haqida xat yuboradi.
5.3.1. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 5.2-bandda ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarish haqidagi xatga 10 kun mobaynida javob bermasa yoki hech qanday harakatni amalga oshirmasa, “Ijaraga beruvchi” Ma’muriy kengash bilan kelishib, Shartn�mani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.
5.4. Tomonlar o‘rtasidagi ijara shartnomasi bekor qilinsa, “Ijaraga oluvchi” tomonidan “Obyekt”ga kiritilgan investitsiya (ajratilgan mulklardan tashqari) qaytarilmaydi va ular uchun badal to‘lanmaydi.
5.5. Shartnomani bekor qilish davomida, agar “Obyekt”ning holati “Ijaraga oluvchi” investitsiya majburiyatlarini bajarmagani yoki ularni tegishli darajada bajarmagani oqibatida yomonlashsa, keltirilgan zarar aybdor tomonidan qoplanadi.
5.6. Ushbu shartnoma ikki tomonning kelishuvga ko‘ra yozma shaklda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, bunda shartnomani bekor qilayotgan tomon 30 kun mobaynida ikkinchi tomonni xabardor qiladi, shuningdek, ikkinchi tomon bilan kelishuvga erishishi mumkin.
5.7. Shuningdek, ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga muvofiq bekor qilinadi.

VI. ShARTNOMA MAJBURIYATLARINI BUZGANLIGI UChUN
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

6.1. “Obyekt” dalolatnomaga asosan topshirilmasa yoki o‘z vaqtida topshirilmasa, “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchi”ga har bir o‘tkazilgan kun uchun ijaraning oylik to‘lovning 0,4 foizini to‘laydi, ammo penya umumiy miqdori 1-ilovada nazarda tutilgan oylik ijara to‘lovi qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
6.2. Agar “Ijaraga oluvchi” ushbu Shartnomaning 1.3-bandda ko‘rsatilgan muddatda ijara to‘lovini amalga oshirmasa, to‘lov kechiktirilgan har bir kun uchun “Ijaraga oluvchi” “Ijaraga beruvchi”ga to‘lovi kechiktirilgan summaning 0,4 foizi miqdorda penya to‘laydi, ammo bu muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Bunda agar “Ijaraga oluvchi” tomonidan 1.3-bandida nazarda tutilgan muddat tugaganidan so‘ng ikki oy davomida ijara to‘lovi va penya to‘lanmasa, “Ijaraga beruvchi” mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
6.3. Ushbu Shartnomada ko‘rsatilmagan holatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, “Xo‘jalik subyektlari faoliyatining shartnomaviy-huquqiy asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

VII. FORS-MAJOR

7.1. Agar tomonlarning biri bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar (toshqin, yong‘in, zilzila, sel, do‘l va boshqalar) oqibatida shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmaganini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydi.
7.2. Har ikkala tomon ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qiladigan fors-major holatlarning boshlanishi va tugashi haqida bir-birini darhol xabardor qilishi shart.
7.3. Agar fors-major holatlari oqibatida ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uch oydan ortiq muddatga cho‘zilsa, tomonlarning har biri shartnoma qismini bajarishdan bosh tortishga haqli.

VIII. NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI

8.1. Tomonlar o‘rtasida ushbu Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar tomonlarning kelishuviga binoan hal etiladi. Agar bunday kelishuvga erishilmasa, ular sud tartibida hal qilinadi.

IX. TOMONLARNING YuRIDIK MANZILLARI:

“IJARAGA BERUVChI”
Kichik sanoat zonasini
boshqarish direksiyasi
Tel.: _______________________________
Manzil:_____________________________
____________________________________
H/R:_________________________________
filial MFO: ________________________
STIR: _______________________________
Direktor ____________________________
_______________
(imzo, muhr)

“IJARAGA OLUVChI”
__________________________________
__________________________________
Tel.:______________________________
Manzil:___________________________
__________________________________
H/R:_______________________________
Bank:______________________________
___________________________________
MFO______________________________
STIR:_____________________________
Boshliq ____________________________
(imzo)

“Obyekt”ni topshirish-qabul qilish
Dalolatnomasi

20___yil “___”______________

Toshkent sh.

Mazkur bayonnoma _____________ sonli ijara shartnomasiga binoan 20___ yil “___” __________ “Kichik sanoat zonasi Direksiyasi” DM (kelgusida “Ijaraga beruvchi”) _____________________________________________________
_______________________________________________________________________________________________________

(tashkilot, korxona nomi)

nomidan va_____________________________________________________________________________________________

nomidan quyidagilar haqida imzoladirlar (tashkilot, korxona nomi)

1. “Ijaraga beruvchi” “Ijaraga oluvchiga” ________________________________________________________________
________________________________________________ manzilida joylashgan “Obyekt”ni topshirdi, “Ijarachi” esa bu “Obyekt”ni “Ijaraga beruvchi”dan qabul qilib oldi.

2. “Obyekt”ning texnik ma’lumotlari:

1. Qurilish yili:_______ Qavatlar________________________.
2. Berilgan maydon: ____________kv.m.
3. Kommunikatsiya tarmoqlari:__________________________________________
3.1. Issiqlik energiyasi:_______________________________________________
3.2. Suv bilan ta’minlanishi:__________________________________________
3.3. Sovuq suv: _______________________________________________________
3.4. Issiq suv: _______________________________________________________
3.5. Elektro energiya: _________________________________________________
3.6. Tabiiy gaz:_______________________________________________________
3.7. Telefon:_________________________________________________________
3.8. Lift: ____________________________________________________________

3. “Ijaraga beruvchi” yuqorida ko‘rsatilganlarning texnik ma’lumotlari uchun mas’uldir.
4. “Ijaraga beruvchi” ijara shartnomasining 2.2.b.da ko‘rsatilgan muddatlarda bu obyektni topshiradi-qabul kiladi.
5. Bu “obyekt”ning texnik ko‘rsatkichlari ijara shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalanishga mosdir. “Ijarachi” ushbu “obyekt”ning texnik holatiga hech qanday e’tirozi yo‘q.

Bayonnoma uch nusxada tuzildi.

“Obyekt”ni topshirdim
“Ijaraga beruvchi”
______________________
(imzo, muhr)

“Obyekt”ni qabul qildim
“Ijaraga oluvchi”

______________________
(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi