Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 29.12.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarori ijrosini ta’minlash, suv xo‘jaligi sohasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan mablag‘larning 50 foizini loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni moliyalashtirishga yo‘naltirishni, qolgan 50 foizi esa Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishini va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari

1. Kelgusi yilda suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari dasturlarini shakllantirish uchun ustuvor loyihalarni tanlashda ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish talabini har bir loyiha bo‘yicha aniqlaydi va ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatinishakllantiradi.

Har yili

25-martga qadar

2. Ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatini asoslovchi ma’lumotlar bilan birgalikda Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Har yili

1-aprelga qadar


2-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

1. Loyiha guruhi bilan taqdim qilingan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki ro‘yxatini va asoslovchi ma’lumotlarni tahlil qiladi.

Har yili

15-aprelga qadar

2. Tarmoq ilmiy-texnik kengashining yig‘ilishlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalar bo‘yicha taqdimotlarini o‘tkazadi va muhokama qiladi.

Har yili

25-aprelga qadar

3. Loyiha-qidiru� ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning yakuniy ro‘yxatini ishlab chiqadi va loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatiga qo‘shimcha ravishda ajratish talab etiladigan mablag‘larning dastl?bki qiymatini ko‘rsatgan holda Tarmoq ilmiy-texnik kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlaydi.

Har yili

1-mayga qadar

4. Tasdiqlangan Tarmoq ilmiy-texnik kengashining qarorini Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi va “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarga kelgusi yilda suv xo‘jaligi obyektlarida qurilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining loyiha-qidiruv ishlari manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish uchun yuboradi.

Ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng
3 kun mobaynida


3-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqib, loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdori hisobiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larning dastlabki qiymatlariniko‘rsatadi.

2. Ishlab chiqilgan manzilli ro‘yxatlarni Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi belgilangan tartibda kelishish uchun taqdim qiladi.

Har yili

10-mayga qadar


4-bosqich

Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan taqdim qilingan manzilli ro‘yxatlarni belgil�ngan tartibda ko‘rib chiqib, kelishgandan so‘ng tasdiqlash uchun Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Har yili

15-mayga qadar


5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

1. Manzilli ro‘yxatlarni Moliya vazirligiga hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kiritgan holda kelishadi hamda tasdiqlaydi.

2. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarni ijro uchun Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligiga taqdim qiladi.

Har yili

25-mayga qadar


6-bosqich

Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarni ijro uchun “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga taqdim qiladi.

Har yili

1-iyunga qadar


7-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga asosan har bir loyiha bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun bosh loyiha tashkiloti bilan tegishli shartnomani tuzadi.

2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan har bir loyiha-qidiruv ishlari bo‘yicha Loyiha guruhi tomonidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzadi hamda belgilangan tartibda moliyalashtiradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha


8-bosqich

Bosh loyiha tashkiloti

Loyiha-qidiruv ishlarini bajarish jarayonida tayyorlangan materiallarni asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblar bilan birgalikda Loyiha guruhiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun taqdim qilib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha


9-bosqich

Loyiha guruhi

1. Har bir loyiha-qidiruv ishi yuzasidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatuv ishlarini amalga oshirish uchun mahalliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning soha bo‘yicha professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda yuqori tajribaga ega bo‘lgan alohida olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qiladi.

2. Taqdim qilingan loyiha-qidiruv ishlari, materiallar va hisob-kitoblarni hamda qabul qilinayotgan texnologik yechimlar ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar va texnikaning ishlatilishini tahlil qiladi, tegishli �ulosalar va takliflar tayyorlaydi.

3. Tayyorlangan xulosalar va takliflarni “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi, shuningdek, bosh loyiha tashkilotiga belgilangan tartibda taqdim qilib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha


10-bosqich

Bosh loyiha tashkiloti

1. Loyiha guruhiga loyiha-qidiruv ishlari, materiallar va hisob-kitoblarni belgilangan muddatlarda taqdim qilib boradi.

2. Loyiha guruhining ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi bo‘yicha bergan xulosalari va takliflarini birgalikda tahlil qiladi hamda loyiha-qidiruv ishlarini takomillashtirish uchun qabul qiladi.

3. Xulosalar va taklif yetarlicha asoslanmagan taqdirda ularni Loyiha guruhining tegishli ekspertlari bilan muhokama qiladi va tegishli qaror qabul qiladi.

4. Ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari yakunlangan loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda “Suvqurilishinvest” davlat muassasasiga taqdim qiladi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha


11-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Bosh loyiha tashkilotlari hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval bo‘yicha

2. Yakunlangan loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari bo‘yicha takliflar va xulosalar bilan birgalikda ko‘rib chiqadi hamda idoraviy va davlat ekspertizasidan o‘tkazadi hamda Suv xo‘jaligi vazirligining Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish uchun Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligiga taqdim qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan so‘ng

bir oy mobaynida


12-bosqich

Suv xo‘jaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

Ekspertiza xulosasi olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini Tarmoq ilmiy-texnik kengashida ko‘rib chiqish uchun Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan

ikki kun ichida


13-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

1. Ekspertiza xulosalari olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini belgilangan tartibda Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qiladi.

2. Loyiha guruhi va bosh loyiha tashkiloti o‘rtasida loyiha-qidiruv ishlari yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi hamda loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan so‘ng

ikki kun mobaynida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi