Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 12.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilmiy tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini reyting asosida baholash tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Reyting ballarini hisoblash ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ilmiy tashkilotlar reytingini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Indikatorlar

Ball

Jami

100

I. Kadrlar salohiyati bo‘yicha ko‘rsatkichlar

15

1.

Ilmiy xodimlarning ilmiy salohiyati, shu jumladan

4

1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari

2. Fan doktori (DSc)

3. Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD)

2.

Ilmiy xodimlar tarkibidagi yosh olimlar ulushi

2

3.

Ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi

1

4.

Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotganlar ulushi

1

5.

Ilmiy xodimlarning mobilligi (xorijiy ilmiy tashkilotlarda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borish, xorijiy ilmiy izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish)

1

6.

Ustoz-shogird an’anasi asosida ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimining mavjudligi

1

7.

Doktorlik (fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilish samaradorligi:

3

1. Joriy yilda himoya qilganlar ulushi

2. O‘tgan yilda himoya qilganlar ulushi

3. Ilmiy tashkilotning ilmiy xodimlari rahbarligida himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalar ulushi (joriy va o‘tgan yilda)

8.

Ilmiy unvon olish samaradorligi:

1

1. Professor ilmiy unvoni yoki yetakchi (bosh) ilmiy xodim unvoni

2. Katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoni

9.

Dissertatsiyasini muddatida himoya qilgan doktorant yoki mustaqil izlanuvchilar (PhD va DSc) ulushi (huzurida doktorantura mavjud bo‘lsa)

1

II. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari, xalqaro grantlar va xo‘jalik shartnomalari doirasidagi ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish natijalari ko‘rsatkichi

30

10.

Fundamental loyihalar ulushi

6

11.

Amaliy loyihalar ulushi

4

12.

Innovatsion loyihalar ulushi

4

13.

Xalqaro hamkorlikdagi qo‘shma loyihalar ulushi

6

14.

Xalqaro grantlar ulushi

5

15.

Budjetdan tashqari mablag‘larning jalb qilinganligi (xo‘jalik shartnomasi)

5

III. Ilmiy faoliyat natijalarini chop etish, undan foydalanish, joriy etish va tijoratlashtirish ko‘rsatkichlari

55

16.

Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra ilmiy xodimlar nashrlariga iqtiboslar, shu jumladan:

16

1. Scopus, Web of Science yoki boshqa umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari nashrlaridagi ulushi

2. Mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallardagi ulushi

3.Umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari nashrlarida bitta ilmiy maqolaning umumiy iqtiboslilik soni

17.

Xalqaro ilmiy jurnallarda, mahalliy ilmiy nashlarda chop etilgan maqolalar va monografiyalar ulushi, shu jumladan:

16

1. Ilmiy xodimlarning o‘rtacha Scopus va WebofScience ma’lumotlar bazalaridagi “Xirsh indeksi” (h-index)

2. Chop etilgan monografiyalar:

bosma nashrdagi ilmiy ishlar;

elektron nashrdagi ilmiy ishlar (researchgate.com, science.com, pubmed.comva boshqalar)

3. Xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalar

4. Respublika ilmiy jurnallardagi maqolalar

5. Halqaro anjumanlarda chop etilgan tezislar

6. Respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlar ilmiy to‘plamlarida chop etilgan tezislar

18.

Ilmiy tashkilot tomonidan konferensiya yoki seminarlar tashkil etilganligi

2

1. Xalqaro konferensiya va seminarlar

2. Respublika miqyosidagi konferensiya va seminarlar

19.

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish hamda qo‘shimcha nobudjet moliyaviy resurslarni jalb etish asosida olingan mablag‘lar hajmi(mln so‘mda), shu jumladan:

6

1. Ilmiy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan ishlanmalarni (bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan mablag‘lar

2. Muassis yoki ta’sischilarning ustav jamg‘armasiga ulush sifatida intellektual mulk obyekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan tashkilot (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) ishtirokida tijorat tashkilotlarini tashkil etishdan olingan mablag‘lar

3. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini uchinchi shaxsga o‘tkazish va mazkur obyektdan foydalanish huquqini royalti to‘lovlariga asosan litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish va boshqa usullar orqali olingan mablag‘lar

4. Iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan ilmiy ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyoj ulushi (litsenziya shartnomalari)

5. Xorijiy investorlar tomonidan sotib olingan patentlangan texnologiya asosidagi litsenziya shartnomalari ulushi

20.

Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy muhofaza qilish

3

1. Intellektual mulk obyektlariga olingan muhofaza hujjatlari (patentlar)

2. Dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar

3. Intellektual mulk obyektiga talabnomalar

21.

Ilmiy-hajmdor mahsulotlarning tashqi bozorga yo‘naltirilganlik ulushi (eksport)

4

22.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini bevosita amalda sinab, ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha tashkil etilgan infratuzilmalar mavjudligi:

1

1. Innovatsiya markazlari

2. Texnoparklar

23.

Ilmiy tashkilot huzurida tajriba ishlab chiqarish tuzilmasining mavjudligi:

1

1. Sinov-tajriba maydonchalari (poligonlar),

2. Maxsus laboratoriyalar

24.

Ilmiy tashkilotda innovatsion startap akselerator va inkubatorlarning tashkil etilganligi hamda to‘liq faoliyat yuritayotganligi

2

25.

Yosh olimlar ijodiy-tajriba ustaxonasi (“Maker space”) tashkil etilganligi hamda to‘liq faoliyat yuritayotganligi

1

26.

Ilmiy tashkilotning faoliyat yo‘nalishiga oid laboratoriya va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasi

27.

Muassasaning rasmiy veb-saytining Milliy qidiruv tizimidagi o‘rni

3


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi