Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini tashkil etish to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Vakolatli organlarning armiya sportini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari

3-bob. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini tashkil etish

4-bob. Armiya sportini rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining asosiy vazifalari va funksiyalari

5-bob. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasining asosiy vazifalari

6-bob. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari va funksiyalari

7-bob. Markazning Oliy mahorat sport maktabi asosiy vazifalari va funksiyalari

8-bob. Markaz sport obyektlarining asosiy vazifalari

9-bob. Armiya sportini ilmiy-metodik va tibbiy jihatdan ta’minlash

10-bob. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish

11-bob. Yakunlovchi qoida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini boshqarish TUZILMASI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini takomillashtirish bo‘yicha ChORA-TADBIRLAR DASTURI

Hujjat 20.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Armiya sportchilarini tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish

1.

Sportchilar va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari, shu jumladan, aholining keng qatlamlari va harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini jalb etgan holda respublika hamda xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etish rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Har yili

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar

2.

Xalqaro tajribani qo‘llagan holda sifatli o‘quv-mashg‘ulot jarayonini ta’minlashga qodir malakali murabbiy kadrlarni saralash.

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.

Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) sport aktiviga kiritish uchun o‘quvchi yoshlar, muddatli harbiy xizmatchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari orasidan istiqbolli sportchilarni tizimli saralash va seleksiya qilish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

2020-yil 1-avgustga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar

4.

O‘quvchi yoshlar, muddatli harbiy xizmatchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari orasidan istiqbolli sportchilarni saralash va Markazda ommaviylashtirilayotgan sport turlari bo‘yicha sport bo‘linmalarini ular bilan butlash.

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.

Yuqori malakali sportchilarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish uchun sport turlari bo‘yicha respublika federatsiya (uyushma)lari hamda jismoniy tarbiya va sport hududiy boshqarmalari bilan birgalikdagi harakatlar va hamkorlik rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar

6.

Mudofaa vazirligining sport imkoniyatlari, xalqaro musobaqalarda armiya sportchilari ishtirokining tajribasini har tomonlama tahlil qilish asosida Markazning oliy mahorat sport maktabida qo‘shimcha sport turlarini belgilash.

Har yili 1-dekabrga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

7.

Asosiy sport bazalarida sportchilarni xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarga tayyorlashning uzluksiz o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonini tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Olimpiada sikli yakuniga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar

8.

Markaz sportchilarining o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga sport sohasida katta yutuqlarga erishgan jahonning yetakchi mamlakatlarining ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etish.

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi

9.

Markazning oliy mahorat sport maktabi faoliyati natijalari monitoringini olib borish hamda Butunjahon armiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan Olimpiya va harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida Markaz faoliyati darajasini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

10.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining respublika miqyosida o‘tkaziladigan talabalarning ommaviy sport tadbirlari (universiadalari)da ishtirok etishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari,

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi

11.

Harbiy xizmatchi sportchilar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xizmatchilarining turli darajadagi o‘quv-mashq yig‘inlari va musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma) lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar, Mudofaa vazirligi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi doirasida o‘tkaziladigan sport tadbirlari uchun mavjud bo‘lgan hududiy sport obyektlarini Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalariga taqdim etish bo‘yicha har tomonlama ko‘maklashish.

Doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning bitiruvchilari orasidan harbiy-sport o‘yinlari, “Shunqorlar” va “Amir Temur avlodlari” musobaqalari respublika bosqichlari g‘oliblarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilish mexanizmini joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil 1-sentabrga qadar

Mudofaa vazirligi

14.

Asosiy hududiy sport bazalarida armiya sportchilarini jalb etgan holda yil bo‘yi o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish yo‘li bilan turli respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorgarlikning uzluksiz jarayonini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma) lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari

Doimo

Jismoniy tarbiya va sport v�zirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar, Mudofaa vazirligi

15.

Respublika, xalqaro va ommaviy jismoniy tadbirlarda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari sportchilari va tahsil oluvchi sportchilarga energetik sarflar va jismoniy resurslarni kompensatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqish hamda ularni zamonaviy tiklovchi vositalar bilan ta’minlash.

2020-yil 1-avgustga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport turi bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

II. Armiya sportchilarini tayyorlash jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

16.

Sport jamoalarini sport turlari bo‘yicha tayyorlash jarayoniga innovatsion yondashuvni ta’minlash va ishlab chiqish hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yetakchi mutaxassislaridan iborat qo‘shma guruhlar tashkil etish.

2020-yil 1-iyunga
qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport turi bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)

17.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarning “Jismoniy tarbiya va sport” fani bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarb�ya va sport vazirligi


III. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport obyektlarining infratuzilmasini takomillashtirish
va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish

18.

Yopiq sport zalini ma’muriy xonalar, sog‘lomlashtirish markazi (51/66-sonli bino), yechinish xonalari va dushxonalar bilan suzish basseynini (51/49, 51/67-sonli bino) kapital ta’mirlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020-yil mobaynida

Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi

19.

Yopiq tennis kortini (51/64-sonli bino) kapital ta’mirlash.

20.

Muhandislik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish.

21.

Stadion, yugurish yo‘lakchalari va tomoshabinlar tribunasini rekonstruksiya qilish.

Markazlashtirilgan kapital mablag‘lar limitlari

2020-yil mobaynida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Mudofaa vazirligi

22.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlari hududlarida badminton o‘yini uchun sport maydonchalarini yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020 — 2022-yillar

mobaynida

Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi

23.

Markaz obyektlarini zamonaviy sport inventarlari va jihozlar bilan ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2021-yil

Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi

24.

2020-yilga va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturlari doirasida Markazning sport obyektlarini kapital ta’mirlash va qurish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Markazlashgan kapital mablag‘lar limitlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020-yil 1-avgustga qadar

Mudofaa vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

25.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” binosini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.

Markazlashgan kapital mablag‘lar limitlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2020-2021-yillar mobaynida

Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi

26.

Markazda ommaviylashtirilayotgan sport turlari bo‘yicha tibbiy reglamentni ishlab chiqish yo‘li bilan o‘quv-mashq va musobaqalar jarayonining tibbiy-biologik va sport-psixologik kuzatilishini takomillashtirish.

Doimo

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi

27.

Akkreditatsiyadan o‘tgan sport markazlari negizida sportga ixtisoslashtirilishni hisobga olgan holda harbiy vrachlarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Doimo

Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

IV. Armiya sportini rivojlantirish, targ‘ib qilish va ommalashtirish bo‘yicha tadbirlar

28.

Respublika akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning harbiy-amaliy turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, “Vatanparvar” MKTning budjetdan tashqari mablag‘lari

Kalendar rejasiga muvofiq

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekisto� yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, “Vatanparvar” MKT

29.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalari;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari;

chaqiruvgacha bo‘lgan va chaqiruv yoshidagi yoshlar o‘rtasida badminton bo‘yicha musobaqalar va o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish va o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

chorakda kamida

1-marta bir yilda kamida 2-marta bir yilda kamida 2-marta

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

30.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va xizmatchilari orasida professional �portchilar va havaskorlar o‘rtasida Milliy olimpiya qo‘mitasining “Armiyadan Olimpiada sari” sovrinlari uchun musobaqalarni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

bir yilda kamida

2-marta

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi

31.

Respublika universiada musobaqalarini o‘tkazish dasturiga kiritish uchun amaliy yo‘naltirilgan sport turlarini aniqlash.

2020-yil
1-iyulga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” MKT

32.

Armiya sportini rivojlantirish va ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borish, uning mazmun-mohiyati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni tushuntirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Ishlab chiqish

2020-yilning

I choragi

amalga oshirish — muntazam

Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

33.

Mamlakatimizda ommaviy va armiya sportini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining taniqli sportchilari va mutaxassislarning tavsiyalaridan iborat bo‘lgan materiallar muntazam nashr etilishini ta’minlash hamda ular bilan intervyularni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Reja bo‘yicha amalga oshirish

Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

34.

Mamlakatimizda armiya sportini, ayniqsa chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlar, muddatli harbiy xizmatchilar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari o‘rtasida, shu jumladan, armiya sportchilari ishtirokida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining sport komplekslariga tashriflarni tashkil etish yo‘li bilan targ‘ib qilish va ommalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Halq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, “Vatanparvar” MKT

35.

Armiya sportini rivojlantirish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv-mashq jarayoni texnologiyasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma) larning budjetdan tashqari mablag‘lari

Doimo

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar

36.

Davlat bayramlari va muhim sanalarni nishonlashga bag‘ishlangan sport va ommaviy-sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, harbiy-ma’muriy sektorni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Kalendar rejaga muvofiq

Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

37.

Markaz xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-son qaroriga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil 1-avgustga qadar

Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi