Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 29.05.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va uning hududiy organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 35-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi) yoki uning hududiy organi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bundan buyon matnda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi deb yuritiladi) yoki uning hududiy boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 451-bandning ikkinchi xatboshisidan “va asosiy muhri” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
g) 47-banddagi “emitentning rahbari va bosh hisobchisining imzolari bilan tasdiqlangan, emitentning asosiy muhri bosilgan hujjat nusxasi taqdim etiladi” degan so‘zlar “emitentning rahbari va bosh hisobchisining imzolari bilan tasdiqlangan hujjat nusxasi taqdim etiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 57-bandning “b” kichik bandidagi “organlarida” degan so‘z “boshqarmalarida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
e) 58-bandning uchinchi xatboshisidagi “organlariga” degan so‘z “boshqarmalariga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
j) 60-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
z) 61-banddagi “Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
i) 69-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) 81-bandning ikkinchi xatboshisidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
s) 3, 6, 7 va 8-ilovalardan “Muhr” degan so‘z chiqarib tashlansin;
u) 10-ilovadan “M.J.” qisqartmasi va “Muhr” degan so‘z chiqarib tashlansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi