Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida

1-ILOVA
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament

1-bob. Umumiy qoidalar

1-§. Maqsadi va qo‘llash doirasi

2-§. Atamalar va ta’riflar

3-§ . Texnik tartibga solish obektlarini identifikatsiya qilish qoidalari

2-bob . Alkogolsiz ichimliklarni muomalaga kiritish koidalari

3-bob. Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar

1- §. Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar

2-§. Alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar

3-§. Alkogolsiz ichimliklardan utilizatsiya qilish jarayoniga qo‘yiladigan talablar

4-bob. Alkogolsiz ichimliklarni qadoqlash va tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

1- §. Alkogolsiz ichimliklarni qadoqlash va tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

2-§. Alkogolsiz ichimliklarning namunalarini tanlash va sinovlarni o‘tkazish

3- § . Alkogolsiz ichimliklarni baholash (tasdiqlash) shakllari va qoidalari

5-bob . Texnik reglamentga rioya qilinmaganligi uchun javobgarlik

6-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish

7-bob. O‘tish davri

1-ILOVA
Xavfsizlik talablari belgilanadigan alkogolsiz ichimliklar RO‘YXATI

2-ILOVA
Alkogolsiz ichimliklarga qo‘yiladigan talablar

Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentni joriy qilish SXEMASI

Hujjat 12.03.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilishi munosabati bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Texnik reglamentga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha keltirilgan alkogolsiz ichimliklar Texnik reglamentni tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Alkogolsiz ichimliklar Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Alkogolsiz ichimliklarga tegib turadigan qadoqlarni tayyorlash uchun foydalaniladigan materiallar tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga javob berishi kerak.
41. Alkogolsiz ichimliklarni tamg‘alash Texnik reglamentga 1-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan mahsulot nomlarini o‘z ichiga olishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)

T/r

Nomi

Ta’rifi

1.

Alkogolsiz mahsulot

Suv bilan aralashtirish orqali tayyorlanadigan (siroplar, konsentratlar, quruq aralashmalar) alkogolsiz ichimliklar va oziq-ovqat yarim tayyor mahsulotlar.

2.

Alkogolsiz ichimliklarning konsentratlari

Tayyor alkogolsiz ishlab chiqarishmahsulotlarining asosiy komponentlarini to‘laligicha yoki bir nechta komponentlaridan olinadigan yarim tayyor mahsulotlarni o‘z ichiga oluvchi tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari; konsentratlar keyinchalik tarkibida to‘yingan yoki to‘yinmagan uglerod dioksidi bo‘lgan suv (iste’mol, mineral, tabiiy-oshxona), yetishmaydigan komponentlar bilan aralashtirish uchun qo‘llaniladigan bir yoki bir necha qismlardan iborat bo‘lishi mumkin.

3.

Vino va vinomateriallarga asoslangan ichimliklar va kokteyllar

Turli xil vino va vinomateriallari aralashmasi yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida spirt miqdori 1,2 foizdan ko‘p bo‘lmagan alkogolsiz ichimliklar.

4.

Alkogolsiz ichimliklar

Ichimlik holidagi (tarkibida ichimlik suvi, mineral va tabiiy-oshxona suvi, meva, sabzavot, don yoki boshqa o‘simlik xomashyosi (ekstraktlar, infuziyalar), vino va vinomateriallar, konsentratlar, sut mahsulotlari, shakar yoki uning o‘rnini bosuvchi moddalar, ta’m va hid beruvchi qo‘shimchalar, boshqa oziq-ovqat qo‘shimchalari va tarkibiy qismlari, oziq-ovqat bo‘yoqlaridan foydalanib tayyorlangan, issiq yoki sovuq holda quyiladigan) to‘yingan yoki to‘yinmagan uglerod dioksidli tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari.

5.

Tiniq bo‘lmagan ichimliklar

Ichimlikka xira ko‘rinish beradigan tabiiy va (yoki) sintetik kelib chiqishga ega oziq-ovqat moddalari yordamida tayyorlangan alkogolsiz ichimliklar.

6.

Kukunsimon ichimliklar

Qayta tiklash yo‘li bilan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan kukun, granulalar yoki tabletka shaklidagi “alkogolsiz ichimliklar” hisoblanadigan turli xil xomashyolarning aralashmasi.

7.

Meva va/yoki sabzavot sharbatli ichimliklar

Tarkibiga 4 foizdan kam bo‘lmagan meva va/yoki sabzavot sharbati qo‘shilgan alkogolsiz ichimliklar.

8.

O‘simlik xomashyoli ichimliklar

Tarkibi ekstraktlar, infuziyalar, dekoatsiyalar, konsentratlar va o‘simlik, meva, shu jumladan shirin-xushbo‘y xomashyolardan iborat alkogolsiz ichimliklar.

9.

Don xomashyoli ichimliklar

Don xomashyosi va uning mahsulotlarini hid-ta’m beruvchi oziq-ovqat qo‘shimchalari, bo‘yoqlar va boshqa komponentlar yordamida qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklar.

10.

Xushbo‘ylashtirgichli ichimliklar

Tabiiy va (yoki) tabiiy bilan bir xil va (yoki) sun’iy xid beruvchi moddalar yoki ularning aralashmasi (essensiya, efir moylari, emulsiyalar va boshqalar) yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida sharbat bo‘lmagan alkogolsiz ichimliklar.

11.

Achitilgan ichimliklarva kvaslar

Tarkibida etil spirtining hajmi 1,2 foizdan oshmaydigan spirt achitqisi yoki spirt va don ekstraktlarining tugallanmagan sut kislotali achitqisi hamda sabzavot, meva, rezavor ekstraktlar va o‘simliklarning tabiiy shakarli boshqa xomashyolari va mahsulotlari bilan hid va ta’m beruvchi qo‘shimchalarni qo‘shib yoki qo‘shmasdan ishlov berilgan alkogolsiz ichimliklar.

12.

Maxsus tayyorlangan ichimliklar

Tarkibida ingrediyentlar (jismoniy qiymatga ega, sog‘lik uchun xavfsiz, aniq fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega), mavjud xususiyatlari aniqlangan va fan tomonidan o‘rganilgan alkogolsiz ichimliklar; maxsus tayyorlangan ichimliklar tetiklashtiruvchi, sport, diabetik, parhezbop va iste’molchilarning muayyan toifasi uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

13.

Energetik ichimliklar

Tarkibida 150 mg/l dan ortiq kofein va (yoki) inson organizmiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdorda boshqa tarkibiy qismlar mavjud ichimliklar.

14.

Gazlangan ichimliklar

Ichimlik idishini ochganda bosimning tushishi hisobiga ichimlikdan qisman pufak shaklida ajralib chiqadigan, tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar.

15.

Gazlanmagan ichimliklar

Tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar.

16.

Kiritmali ichimliklar

Tarkibida o‘simliklarning turli tarkibiy qismlari — urug‘, et (quyqa), pulpa mavjud bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar.

17.

Funksional ichimliklar

Tarkibida turli oziq-ovqat qo‘shimchalari va ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, bir yoki bir qancha funksional oziq-ovqat ingrediyentlar miqdori mavjud, muntazam iste’mol qilishda, yetarlicha inson organizmining jismoniy funksiyasini ijobiy natija bilan ta’minlash uchun xizmat qiladigan, asosi suvdan iborat suyuq funksional oziq-ovqat mahsuloti.

18.

Tetiklashtiruvchi ichimliklar

Tarkibida inson organizmiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan individual kimyoviy moddalar qo‘shilgan ichimliklar. Tetiklashtiruvchi komponentlarga kofein, glikozidlar, taurin, eleuterozidlar, sxizandrin, glyukuronolakton kiradi.

19.

Alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq aralashma (keyingi o‘rinlarda quruq aralashma deb ataladi)

Ma’lum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun mo‘ljallangan quruq oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti.

20.

Sirop

Ma’lum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti.

3-jadval

Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligining mikrobiologik ko‘rsatgichlari

Mahsulotlar nomi

Ko‘rsatkichlar

Ruxsat etilgan darajasi, mg/kg, ko‘p emas

Alkogolsiz ichimliklar, shu jumladan, sharbatli, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq bo‘lgan:

- shakarda

BGKP* (koliformlar) 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE**/100 cm3, ko‘p emas

15

- tam beruvchilarda

Mezofilliaeroblar miqdori, KOYE/100 cm3, ko‘p emas

100

BGKP (koliformlar) 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

- sharbatli tarkiblar

BGKP (koliformlar) 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/40 cm3, ko‘p emas

yo‘l qo‘yilmaydi

Alkogolsiz ichimliklar uchun konsentratlar (suyuq, pastasimon), aralashmalar (kukunsimon, tabletkali, granulali va shunga o‘xshash)

KMAFAnM***, KOYE/cm3, (g), ko‘p emas (tarkibida bikarbonat natriya bo‘lgan konsentratlardan tashqari)

5x104

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/10 cm3, ko‘p emas

yo‘l qo‘yilmaydi

Pasterizatsiya qilinmagan siroplar

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/10 cm3, ko‘p emas

50

Issiq pasterizatsiyalangan siroplar

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/40 cm3, ko‘p emas

yo‘l qo‘yilmaydi

Tozalanmagan kvasl�r:

- keglarda

BGKP (koliformlar) 3,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

- quyiladigan

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Pasterizatsiya qilinmagan tozalangan kvaslar:

- polimer shishalarda (PETF)

BGKP (koliformlar) 10,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

- keglarda

BGKP (koliformlar) 3,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

- quyiladigan

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Pasterizatsiya qilingan tozalangan kvaslar

KMAFAnM, KOYE/cm3, ko‘p emas

10

BGKP (koliformlar) 10,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/ g, cm3, ko‘p emas

100

Qaynoq alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq o‘simlik xomashyosi

KMAFAnM, KOYE/cm3, ko‘p emas

5x105

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yo‘l qo‘yilmaydi

Achitqi va mog‘orlar, KOYE/ g, ko‘p emas

100

Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

“O‘zs�andart” agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi to‘g‘risidagiumumiy texnik reglamentni(keyingi o‘rinlarda — Texnik reglament) yetkazish.

Uch kun
muddatda

IIbosqich

“O‘zstandart” agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

1. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish bo‘yicha mavjud normativ hujjatlar ro‘yxatini tuzish va xatlovdan o‘tkazish.

2. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylikni bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.

Bir oy
muddatda

O‘n kun
muddatda

IIIbosqich

“O‘zstandart” agentligi

Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish choralarini ko‘rish.

Olti oy
muddatda

IVbosqich

“O‘zstandart” agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholini, davlat organlarini, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni ta’minlash.

Jadvalga muvofiq

V bosqich

Sanitariya-epidemiologiya xizmati hududiy organi

1.Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosani olish uchun ariza �a unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilish.

2.Sinovdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mahsulot namunalarini olish.

3.Laboratoriya sinovlari natijasi ijobiy bo‘lganda ariza beruvchiga sanitariya-epidemiologikxulosani berish.

Belgilangan tartibda
(ariza olingan kundan boshlab
14 kundan kechiktirmay)

VI bosqich

Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari

Muvofiqlik sertifikatini berish yoki qonun hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.

Uch ish kuni mobaynida

VII bosqich

“O‘zstandart” agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash.

Belgilangan tartibda

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi