Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×



mundarija mavjud emas

Hujjat 08.10.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Samarqand viloyatida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi o‘rinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Samarqand viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha qarorning 2-ilovasiga muvofiq bo‘linish chegarasigacha Samarqand viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratsin.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, Samarkand viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Samarqand viloyati KSZda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar va ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi