Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 29.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
g) laboratoriyalar uchun ma’qullash tartibidan o‘tish ixtiyoriydir, ushbu qarorning 2-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida majburiyligi belgilangan holatlar bundan mustasno.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
laboratoriyalar tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida, shuningdek, 7 va 8-boblarida ko‘rsatilgan majburiyatlarga rioya qilish.
8. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar (ma’lumotlar) taqdim etilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi.
31. Ma’qullangan laboratoriya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar va shartlarga, ma’qullash sohasiga rioya qilishga hamda o‘tkazilgan sinovlar yoki o‘lchovlarning ishonchliligiga javobgardir. Bunda Markaz ma’qullangan laboratoriyadan har yarim yilda bir marotaba uning ma’qullash sohasi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
38. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Markazning qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi.
39. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatda to‘xtatilgan bo‘lsa, laboratoriya Markazga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan nomuvofiqliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. Bunda hisobotni taqdim etish muddati Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
45. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma ushbu Nizomning 43-bandi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq tugatilganda, ma’qullash uchun takroriy buyurtma uch oydan keyin taqdim etilishi mumkin.
53. Laboratoriya joylashgan joy o‘zgarganda ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda takroriy ma’qullash amalga oshiriladi.
55. Ma’qullash to‘g‘risidagi yangi guvohnomani rasmiylashtirish Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomning 53 va 54-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yangi guvohnomani rasmiylashtirish takroriy ma’qullash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.
58. Markaz o‘n besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ushbu Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlar to‘plamiga qo‘shimcha sifatida kiritadi. Ushbu Nizomning 56-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq laboratoriyaning ma’qullash sohasi dolzarblashtirilgan taqdirda, u yangi tahrirda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 9-banddagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan” so‘zlari “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi ma’qullashdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-banddagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan berilgan akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi haqidagi xulosa” so‘zlari “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 2-bandidagi “akkreditatsiyadan” so‘zi “texnik jihatdan malakaliligini ma’qullashdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 8-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “akkreditovannix agentstvom “Uzstandart”” so‘zlari “odobrennix na texnicheskuyu kompetentnostv GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandining uchinchi xatboshidagi “akkreditovannoy agentstvom “Uzstandart”” so‘zlari “odobrennoy na texnicheskuyu kompetentnost v GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 57-banddagi “akkreditovannix agentstvom “Uzstandart”” so‘zlari “na texnicheskuyu kompetentnost v GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning 1-bandi “g” kichik bandidagi “akkreditatsii” so‘zi “odobrenii na texnicheskuyu kompetentnost” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi