Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat 27.01.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 1-bandning o‘n ikkinchi xatboshidagi “Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Uchuvchilar va sinovchi-uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash tartibi 7-bandining uchinchi xatboshi “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlaridan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 8-ilovaning nomidagi “Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-bandining ikkinchi xatboshi, 5-band, 6-bandning birinchi xatboshi, 20-bandning ikkinchi xatboshi, 24-band va Nizomga 1-ilova “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlaridan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sug‘urtalarga badallar miqdorlari to‘g‘risida” 1999-yil 30-iyuldagi 372-son qarorining muqaddimasidagi va 4-bandidagi “Pensiya jamg‘armasi” va “Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” va “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) 7-bandidagi “Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 307-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 49-modda) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “Pensiya va Respublika yo‘l jamg‘armasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi