Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 08.08.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Sarf-xarajatlar (mlrd so‘m)

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish

1.

Sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 95 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 5000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish.

99,4

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2020-2021-yillar

Farg‘ona viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, xo‘jalik birlashmalari,

tijorat banklari

57,0

tijorat banklari kreditlari

52,8

(5,2 mln dollar)

xorijiy investitsiyalar

2.

Tumanning tabiiy gaz ta’minoti yaxshi bo‘lgan “Navobod” MFY hududida “Rishton kulolchilik markazi” bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali, kulolchilik, chinnichilik va yog‘och o‘ymakorligiga ixtisoslashgan “Hunarmandchilik markazi”ni barpo etish va bu orqali 60 nafar aholining bandligini ta’minlash.

0,6

Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi mablag‘lari

2020-yil

Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, “Hududgazta’minot” AJ

3.

“Sebzor” MFY hududida “Mikrokreditbank” ATB xususiy sherikchiligi asosida adras, atlas va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “To‘quv tikuvchilik” kooperatsiya markazini tashkil etish hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan kooperatsiya asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotishni tashkil etish va bu orqali kam ta’minlangan oilalar vakillari bo‘lgan 120 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash.

1,2

“Mikrokreditbank” ATB, Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi “Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi” va tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2020-yil

“Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi

4.

Tumandagi maydoni 0,5 gektar bo‘lgan 6ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida investorlarning takliflaridan kelib chiqqan holda boshlang‘ich narxini belgilash orqali Farg‘ona viloyati hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qo‘shma qaroriga asosan tadbirkorlarga yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyati bilan ommaviy savdolarda sotish.

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

Savdoga chiqarish 2020-iyul,
loyihalarni amalga oshirish-
2020-2021-yillar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

5.

So‘x dehqon bozori” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini (51%) investorlar takliflari asosida hududiy tanlov komissiyasi orqali belgilangan tartibda investitsiya kiritish sharti bilan ommaviy savdo orqali sotish va bozor negizida zamonaviy savdo kompleksini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2020-yil

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

6.

“Qal’acha” MFYda 2 gektar, “Chashma” MFYda 2 gektar, “Ravon” MFYda 1 gektar, “Hushyor” MFYda 1 gektar, jami 6 gektar maydonda kichik sanoat zonalarini tashkil etish va zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

“Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi”, Kichik sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larni qayta taqsimlash hamda Farg‘ona viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan

2020-yil

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Farg‘ona viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minoti” AJ, “O‘ztransgaz” AJ

7.

Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, milliy va chet el valyutasini ayirboshlashga mo‘ljallangan zamonaviy 2 ta “Bank xizmatlari markazi” va 1 ta “24/7 o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi”ni tashkil qilish

Hisob-kitoblar asosida

“Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB, Xalq bank

2020-yil 1-sentabr

“Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB, Xalq bank, Farg‘ona viloyati hokimligi

8.

Chetdan olib kelinadigan chorva mollarini aholi tomonidan sotib o�ish uchun tijorat banklari tomonidan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi hisobidan kreditlar ajratish.

Kredit olish istagini bildirgan fuqarolar ro‘yxati asosida

Xalq banki va “Agrobank” ATB kreditlari

Xalq banki, “Agrobank” ATB, Farg‘ona viloyat hokimligi

9.

Ohaktosh, gil, bentonitli gil, gips, slanets, qum va shag‘al istiqbolli maydonida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va kon zaxiralarini tasdiqlash.

Loyiha hujjatlariga asosan

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

2020-yil 15-dekabr

Davlat geologiya va mineral resur?lar qo‘mitasi

10.

Mavjud foydalanilmayotgan noruda foydali qazilma Surattosh marmar (635 ming m3) va Suratsoy qurilish toshi (830,7 ming m3) konlarini sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish uchun salohiyatli tadbirkorlarga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish.

Mazkur konlarda qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.

Hisob-kitoblar asosida



Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

2020-yil avgust



2021-yil 1-yarim yillik

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hokimligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

11.

Sement ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirish.

79,0

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari

2021-yil

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, tijorat banklari

12.

Qo‘lda to‘qiladigan gilamchilik korxonasi faoliyatini tashkil etish.

1,5

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hamda “Mikrokreditbank” ATB kreditlari

2020-yil

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi

13.

Chashma” bulog‘ining suvini qadoqlab, ishlab chiqarish bo‘yicha korxona tashkil etish.

1,0

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari

2021-yil mart

O‘zmilliybank, “Agrobank” ATB, Farg‘ona viloyati hokimligi

14.

“Ozod” shirkat xo‘jaligida zamonaviy chorva kompleksini qurish va naslli qoramol olib kelish.

Biznes-reja asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, “Agrobank” ATB kreditlari

2020-yil

Farg‘ona viloyati xokimligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, “Agrobank” ATB

15.

Baliqchilik yo‘nalishida 2 ta loyiha bo‘yicha 1,5 gektar maydonda intensiv usulda sovuq suvga moslashgan baliqlarni yetishtirishni hamda Toshkent shahridagi yirik savdo komplekslariga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish.

Biznes-reja asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

2021-yil

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, tijorat banklari

16.

Yirik tadbirkorlarni jalb qilgan holda tumanda 20 ming boshga mo‘ljallangan yirik parrandachilik kompleksini tashkil etish.

1,5

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va “O‘zsanoat-qurilishbank”ATB kreditlari

2020-yil

“Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB

17.

2020-yilda yillik quvvati 200 tonna bo‘lgan meva-sabzavotni qayta ishlash va saqlash korxonasini tashkil etish.

2021-yilda kamida 5 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish.

1,5

“Agrobank” ATB kreditlari (1,0 mlrd so‘m) va tashabbuskorlarning o‘z mablag‘i (0,5 mlrd so‘m)

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

2020-yil



2021-yil

Farg‘ona viloyati hokimligi, “Agrobank” ATB, tijorat banklari

18.

“Hushyor” MFY hududidagi yangi o‘zlashtiriladigan yerlarda
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan 10 ming dona yong‘oq, 10 ming dona pista va 20 ming dona bodom ko‘chatlarini yetkazib berib, 50 gektar yer maydonda bodomzor, pistazor va yong‘oqzorlar tashkil qilish.

2,0

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mablag‘lari va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2020-yil noyabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi

19.

Respublikamizning boshqa hududlaridan yaxshi ajribaga ega bo‘lgan yirik tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda 10 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish.

60,0

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

2021-yil

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, tijorat banklari

20.

1230 gektar bog‘ maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, eski va samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘larni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish va kamida 50 gektar ?aydonda intensiv olma bog‘larini plantatsiya shaklida tashkil etish hamda aholiga 20 — 30 sotixdan sotish orqali 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratish.

0,6

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

2020-2021-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, tijorat banklari

21.

3 ta shirkat xo‘jaliklarida ish yuritishni oilaviy pudrat asosida tashkil etib, 1 gektar maydonga 5 tadan oilani pudrat usulida biriktirish orqali 5100 ta oilani ish bilan bandligini ta’minlash.

2020-yil

Farg‘ona viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

22.

Aholini qishloq xo‘jaligi sohasida band qilish maqsadida tumanning “Tul”, “Hazrati Ali” va “Hushyor” MFYlari hududida 10 gektardan jami 30 gektar yer maydonida 3 t� qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish va kooperativlarga a’zo etib qabul qilingan 200 nafar ishsiz fuqarolarning har biri uchun 2,2 mln so‘mdan subsidiya ajratish.

0,45

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

2020-yil avgust

Farg‘ona viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon
va tomorqa yer egalari kengashi

23.

Tumandagi “Qayroq”, “Vargan”, “Toyon”, “Javpaya”, “Dukur” massivlaridagi hamda “So‘x”, “Ozod”, “Hushyor” shirkatlari hududida qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni o‘zlashtirish orqali fuqarolarga 20 sotixdan dala tomorqalari uchun yer maydoni ajratib, har bir fuqaroga 2,2 mln so‘mdan subsidiya ajratish.

0,89

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

2020-yil sentyabr

Farg‘ona viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon
va tomorqa yer egalari kengashi

24.

Yil yakuniga qadar band bo‘lmagan aholini jamoat ishlariga jalb etish hisobiga 2235 ta, ehtiyojmand va kam ta’minlangan ishsiz fuqarolarning shaxsiy tomorqalariga 2,2 mlrd so‘m subsidiya ajratish hisobiga 325 ta, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya berish hisobiga 122 ta, ehtiyojmand aholini ishga qabul qilish uchun subsidiya ajratish orqali 25 ta, ishsizlik nafaqasi to‘lab berish hisobiga 60 ta, vakant ish o‘rinlariga ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hisobiga 180 ta, Agrosanoat va Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari bazasida qisqa muddatli kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etish hisobiga 300 ta ishsiz aholining bandligini ta’minlash.

6,6

Jamoat ishlari jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari

2020-yil

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi

25.

“So‘x-don” xususiy korxonasidagi mavjud tegirmon sexini zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilib, yillik un ishlab chiqarish quvvatini qo‘shimcha 18 ming tonnaga oshirish.

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2021-yil iyun

Farg‘ona viloyati hokimligi, “O‘zdonmahsulot” AK

26.

Tumanning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish.

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2020-2021-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi

27.

So‘x daryosi himoya zonasidagi yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish va sholichilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi kooperativini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlarning
o‘z mablag‘lari

2020-yil

Farg‘ona viloyati hokimligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi

28.

Xotin qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tuman hududidagi mavjud tikuv-trikotaj korxonalariga buyurtmalar taqdim etgan holda uzluksiz faoliyat yuritishini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

Tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari

2020-yil

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Farg‘ona viloyat hokimligi

29.

Turistlarni jalb qilish uchun zarur infratuzilmani tashkil qilgan holda ekoturizmni rivojlantirish, mehmon uylarini tashkil qilish.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

2020-2021-yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xizmatlari agentligi,
Farg‘ona viloyati hokimligi

II. Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish

30.

160 km shag‘al qoplamali yo‘llarni sementobeton qoplamaga o‘tkazish va asfalt qoplama yotqizish, 106 km tuproq yo‘llarni shag‘al qoplamaga o‘tkazish va 40 km sementobeton piyodalar yo‘laklarini qurish:

2020-yilda 96 km yo‘l va 20 km piyodalar yo‘laklari;

2021-yilda 170 km yo‘l, 20 km piyodalar yo‘laklari.

104,1
shundan:


34,6

69,5

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Farg‘ona viloyati mahalliy budjetidan ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida

2020-yil




2021-yil

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

31.

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan So‘x tumaniga Rishton-Ravon yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar (mikroavtobus) qatnovini (Qirg‘iziston orqali tranzit) yo‘lga qo‘yish.

1,2

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

Qirg‘iziston Respublikasi
er hududidan foydalanish va chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalalari hal etilgandan so‘ng o‘n kun ichida

Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, DXX Chegara qo‘shinlari

32.

Tumanning “Oftobru”, “Tul”, “Hushyor”, “Qaqir”, “Qarir-Sebzor”, “Sarikanda”, “Hazrat ali”, “Ravon”, “Yangiariq”, “Navobod”, “Lenburg”, “Qalacha”, “G‘aznov”, “So‘x”, “Chashma”, “Demursad”, “Sharqobod” MFYlari hududida yashovchi 59 ming nafar aholini ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida 274 km ichimlik suv tarmog‘i tortish va 30 ta ichimlik suv inshooti qurish va rekonstruksiya qilish.

Shuningdek, tuman suv ta’minoti korxonasiga 4ta texnika vositalarini ajratish.

48,0







60,5

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hisobidan va O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Farg‘ona viloyati uchun qo‘shimcha ajratilgan mablag‘lar hisobidan

2020-yil




2021-yil

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

33.

Tumandagi markaziy A.Temur ko‘chasining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

Mazkur loyihaga asosan ko‘chani zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rekonstruksiya qilish, ko‘chada ko‘p kvartirali uy-joylar hamda bozor infratuzilma obyektlarini qurish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti, vazirlik
va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

2020-yil sentyabr




2020-2021-yillar

Qurilish vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi Farg‘ona viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari

34.

“Chashma” bulog‘i atrofini obodonlashtirish, buloqni tozalash tizimini joriy etish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti va homiylik mablag‘lari

2020-yil

Farg‘ona viloyati hokimligi, DXX Chegara qo‘shinlari, Qurilish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

35.

Tuman markazida Rovon shahar bosh rejasiga muvofiq har biri 30 xonadonli 7 ta 5 qavatli uy-joylar qurib, foydalanishga topshirish.

28,0

2020-yilda qishloq joylarda ko‘p-kvartirali arzon uy-joylar qurish uchun Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hisobidan

2020-yil dekabr

“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mit�si, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq qurilish bank

36.

So‘x tumani Chashma qishlog‘idagi bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar oqibatida buzilgan 2ta uyni ta’mirlash.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ mablag‘lari hisobidan

2020-yil avgust

“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ

37.

Tuman aholisiga suyultirilgan gazni o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish maqsadida barcha qulaylik va imkoniyatlarga ega bo‘lgan suyultirilgan gaz to‘ldirish majmuasini qurish.

1,8

“Hududgazta’minot” AJ mablag‘lari

2020-yil avgust

Energetika vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ

38.

Tuman hududidagi tabiiy gaz bilan ta’minlangan 8536 ta aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish hamda avtomatlashtirilgan tizimga ulash.

8,0

“Hududgazta’minot” AJ mablag‘lari

2021-yil oktyabr

Energetika vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ

39.

Tumandagi 12,9 km tabiiy gaz tarmog‘ini joriy ta’mirlash va tuman gaz ta’minoti korxonasi moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida 3 ta maxsus avtotransport vositasini ajratish.

2,0

“Hududgazta’minot” AJ mablag‘lari

2020-yil dekabr

Energetika vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ

40.

Tumanning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 46 ta transformator punktlarini modernizatsiya qilish, 103,1 km havo tarmoqlarini yangidan qurish va ta’mirlash hamda 14000 ta aholi xonadonlariga onlayn rejimda ishlaydigan oldindan to‘lov tizimiga ega elektron elektr hisoblagichlarni o‘rnatish.

12,1

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari

2020-yil dekabr

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

41.

“Lenburg”, “Qal’a”, “Saribozorcha”, “Hazrati Ali”, “Sharqobod”, “Oftobro‘”, “So‘hibkor”, “Qal’acha”, “Devayron”, “Malbut”, “Chashma”, “Guliston”, “Chumoqcha”, “Hushyor”, “Sebzor”, “Qaqir”, “Qizilqiyoq” va “So‘x” MFYlarning tor ko‘chalariga tungi yoritgichlar o‘rnatish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti va uning qo‘shimcha manbalari hisobidan

2020 yil

Farg‘ona viloyati hokimligi

42.

Yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida zamonaviy radiorele qurilmasini o‘rnatish orqali magistral telekommunikatsiya tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10 baravarga oshirish, optik GPON texnologiyasi asosida 512 portga teng qurilmalar o‘rnatish, tuman markazi hamda Lenburg MFYni telekommunikatsiya transport tarmog‘i bilan ulash maqsadida 20 km optik tolali aloqa liniyalarini tashkil etish.

4,24

“O‘zbektelekom” AK mablag‘lari

2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

43.

Mobil aloqa va internet xizmatlarini sifatini yaxshilash:

“O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali tomonidan mobil aloqa tarmog‘idagi 9 ta baza stansiyalarni yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish va 3 ta qo‘shimcha yangi baza stansiyalarini o‘rnatish orqali aholi punktlari qamrovini 99,9 foizga yetkazish;

“UMS” MChJ tomonidan “Navobod”va “Demursad” MFYlar hududlarida 2 ta yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosida baza stansiyalarini o‘rnatish hamda 2 ta mavjud baza stansiyalarni zamonaviy texnologiya asosida modernizatsiya qilish;

COSCOM” MChJ tomonidan “Sohibkor” va “Lenburg” MFYlarhududlarida 2ta yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosida baza stansiyalarini o‘rnatish;

“UNITEL” MChJ tomonidan yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosida 2 ta yangi baza stansiyalarini o‘rnatish va 1 ta mavjud baza stansiyasini zamonaviy texnologiya asosidamodernizatsiya qilish.

4,3






1,3





1,1




1,2

“O‘zbektelekom” AK mablag‘lari tashabbuskorlar mablag‘lari tashabbuskorlar mablag‘lari

tashabbuskorlar mablag‘lari

2020-yil iyul




2020-yil dekabr




2020-yil oktyabr





2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

44.

So‘x tumani mahalliy televideniyesi dasturlarining qamrov hududini kengaytirish.

0,5

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari

2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK, Farg‘ona viloyati hokimligi

45.

Tumanda IP televideniye xizmatlarini joriy etish.

0,1

“O‘zbektelekom” AK mablag‘lari

2020-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

46.

Tumandagi Ravon pochta aloqa bog‘lamasi va mavjud 2 ta aloqa bo‘limining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni markazlashgan axborot tizimlariga ulash, zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish imkonini yaratish.

0,02

“O‘zbekiston pochtasi” AJ mablag‘lari

2020-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ

47.

Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash maqsadida 27 ta maktab, 21 ta maktabgacha ta’lim, 5 ta sog‘liqni saqlash muassasalariga jami 56 km optik tolali aloqa liniyalarini tortish.

1,98

“O‘zbektelekom” AK mablag‘lari

2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

48.

Tuman hududida faoliyat yuritayotgan 13 ta davlat idora va tashkilotlarini (Qishloq xo‘jaligi, Veterinariya, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Ekologiya, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, G‘azna, Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari, “Toza hudud” DUK, “Suvoqava” DUK, Obodonlashtirish boshqarmasi, Ma’naviyat bo‘limi) alohida binolar bilan ta’minlash hamda moddiy texnika bazasini rivojlantirish.

Hisob-kitoblar asosida

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hamda Farg‘ona viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari

2020-2021-yillar

Farg‘ona viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi

49.

Tuman davlat arxivini alohida bino bilan ta’minlash hamda moddiy texnika bazasini mustahkamlash.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti

2021-yil

Farg‘ona viloyati hokimligi, “O‘zarxiv” agentligi

50.

Tumanning “Toza hudud” DUK hisobiga 1 dona chiqindi tozalash uchun zanjirli texnika va 2 dona maxsus chiqindi tashish uchun “ISUZU” rusumli avtomashinasi ajratish.

2,0

Davlat ekologiya qo‘mitasi maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

2020-2021-yil

Davlat ekologiya qo‘mitasi

III. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

51.

180 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o‘rin) va 4ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o‘rin) mo‘ljallangan) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

2020-yilda Maktabgacha ta’lim vazirligiga Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hisobidan

2020-yil

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

52.

Tumanda 10 ta oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, 11 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining bo‘sh turgan xonalarini ta’mirlash orqali qo‘shimcha guruhlar ochib, tumanda maktabgacha ta’lim tizimiga joriy yil yakunlariga ko‘ra bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichini 37,4 foizdan 53 foizga yetkazish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2020-yil

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

53.

2020-yilda “Sharqobod” MFYdagi 14-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish

2021-yilda “Qaqir” MFY hududida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida

2020-yilda Maktabgacha ta’lim vazirligiga, Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hisobidan,

Investitsiya dasturi doirasida

2020-yil



2021-yil

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

54.

“Saribozorcha” MFY hududida 25-son maktabga qo‘shimcha 240 o‘rinli yangi bino qurish. 2021-yilda “Oftobru” hududida 220 o‘rinli yangi maktab qurish, 4, 18, 25-son maktablarni rekonstruksiya qilish, 1-son maktab binolarini mukammal ta’mirlash.

2,5


Loyiha smeta hujjatlari asosida

2020-yilda Xalq ta’lim vazirligiga Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hisobidan Investitsiya dasturi doirasida

2020-yil




2021-yil

Farg‘ona viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi

55.

Tumandagi xorijiy davlatlar diplomlariga ega bo‘lgan fuqarolarni ro‘yxatlarini shakllantirish, diplomlarini nostrifikatsiya qilishga ko‘maklashish.

-

-

Doimo

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

56.

Tuman tibbiyot birlashmasining 25 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasini rekonstruksiya qilish.

Kardiologiya, endokrinologiya, nevrologiya, travmatologiya va bolalar bo‘limlari binosi hamda “Lenburg” va “Mulg‘on” qishloq vrachlik punktlari binosini yangidan qurish va 7 ta mavjud qishloq vrachlik punktlari binolarini rekonstruksiya qilish.

3,6



Loyiha smeta hujjatlari asosida

2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida nvestitsiya dasturi doirasida

2020-yil



2021-yil va kelgusi yillarda

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi

57.

Tuman kasalxonasini zarur zamonaviy tibbiy uskunalar va maxsus jihozlangan avtotransport (reanimobil), tez tibbiy yordam brigadalarini zamonaviy tibbiy jihozlar va kislorod ishlab chiqarish mini stansiyasi bilan ta’minlash.

1,5

2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida Sog‘liqni saqlash muassasalarini tibbiy asbob uskunalari uchun ajratilgan mablag‘larni iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan

2020-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

58.

Tumandagi markaziy shifoxonani Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda respublika tibbiyot markazlari o‘rtasida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda telemeditsina tizimini joriy etish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan

2020-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK

59.

Tor soha mutaxassislar ta’minotini yaxshilash va aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida So‘x tumanida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining malaka oshirishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, klinik ordinatura va magistratura bosqichlariga qo‘shimcha imtiyozli kvotalar ajratish.

Davlat grantlari bo‘yicha kvotalarni oshirish limitlari doirasida

2020-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

60.

Tumandagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha dorixonalarga dori-darmon vositalarni imtiyozli ravishda markazlashgan tartibda yetkazib berish hamda aholi ko‘p yashaydigan (“Demursad”, “G‘aznob”, “Chashma” MFY) hududlarda ehtiyojdan kelib chiqqan holda qo‘shimcha dorixonalar tashkil etish.

Hisob-kitoblarga muvofiq

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2020-yil yakuniga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “Dori-darmon” AK

61.

Tuman kasb-hunar maktabi binosida tumandagi maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha tayyorlov kurslarini tashkil etish.

Hisob-kitoblarga muvofiq

Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

2020-yil

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi

62.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish hamda maktablardagi informatika sinflarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika va boshqa to‘garaklarni tashkil etish.

Hisob-kitoblarga muvofiq

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2020-yil dekabr

Farg‘ona viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

63.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari ish faoliyatini yaxshilash maqsadida o‘z balansiga ega bo‘lmagan: 11 ta mahalla fuqaro yig‘ini uchun xizmat binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish; 4 ta mahalla fuqaro yig‘ini binosini Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan qurish; 5 ta mahalla fuqaro yig‘ini binolarini kapital ta’mirlash, 27 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarini kompyuter jamlanmalari va mebel jihozlari bilan ta’minlash.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari Farg‘ona viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan

“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari

2020-yil



2020-2021-yillar




2020-yil

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi

64.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida tuman markazida yoshlar istirohat bog‘i va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun zamonaviy jihozlangan yozgi amfiteatrni tashkil etish.

8,0

Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti va Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari

2021-yil

Farg‘ona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi

65.

Tumanda “Yoshlar sport kompleksi”ni tashkil etish.

So‘x tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabining “Rovon” shaharchasida joylashgan mavjud bino va inshootlari hamda ochiq o‘yingohini to‘liq rekonstruksiya qilib va uning negizida So‘x tumani 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Investitsiya dasturi doirasida

2021-yil

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

66.

“Oftobru” MFY hududida joylashgan sobiq Ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika kasb-hunar kolleji binosining hozirda faoliyat ko‘rsatmayotgan yopiq sport zal binosini tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabiga bepul o‘tkazish va bolalar-o‘smirlar sport maktabining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Investitsiya dasturi doirasida

2021-yil

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

67.

O‘rta maxsus ma’lumotli 7 nafar trenerlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining maxsus sirtqi ta’lim shakliga maqsadli qabul qilish va jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni 34 nafariga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun bepul asosda ruxsatnoma berish.

-

-

2020/2021 o‘quv yili

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

IV. Qishloq xo‘jaligi yerlari va aholi tomorqalarini suv ta’minotini yaxshilash, foydalanilmayotgan yerlarni o‘zlashtirish hamda sel-toshqin oqibatlarini oldini olish

68.

So‘x tumani Qayroq massividagi 1448 gektar yaylov maydonlarini o‘zlashtirish uchun uch ko‘tarmali “Qayroq” nasos stansiyasini bosqichma-bosqich qurish.

10,0



80,7

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari

Investitsiya dasturi doirasida

2020-yil

2021 — 2023-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,
Farg‘ona viloyati hokimligi

69.

So‘x tumani Hushyor shirkat xo‘jaligi Bo‘ston hududidagi 600 gektar ekin yer maydonlari va 100 gektar aholi tomorqalarini kafolatli suv bilan ta’minlash uchun “Hushyor-1” va “Hushyor-2” nasos stansiyalarini ta’mirlash, 1 dona yangi nasos agregatini o‘rnatish va 1,5 km uzunlikdagi yuqor? k?chlanish?i elektr liniyasi tortish.

1,3

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari

2020-yil sentyabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

70.

Tumanning “Vargan”, “Kasmidon”, “Samidon”, “Malbut”, “Devayron”, “Toyon” va “Hushyor” massivlaridagi foydalanishdan chiqib ketgan 336 gektar sug‘oriladigan yer maydonlarini 11 ta tik sug‘orish quduqlari va nasos agregatlarini qurish orqali o‘zlashtirish. Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2ta burg‘ulash texnikasini ajratish.

3,5

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari

2020-yil sentyabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

71.

4525 ta xonadonning 462 gektar tomorqa yer maydonlarini kafolatli suv bilan ta’minlash maqsadida 12 ta tik quduq qazish va “Sharqobod” hududidagi mavjud nasos agregatlarni to‘liq rekonstruksiya qilish.

5,4

Investitsiya dasturi doirasida

2021-2022-yillar

Suv xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

72.

Loyiha institutlarini jalb qilgan holda “Javpoya” massividagi adirlik er maydonlarini o‘zlashtirishning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha xulosa tayyorlash.

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

2020-yil sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

73.

Tumanda barcha turdagi texnikalarga bo‘lgan talabni aniqlash va talab etiladigan texnikalarni 2020-2021-yillarda tijorat banklarining kam foizli kreditlari yoki lizing asosida yetkazib berish.

Hisob-kitoblar asosida

Lizing tashkiloti mablag‘lari

2020-yil,
sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrolizing” AJ, Farg‘ona viloyati hokimligi, tijorat banklari

74.

2020-yilda 9,5 km va 2021-yilda 12,4 km sel yo‘llarini ta’mirlash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish.

Jami 27,1 mlrd so‘m, shundan
2020-yilda — 9,4 mlrd so‘m (shundan 3,3 mlrd so‘mi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan), 2021-yilda —

17,7 mlrd so‘m

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi va Se? toshqini o?ibatlarini bartaraf qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

2020-2021-yillar

Farg‘ona viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

75.

So‘x tumani “Chashma” MFY hududidagi “Obishirsoy” ustida joylash�an “Tariq” ko‘prigini yangidan qurish.

1,9

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti
(Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan)

2020-yil

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

V. Hukumatlararo komissiyalar uchrashuvlarida muhokama qilinadigan masalalar

76.

O‘zbekiston — Qirg‘iziston Davlat chegaralari dyelimitatsiya masalasini hal etish.

-

-

Tomonlar kelishuviga asosan

Tashqi ishlar vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, DXX Chegara qo‘shinlari, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari

77.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi So‘x tumaniga avtomobil yo‘lini ochish masalasini ko‘rib chiqish.

-

-

Tomonlar kelishuviga asosan

Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Farg‘ona viloyat hokimligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, DXX Chegara qo‘shinlari

78.

Qirg‘iziston hududidagi yaylovlardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqish.

-

-

Tomonlar kelishuviga asosan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi,
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

A.J. Ramatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

3.

Sh.M. G‘aniyev

Farg‘ona viloyati hokimi

4.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

5.

M.X. Saliyev

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

6.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

7.

Sh.M. Sodiqov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

8.

J.A. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri

9.

Sh.R. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

10.

A.J. Ortiqov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

11.

I.R. Maxkamov

transport vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi

12.

I.T. Ne’matov

tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

13.

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari

14.

A.Y. Xaydarov

moliya vaziri o‘rinbosari

15.

�.A. Xolxo‘jayev

Markaziy bank raisining o‘rinbosari

16.

M.B. Azimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

17.

X.S. To‘raxo‘jayev

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi

18.

A.A. Abduvaliyev

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi v.b.

19.

S. X. Bekenov

Davlat aktivlari boshqarish agentligi direktori

20.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi

21.

B.B. Eshmuratov

“Hududgazta’minot” AJ raisi

22.

A.I. Ikramov

Savdo-sanoat palatasi raisi

23.

Lavozimiga ko‘ra

tijorat banklari rahbarlari

24.

Sh.A. Abidov

Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri, Respublika ishchi guruhi kotibi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi