Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Vazirlar Mahkamasining “Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi 363-son qaroriga muvofiq, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish, maxsus soddalashtirishlar ro‘yxatini hamda vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
yuridik shaxsning vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) — mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq elektron tarzda tuziladigan, operator maqomini tasdiqlovchi va bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini beruvchi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron hujjat;
5. Guvoxnoma uch turga bo‘linib, mazkur Nizomning 6-bobidagi bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan bir yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721, 22722-moddaning birinchi qismi, 22723 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga mo‘ljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 14-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hollarda ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Qo‘mita ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmay, yuridik shaxsni reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning ushbu Nizomning 10 — 12-bandlarida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq emasligi uni reyestrga kiritishni rad etishga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning 19 — 20-bandlarida ko‘rsatilgan maxsus soddalashtirishlar;
bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 272-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklarsiyasi taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuborish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721, 22722-moddaning birinchi qismi, 22723 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsini ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida sud qarori kuchga kirganda;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda;
ushbu Nizomning 10-bandi beshinchi xatboshisiga muvofiq belgilangan faoliyat ko‘rsatkichlari kamayganda;
ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarning amal qilish muddati tugaganda.
25. Ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, Qo‘mita operatorning maqomini to‘xtatadi va tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmagan holda, uni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — to‘xtatib turish muddati bir yilni;
24-bandi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — to‘xtatib turish muddati sudning oqlov hukmi chiqquniga qadar bo‘lgan davrni;
24-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — to‘xtatib turish muddati o‘ttiz ish kunini;
24-bandi oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — to‘xtatib turish muddati 10-bandi beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq holga keltirilgunga qadar bo‘lgan, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan davrni tashkil qiladi.
Ushbu Nizomning 24-bandida keltirilgan holatlarning bartaraf etilmasligi maqomni qayta tiklashni rad etishga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan sud hukmi kuchga kirganda;
operator maqomini to‘xtatib qo‘yishga olib kelgan va ushbu Nizomning 24-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar o‘ttiz ish kuni ichida bartaraf etilmaganda;
operator tomonidan ushbu Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bir yil mobaynida ikki martadan ortiq bajarilmaganda.
30. Qo‘mita ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi to‘g‘risida xabar olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan, operatorni reyestrdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
31. Operator reyestrdan chiqarilgan taqdirda, ushbu Nizomning 29-bandi ikkinchi xatboshisida keltirilgan holatdan tashqari yuridik shaxs uch yildan so‘ng ushbu Nizomning 29-bandi to‘rtinchi xatboshida keltirilgan holatda — besh yildan so‘ng reyestrga kiritish to‘g‘risida takroran ariza berish huquqiga ega.
reyestrga kiritilgan kundan boshlab, ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish, operator maqomini to‘xtatib turish holati bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

20__y. “___” ______ ____ -son (ariza sanasi va raqami)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi


Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish haqida
ARIZA
_______________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning to‘liq nomi va manzili) _______________________________________________________________________________
(STIR)

quyidagi turdagi guvohnomani bergan holda, vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni so‘raydi:

birinchi

ikkinchi

birinchi va ikkinchi

uchinchi

Vazirlar Mahkamasining _______ yil “____” ____________ dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizomning 4-bobida belgilangan mezonlarga muvofiqligini ma’lum qiladi:

T/r

Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish to‘g‘risidagi guvohnoma olish uchun mezonlar

Mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha ma’lumotlar

1.

Yuridik shaxs tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumot

(yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat sanasi va raqami ko‘rsatiladi)

2.

Yuridik shaxs r�hbarining F.I.O.

(pasport ma’lumotlari va STIR ko‘rsatiladi)

3.

Yuridik shaxs bosh buxgalteri F.I.O.

(pasport ma’lumotlari va STIR ko‘rsatiladi)

4.

Yuridik shaxsning vakolatli shaxsi F.I.O. (ishonchnoma yoki tegishli shartnoma, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ushbu yuridik shaxs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirig‘i bo‘yicha harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslar ko‘rsatiladi)

(pasport ma’lumotlari va STIR ko‘rsatiladi)

5.

bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan bir yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721, 22722-moddaning birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi;

(javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot yoki holatlar mavjud bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi ko‘rsatiladi)

6.

Bojxona organlariga murojaat qilingunga qadar so‘nggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud emasligi.

(javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot yoki holatlar mavjud bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi ko‘rsatiladi)

7.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shu jumladan, ular bo‘yicha jarima va penyalar to‘lash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi.

(ariza berilgan sanada qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot yoki qarzdorlik bo‘lgan holatlarda, uning summasi va turi ko‘rsatiladi)

8.

Tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi, bunda:(bojxona ombori egalari uchun — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya raqami va berilgan sanasi;
bojxona brokeri hamda tovarlarni import/eksport qiluvchilar uchun — bojxona organlariga takdim etilgan, dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona rasmiylashtiruvi sanasi;
bojxona tashuvchilari uchun — yuridik shaxs bojxona tashuvchilari reyestriga kiritilgan sana ko‘rsatiladi)
bojxona brokeri sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan to‘ldiriladi (har yili tovarlarni faktura qiymati kamida 10,0 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam bo‘lmagan import va (yoki) eksport bojxona yuk dvklaratsiyalarini taqdim etilishi lozim)(bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan uch yil mobaynida (yillar kesimida):
import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar bo‘yicha takdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalaridagi faktura qiymati mln. AQSh dollarida;
import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar bo‘yicha takdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada)
bojxona ombori egasi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan to‘ldiriladi (bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi bo‘yicha yillik qiymati 10,0 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 10,0 mln. kg miqdorida tovarlar saqlovi amalga oshirilishi lozim) (bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan uch yil mobaynida (yillar kesimida):
bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi bo‘yicha yillik qiymati mln. AQSh dollarida;
saqlangan tovarlar miqdori mln. kgda)
bojxona tashuvchisi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan to‘ldiriladi (har yili 200 tadan kam bo‘lmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirilishi lozim) (bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan uch yil mobaynida (yillar kesimida) amalga oshirilgan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini soni)
tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan to‘ldiriladi (import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati yilda kamida 2 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilishi va so‘nggi o‘n ikki oy mobaynida kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan bo‘lishi yoki to‘langan bojxona to‘lovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan bo‘lishi lozim). (bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar o‘tgan bir yil mobaynida:
import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati mln. AQSh dollarida;
import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada;
to‘langan bojxona to‘lovlarining summasi mlrd. so‘mda ko‘rsatiladi)

9.

Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga mo‘ljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning bir qismi) egalikda bo‘lishi.(ikkinchi turdagi guv�hnoma uchun — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga mo‘ljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega bo‘lganligi ko‘rsatiladi)

10.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi.(ikkinchi turdagi guvohnoma uchun — ariza berilgan sanada muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot yoki qarzdorlik bo‘lgan holatlarda, uning summasi ko‘rsatiladi)
Ilova: mazkur arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

_______________________________________
(yuridik shaxs rahbarining F.I.O.)

__________________
(imzo)

Mas’ul shaxs to‘g‘risida ma’lumot
(F.I.O., xizmat va mobil telefon raqamlari)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi