Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni 23-bandiga asosan 2020-yil 1-apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda — FHDY) organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDY organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalarni yuklagan holda FHDY organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tasarrufiga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan funksiyalarni to‘laqonli va samarali amalga oshirish, jumladan FHDY organlari faoliyatini tashkil etish, ularning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va tizimli nazoratni olib borish uchun Agentlik mas’ul hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 3-ilovaning izoh qismiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
b) 4-ilovaning izoh qismiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatiga “Davlat notarial idoralari” bo‘limidan keyin quyidagi mazmundagi bo‘lim qo‘shilsin:

O‘zbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosariga

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosarlariga; Davlat xizmatlari agentligi direktoriga

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’ati a’zolari bo‘lgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosariga

1-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmalari vamustaqil bo‘limlari boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligi boshqarmalari boshliqlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar �dliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktoriga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktoriga, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga

2-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlariga, boshqarmalar bo‘limlari boshliqlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining o‘rinbosariga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘rinbosarlariga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktori o‘rinbosariga; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK direktoriga; “Adolat” huquqiy axborot markazi” DUK direktoriga; “Inson va qonun” gazetasi tahririyati DUK bosh muharririga

3-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining bosh maslahatchilariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bo‘lim boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining bo‘lim boshliqlariga, FHDY bo‘limlari va nikoh uylari mudirlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; Yuridik texnikum direktorining o‘rinbosariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining o‘rinbosariga

1-darajali yurist

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining yetakchi maslahatchilariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya bo‘limlarining boshliqlariga; davlat xizmatlari markazlari d�rektorlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslari o‘rinbosarlariga; idoraviy notarial arxivlar mudirlariga; FHDY arxivlari mudirlariga

2-darajali yurist

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi katta maslahatchilariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga, tuman (shahar) adliya bo‘limlarining bosh maslahatchilariga, davlat xizmatlari markazlari bo‘lim boshliqlari va bosh maslahatchilariga, davlat notarial idoralarining notariuslariga; FHDY organlarining 1-toifali inspektorlariga

3-darajali yurist

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta maslahatchilari va maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining katta maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya bo‘limlarining yetakchi va katta maslahatchilariga; notariuslar yordamchilariga; FHDY organlarining 2-toifali inspektorlariga

”.

Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi