Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 10.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-son qarori 2-bandining “b” kichik bandidagi “joylar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari” so‘zlari “o‘rinlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Majmua faoliyatini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yaratish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Majmua logotipini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Shartnoma asosida

2020-yil

30-sentabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi

2.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasini respublikaning turizm yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

5-oktabr

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining Ustavini hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy

hujjat

2020-yil

10-oktabr

-

Mudofaa vazirligi

4.

Majmua xodimlarining maxsus kiyim-bosh namuna-etalonlarini tasdiqlash, shuningdek xodimlarni maxsus kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash tartibi va me’yorlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2020-yil

20-oktabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi

5.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamg‘armasini shakl-lantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2020-yil

15-noyabr

-

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi

II. “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondi va ekspozitsiyalarini boyitish

6.

“Shon-sharaf” davlat muzeyi fondini boyitish uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz qahra�onliklari va ularning ko‘rsatgan matonatini ochib berishga qaratilgan badiiy va hujjatli filmlarni “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondiga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

10-oktabr

-

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zarxiv” agentligi, Mudofaa vazirligi

7.

“Shon-sharaf” davlat muzeyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, respublika viloyatlar va Toshkent shahrining Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga qo‘shgan hissalariga oid arxiv hujjatlari va materiallarini, ashyoviy dalillarni o‘z ichiga olgan alohida eksponatlar, stend va vitrinalar majmuasini yaratish hamda urush va front orti qatnashchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini takomillashtirib borishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-noyabr

va doimiy

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi

8.

“Shon-sharaf” davlat muzeyida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning alohida burchaklarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

10-dekabr

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi

9.

Majmua fondida saqlanayotgan eksponatlarni xatlovdan o‘tkazish va ularning elektron bazasini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-dekabr

-

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi

10.

O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi fondlarida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi mavzusiga va o‘sha davrga taalluqli ijod namunalarini vaqtinchalik ravishda “Shon-sharaf” davlat muzeyida namoyish qilib borish.

Qo‘shma qaror

doimo

-

Badiiy akademiya, Mudofaa vazirligi

11.

O‘zbekistondan Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qozog‘iston va boshqa joylarga 30-yillarda surgun qilingan “quloq” xo‘jaliklaridagi armiya yoshida bo‘lgan harbiy majburiyatni o‘tashga loyiq deb topilgan va urushga jo‘natilgan o‘zbek farzandlari, uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm etilgan yurtdoshlarimiz, ularning front ortidagi mudofaa inshootlari, mehnat lagerlarida fidokorona mehnati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi

12.

Ikkinchi jahon urushi davri, urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz buyumlari, arxiv hujjatlari, ashyoviy dalillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va eksponatlarni “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondiga topshirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, ushbu ishga ko‘ngillilarni jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zarxiv” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

1941 — 1945-yillarda mamlakatimizdan safarbar qilingan “Qurolsiz askarlar” va ularning qahramonona va ayni paytda fojiali hayoti, g‘alabaga qo‘shgan hissasini keng aks ettirish, Ural, Boshqirdiston, Perm, Chkalovsk, Orsk, Nijniy-Tagil, Sverdlovsk, Moskvadagi arxivlardan tegishli materiallarni izlab topish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar
va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Fanlar akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

14.

Ikkinchi jahon urushi davriga oid arxiv hujjatlari nusxalari va ma’lumotlarni belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqarib, “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondiga topshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-2021-yillar

-

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “O‘zarxiv” agentligi

15.

“Shon-sharaf” davlat muzeyida yaratilgan eksponatlar bo‘yicha muzey ishining xalqaro tajribalaridan kelib chiqib dizaynerlik ishlarini davom ettirish.

Rejaga muvofiq shartnoma asosida

doimo

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi

III. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish

16.

O‘zbekiston Respublikasidan Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan askarlarning hozirgi kungacha noma’lum bo‘lgan qabrlarini va ular haqidagi ma’lumotlarni topish maqsadida “Bobomni izlayman” qidiruv loyihasini tuzib, idoralararo qidiruv guruhlarini tuzish va tarixiy hujjatlarda zikr etilmagan vatandoshlarimizni izlash faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Qo‘shma qaror

2020-yil

1-oktabr

Tegishli vazirliklar
va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “O‘zarxiv” agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi

17.

Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz va askarlarning hozirgi kungacha noma’lum bo‘lgan qabrlarini va ular haqidagi ma’lumotlarni topish maqsadida O‘zbekiston “Promitey” vatanparvarlik ekspeditsiyasi qidiruv faoliyatini takomillashtirish va unga soha mutaxassislarini jalb qilgan holda qidiruv ishlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

15-oktabr

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi

18.

Majmuaning 12 ta mavzuga doir hududlari va “Shon-sharaf” davlat muzeyining 6ta bo‘limi to‘g‘risida ma’lumotlarni aks ettiruvchi 1 — 4, 5 — 8 va 9 — 11-sinflar o‘quvchilariga mo‘ljallangan yo‘riqnomalarni ishlab chiqish.

Yo‘riqnoma

2020-yil

25-oktabr

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi

19.

“Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyatini takomillashtirishda “Xalqaro muzeylar ittifoqi” (ICOM — International Council of Museums) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Hamkorlik rejasi

2020-yil

10-dekabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi

20.

Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunasini ko‘rsatgan ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabani ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Majmua ilmiy loyihalariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida ajratilgan mablag‘lar

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

21.

Ikkinchi jahon urushida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat va front ortidagi matonat haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga muvofiq tanlovlar asosida ilmiy loyihalarni shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Majmua ilmiy loyihalariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida ajratilgan m�blag‘lar

Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

22.

Ikkinchi jahon urushiga, urush qatnashchilari va front orti faxriylarining qahramonligiga oid materiallarni hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondida saqlanayotgan eksponatlar va ma’lumotlar asosida badiiy, ilmiy-ommabop kitoblarni nashr etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

23.

Majmua faoliyatini takomillashtirishmaqsadida YUNESKOning ilmiy va madaniy loyihalarida ishtirok etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi

24.

Majmua faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda xorijiy tashkilotlar bilan madaniy-gumanitar sohada ilmiy hamkorlik o‘rnatish, memorandumlar imzolash.

Ikki tomonlama rejalar

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

25.

Respublika oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalari talabalari (kursantlari), magistrantlari va doktorantlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi uchun “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi obyektlarida alohida o‘quv xonalari ajratish va hamkorlikda ilmiy izlanishlarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi

26.

O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga qo‘shgan hissasini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar muhokamasiga bag‘ishlangan respublika va xalqaro darajada ilmiy-amaliy konferensiyalar, ma’naviy-ma’rifiy seminarlar o‘tkazish.

Hamkorlik rejasi

doimo

-

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi

IV. Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish

27.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning Vatan ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari uchun munosib e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning yashash manzili bo‘yicha umumta’lim muassasalarini biriktirish.

Alohida jadval

2020-yil

30-oktabr

-

Xalq ta’limi vazirligi

28.

Respublika ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilarini urush qatnashchilarining va front orti mehnatkashlarining fidokorona mehnatlarini madh etish, ularni urushning dahshatli oqibatlarini hech qachon unutmaslikka chorlash, mustaqillik, tinch va osuda hayotning qadriga yetish va Vatan himoyasiga doimo tayyor turish ruhida tarbiyalashga qaratilgan mavzuli tashriflarini Majmuada uyushtirish.

Alohida jadval

doimo

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

29.

Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarining yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorlash rahbarlari hamda Tarix fani o‘qituvchilariga Majmuaning ekspozitsiyalari fondi orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga zamin yaratish va o‘quv jarayoni sifatini oshirish maqsadida foydalanishlarini yo‘lga qo‘yish.

Alohida jadval

doimo

Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi

30.

Majmua hududida umumta’lim muassasalarining tarix va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fanlarini hamda “Ma’naviyat soat”larini ekskursiya shaklida tashkil etishni yo‘lga qo‘yish.

Hamkorlik rejasi

doimo

-

Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi

31.

Majmuada oliy ta’lim muassasalarining tarix fakultetlari talabalarining tanishuv amaliyoti
va Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish.

Alohida jadval

doimo

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi

32.

Majmuada doimiy ravishda yoshlarni jalb etgan holda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, taniqli olim va ijodkorlar, harbiylar bilan ma’rifiy suhbatlar tashkil etish, tarixiy kinofilmlar namoyish etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi

33.

Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunasini ko‘rsatgan ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabani ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasini mahallalarda keng miqyosda targ‘ib qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

34.

Madaniyat vazirligi tizimidagi teatrlar va “Turon” harbiy davlat teatri tomonidan Ikkinchi jahon urushi davriga oid hamda fashizmga qarshi kurashda, front ortida fidokorona mehnat qilgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan matonati, qahramonliklari haqida sahna asarlari yaratish va muntazam namoyish etib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi

35.

Respublika teatr jamoalari, Mudofaa vazirligining “Turon” harbiy davlat teatri hamda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan “Talabalar teatr studiyalari” kabi badiiy jamoalar dasturlari va tanlovlarining “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidagi amfiteatrda namoyishini uyushtirib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

36.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining jasoratlari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi videoroliklar, qisqa metrajli filmlar va ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda OAVda yoritib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zarxiv” agentligi, Mudofaa vazirligi

37.

O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasini harbiy-vatanparvarlik aksiyalari, musiqiy festivallar, ijodiy tanlovlar va teatrlashtirilgan sahna asarlarini namoyish etish orqali keng targ‘ib etib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi

38.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda front orti mehnatkashlari haqidagi ma’lumotlarni ularning oila a’zolariga yetkazish va o‘zaro ma’lumot almashish tadbirlarini amalga oshirish

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi

39.

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yoshlarning minnatdorchilik xatlarini yuborishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

-

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi

40.

Majmuada yoshlar o‘rtasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlab “Shon-sharaf” respublika harbiy festivalini o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil

20-aprel

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi

41.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining jasoratlari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi animatsion (multiplikatsion) filmlar tayyorlash, ularni “Shon-sharaf” davlat muzeyida, shuningdek, maktabgacha ta’lim va o‘rta ta’lim muassasalarida namoyish qilishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

Tegishli vazirliklar

va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

“O‘zbekkino” milliy agentligi, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi

42.

Yoshlar o‘rtasida o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi badiiy, publitsistik asarlar yaratilishini rag‘batlantirish maqsadida ijodiy ishlar tanlovlarini o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-2021-yi�lar

Tegishli vazirliklar

va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi

V. Majmuaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish

43.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi
va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish uchun aholiga pullik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-sentabr

-

Mudofaa vazirligi

44.

Majmua hududida aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-sentabr

-

Mudofaa vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

45.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyuruvchi aholi va chet ellik turist-larning dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tez ovqatlanish punktlarini (“fast-fud”) tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-oktabr

-

Mudofaa vazirligi

46.

Majmua obyektlari va eksponatlari hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga oid o‘zbek, rus, ingliz tillarida va boshqa tillarda taqvimlar, bukletlar, otkritkalar, flayerlar, yon daftarchalar, fotoalbom, kitoblar, shuningdek statuet-kalar, esdalik sovg‘alari va suvenir mahsulotlari namunalarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlarga muvofiq shartnoma asosida

2020-yil

15-oktabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston hunarmandlari uyushmasi, Mudofaa vazirligi

47.

Majmua obyektlari va eksponatlari hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga oid bukletlar, otkritkalar, flayerlar, yon daftarchalar, fotoalbom, kitoblar, shuningdek statuetkalar, esdalik sovg‘alari va suvenir mahsulotlarini tayyorlash va savdo shahobchalarida sotuvini yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

1-noyabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi

48.

Majmua amfiteatri va “Shon-sharaf” davlat muzeyi majlislar zalida tadbirlar o‘tkazish uchun ularni pullik ijaraga berishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

-

Mudofaa vazirligi

VI. Majmuaning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish

49.

Majmua ma’muriyatini joylashtirish uchun alohida bino rekonstruksiyasini tugatish va uni zamonaviy mebellar, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-sentabr

Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablag‘lari hisobiga

Toshkent shahar hokimligi

50.

Majmua hududida murojaatga asosan belgilangan tartibda Wi-Fi hududlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

10-oktabr

Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablag‘lari hisobiga

“O‘zbektelekom” AK, Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi

51.

“Shon-sharaf” davlat muzeyidagi “book cafe” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni Ikkinchi jahon urushiga oid hamda jahon va milliy adabiyot durdonalari, ilmiy-ommabop kitoblar va nashrlar bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

15-oktabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

52.

Majmua obyektlarining kapital qurilish bo‘yicha kafolat muddati o‘tgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xatiga asosan bosh pudratchi tashkilotga kreditor qarzdorlik to‘lovini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil

15-oktabr

Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablag‘lari hisobiga

Toshkent shahar hokimligi, Mudofaa vazirligi

53.

Majmuaning rasmiy veb-sayti va uning faoliyatini yorituvchi telegrambot kanali, Ikkinchi jahon urushi qahramonlariga (“Shon-sharaf” ordeni to‘liq kava�erlari) bag‘ishlangan internet saytini yaratish hamda ularni faxriylar. uz sayti bilan bog‘lash.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

30-oktabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi

54.

Majmuaga tashrif buyuruvchilarga xizmat qiladigan audiogid tizimini yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

10-noyabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi

55.

Majmuaga 3D “Virtual sayohat” dasturini ishlab chiqish va veb-saytga joylashtirish.

Dastur

2020-yil

10-noyabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

56.

Ikkinchi jahon urushi davriga oid, urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz qahramonliklari, ko‘rsatgan matonatini hamda Majmua faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan resurslarni veb-saytga joylashtirib borish hamda kelgusida uning muntazam ravishda ishlab turishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

57.

Imkoniyati cheklangan shaxslarga Majmuada qulay shart-sharoitlar yaratish uchun Majmua eksponatlari bo‘yicha maxsus kitoblar nashr etish, bog‘ hududida harakatlanish uchun maxsus texnik vositalar (aravachalar, elektromobillar) bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Respub�ika nogironlar jamiyati, Madaniyat vazirligi

58.

Majmuaga yondosh hududlarni tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablag‘lari hisobiga

Toshkent shahar hokimligi

59.

Majmuaga 2 ta yengil avtotransport, 1 ta yuk transporti va 1 ta avtobus xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga 2021-yilda qo‘shimcha budjet mablag‘larini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil

1-mart

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan

Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.

1.

X. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Spichrayteri, Ishchi guruh rahbari

2.

K. Sagdullayev

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori v.b. Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

3.

A. Jo‘raboyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

4.

S. Saidolimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

5.

X. Karshiyev

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari

6.

F. Arziyev

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

S. Turdiyev

O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari

8.

B. Abduhalimov

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti

9.

U. Yusupov

O‘zarxiv agentligi direktori

10.

X. Xudayberdiyev

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari

11.

S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

12.

F. Maxmudov

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

13.

Kelishuv asosida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati vakili

14.

Kelishuv asosida

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili

15.

M. Hojimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

16.

Sh. Rizayev

O‘zbekkino Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

17.

J. Ismoilova

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori

18.

Z. Eshmirzayeva

“Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati boshqaruv raisi

19.

B. Hasanov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori

20.

O. Abdumo‘minov

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori o‘rinbosari

21.

Sh. Yusupov

Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i

22.

B. Abdulahadov

Mudofaa vazirligi markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘ining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

23.

U. Teshabayeva

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori

24.

F. Abidjanova

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining bosh ilmiy kotibi

25.

A. Jumashov

Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining bo‘lim mudiri

26.

M. Rahimov

Tarix institutining bo‘lim mudiri

27.

R. Nazarov

Tarix institutining katta ilmiy xodimi

28.

R. Shigabdinov

Tarix institutining katta ilmiy xodimi

29.

R. Shamsiddinov

Andijon davlat universiteti professori

30.

A. Egamnazarov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

31.

X. Bobojonov

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining katta o‘qituvchisi

32.

B. Koshanov

Qoraqalpog‘iston davlat universitetining professori

33.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining tegishli o‘rinbosarlari


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi